1. Oqsillar transport tashishi vazifasini bajaradi.
Masalan: kon oqsili – gemoglobin.
2. Ximoya vazifasini bajaradi, ya’ni organizmga kirib qolgang yot organizmlar,
keraksiz moddalar – antitelalarni urab oladi va zararsizlantiradi.
3. Oqsillar hujayrada energiya manbai xisoblanadi. Ular aminokislotalargacha
parchalana oladi. Aminokislotalarning bir kismi oxirigacha parchalanib energiya
ajraladi. 1gr oqsil parchalanganda
4.2 kkal energiya hosil bo’ladi.
4. Oqsillar hujayrani struktura materiali xisoblanadi, ya’ni hujayraning kobigi
– membranalar tizimida aktiv qatnashadi.
Hujayrada uglevodlar muxim sanaladi. Ular S.N.O ning uzaro birikishidan hosil
bo’lgan moddalar xisoblanadi. Ko’rilish materiali bilan birga fermentlar tasirida parchalanib
ko’p mikdorda energiya ajratadi, bu organizm tomonidan foydalaniladi.
Eng oddiy uglevod monosaxarid xisoblanadi. S6 N12 O6 ko’rinishida mavjd
hujayralarda monosaxarid molekulalarini uzaro birikishida ancha murakkab xisoblangan
disaxaridlar, polisaxaridlar vujudga keladi. Masalan, glikogen xayvon kraxmali xisoblanib
hujayra tarkibida ko’p uchraydi.
Mukopolisaxaridalar – ular neytral va nordon bo’lishi mumkin. Yukori tur xayvonlarda
asosan nordon vaqillari uchraydi. Masalan, gialuron kislotasi, xondroitinsul’fat, geparin.
Fermentlar – hujayraning bioximiyaviy reaksiyalarda ishtirok etib, ayrim moddalar
bilan vaqtincha birikma xolatda elektronlar zanjirini hosil qiladi. Oksidalanish va tiklanish
jarayonlarida qatnashadi, spesefik xususiyatlariga ega bo’ladi.
Lipidlar – hujayralar sitoplazmasida ko’prok uchrab energiya manbai xisoblanadi,
bujarayonda barcha organik moddalardan ustunlik qiladi. 1gr lipid parchalanganda 9.4 kkal
energiya hosil bo’ladi.
Moylar yukori moy kislotalarining 3 atomli gliserin bilan hosil qilgan murakkab
birikmalari xisoblanadi. Ularning lipidlardan farqi erkin gidrofil gruppaga ega bo’lmaydi.
Ular sitoplazmada erkin tomchi xolida uchraydi. Asosiy energiya manbai xisoblanadi.
Bo’lardan tashqari aloxida organik moddalarning vaqillari mavjud bo’lib, muxim
xususiyatga ega bo’lgan vazifalarni bajaradi. Ular nuklein kislotalar bo’lib, asosan oqsil
sintezida muxim xisoblanadi.
Nukleien kislotalar birinchi marta yadrodan ajratib olingan (lot.nuclus – yadro
demakdir). Ular DNK va RNK larga bo’linadi. DNK yadroda, RNK yadrocha va
sitoplazmada uchraydi. DNK molekulasi biri ikkinchisi atrofida uralagn spiralsimon 2ta
ipchadan iborat. Bunday iplar juda uzun bir necha mikron oqsilning eng katta molekulasidan
100 marta kattadir. DNKning ximiyaviy tuzilishi malum bo’lgan ximiyaviy birikmalarning
birontasiga xam uxshamagan o’ziga xos kislota Uotson va Krikning (1953y) ta’kidlshicha,
DNK molekulasi uzaro boglangan juda ko’p nukleinlardan tashkil topgan 2ta
polinukleotid zanjiridan iborat. Nukleotid 3ta molekula:
1. azotli asos (purin yoki pirimidin).
2. oddiy uglevod – pentozalar.
3. fosfat kislota qoldigining ximiyaviy yo’l bilan birikishidan hosil bo’ladi.
Nukleotidlar fakat azotli asoslari bilan farqlanadi.
Purin asoslariga – adenin va guanin, pirimidin asoslariga timin (urasil) va sitozin kiradi.
Uz tarkibida adenin saqlaydigan nukleotid adenin (A), guanin (G), timin (T) va sitozin (S)
nukleotidlari deyiladi va ularni nomi bosh xarflari bilan ko’rsatiladi.
|