O‘zbekiston o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘z O‘BTT)
– bu
O‘zbekiston Respublikasining xalq-xo‘jalik kompleksining
samarali iqtisodiy
rivojlanishi talablaridan kelib chiqqan, o‘lchashlar birliligiga erishish va uni asrash
ilmiy-asoslangan, texnik maqbul va iqtisodiy maqsadga muvofiq me’yorlar, qoidalar
va protseduralar tizimidir.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining asosiy nizomlari O‘z RST 8.001-
1998 “O‘z O‘DT. O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi. Asosiy nizomlar” da
bayon etilgan.
O‘z O‘BTT ning asosiy maqsadlari me’yoriy-huquqiy hujjatlarda quyidagicha
belgilangan:
– o‘rnatilgan qonun-tartiblarni, yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va
manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining
salbiy oqibatlaridan himoya
qilish;
– o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, sotish va ijara masalalari
bo‘yicha boshqarish davlat idoralari bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga solish;
– O‘zbekiston xalq xo‘jaligi kompleksining barcha sohalarida o‘lchashlarning
birliligi va talab etilgan aniqligiga erishishni ta’minlaydigan
shart-sharoitlarni
yaratish;
– O‘z O‘DT qoidalari, me’yorlari va protseduralarini xalqaro tashkilotlar va
boshqa davlatlar o‘xshash tizimlarining tavsiyanomalari bilan uyg‘unlashtirib,
xalqaro hamkorlikda texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
– metrologik faoliyat doirasidagi ishlarni xalqaro va hududiy darajalarda
o‘zaro hamkorlik qilish va tan olishni ta’minlash;
– tadbirkorlik sub’ektlari darajasida O‘z O‘BTT talablarini boshqa
tizimlarning talablari bilan uyg‘unlashtirish.
Maqsadlardan
kelib chiqqan holda, O‘z O‘BTT uchun quyidagi vazifalar
qo‘yilgan:
– milliy qoidalarni xalqaro qoidalar bilan uyg‘unlashtirish asosida
davlatlararo munosabatlarning rivojlanishiga ko‘maklashish;
– O‘z O‘BTT ni xalq xo‘jaligining ajralmas qismi
sifatida rivojlanishini
bashorat qilish;
– o‘lchashlarning birliligini, talab etilgan aniqliligini,
ishonchliligini
ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning ilmiy va texnik imkoniyatlarini
rivojlantirishda qatnashish, shuningdek o‘lchashlar
metodlarini, o‘lchash
vositalarini mukammallashtirish va ularning aniqligi, ish unumi va puxtaligini
oshirishga ko‘maklashish.
O‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning ilmiy asosi metrologiya –
o‘lchashlar to‘g‘risidagi fandan iborat. Bu fan uchta asosiy bo‘limni o‘z ichiga oladi:
– metrologiya bo‘yicha milliy idora bajaradigan faoliyatga oid va birliklar,
o‘chash
metodlari, vositalari va o‘lchash labaratoriyalariga oid davlat talablarini
qamragan qonuniy metrologiya;
– amaliy metrologiya. Buning vazifasiga nazariy metrologiya ishlanmalarini
va qonuniy metrologiya nizomlarini amalda qo‘llanish masalalari kiradi.