SIBELIUS 4, SIBELIUS 6 Dastur bilan tanishish Sibelius dasturining eng muvaffaqiyatli chiqqan versiyasi bu
– Sibelius 4 versiyasidir. Ushbu versiyada dasturning ilgarigi
versiyalarida mavjud bo„lgan barcha xato va kamchiliklar bartaraf
etilgan. Buyruqlarning bajarilishi Sibelius 3.0 versiyasiga
o„xshash tarzda amalga oshiriladi, shu bilan birga Sibelius 4
Ijro etish chizig„i
gitaraning
dasturiy
simulyatori
7
versiyasida yuklanish moduli yengilroq va qulay qilib ishlangan. Shu bois
Sibeliusning mazkur versiyasida nota matnini terish birmuncha tezroq amalga
oshiriladi. Dasturning ilgarigi versiyalaridan farqli ravishda Sibelius 4 versiyasiga
quyidagi yangilik va qulayliklar kiritilgan:
Dinamik partiyalar. Dasturning ilgarigi versiyalarida partituraning
partiyalari o„ziga alohida e‟tibor qaratilishini talab etardi. Masalan,
partituradan partiyalarni ajratib chiqarish uchun alohida papka yaratish,
so„ngra ushbu papkaga partiyalarni ko„chirish lozim edi. Endilikda esa
dasturning interfeysida har bir partiyani alohida oynada
ko„rib chiqib, partituradan xohlagan partiyani ajratib
chiqarish mumkin;
Partituraga videoma’lumotlarni kiritish imkoniyati
paydo bo„ldi; Nota matnini grafik (rasm) ko„rinishda saqlash imkoniyatiga qo„shimcha va
o„zgartirishlar kiritildi (eksport) ;
Qo‘shimcha shriftlar. Sibelius dasturining ilgarigi versiyalarida
«Opus», «Inkpen» kabi shriftlar mavjud bo„lgan bo„lsa, Sibelius 4 versiyasida
ularning safiga «Helsinki», «Cambria» shriftlari ham qo„shildi;
Chiziq ob’yektlari (liga, dinamik chiziqlar va boshqalar) nisbatan aniq
va ravshan ko„rinishga keltirildi