www.pedagoglar.uz
43-son 2–to’plam aprel 2023
Sahifa: 193
AQLI ZAIF O`QUVCHILARDA O`QISH VA YOZISHDAGI
KAMCHILIKLAR.ULARNI BARTARAF ETISH
Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani 125-yordamchi maktab – internati
Rasulova Xurshida Toirovna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada aqli zaif o`quvchilar haqida ,ularning o`qish
va yozishdagi kamchiliklari haqida alohida to`xtalinib,bartaraf etish yo`llari
borasidagi fikrlar aytib o`tiladi.
Kalit so`zlar:
nutq, aqliy zaiflik, bolalar klinkasi, korreksion vazifalar, o`qish
darslari, intermodal aloqalar.
Nutq faoliyatining eng murakkab shakllaridan biri - bog`lanishli nutq
hisoblanadi.Yaratilgan matn mazmunini og`zaki va yozma bayon etish bog`lanishli
matnning ko`rinishidir.Hayot esa bunday matn yaratish imkonini birdek barcha
inson zotiga nasib qilavermaydi. Umri davomida
nuqson bilan yashayotgan
bolalar uchun ham davlat o`z mehribonliklarini ayamay ,barcha shart-sharoitlarni
juada namunali va qoniqarli tartibda yaratib qo`ymoqda.Birinchi marta psixiatr
F.Platter (1537- 1614 ) ruhiy kasalliklar orasidan
aqli zaif bolalarni ajratib
berdi.Aqli zaif bolalarni tasniflash ,ularga klinik tavsifnoma berish ishlari F.Pinel
(1775 – 1838 ) , J. Eskirol (1772 – 1840 ) tomonidan bajarildi. J.Eskirol birinchi
marta “aqli zaiflik “ atamasini fanga olib kirdi.
Aqli zaif bola deganda bosh
miyasining organik buzilishi natijasida bilish faoliyatlarining turg`un pasayishi
tushuniladi.Aqli zaif bolalarni o`qitish , tarbiyalash va ularni o`rganishning
nazariy masalalari qator fanlarning yutuqlariga asoslanadi.Aqli zaif bolalar ta`lim –
tarbiyasi masalalari bilan shug`ullanish ishlari boshlanganiga 200
yildan oshgan
bo`lsa-da , bir tizimda atroflicha ,bir butun ,tugallangan ishlar 20
asr boshlariga
to`g`ri keladi.Kuzatish va qidiruv ishlarining uzoq muddatliligi,tajribalarning