www.pedagoglar.uz 43-son 2–to’plam aprel 2023
Sahifa: 194
sekin-asta to`planganligi ,ayrim nazariy xulosalarga kelish uchun uzoq vaqt talab
qilinganligi sababli oligofrenopedagogika fanining izchil tarixi nisbatan
qisqargan. Aqli zaif o`quvchilar ishtirok etadigan pedagogik jarayon
oligofrenopedagogik bilan bog`liq. Bu holat nuqsonli bolaning ilk yoshidagi
anatomik, fiziologik,ruhiy ma`lumotlarning zarurligini taqozo etadi.Ayniqsa , aqli
zaiflikning sabablari,rivojlanishida bolalar klinikasiga oid materiallar talab etiladi.
Bunday bolalarda asab kasallliklari, ruhiy kasallar,bolalar psixonevrologiyasi ,aqli
zaiflik klinikasi,genetika, maxsus psixologiya kabi ma`lumotlariga asoslanishi
kerak.Bu ma`lumotlar aqli zaif bolalar ta`lim-tarbiyasida ,ularni hayotga
tayyorlashda birmuncha samarali usul va vositalarni qidirib topishga yordam
beradi.
Olimlar tomonidan aqli zaif o'quvchilarning idrok, tafakkur, xotira, diqqat,
nutq kabi psixologik xususiyatlari chuqur tadqiq etilib , o'rganilgan. Fazoviy
buzilishlar aqli zaif bolalarda kuzatiladigan eng ko'p tarqalgan va eng ko'p
uchraydigan nuqsonlardan biridir. T.N.Belovinaning ta'kidlashicha, fazoni idrok
etish har xil nuqsonli a'zolarning har xil intermodal aloqalariga asoslanadi. Fazoda
komponentning to'liqligi ko'zga ta'sir etayotgan turli funksiyalarga bog'liq: uning
o'tkirligiga, pertseptiv maydoniga, ko'z o'lchagichga va b.q. Chunki aqli zaif
o`quvchilar bu darajaga to‘liq yetgan bo‘lmaydilar. Aqli zaif o`quvchilarga xos
bo'lgan uyatchanlik va harakatlar koordinatsiyasining kamligi, bolaga nisbatan
yaqinda turgan narsalar bilan ko'rib tanishishning shakllanishiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi.Bu esa aqli zaif bolalarda o`qish va yozishda kamchiliklar paydo
bo`lishiga sabab bo`ladi.
Tadqiqotlarga qaraganda, aqli zaif bolalar xotirasi 11-12
yoshda biroz rivojlanar ekan. 13-14 yoshlarda esa aqli zaif bolalar mustaqil
ravishda mantiqiy tushunchalardan foydalanishlari mumkin. 15 yoshlarda esa aqli
zaif bolalar materialni eslab qolish qobiliyati normal bolalarga yaqinlasha
boshlaydi. Bu shundan dalolat beradiki, aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan
ishlar o'z vaqtida to'g'ri va aniq yo'lga qo'yilsa, bu ularning rivojlanishiga yordam
beradi Yordamchi maktabda o’qish darslarida bolalarni to’g’ri, ongli, tez, ifodali