www.pedagoglar.uz 43-son 2–to’plam aprel 2023
Sahifa: 196
foydalanar ekanlar. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ko'pincha bir so'zdan
iborat gaplarni qo'llaydilar. Bu "gap-so'zlarda" bayon etilayotgan fikr ajratilmagan
bo'ladi.
S.N.Rojdestvenskiyning
ta'kidlashicha,
"So'zdagi
tovushlarni
farqlamasdan, ularni ajratmasdan, bolalarni o'qish va yozishga keyinchalik to'g'ri
yozishga o'rgatish mumkin emas". Aqli zaif bolalarda o'z kuchiga ishonch hosil
qilmasdan turib, yordamchi maktablar o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erisha
olmaydi. Ma'lumki, maktabgacha bo`lgan yoshdagi rivojlanish, erta yoshda
kuzatiladigan rivojlanishning davomi hisoblanadi. 3 yoshda ma'lum o`sish sodir
bo‘lishiga qaramay, kelgusi rivojlanish ilgari erishilgan darajaga tayanadi. Shu
bilan birga, bu yosh o’z xususiyatlari, o’z vazifalariga ega. Ularning ko`pchiligi ilk
bor yuzaga keladi. Har qanday bola kamol topib sog‘lom o‘ssa, uning bilim
faoliyati, sezgi qobiliyatlari mukammal rivojlanib borsa, bunday bolalar 6-7
yoshdan boshlab maktabga qabul qilinishga tayyor bo‘ladi. Aqli zaif bolaning xoh
ona qornida, xoh tug‘ilgandan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum
shartlarning bo‘lishi natijasida jismoniy va ruhiy, aqliy nuqsonlar kamchiliklarga
olib kelishi mumkin. Bunday bolalarda eshitishda, ko‘rish qobiliyatida, nutqiy va
aqliy faoliyatida nuqsonlar paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bunday bolalarni o‘z
sog‘lom tengqurlari qatorida umumta’lim maktablarida o‘qishi uchun barcha
imkoniyatlar yaratilmoqda,kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Quyidagi ayrim
nuqsonli o‘quvchilarni umumta’lim maktablarida nimalarga e’tibor berishi haqida
to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
I. Eshitishi zaif bolalarni yetarli savod olishlari uchun o‘qituvchilar oldida quyidagi vazifalar turadi: -
Qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalarni nutqidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida
bilish kerak;
-
Bolaning eshitish qobiliyati darajasini bilish maqsadida zarur bo‘lsa
davolash uchun mutaxassis ottolorengolog huzuriga yuborish lozim.