Kamchiliklar. Ularni bartaraf etish



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix17.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144715
1   2   3   4   5   6
193-199

www.pedagoglar.uz
43-son 2–to’plam aprel 2023
Sahifa: 195 
o’qishga o’rgatish, ovoz bilan ovozsiz o’qish, o’qilgan matn mazmunini 
o’qituvchining savollari yordamida, rasmlar asosida so’ngra mustaqil bayon 
etishga o’rgatish talab etiladi. O’qish uchun kichik matn, hikoyalar, sher, masal, 
maqol, o’zbek va chet el yozuvchilari asarlari, o’quvchilar ongiga mos keladigan 
ro’znoma va oynomalardan matnlar ishlatiladi. O’qishga o’rgatish jarayonida 
bolalar tarbiyalanadilar, ma’naviyati oshadi, ijobiy xislatlari, dunyoqarashi tarkib 
toradi, odob va axloqni o’rganadilar, ularning shaxsi shakllanib boradi. Yordamchi 
maktabda o’qish darslarining tarbiyaviy vazifasi-buyuk ma’naviyatimizni tiklash 
va yanada yuksaltirish, tarkib tortirish, shakllantirish, ma’naviyatli va ma’rifatli 
bo’lishini ta’minlash. Yordamchi maktabda o’qishga o’rgatish jarayonida aqli 
zaif bo’lgan bolalar bilan korrektsion ishlar keng tarzda amalga oshiriladi. Bu 
ishlar bola nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish, bilish faoliyatidagi kamchiliklarni 
tuzatib borishdan iborat. Yordamchi maktabda o’qish darslarida o’quvchilarning 
jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlari tuzatib boriladi, bartaraf etiladi, 
ko’zga ko’rinmaydigan darajagacha yumshatib boriladi. To’laqonli o’qish 
malakalarini shakllantirish uchun bolani ongli, to’g’ri, tez va ifodali o’qishga 
o’rgatish talab etiladi. Yordamchi maktabda ushbu ta’limiy ishlar tarbiyaviy va 
korrektsion vazifalarni bajarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Yordamchi 
maktabda o’qish darslarining ta’limiy vazifasi quyidagilardan iborat: aqli zaif 
bolalar nutqini o’stirish, ongli, to’g’ri, tez, ifodali o’qishga o’rgatish; ovoz bilan va 
ovozsiz(ichda) o’qishga o’rgatish; o’qilgan matn mazmunini avval o’qituvchining 
yordami bilan, rasmlar asosida so’ngra mustaqil bayon etishga o’rgatish. Matn 
mazmunini to’liq idrok etish, bayon qilish, uni qismlarga, sarlavxalarga bo’lish, 
sarlavxalarni nomlash, reja tuzish, reja asosida matn mazmunini izchillik bilan o’z 
so’zlari bilan gapirib berish, o’zbek va chet el adabiyoti bilan tanishtirish, asar 
qaxramonlarini bilish, salbiy va ijobiy obrazlarni ajrata olish. Bilamizki,aqli zaif 
bolalar bilan normal bola orasidagi farq ularning faol nutqlarida ko'zga tashlanar 
ekan. Aqli zaif bolalar o'z nutqlarida sifat, fe'l, bog'lovchilardan juda kam 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin