www.pedagoglar.uz 43-son 2–to’plam aprel 2023
Sahifa: 197
-
O‘qituvchi sinf o‘quvchilariga mavzuni tushuntirayotganda, diktant matnini
o‘qiyotganda o‘quvchini mavzuni qanchalik fahmlaganiga e`tibor berishi kerak;
-
Qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalarning ishini baholayotganda, xatolar
sifatini tahlil qilganda, qulog‘i yaxshi eshitmasligi tufayli xatoga yo‘l qo‘ygan
bo‘lsa, bahoni pasaytirmaslik kerak;
-
O‘qituvchi bolaning ota-onasiga bolaning o‘qishda uchraydigan
qiyinchiliklarining xususiyatlarini tushuntirish, o‘quvchiga uy topshiriqlarini
tayyorlashda qay tariqa to‘g‘ri yordam ko‘rsatishi kerakligini o‘qitish.
II. Nutqida kamchiligi bor o‘quvchilar bilan ishlash o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi zarur: -
O‘qituvchi noto‘g‘ri talaffuz qiladigan o‘quvchilarga alohida e’tibor qilish,
hamda logoped mutaxassislaridan maslahat olishlari kerak.
-
Bolaning o‘qish va yozishdagi xatolari uchun past baho qo‘yib ranjitmaslik,
uni ko`nglini og`ritmaslik, uning xulq atvoridagi ijobiy xislatlarga tayanish, unga
qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin degan fikrni singdirish odamiylik belgisi
hisoblanadi.
III. Ko‘rish qobiliyati zaif o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining vazifasi
-
Agar sinfda ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan o‘quvchi bo‘lsa birinchi navbatda
ota-onasiga murojaat qilib, uni ko‘z vrachi mutaxassisga ko‘rsatishni tavsiya qilish
kerak.
-
Ba’zida bolaning ota-onasi ko‘zi ojizligini yashirishga harakat qiladilar.
Oddiy maktab sharoitida ko‘zga zo‘r berish qanday oqibatlarga olib kelishini
o‘ylamaydilar. O‘qituvchi bu tomonlarini ham ota-onalarga tushuntirib o‘tishi
lozim.
-
Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan bolalarni o‘z vaqtida aniqlamaslik, ularning
ulgurmasligiga, so‘ngra esa ta’lim-tarbiyadagi buzilishlarga olib kelibgina qolmay,
balki busiz ham ko‘zdagi nuqsonni yanada og‘irlashtirib yuborishiga sabab bo‘lishi
mumkin.