Sifatni boshqarish ilmiy maktablari shakllanishi va rivojlanishi. Reja


Sifatni boshqarishning AQSH maktabi shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 74,04 Kb.
səhifə3/5
tarix11.05.2023
ölçüsü74,04 Kb.
#111080
1   2   3   4   5
Sifatni boshqarish ilmiy maktablari shakllanishi va rivojlanishi

Sifatni boshqarishning AQSH maktabi shakllanishi va rivojlanishi.

70-80 yillarga kelib ko‘p davlatlarning olimlari va mutaxassislari faqat tayyor mahsulot sifatini tekshirish yo‘li bilan sifatga kafolat berib bo‘lmaydi degan xulosaga keldilar. U ancha avvalroq bozor talablarini o‘rganish jarayonida, loyihalash va konstruktorlik ishlari jarayonida, ishlab chiqarishning barcha jabhalarida jamlangan mahsulot va materiallarni ta’minlovchilarni tanlashda va albatta, mahsulotni olishda, texnik xizmat ko‘rsatishda va ishlatib bo‘lgandan so‘ng utilizatsiya qilishda ta’minlanishi lozim.
Bunday kompleks yondoshish bozorni o‘z talabini aniqlashdan boshlanib va o‘z ichiga chiqarilayotgan mahsulotni takomillashtirish, ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, sotish va eng kam xarajatlarda sifatni ta’minlash bozor kon’yukturasini hisobga olib «qayta aloqa» va rejalashtirishning foydali sistemasi asosidagi yopiq jarayonni yaratishni ta’minlaydi.
Mahsulotning sifatini pastligi (raqobatbardosh emasligi) – bu abstrakt kategoriya bo‘lmay balki korxonaning yashuvchan emasligiga aniq asosdir. Shuning uchun sifat muammosi endilikda strategik muammodek anglanadi.
Mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish tartibini qurayotib, korxonalar quyidagi oldinga qo‘yilgan maqsadlarga ega bo‘lishi kerak:

  1. Mahsulot sifatining bozor talabi va aniq xaridor talabiga muvofiq kelishi;

  2. Mahsulotning sotib olish, yetkazib berish va foydalanish xarajatlari yig‘indisini kamaytirish;

  3. Xaridor istagan muddatga yetkazishni amalga oshirish;

  4. Korxonaning bozorda yuqori mavqeini yaratish va korxonaning mustahkam hamkor sifatida tasdiqlaydigan dalillarni keltira bilish.

Korxonaning o‘z maqsadiga erishish qobiliyati, chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash, undagi boshqarish va tashkil etish tartibi – sifatni boshqarish tartibidan aniqlanadi.
Sifatni boshqarish tartibi – firmada amal qilinayotgan va foydali texnik, boshqarish usullarini o‘z ichiga olgan, insonlar va mashinalarning o‘zaro munosabatini eng yaxshi va eng qulay usullarni ta’minlagan va shuningdek sifat uchun qilingan xarajatlarni tejash, ma’lumotlarni berishni o‘zida namoyon etadigan kelishilgan ish qurilishidir.
Jahon tajribasi va faqat amaldagi sifatni boshqarish tartibini umumiy belgilarini, har birida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan prinsip va usullarni barpo etadi. Hozirgi vaqtda konseptual farqlarni o‘z ichiga olgan ba’zi sifatni boshqarish tartibini uch darajasini ajratish mumkin:

  • 9000 seriyasidagi ISO standarti talablariga muvofiq sistemalar

  • umumfirma sifatni boshqarish sistemasi (TQM umum sifatni boshqarish-Total Quality Management).

  • Milliy mezon va sifat bo‘yicha halqaro (regional) mukofot va diplomlar sistemasi.

Xitoy Xalq Respublikasida maxsulot sifatini kompleks boshqarishning asosi sifatida Yaponiyaning TQS tizimi olingan edi. Ikki yil ichida TQS tizimlari 8200 dan ortiq korxonalarda muvaffaqiyatli joriy qilinishiga erishildi. Bunday ommaviy xarakat o`z natijasini bermay qolmadi. Faoliyatning ikkinchi yil davomida 5300 korxonada maxsulotning talab qilinadigan sifat darajasiga erishishga muvaffaq bo`lindi.
Xitoy korxonalarida fakat 1989 yilning o`zida 74 ming sifat to`garaklari shakllantirildi. Sifat to`garaklari faoliyatlarining yillik iqtisodiy samarasi 35,6 mlrd.yuangacha etdi.
Xitoy maxsulotlari sifatining oshirish yo`nalishlarining taxlili ularning aksariyati bozor iqtisodiyoti mexanizmini rivojlantirish bilan bog`liqligi to`grisidagi xulosaga olib keladi.
Xozirgi kunda Xitoyda maxsulot sifatini oshirish asosiy bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- 1990-1992 yillarda maxsulot sifatini kafolatlash tizimining shakllantirilishi;
- iste’molchilarga sifatsiz maxsulotni rad qilish xukukini kiritish;
- xalqaro standartlar va ularga muvofiq bo`lgan milliy standartlarni faol joriy qilishda davom etish;
- Makroiqtisodiy boshqaruv pogonasida xalqaro talablarga javob berish darajasini belgilashga qaratilgan yechimlar ishlab chiqish;
- milliy korxonalarda TQS tizimini moslashtirishni davom ettirish;
Zero-defekt (ZD) yoki "nukson yuk" degan sifatni boshqarish tizimi. 1962 yilda AQSHning xarbiy sanoatida joriy qilingan bo`lib so`ngra sanoatning barcha soxalarda keng tarqaldi. "ZD" dasturi yuqori sifatning motivlashtirish dasturi bo`lib, unda statistik, nazorat va qaytish aloqalarni puxta ishlab chiqishga eng muxim e’tibor qaratiladi. Shunisi tan olinadiki, xatolarni tuzatishga ularga yo`l ko`ygan xodim boshqalardan ko`prok tayyor bo`ladi. Ushbu tamoyil ishlab chiqarish sifatining markaziy elementi bo`lib boshqaruvning barcha pog`onalari tomonidan qo`llab quvvatlanadi.
Ishlab chiqarishdagi xato va nuksonlarning negizida ikkita asosiy sabab yotadi: bilimlar etishmasligi va e’tiborning yo`qligi. Birinchi sabab ishchilarni o`qitish va qayta o`qitish tizimi yordamida bartaraf qilinishi mumkin. Demak "ZD" usulining elementlaridan biri korxona personalining bilimlarini doimiy ravishda oshirishga qaratilgan.
Diqqatning yo`qligi jiddiyroq muammo hisoblanadi. Ushbu sabab bilan bog`lik nuqsonlarni tuzatish va oldini olish ancha murakkab. Buning uchun texnologik jarayonlarning, jixozlarning, mexnatga qo`yiladigan talablarning o`zgartirilishi talab qilinadi. Maxsus chora-tadbirlarning mavjudligi texnik qayta jixozlanishga qo`shimcha mablag` sarflanishini talab qiladi. Bundan tashqari ishchilarda xatosiz yoki nuqsonsiz ishlash mumkinligi to`g`risida psixologik ishonch hosil qilish xam bu usulning muvaffaqiyati zaminida yotadi.
"ZD" usulini qo`llashda "xato-sabab-bartaraf qilish" nazorat kartalari markaziy o`rinni egallaydi. Xar bir ishchi o`z ish joyida aniqlangan xato va uni to`zatish bo`yicha maxsus oddiy kartani to`ldirib boradi. Xatolarning xar biri texnologik jarayonning oldingi ish joylari bilan mantiqan bog`langan, shu sababli smenaning oxirida qaysi nuqsonlar topilgan, ular qanday tuzatilgan va kimning aybi bilan vujudga kelganligi taxlil qilinishi mumkin bo`ladi.
Barcha muxandislik xizmatlar ishchilarning nuqsonsiz ishlash maqsadiga buysundiriladi. Ya’ni korxona boshqaruv tizimi ishchilarga sifatli xizmat ko`rsatish tizimiga aylantiriladi.
"ZD" sifatni boshqarish tizimining asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Korxona faoliyatini baxolashning asosiy mezoni nuqsonning uchramasligi xisoblanadi. Xo`jalik-moliyaviy faoliyatning barcha ko`rsatgichlari ushbu mezonga bog`lanadi yoki buysundiriladi.

  2. Tizimda asosiy tashabbus yuqori raxbariyat tomonidan chiqishi ta’minlanadi. Avvalo, korxona raxbariyati nuqsonsiz ishlashga qiziqishlarini namoyon qilishlari zarur.

  3. Motivlashtirishning butun jarayonini nuqsonsiz ishlashga bog`lash. Ish xaqi moddiy va ma’naviyat ragbatlantirish kasbiy martabani oshirish texnik qayta qurollanish va boshqalar yagona maqsadga - nuqsonlarning sabablarini bartaraf qilishga xizmat qiladi.

  4. O`qitish, ya’ni korxona mexnat jamoasida doimiy ravishda malaka oshirish va tajriba almashish tizimini shakllantirish.

  5. Uzliksizlik."ZD" tizimida takomillashuv cheksiz bo`lishi aloxida o`qtiriladi, ya’ni nuqsonlarning yangi sabablari aniqlanishi mumkin va ularni bartaraf qilinishi boshqa muammolarni oldinga suradi.




Yüklə 74,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin