Sifatni boshqarish ilmiy maktablari shakllanishi va rivojlanishi
3. Sifatni boshqarishning yapon maktabi va uning asosiy jihatlari. Sifat to`garaklari Yaponiyaga xos sifatni boshqarish tizimning muxim bo`g`ini xisoblanadi. Sifat tugaragi deganda bevosita ish joylarida faoliyat ko`rsatuvchi shaxslar guruxi tushunilib, uning asosiy vazifasiga amaliy masalalarni topish, tadqiqot qilish va yechimini aniqlash, xamda doimiy izlanish olib borish kiradi.
Sifat tugaragi:
-kichik kasbiy gurux (odatda 3 kishidan 12 kishigacha);
-mustaqil ravishda sifat nazoratiga oid ishni olib boradi (lekin tashkilotning rasmiy tarkibi doirasida);
-bevosita ish joyida faoliyat ko`rsatadi (raxbar va ijrochi yagona birlik sifatida ko`riladi).
Sifat to`garaklari ishining asosiy g`oyasi quyidagi natijalarda ifodalanishi mumkin:
a) sifat to`garaklari korxona faoliyatining sezilarli ravishda yaxshilanishi va rivojlanishiga o`z xissalarini qo`shadilar;
b)sifat to`garaklari kasbiy gurux a’zolari orasida ma’naviy munosabatllarini yaxshilashga, ularning xurmat va insoniylikka asoslanishiga imkon yaratadilar;
v)sifat to`garaklari xar bir shaxsning kundalik usishi, dunyoqarashining kengayishi, ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishiga sharoit yaratadilar.
Sifat to`garaklarning keng tarqalishi ularni tashkil qilish tajribasini almashishiga olib kiradi.
To`garak ishini tashkil qilish odatda quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi.
a) tayyorgarlik bosqichi.
b) joriy qilish bosqichi
Tayyorgarlik bosqichi bir kator faol ishchi va menejerlarning sifat to`garaklari mavjud bo`lgan korxonaga tajriba almashish uchun yuborishdan boshlanadi. Qaytib kelgandan so`ng ularga to`garaklar xarakatining targ`ibotchilik vazifasi yuklatiladi. Bundan tashqari yuqori va urta boshqaruv pog`onasida sifat to`garaklari bo`yicha maxsus qo`mita tuzilib, tegishli xujjatlar tayyorlash, resurslar bilan ta’minlash, sifat dasturlarini ishlab chiqish va to`garaklarga xar tomonlama yordam ko`rsatish bilan shug`ulanadi. Tayyorlov bosqichida to`garak tashkilotchilari tayinlanadi va maxsus tayyorgarlikdan o`tkaziladi.
Tayyorgarlikka quyida keltiriladigan sifat nazoratining yetti asbobi, ya’ni, muloqot qoidalari, ijodiy tashabusni rivojlantirish usullari, "tinglash qobiliyati", nizolarni bartaraf qilish va mexnatni ragbalantirish kunikmalari kiradi.
Sifat to`garaklarini joriy qilish to`g`risidagi qaror yuqoridagi qo`mita tomonidan qabul qilinadi. Bunday qarorning qabul qilinishiga tashkiliy tayyorgarlik, moliyaviy resurslarning yetarliligi, personalning to`garaklarda ishtirok etish xoxishi va raxbariyatning ishchilar takliflarini qabul qilishga tayyorlilik asos bo`ladi.
Sifat to`garaklari faoliyatining boshlanishi seh boshlig`I yoki ustasi boshchiligidagi suxbatlar shaklida amalga oshadi. Ishchilar to`garak faoliyatiga ko`proq jalb qilinganlari sari ushbu to`garaklar ajratiladi:
brigada to`garaklari, asosiy bir joyda ishlaydigan ishchilarni birlashtirib ishlab chiqarishni muammolarini takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratadilar;
mavzuga oid to`garaklar bir necha brigada uchun umumiy bo`lgan muammoni xal qilishga qaratiladi va ushbu to`garaklar brigada to`garaklarini vaqtincha birlashtiradi;
aralash to`garaklar odatda texnologik jarayonlarning bir biriga bog`lik bo`lgan bug`inlarning ishchilarini birlashtiradi va o`zaro xamkorlik muammolariga bag`ishlanadi.
Odatda sifat to`garaklari ishini joriy qilish uchun ularning muntazam faoliyat ko`rsatishiga aloxida e’tibor beriladi. Ayrim xolatlarda ish vaqtida to`garaklar majlislarini o`tkazish xam maqsadga muvofiq deb topilgan. Korxona raxbariyati sifat to`garaklaridan tushgan takliflarni, albatta maxsus seminarlarda yoki texnik majlislarda muxokama qilishlari shart. Birinchi to`rt-olti oy ichida asosiy e’tibor ishchilarning muammolarni aniqlash va xal qilishni o`qitishga bag`ishlanadi.
Sifat to`garaklarini joriy qilish davridan keyin to`garaklarni kuchaytirish, qaytlarini esa tarqatish zarurligini ko`rsatadi.
Sifat to`garaklarining faoliyat ko`rsatish bosqichi ularning to`laqonli ishlashini taqozo qiladi. Eng asosiysi sifat to`garaklari faqat ish joylaridagi kamchiliklarga e’tibor qaratilishlari va tor muammoni xal qilishga xarakat qilishlari zarur, chunki boshqaruv tizimini o`zgartirish bilan bog`lik takliflar korxonada norasmiy xarakatlarning kuchayishiga olib keladi.
Yaponiya korxonalarda muvaffaqiyatli ishlab keluvchi sifat to`garaklarning taxminiy mavzular ro`yxati quyidagi ko`rinishda bo`lgan:
-sifat: sifati past bo`lgan maxsulot yaratilish sabablarini yo`qotish, mexnat sifatini oshirish, e’tirozlarining oldini olish, sifatni barqarorlashtirish;
-jixozlar: buzilishni oldini olish, mexanizatsiyalash, asboblarni takomillashtirish, jixozlar joylashishini va operatsiyalar ketma - ketligini maqbullashtirish;
-xarajatlar: xarajatlarni kamaytirish, mexnat sarfini kamaytirish, ish vaqti unumdorligini oshirish, ishlov berish vaqtini kamaytirish, xomashyo va energiyani tejash;
-samaradorlik: mexnat unumdorligini oshirish, maxsulot ishlab chiqarishni oshirish, jixozlar bo`sh qolishini kamaytirish, yordamchi vositalar xajmini kamaytirish:
-nazorat va boshqaruv: mexnatni tashkil qilishni takomillashtirish, standartlashtirish ussularini va boshqalarini qo`llash, ishlab chiqarish jarayonida "nazorat nuqtalarini" aniqlash, tez-tez uchraydigan xatolarni oldini olish; texnologik operatsiyalarni standartlarshtirish.
-xavfsizlik: xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilish, ish joyini tartibda saqlash, ishlab chiqarish muxitini takomilashtirish.
Muammolarni tanlash yuqoridan berilgan buyurtma yoki mustaqil aniqlangan masala shaklida bo`lishi mumkin. Birinchi xolatda korxona raxbariyati umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan xolda takomillashtirish zarur bo`lgan bug`inni tavsiya qiladi va oldindan mukofot xajmini belgilaydi. Ikkinchi xolatda ishchilar o`z ish joylarida mavjud bo`lgan kamchiliklarga asoslanib izlanish mavzusini mustaqil aniqlaydilar va so`ngra takliflarni raxbariyatga yetkazadilar.
Barcha muxandis-texnik xodimlar sifat to`garaklari a’zolariga tegishli maslaxat va amaliy yordam berishlari shart. Sifat to`garaklari ishini korxona raxbarining sifat bo`yicha muovini boshqaradi.