Andijon Mashinasozlik Instituti “Elektrotexnika”fakulteti “Energiya tejamkorligi va Energiya audit”yo’nalishi K-95-21 guruh talabasi Yaqubov Dilyorbekning “Metrologiya va standartlashtirish”fanidan Mustaqil ta’limi
Sifatni boshqarishda standartlarni o’rni va ahamiyati

Standartlashtirish - mahsulot sifatini yaxshilashda davlat tashkiliy-texnikaviy siyosatini amalga oshirish imkonini beradi va mamlakat iqtisodini boshqarishning barcha sohalarida hamda mahsulot hayot tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishning ilmiy-uslubiy birligini ta’minlaydi.

Tarmoqlararo sifatni boshqarish hayot tsiklining barcha bosqichlari va boshqaruv funktsiyalari bo’yicha ishlab chiqilgan davlat standartlari asosida amalga oshiriladi. Bu standartlarda xalq ho’jaligining barcha tarmoqlari faoliyatida mahsulot sifatini boshqarish bo’yicha umumiy reglamentatsiya beriladi: sifat bo’yicha terminlar, tushunchalar, sifatni baholash, sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazish, sifatni boshqarishning komples sistemasini yaratish va boshqalar.
Tarmoq ichida sifatni boshqarish davlat standartlari va texnikaviy shartlarga, shuningdek tarmoq xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish tarmog’i korxonalari va tashkilotlari faoliyatining uzviyligini ta’minlash maqsadida standartlarni chegaralash yoki ularni rivojlantirishga asoslanadi.