Mahsulot ishlab chiqarishni yo’lgaqo’yish bosqichida davlat standartlari mahsulot ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, ishlab chiqarishni tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqaruvchilar bilan buyurtmachilar o’rtasida uzviy aloqa orqali yangi, yuqori sifatli mahsulotlarni yaratish va o’zlashtirishga qaratilgan.
Standartlashtirish sistemasi yangi mahsulotga yuqori sifatli loyiha hujjatlashtirish ishlarini, korxonaning berilgan sifat ko’rsatkichlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga tayyor bo’lishi hamda o’z vaqtida mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashini taqozo qiladi.

Muomala va sotish bosqichida standartlashtirish mahsulotni o’rash-joylash, joydan-joyga tashish, omborxonalarda saqlash ishlarining yaxshi yo’lga qo’yilishiga shartlarni o’rnatilishiga qaratilgan.
Iste’mol va ekspluatatsiya bosqichida standartlashtirish mahsulotni ishlatishga, ta’mirlashga (shu jumladan kafolatli) nisbatan yagona shartlarni o’rnatadi, ekspluatatsiya bosqichida mahsulotning sifati to’g’risidagi ma’lumotlarni to’playdi va tahlil qiladi, ta’mirlash va xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish xarakatlarini qisqartirib, undan foydalanish samaradorligining ortishiga imkon beradi.
Sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazishda standartlar sistemasi zarur va uni ob’ektiv baholash uchun zarur bo’lgan sifat ko’rsatkichlari ro’yxatini va o’tkazilish tartibini o’rnatadi.
Sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazishda standartlar sistemasi zarur va uni ob’ektiv baholash uchun zarur bo’lgan sifat ko’rsatkichlari ro’yxatini va o’tkazilish tartibini o’rnatadi.
Mahsulot sifati muammosining hal etilishi metrologik ta’minlanish darajasiga bog’liq. Mamlakatimiz bo’ylab o’lchamlarning yagona va ishonchli bo’lishini ta’minlash uchun rivojlangan etalon bazasi yaratilgan, o’lchamlar yagonaligini ta’minlovchi standartlar sistemasi ishlab chiqilgan.