Sil haqida nimalarni
bilish kerak?
Umumiy amaliyot shifokorlari uchun
axborot materiallari
O'zbekiston Respublikasi
Sog'likni saqlash
vazirligi
2
Minnatdorchilik bildirish
Ushbu materialni chop ettirish OITS, sil va bezgakka qarshi kurash
bo'yicha Global Fond tomonidan moliyalashtirilgan TB-REP loyihasi
doirasida taqdim etilgan grand asosida hamda PAS Markazi asosiy
restipient sifatida amalga oshirishi bilan imkoniyatli b o'ldi. Mazkur
nashrda ifoda etilgan muallif (mualliflar) ning fikrlari GF, Asosiy
retsipient va TB-REP loyihasining boshqa hamkorlari fikrlari bilan mos
kelmasligi mumkin.
Ushbu hujjatni ishlab chiqishda “INTILISH” NNT RATM xodimlari
Nikitina T.S., Subotin D.Yu., Abu Shixada Yu.O. tomonidan texnik
yordam ko'rsatildi.
Ushbu hujjatni ishlab chiqishda, uning yaratilishining har xil
bosqichlarida quyidagilar ishtirok etdi
: RIFPIATM direktori Parpieva N.N.,
lar
Sog'liqni Saqlash Vazirligining DPTYoBB bosh mutaxassisi Axmadjonov A.K.,
sil, OITS, sariq kasal bo'yicha birlashtirilgan dasturning milliy mutaxassislari
Gadoev J. va Ibatov Х.B., RIFPIATMning davolash qismi bo'yicha bosh
shifokori o'rinbosari Belotserkovets V.G., Toshkent SHSQD bosh shifokori
Kalandarova L.N., “Project HOPE NT – The People to People Health
Foundation, Inc.” Filiali tomonidan amalga oshiriluvchi O'zbekistondagi sil
bilan kurashish bo'yicha USAID dasturi xodimlari Volik V., Chichinadze D.,
Kurbanova R., Ulmasova D., O'zbekiston Ayollar qo'mitasi raisining
o'rinbosari Nurmatova Sh.O.
Sil - bu nima?
Sil – bu sil bakteriyalarini
organizmga kirib borishi bilan
rivojlanuvchi yuqumli kasallik.
B u n d a , k a s a l l i k b i l a n
shikastlanuvchi asosiy organ –
o'pka. Kamdan-kam hollarda
miya va uning qobig'i sili, suyaklar, buyraklar, jinsiy a'zolar, ko'z, ichak
va boshqa organlarning sili bo'lishi mumkin.
Sil bilan og'rigan 75% bemorlarning eng ko'pi mehnatga qobiliyatli va
reproduktiv 20-40 yoshdagi insonlarni tashkil etadi.
Agar silni aniqlash va davolash nazorat ostida va uzluksiz amalga
oshirilishi to'g'ri tashkillashtirilgan bo'lsa, bemorlar tez sog'ayadilar.
Hozirgi kunda sil kasalligining deyarli ko'pchilik hollarini davolash
mumkinligi isbotlangan.
Sil – bu sil bakteriyalarini organizmga kirib borishi bilan rivojlanuvchi
yuqumli kasallik. Bunda, kasallik bilan shikastlanuvchi asosiy organ –
o'pkadir.
Sil qo'zg'atuvchisi
Kasallik qo'zg'atuvchisi Kox tayoqchasi bo'lib, u o'z nomini 1882 yili
kashf qilgan nemis olimi Robert Kox sharafiga olgan. Tayoqchaning
xossasi shundaki, u juda ham sekin bo'linadi – agar oddiy bakteriyaga
ko'payish uchun kamida 30 daqiqa zarur bo'lsa, Kox tayoqchasi esa 15
soatdan 18 soatgacha ko'payadi, bu uni tekshirilish vaqtini sezilarli
darajada uzaytiradi.
Silning mikobakteriyasi eng “ekstremal” sharoitlarda – sovuqda,
issiqda, qorda omon qolish qobiliyatiga ega, shuning uchun sil har xil
iqlim sharoitlarida rivojlanishi mumkin. Tayoqcha yorug'lik va
namlikka, hamda ko'pgina kimyoviy moddalarning ta'siriga bardoshli.
Bu SB (sil bakteriyasi) qo'zg'atuvchisining tashqi muhitda uzoq vaqt
yashab qolishini ta'minlaydi.
3
Bemorning balg'amida, hattoki
qurib qolganida ham, tayoqcha
o'zining yashash qobiliyatini
saqlab qoladi. Uning ko'payishi
uchun eng qulay sharoitlar –
namlik, qorong'ulik va 30 dan 40
darajagacha harorat. Ko'cha
changida mikobakteriya o'zining
yashab qolish qobiliyatini
taxminan 10 kun saqlab qoladi. Ammo tayoqcha ultrafiolet nurlarga
sezgir – ularning ta'siri ostida sil qo'zg'atuvchisi bir necha daqiqalardan
so'ng nobud bo'ladi. To'g'ri quyosh nurlari ta'siri ostida mikobakteriya
yarim soat davomida nobud bo'ladi.
Kasallik qo'zg'atuvchisi Kox tayoqchasi bo'lib, u o'z nomini 1882 yili
kashf qilgan olim sharafiga olgan. Tayoqcha eng “ekstremal”
sharoitlarda yashab qolishi mumkin, u ko'pgina kimyoviy
moddalarning ta'siriga bardoshli. Bu sil qo'zg'atuvchisining tashqi
muhitda uzoq vaqt yashab qolishini ta'minlaydi.
Sil qanday yo'l bilan yuqadi?
Sil bakteriyalari havo-tomchi yo'li orqali yuqadi. Ular sil bilan
kasallangan insonlar organizmida ko'payadi. Bunda sil uchun xos
bo'lgan yallig'lanish paydo bo'ladi, shundan so'ng esa to'qimaning
emirilishi ham vujudga keladi, kavak deb nomlanuvchi bo'shliqlar
shakllanadi, ularning ichida millionlab sil bakteriyalari mavjuddir.
Ulardan yo'talganda, aksa urganda, gaplashganda sil bakteriyalari
atrofdagi havoga ajralib chiqadi.
Sil bakteriyalari havoda ko'p vaqt
davomida mavjud bo'lishi
mumkin. Agar silning ochiq
(yuqumli) shakli bilan og'rigan
bemor uzoq vaqt davomida
yomon shamollatiluvchi xonada
(xonadonda, ishchi xonada,
k a s a l x o n a p a l a t a s i d a ,
4
Havo-tomchi yo’li bilan yuqish
qamoqxona kamerasida) o'tkazsa, bu havoda aylanib yurgan
bakteriyalar shunchalik ko'payib ketadiki, ular bilan boshqa atrofdagi
insonlar nafas olishni boshlaydi. Bu sil bilan zararlanishning
(yuqtirishning) havo-tomchi deb nomlanuvchi asosiy yo'li hisoblanadi.
Shuning uchun sil bakteriyalari bilan zararlanishdan hech kim
himoyalanmagan, axir havo hamma insonlar uchun yagona
hisoblanadi.
Sil nasldan naslga o'tmaydi.
Sil tayoqchasi bemor insonning yo'talganida, uning aksirganida va
suhbatlashganida havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Nafaqat yo'tal,
balg'am, hatto chang ham xavfli. Quyosh nuri tushmaydigan nam
joylarda sil qo'zg'atuvchisi oylab yashashi mumkin. Sil nasldan
naslga o'tmaydi.
Yuqish qanday amalga oshadi?
Sil bilan har qanday yoshda zararlanish mumkin, ammo bu ayniqsa
yosh bolalar va organizmi kuchsizlangan katta yoshdagi insonlar uchun
xavfli. Agar yon-atrofda zararlangan inson bo'lsa, kasallanish xavfi
yuqoriroq bo'ladi, ayniqsa uzoq vaqt davomida yopiq yoki yomon
shamollatiluvchi xonalarda bo'lsa.
Organizmning himoyalash kuchlari yaxshi bo'lgan vaziyatda
kasallangan bemorlar bilan aloqalar uzoq vaqt davom etmasa
insonning o'pkasiga tushib qolgan sil bakteriyalari organizmning
immun hujayralari bilan yo'q qilinadi va kasallik rivojlanmaydi.
Sil bilan kasallangan inson,
qachonki u bakteriyalarni
tashqariga ajratib chiqarsa,
infektsiya manbai bo'lib qolishini
bilish muhimdir. Agar bemor
d a v o l a s h m u o l a j a l a r i n i
boshlagan va davolanishni
5
ambulator davom ettirayotgan bo'lsa – u zararli emas.
Agar inson sog'lom, me'yordagi yashash sharoitlarida hayot kechirsa,
yaxshi ovqatlansa – sil bilan kasallanish xavfi sezilarli darajada
kamayadi.
Agar bemor davolanish kursini boshlagan va davolashni ambulator
davom ettirayotgan bo'lsa –u zararli emas.
Sil profilaktikasi
Sil bilan kasallanishni oldini olish, davolashga qaraganda osonroq.
Shuning uchun, har bir inson uning oldini olish choralarini bilishi kerak.
Sil profilaktikasida bolalarni BTsJ vaktsinasi bilan immunizatsiyalash
eng muhim rolni o'ynaydi. Tuberkulin sinamasini qo'llash bilan
profilaktik tekshiruvlar: Mantu sinamasini qo'yish, flyuorografik
tekshiruvlar, kasallikni erta bosqichlarida aniqlash imkonini beradi.
A g a r o r g a n i z m n i n g h i m o y a
kuchlarini susaytiruvchi omillarni
chetlab o'tilsa: ovqatlanish,
mehnat, dam olish tartibiga rioya
qilinsa, ko'proq toza havoda bo'lib,
c h e k m a s l i k , a l ko g o l g a r u j u
qo'ymaslik, xonadagi tozalikni
saqlab, shaxsiy idishlardan, gigiena
vositalaridan foydalanilsa, o'zingizni
v a a t r o f d a g i l a r n i s i l b i l a n
zararlanishdan himoyalashingiz
m u m k i n . O i l a d a s i l b i l a n
ka s a l l a n ga n l a r a n i q l a n ga n d a
sinchkovlik bilan shifokorning tavsiyalariga rioya qilish lozim
Kasallanishni erta aniqlash maqsadida har yilgi asosda flyuorografik
tekshirishdan o'tish tavsiya qilinadi.
6
Silni o'z vaqtida aniqlash, davolash va tartib bo'yicha shifokorning
tavsiyalarini aniq bajarish, davolasa bo'ladigan kasallik ekanligini
yodda saqlash muhim. Qanchalik kasallik barvaqt aniqlansa, kasalning
organizmiga shunchalik kam shikastlanishlar etkaziladi. Qanchalik u
tezroq va to'laroq davolansa, shunchalik atrofdagi insonlarga
infektsiyani tarqatib yuborish xavfi kamroq bo'ladi.
Silning oldini olish uchun har bir inson quyidagilarni bilishi kerak:
џ Sport bilan shug'ullanishi, sog'lom turmush tarzini olib borishi.
џ To'g'ri ovqatlanishi – sog'lom, vitaminlarga boy oziq-ovqat
mahsulotlarini iste'mol qilishi.
џ Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishi.
џ Alkogol, chekish va har qanday toksik moddalarni iste'mol qilishni
bekor qilishi.
Kasallanishni erta aniqlash maqsadida har yilgi asosda flyuorografik
tekshirishdan o'tish tavsiya qilinadi.
Kasallik qanday rivojlanadi?
O'pka to'qimasi sil bakteriyalarining ko'payishi uchun qulay muhitdir.
Sil bakteriyalari o'pkalarga tushganda ko'payishni boshlaydi va
yallig'lanish paydo bo'ladi. O'pkalarda do'ngliklar paydo bo'lib,
ularning emirilishi sodir bo'ladi va tarkibidagilar nafas olish yo'llariga
tushib qoladi. Shu tarzda o'z tarkibida sil bakteriyalariga ega balg'am
paydo bo'ladi va shu bilan yuqtirish va atrofdagi insonlarning
kasallanish manbai bo'lib qoladi.
Kichik o'lchamdagi sil do'ngliklari
ka s a l l i k av j o l ga n va q td a
y i r i k l a s h i b k e t a d i ,
yallig'lanishning katta yuzalari
s h a k l l a n a d i , h a t t o k i
p a rc h a l a n i s h l a r n i n g ka tta
7
bo'shliqlari hosil bo'lishi bilan o'pkalarning barcha maydonlarini
emirilishigacha olib boradi.
Sil – sekin-asta rivojlanuvchi va uzoq vaqt davom etuvchi kasallik.
Ammo o'tkir, tez rivojlanuvchi shakllari ham bo'lishi mumkin.
Kasallik o'z vaqtida aniqlanganda va to'g'ri davolanganda silning
rivojlanishini eng erta bosqichlarda to'xtatish, o'pkalar va boshqa
organlarning katta maydonlarini buzilishiga yo'l qo'ymasdan to'xtatish
mumkin.
Erta aniqlanib, o'z vaqtida va to'g'ri davolanganda – kasallikning
oqibati doimo ijobiy bo'ladi
Sil bakteriyalari o'pkalarga tushganda ko'payishni boshlaydi,
shunda yallig'lanish paydo bo'ladi. O'pkalarda do'ngliklar paydo
bo'ladi, ularning emirilishi sodir bo'ladi va tarkibidagilar nafas olish
yo'llariga tushib qoladi. Shu tarzda o'z tarkibida sil bakteriyalariga
ega balg'am paydo bo'ladi va shu bilan yuqtirish va atrofdagi
insonlarning kasallanish manbai bo'lib qoladi. Erta aniqlanib, o'z
vaqtida va to'g'ri davolanganda – kasallikning oqibati doimo ijobiy
bo'ladi.
OIV bilan yashovchi insonlarda sil qanday rivojlanadi?
Sil bakteriyalari bilan zararlangan insonlarning 90-95% o'z hayotlari
davomida sil bilan kasallanmaydilar. Zararlangan insonlarning 5-10%
esa mudrayotgan holatda bo'lgan sil bakteriyalari o'z soatlarini kutib
turishibdi.
Immun tizimi sil infektsiyasini
l o k a l l a s h t i r i s h h o l a t i d a
bo'lmaganda sil bakteriyalari (SB)
tez rivojlanishni boshlaydi.
Immun tizimi susaygan shaxslar
kasallik rivojlanishining ancha
8
SIL
OIV
SIL+OIV
yuqori xavfiga duchor bo'ladilar. OIV-infektsiyasi natijasida
immunitetning susayishi – zararlanishdan so'ng sil rivojlanishiga ta'sir
etuvchi eng ahamiyatli omildir.
OIV bilan zararlanganda silning rivojlanishi xavfi OIV bilan zarar-
lanmagan insonlarga qaraganda 10 barobar yuqoriroq. OIV insonlarni
infektsiyalar zararlashiga olib keladi, ular immun tizimi me'yordagi
holatda odatda insonlarning organizmiga ta'sir o'tkazmaydi.
OIVni o'rganishda oxirgi ikki o'n yilliklar muvaffaqiyatlariga qaramay,
insoniyatga OIV-infektsiya va u bilan bog'liq kasalliklar tarqalishini
to'xtatish imkoni bo'lmadi. Sil OIV bilan kasallangan insonlar uchun
juda ham xavfli. Butun dunyoda sil – OIV bilan zararlangan insonlar
orasida o'limning etakchi sababchisi bo'lib qolmoqda.
Immun tizimi sil infektsiyasini lokallashtirish holatida bo'lmaganda
sil bakteriyalari (SB) tez rivojlanishni boshlaydi. Immun tizimi
susaygan shaxslar kasallik rivojlanishining ancha yuqori xavfiga
duchor bo'ladilar. OIV-infektsiyasi natijasida immunitetning
susayishi – zararlanishdan so'ng sil rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng
ahamiyatli omildir.
OIV bilan yashovchi inson silga tekshiruvdan o'tishi kerakmi?
Ha. Agar OIV-infektsiyali bemor silga yoki o'tgan davrda silga teri testi
natijalari ijobiy bo'lmagan bo'lsa, unga tekshiruvdan o'tish zarur:
tuberkulin sinamasini qo'yish va turar joyi bo'yicha silga qarshi
dispanserda balg'amini tekshirtirish. Sil organizmning boshqa
organlarida ham rivojlanishi
mumkin bo'lganligi sababli
boshqa testlar va tekshiruvlar
ham o'tkazilishi mumkin.
Agar OIV-infektsiyali bemor silga
salbiy natijaga ega bo'lsa, unga
kamida bir yilda bir marotaba sil
9
9
bilan kasallanish xavfiga bog'liq holda muntazam ravishda
tekshiruvdan o'tib turish kerak.
Agar bemor-ona ijobiy OIV-maqomiga ega va bola unga OIV tashxisi
qo'yilgandan so'ng tug'ilgan bo'lsa, bolani ham u 9-12 oylik bo'lganida
silga tekshirish zarur.
Agar OIV-infektsiyali bemor silga yoki o'tgan davrda silga teri testi-
ning natijasi ijobiy bo'lmagan bo'lsa, unga tuberkulin sinamasi
qo'yish va turar joyi bo'yicha silga qarshi dispanserda balg'amini
tekshirtirish zarur.
Dori vositalari silning rivojlanishini oldini olishi mumkinmi?
OIV-infektsiyali insonlarda silga qarshi dori vositalari kasallikni
rivojlanishini oldini olishi mumkin.
OIV mavjud bo'lganda bemorga silga tekshiruvdan o'tish zarur. Faol sil
bo'lmaganida 6 oylik muddatga izoniazid bilan profilaktik davolanish
tayinlanadi.
Dori vositalari to'liq 6 oy
davomida qabul qilinishi kerak,
chunki sil qo'zg'atuvchisi juda
sekin yo'qotiladi.
Homiladorlik davrida ham sil
rivojlanishini oldini olish uchun
silga qarshi dori vositalarini qabul
qilish mumkin.
OIV-infektsiyali insonlarda silga qarshi dori vositalari kasallikni
rivojlanishini oldini olishi mumkin.
10
OIV bilan yashovchi insonlarda sil davolanishi mumkinmi?
Ha, mumkin, agar bemor shifokor – ftiziatrning hamma tavsiyalariga
qat'iyan rioya qilib borsa. OIV bo'lmagan bemorlarni davolash uchun
qo'llaniluvchi dori vositalari, shu bilan birga, OIVga ijobiy maqomli
bemorlarga ham qo'llanilishi mumkin.
Kasallik alomatlari dori vositalarini qabul qilishni boshlagandan so'ng
bir necha hafta davomida g'oyib bo'lishi mumkin.
Sil mikroblari juda sekin yo'q qilinadi, davolash odatda uzoq davom
etadi. Dori vositalarini nomuntazam, uzilishlar bilan qabul qilish silning
turg'un shaklini rivojlantirishi mumkin.
Turg'un silni davolash juda murakkab va kamida 18-24 oy o'tkazilishi
kerak. Shuning uchun, sil bilan kasallangan bemorlar, ularning
qarindoshlari, barcha darajadagi tibbiyot xodimlari silni davolashda
uzilishlarga yo'l qo'yish mumkin emasligini bilishlari shart.
Sil bilan kasallangan bemorlar, ularning qarindoshlari, barcha
darajadagi tibbiyot xodimlari silni davolashda uzilishlarga yo'l
qo'yish mumkin emasligini bilishlari shart.
Silning alomatlari qanday?
Silning rivojlanishida quyidagi alomatlar paydo bo'ladi: yo'tal,
quvvatsizlik, 37 – 37,5°S gacha tana haroratining ko'tarilishi, ko'p
terlash, ko'krak qafasida og'riqlar, ishtahani pasayishi, vaznni
yo'qotish, charchash .
Silning bu alomatlariga insonlar ko'pincha katta ahamiyat bermaydilar
va tibbiy yordamga murojaat qilmaydilar, yoki o'zlarini o'zlari davolash
bilan shug'ullanadilar.
Keyinchalik barcha tavsiflab berilgan alomatlar kuchayib, ularga qon
tuflash qo'shilishi mumkin.
11
Yo'tal – sil kasalligining eng ajralib
turuvchi alomatidir. Agar u 2
haftadan ortiq davom etayotgan
bo'lsa, albatta silga tekshiruvdan
o'tishga yuborish kerak.
Yo'tal – silning eng ajralib turuvchi
alomatidir. Agar u 2 haftadan ortiq
davom etayotgan bo'lsa, albatta
silga tekshiruvdan o'tishga
yuborish kerak.
Sil qanchalik xavfli?
Sil qo'zg'atuvchilari juda o'zgaruvchan va dori-darmonlarga
turg'unlikka tez ega bo'ladilar, ularni nafaqat dori vositalari bilan yo'q
qilish, balki aniqlash ham murakkab bo'ladi. Noto'g'ri davolash,
davolashdagi uzilishlar, surunkali bemorlar bilan doimiy muloqotda
bo'lishlik va boshqa sabablar natijasida sil (silga qarshi dori
vositalarining ta'siriga turg'unlik) davolanishi juda qiyin bo'lgan
surunkali shaklga o'tishi mumkin.
Davolashdagi uzilishlar natijasida sil surunkali shaklga o'tib, davo
muolajalari ijobiy natija bermaydi.
Birlamchi tibbiy-sanitar yordam (BTSYO) darajasida silni
aniqlash va tekshirish
Zamonaviy bosqichda aholi o'rtasida o'pka silini erta aniqlash BTSYO
muassasalarida umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan amalga
oshirilmoqda. Hozirgi kunda silga taxmin qilinayotgan shaxslarni
tekshirayotganda klinik minimum aniqlab berilgan va u quyidagi
usullardan tashkil topgan:
џ alomatlarni klinik baholash;
12
џ bakteriologik tekshiruv;
џ nurli tekshiruv;
џ tuberkulin sinamasi (bolalarda);
џ silga ekspress - test.
Silni tekshirishning asosiy usuli sil
m i k o b a k t e r i y a s i n i ( S M B )
aniqlashga balg'amni tekshirish
bo'ladi.
Balg'amda SMB aniqlashning
molekulyar-genetik usulidan biri
GeneХpert MTB/RIFdir, u tezlikda
bir vaqtning o'zida sil va
rifampitsinga (Rif) turg'unlikni
tekshiruvini ta'minlaydi.
GeneХpert MTB/RIF haqiqiy vaqtda in vitro o'tkazuvchi yarim miqdorli
inli polimerazli zanjir reaktsiya (PZR) usulini qo'llaydi. Tekshiruv
jarayoni vaqt bo'yicha bor-yo'g'i 2 soatni egallaydi, usulning o'ziga
xosligi 100% ga erishiladi, yuqori sezuvchan balg'amning surtmasi
ijobiy bo'lgan bemorlar uchun – 98 % gacha. Bunday tekshiruv usulini
o'tkazilishi minimal darajadagi ko'nikmalarni talab etadi va tekshiruv
o'tkazish uchun alohida xona ajratilishini talab etmaydi.
GeneХpert MTB/RIF tizimi Umumjahon sog'liqni saqlash tashkiloti
tomonidan ma'qullangan va silni aniqlashning skrining testi sifatida
barcha mamlakatlarda qo'llanilish uchun tavsiya etilgan.
GeneХpert MTB/RIF tizimi Umumjahon sog'liqni saqlash tashkiloti
tomonidan ma'qullangan va silni aniqlashning skrining testi sifatida
barcha mamlakatlarda qo'llanilish uchun tavsiya etilgan.
Sil bilan kurashish dasturida BTSYO tarmog'ining roli
13
BTSYO tarmog'i tibbiyot xodimi majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
џ O'xshash alomatli bemorda silni shubha ostiga olish va tekshiruv
algoritmi bo'yicha zaruriy choralarni o'z vaqtida amalga oshirish.
џ Mikroskopik tadqiqot uchun tekshirish materialning (balg'amning)
sifatli 2-ta namunasini yig'ilishini ta'minlash.
џ Ko'krak qafasi organlarini rentgenologik tadqiqotini tayinlash.
џ Silga shubha uyg'otgan bemorni tashxisni tasdiqlash va davolash
uchun silga qarshi dispanserga yuborish.
џ Silning alomatlari haqida, tibbiy yordam uchun o'z vaqtida
murojaat etish haqida aholi o'rtasida sanitar-ma'rifiy ishlarni olib
borish.
џ Silga qarshi xizmat boshchiligi
ostida ambulator bosqichda
nazorat qilinuvchi davolashni
amalga oshirish.
џ Davolash jarayonida yozaga
kelgan asoratlar yoki davolashni
muddatidan oldin to'xtatish
holati xaqida silga qarshi
xizmatga zudlik bilan xabar
berish.
џ Me'yoriy hujjatlarga muvofiq
“xavf guruhidan” shaxslarni
kuzatib borish.
BTSYO tarmog'ini tibbiyot xodimining me'yoriy hujjatlarga muvofiq
eng muhim majburiyatlaridan biri “xavf guruhidagi” shaxslarni
kuzatib borish kiradi.
Silni aniqlash va tekshirish bo'yicha umumiy qoidalar (BTSYO
darajasi)
O'pka silini aniqlashning asosiy usuli silga shubha qilingan shaxslarning
14
(klinik alomatlar va respirator shikoyatlar) tibbiy yordam uchun
murojaat qilganlarida balg'amning bakteriologik tadqiqotidir. Bu
maqsadda, bemorlarni ambulator qabul qilishni amalga oshiruvchi
barcha BTSYO tibbiyot muassasalarida – poliklinikalarda, QOPlarda -
balg'amni yig'ish joylari tashkillashtiriladi, ularning ish vaqti ambulator
qabulning vaqti bilan mos kelishi kerak. Yotoq bemorlarda balg'amni
yig'ish tibbiyot hamshirasi tomonidan uyda amalga oshiriladi.
Barcha BTSYO tibbiyot muassasalarida – poliklinikalarda, QOPlarda -
balg'amni yig'ish joylari tashkillashtiriladi.
Quyidagi shaxslarda silga balg'amni bakteriologik tekshirish
lozim:
џ Tibbiyot muassasasiga ikki hafta vaqt davomidagi yo'talga shikoyat
qilib murojaat etgan shaxslar. Yo'tal kasallikning mustaqil ko'rinishi
bo'lishi yoki ko'krak qafasidagi og'riqlar, qon tuflash, tez-tez nafas
olish, holsizlik, ko'p terlashlik, subfebril harorat kabi alomatlar
bilan uyg'unlashuvi bo'lishi mumkin.
џ Kasallikning muvofiq alomatlari mavjud bo'lgan sil bilan
kasallangan bemorlar (balg'am ko'chib chiqishi, yo'tal) bilan
aloqada bo'lgan shaxslar.
џ Silga nisbatan shubha uyg'otgan o'pka maydonlaridagi
rentgenologik o'zgarishlariga ega bo'lgan shaxslar.
џ Nafas olish organlarining surunkali nospetsifik kasalliklari (zo'riqish
davrida) bilan aziyat chekuvchi “xavf guruhi”dagi shaxslar.
Ikki haftadan ortiq davomiy yo'talga shikoyat bilan tibbiyot
muassasasiga murojaat qilgan shaxslar, silga balg'amni
bakteriologik tekshiruvdan o'tishlari kerak bo'ladi.
Silga shubha uyg'otgan bemorni tekshirish
Nafas olish organlari siliga shubhalangan bemor murojaat qilgan joy
bo'yicha tibbiyot muassasasida bevosita tekshiriladi, bu erda nazorat
15
ostida ikki miqdordagi (birinchisi – murojaat qilgan vaqtida, ikkinchisi –
yig'ilgani, iloji boricha, ertalabki vaqtdagi) balg'am yig'ish o'tkaziladi,
keyinchalik uni maxsuslashtirilgan laboratoriyaga bakteriologik
tadqiqot o'tkazilishi uchun yuboriladi. Muassasa muvofiq uskunalarga,
o'qitilgan xodimlarga (BTSYO tibbiyot hamshirasi) va silning infektsion
nazorati talablariga javob berishi kerak.
Kislotaga chidamli bakteriyalarga (KCHB) balg'amning ikki miqdoridan
hech bo'lmaganda birida mikroskopik tadqiqotning natijasi ijobiy
olinganda, bemorlar turar joyi bo'yicha silga qarshi muassasaga
tekshiruvni davom ettirish uchun yuboriladilar.
KCHBga balg'amni bakteriologik tadqiqot natijalarining ikki karra salbiy
bo'lganda, bemorlar ko'krak qafasi organlarining flyuorografiyasiga
yoki rentgenografiyasiga yuboriladi. Keyingi taktika rentgenologik
tadqiqotlarning natijalari bilan aniqlab beriladi. Miliar silga
shubhalangan bemorlar zudlik bilan silga qarshi muassasaga
yuboriladi, bronxitni yoki zotiljamni differentsial tekshiruvini o'tkazish
zarurati tug'ilganda esa 2 hafta (14 kun) davomida antibiotiklarning
keng ta'sir spektri test-terapiyasi tayinlanadi. Klinik-rentgenologik
dinamikaning mavjud bo'lmaganida yoki jarayonning torpid
kechishida bemor silga qarshi muassasaga yuboriladi.
Nafas olish organlari siliga shubhalangan bemorlar murojaat qilgan
joy bo'yicha bevosita tibbiy muassasada tekshiriladi.
Silni qanday davolasa bo'ladi?
Silning davosi bor.
Silni davolash uchun bemorga 4-5 silga qarshi dori vositalarini qabul
qilish zarur bo'ladi. Silni davolash butun davr mobaynida nazorat qilib
turilishi kerak, ya'ni tibbiyot xodimlari muntazam ravishda bemorlar
dori vositalarini qabul qilayotganini nazorat ostida ushlab turishlari
kerak. Bu muvaffaqiyatli davolash uchun asosiy sharoitdir, chunki
ko'pchilik insonlar kerakli dori vositalarini o'z vaqtida qabul qilishni
16
unutib qo'yadilar.
Silni davolash uzoq vaqt, kamida 6-8
oy davomida bajariladi. Faqat shu
d a v r i c h i d a b a r c h a s i l
bakteriyalarining yo'qotilishiga
erishiladi. Nazoratsiz, noto'g'ri
davolashda sil qiyin davolanuvchi
kasallikka aylanishi va uni davolash
vaqti 2 yilgacha davom etishi
mumkin.
Sild a n t u za lib ket is h u c h u n
bemorlarga quyidagilar zarur:
џ Shifokorga o'z vaqtida murojaat qilish.
џ Shifokor nazorati ostida davolash kursini to'liq o'tish.
џ Shifokor tomonidan tayinlangan silga qarshi dori vositalarini qabul
qilish va davolanishda uzilishlarga yo'l qo'ymaslik.
џ Shifokorning barcha ko'rsatmalarini o'z vaqtida bajarish, chunki
davolashning natijasi shunga bog'liq.
Sil ko'pincha davolanadi!
Silni davolash haqida nimalarni bilish zarur?
Silni davolash 2 fazaga bo'linadi, ular orasida dori vositalarini qabul
qilishni uzilishiga yo'l qo'yish mumkin emas.
Birinchi faza – bu intensiv davolash, bunda bemor silning sezuvchan
shaklida 2-3 oy davomida 4-5 silga qarshi dori vositalarini va silning
turg'un shaklida 8 oygacha 5-6 dori vositalarini qabul qilishi kerak.
Keyinchalik davolashning ikkinchi quvvatlab turuvchi fazasida silning
sezuvchan shaklida 4-5 oy davomida yana 2-3 dori vositasini va silning
17
turg'un shaklida 12 oydan ortiq 3-
4 dori vositasini qabul qilishni
davom ettirish zarur.
Silni davolashda immunitetni
mustahkamlash uchun har xil
xalq tabobati vositalari: qimiz,
tuya suti, asal, asalari elimi,
yong'oqlar, dorivor o'simliklarni
qo'llash mumkin. Ammo shuni
yodda tutish kerakki, barcha
sanab o'tilganlar sil bakteriyalarini o'ldirmaydi, demak, asosiy
davolash hisoblanmaydi.
Bundan tashqari, kasallikning erta bosqichlarida ba'zi vositalar
jarayonlarning generalizatsiyalanishiga turtki bo'lishi mumkin.
Shuning uchun, xalq tabobati usullarini ehtiyotkorlik bilan va faqat
ftiziatr bilan maslahatlashgandan so'ng qo'llash mumkin.
Silni davolash 2 fazaga bo'linadi, ular orasida dori vositalarini qabul
qilishni uzilishiga yo'l qo'yish mumkin emas. Xalq tabobati usullarini
ehtiyotkorlik bilan va faqat ftiziatr bilan maslahatlashgandan so'ng
qo'llash mumkin.
OIV-infektsiyali bemorlarda silning o'tish xususiyatlari
Silning o'tishi OIVda immuntanqislikning bosqichi va darajasiga
bog'liqdir. Boshlang'ich bosqichlarda engil yoki mo'tadil
immuntanqisligida sil rivojlanadi, u odatdagi sildan kam tomonlari
bilan farq qiladi. Immunitetning pasayib borishi odatda o'pka sili va
o'pkadan tashqaridagi sil rivojlanishiga olib keladi. Hammasidan ham
ko'proq bular qatoriga zotiljam, limfadenopatiya, perikardit, milliar sili,
meningit va tarqalgan sil kiradi.
OIV infektsiyasi – sil kasalligini xavfini oshiruvchi eng asosiy omildir.
18
OIV infektsiyasi – sil kasalligini
xavfini oshiruvchi eng asosiy
omildir.
Silni davolashda paydo bo'luvchi
nojo'ya ta'sirlar
Sil bilan kasallangan bemorlarning
birinchi aniqlangan 5-10 % da
davolash vaqtida silga qarshi dori
vositalariga quyidagi nojo'ya
ta'sirlar paydo bo'lishi mumkin:
ishtahani yo'qolishi, ko'ngil aynishi, qusish, teri qichishishi, qorindagi
og'riqlar, ko'zning oq pardasi va terining sarg'ayishi, bo'g'imlardagi
og'riqlar, quloqlardagi shovqin, harakatlanish beqarorligi, ko'rish
qobiliyatini buzilishi.
Amaldagi barcha sanab o'tilgan alomatlar bartaraf etilishi mumkin va
asosiy davolashni bekor qilishni talab etmaydi. Bu o'zgarishlar haqida
bemor o'zining davolovchi shifokoriga xabar berishi kerak.
Silga qarshi dori vositalarini ularga yuqori sezuvchanlik natijasida
asoslanmagan bekor qilinishi sil bakteriyalarining multirezistent-
ligining (turg'unligining) rivojlanishiga va kasallikning qiyin
davolanuvchi surunkali shakllariga olib kelishi mumkin.
Silni davolashda paydo bo'luvchi amaldagi barcha alomatlar
bartaraf etilishi mumkin va asosiy davolashni bekor qilishni talab
etmaydi. Bu o'zgarishlar haqida bemor o'zining davolovchi
shifokoriga xabar berishi kerak.
Silni nazoratsiz, noto'g'ri davolash nimasi bilan xavfli?
Silni noto'g'ri davolash natijasida, asosan silga qarshi dori vositalarini
qabul qilishdagi uzilishlar tufayli kasallik ko'pincha qiyin davolanadi.
Uning ancha xavfli bo'lgan shakllari – miqdori ko'p dori vositalariga
19
turg'un sil (MDT-sil), bunda sil bakteriyalari asosiy silga qarshi dori
vositalari (minimum rifampitsinga va izoniazidga) ta'siriga bardoshli
bo'lib qoladi va keng dori vositalariga turg'un sil (KDT-sil) har qanday
ftorxinolga va ikkinchi qator silga qarshi in'ektsion dori vositalarining
uchtasidan biriga qo'shimcha turg'unlikka aylanadi.
Miqdori ko'p dori vositalariga turg'un silni davolash juda murakkab va
18-24 oy davomida o'tkaziladi, ya'ni silning sezuvchan shaklini
davolashga qaraganda 3-4 marotaba ko'proq.
S h u n i n g u c h u n , s i l b i l a n
k a s a l l a n g a n l a r, u l a r n i n g
q a r i n d o s h l a r i v a b a r c h a
darajadagi tibbiyot xodimlari silni
davolashda juda puxta bo'lishi
kerak. Davolash vaqtida hech
q an d ay tan affu slarga yo 'l
qo'yilmaslik kerakligini bilishlari
shart.
Silni noto'g'ri davolash natijasida, asosan silga qarshi dori
vositalarini qabul qilishdagi uzilishlar tufayli kasallik ko'pincha qiyin
davolanadi. Shuning uchun, sil bilan kasallanganlar, ularning
qarindoshlari va barcha darajadagi tibbiyot xodimlari silni
davolashda juda puxta bo'lishi va davolash vaqtida hech qanday
tanaffuslarga yo'l qo'yilmaslik kerakligini bilishlari shart.
Silni davolashning sharoitlari
Bemorning holatiga, kasallikning tarqalganligiga va og'irligiga bog'liq
holda silni davolash ambulator yoki statsionar sharoitida bo'lishi
mumkin.
Ambulator davolash uyda o'tkazilishi yoki bemorlarning o'zlari
davolash muassasasiga kelib davolanishlari mumkin.
20
Statsionar davolash bemorni shifoxonaga joylashtirish bilan amalga
oshiriladi.
Silni davolash ambulator yoki statsionar sharoitida bo'lishi mumkin.
Bemorlar uchun silni ambulator davolashning afzalliklari
O'zbekistonda silni ambulator davolash bo'yicha mavjud bo'lgan
tajribasiga asosan quyidagi xulosalar qilingan:
џ Ambulator davolashning jadal bosqichidan o'tgan silning turg'un
shakliga ega bo'lgan bemorlarning davolash natijalari shifoxonaga
joylashtirilgan bemorlarning davolash natijalari bilan o'xshashdir.
џ Ambulator davolanayotgan bemorlarda dori vositalariga nojo'ya
ta'sirlar shifoxonaga yotqizilganlarga qaraganda kamroq
aniqlanadi. Shuni ta'kidlash joizki, statsionar bosqichdagi nojo'ya
ta'sirlarning paydo bo'lishida bemorga ko'rsatiluvchi xizmatlarning
s i fa t i , b e p u l l a b o ra t o r
xizmatlar va tor mutaxassis-
shifokorlarning maslahatlari
kabi ham yuqori.
џ Davolashning ambulator
modeli bemorlar uchun
ancha qulay.
џ Davolashning ambulator
m o d e l i s t a t s i o n a r g a
qaraganda arzonroq.
Davolashning ambulator modeli bemorlar uchun ancha qulay va
statsionar davolashdan arzonroq bo'ladi.
Sil bilan kasallangan bemorlarni uyda davolashda nimalar
zarur?
21
Davolashning erta bosqichlarida sil bilan kasallangan bemorlarni
ambulator davolash imkoniyatlarini ta'minlashning quyidagi bir qator
ob'ektiv omillari mavjud:
џ Silni davolashga sodiqlik.
џ Alohida xonaning mavjud bo'lishi.
џ Ushbu o'choqda 18 yoshga to'lmagan bolalarning, homilador
ayollarning va katta yoshdagi odamlarning bo'lmasligi.
џ Infektsion nazorat choralariga xonada rioya etilishi.
џ Bemorni parvarish qilayotgan shaxsning mavjudligi.
џ Bemorni uyda davolash uchun silga qarshi dori vositalarini
muntazam, uzluksiz keltirilishi.
џ Uchastka shifokori tomonidan bemorni bir oyda 2 martadan kam
bo'lmagan, ftiziatr tomonidan esa bir oyda 1 marotabadan kam
bo'lmagan doimiy ko'rigi va maslahatlari.
џ
Bemorda sil bakteriyalari ajralib chiqish davrida tibbiyot/parvarish-
lovchi xodimlarida respiratorning mavjudligi, uning to'g'ri
ishlatilishi va bemorning o'zi ham niqobchadan foydalanishi zarur.
Davolashning erta bosqichlarida sil bilan kasallangan bemorlarni
ambulator davolash imkoniyatlarini ta'minlashning bir qator
ob'ektiv omillari mavjud.
Silda ovqatlanish
Sil bilan kasallangan bemorning ovqatlanish ratsionida oqsilga boy
mahsulotlar va vitaminlar etarlicha miqdorda bo'lishi kerak.
Ovqatlanishda sut mahsulotlari, sabzavotlar va mevalar, har xil
sharbatlarni iste'mol qilish zarur.
Sil bilan kasallangan bemorlarning uyqu va dam olishlariga etarlicha
vaqt ajratilganda tezda tuzalib ketadilar (kuniga 8-10 soat). Toza
havoda uzoq vaqt davom etmaydigan sayrlar tavsiya etiladi.
22
Davolashning ikkinchi fazasida kuchi
etadigan engil mehnatni bajarish
mumkin. Sog'lom turmush tarzi – bu silni
profilaktikasi va uning retsidivlarini
muvaffaqiyatli davolash kafolatidir.
Sog'lom turmush tarzi – bu silni
profilaktikasi va uning retsidivlarini
muvaffaqiyatli davolash kafolatidir.
Silni davolashda mehnat va dam
olish tartibi
Sil bilan kasallangan bemorga tez tuzalib ketishi uchun uzaytirilgan
uyqu, barqarorlashtirilgan kun tartibi zarur, bunda uning organizmi
uchun qulay holat ta'minlanadi.
To'g'ri tartibni o'rnatish uchun bemorga uzaytirilgan uyqu, kun
davomida minimum ikki soatli dam olish, iloji boricha toza havoda vaqt
o'tkazish: uzoq vaqt bo'lmagan sayrlar, ochiq ayvonda yotish, havo
vannalarini qabul qilish shart.
Bemor yuqumsiz bo'lib qolganidan so'ng u engil, kuchi etadigan
mehnat bilan shug'ullanishi mumkin. Ish quyidagicha bo'lishi kerak:
џ charchatmaydigan;
џ zararli bo'lgan ishlab chiqarishda emas;
џ katta jismoniy yuklanishlarsiz;
џ quruq, iliq, yaxshi shamollatib turiluvchi xonalarda;
џ uyquni buzmasdan (ya'ni kunlik navbatchiliklarsiz);
џ ovqatlanish imkoniyati bilan.
To'g'ri tartibni o'rnatish uchun bemorga uzaytirilgan uyqu, kun
davomida kamida ikki soatli dam olish, iloji boricha toza havoda vaqt
o'tkazishi tavsiya qilinadi.
23
24
Sildan davolangandan so'ng bemorlarning reabilitatsiyasi
Silni o'tkazgan inson birinchi galda o'zining turmush tarzini o'zgartirishi
lozim. Agar uning faoliyati zararli mehnat sharoitlari bilan, kirlangan
xonalarda muntazam bo'lishliklarga bog'liq bo'lsa, u holda bunday
ishni almashtirish kerak. Tungi dam olish vaqtini 8-9 soatgacha
oshirish, kunlik tartibga 2-soatlik kunduzgi uyquni kiritish, jismoniy
yuklanishni cheklash, har kuni toza havoda bo'lish, stressli
vaziyatlardan nariroq bo'lish kerak.
Nafas olish yo'llarini shamollash
kasalliklaridan himoyalash uchun
chekishni tashlash va organizmni
asta-sekin chiniqtirishni boshlash
kerak. Biroq, uzoq vaqt ochiq
quyoshda bo'lish taqiqlanadi,
chunki kuydiruvchi nurlar
y a l l i g ' l a n i s h j a r a y o n i n i
qo'zg'atishi mumkin. Toza havoda yayov sayrlar, engil gimnastika,
suzish tavsiya etiladi.
Reabilitatsion davrning muhim qismi dietoterapiya bo'ladi, shuning
uchun bemor tayinlangan ovqatlanish tartibiga so'zsiz rioya qilishi
kerak. Ovqatlanishda engil hazm bo'luvchi oqsillarni ularning
organizmdan sezilarli yo'qolganligi bois iste'mol qilinishi ustunlikka
ega. Oqsil shikastlangan o'choqdagi to'qimalarni tiklanishiga yordam
beradi, kasallik davrida sarf qilingan quvvatni to'ldiradi. Bir vaqtning
o'zida yog'larni (ayniqsa hayvoniy yog'larni) va uglevodlarni iste'mol
qilinishini cheklash talab etiladi.
Kasallikdan so'ng reabilitatsiya qoidalari:
џ Mehnat va dam olishning eng maqbul tartibi;
џ Jismoniy yuklanishni chegaralash;
25
џ Toza havoda ko'proq vaqt o'tkazish;
џ Stress holatlarining mavjud bo'lmasligi;
џ Organizmni asta-sekin chiniqtirish;
џ Dietoterapiya.
Reabilitatsion davrning muhim qismi dietoterapiya bo'ladi.
Ovqatlanishda engil hazm bo'luvchi oqsillarni iste'mol qilinishi
ustunlikka ega.
Sil bilan kasallangan bemor tomonidan rioya etilishi uchun
zarur bo'lgan qoidalar
Sil bilan kasallangan bemorlar atrofni o'rab turgan insonlarga
yuqtirmaslikni oldini olish bo'yicha tadbirlarni bajarishlari zarur. Eng
muhimi shifokor tomonidan tayinlangan muddatgacha uzluksiz
davolanish bo'ladi.
Yo'talganda va aksirganda og'izni salfetka bilan yopish kerak,
keyinchalik u dezinfektsiyalanadi yoki yo'q qilib tashlanadi. Sil bilan
kasallangan bemorlar boshqa insonlar, ayniqsa
bolalar bilan, muloqotni cheklashlari kerak, toki
balg'am bilan sil bakteriyalarini ajralib chiqishi
turg'un to'xtagunicha (balg'am tekshiruvlari
salbiy bo'lib qolishi kerak).
Sil bilan kasallangan bemorlar joylashgan xona
(palata) tez-tez shamollatib turilishi kerak. Bu
tadbirlar oila a'zolarini, ayniqsa bolalarni, hamda
qarindoshlarni, do'stlarni, hamkasblarni va
jamiyatning boshqa a'zolarini silni yuqtirishlari va kasallanishlaridan
samarali himoya qiladi.
Yo'talganda va aksirganda og'izni salfetka bilan yopish kerak,
keyinchalik u dezinfektsiyalanadi yoki yo'q qilib tashlanadi.
Agar bemorning qarindoshi sil bilan kasallangan bo'lsa
Agar bemorning oila a'zolaridan biror biriga “sil” tashxisini qo'yishgan
bo'lsa, bu infektsiyadan qolganlarni, ayniqsa bolalarni, saqlab qolish
muhimdir. Avvalambor xonada dezinfektsiyani o'tkazish zarur. So'ngra,
sog'lom insonlarni zararlanishini oldini olish uchun barcha chora-
tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bemorga alohida sochiq, bo'lak
sovun va tish chyotkasini ajratish, ustiga-ustak ularning barchasi
boshqa anjomlardan alohida izolyatsiyalangan bo'lishi kerak. Uning
uchun idishlar jamlanmasi xuddi shunday tarzda alohida bo'lishi kerak.
Kirlangan likobchalarni, finjonlarni va qoshiqlarning ustidan
avvalambor qaynoq suv quyiladi va so'ngra ular yuviladi.
Хonani muntazam shamollatish, kunora nam yig'ishtirish va uyni o'ta
toza holatda ushlab turish katta ahamiyatga ega. Bemor bilan
yaqinlikda yashovchilarning barchasi tizimli tekshiruvlardan o'tib
turishlari zarur. Bunda shuni yodda tutish lozimki, faqat ochiq
shakldagi sil bilan kasallangan insonlar bakteriyalarni ajratib chiqaradi.
Agar davolash muvaffaqiyatli bo'lgan bo'lsa va kasallik yopiq shaklga
o'tgan bo'lsa, yuqish amalga oshmaydi.
Faqat ochiq shakldagi sil bilan kasallangan insonlar bakteriyalarni
ajratib chiqaradi. Agar davolash muvaffaqiyatli bo'lgan bo'lsa va
kasallik yopiq shaklga o'tgan bo'lsa, yuqish amalga oshmaydi.
Silni davolashning to'liq kursini yakunlagandan so'ng bemor
nimalarni bilishi zarur?
Sil bakteriyalarining ajralib chiqilishi uzoq vaqt kechadi, turg'un
yakunlanish kuzatilganda davolanish samarali hisoblanadi, ya'ni
balg'amning mikroskopik tekshiruv natijalari manfiy bo'lib qoladi.
Bunday vaziyatlarda shifokor sildan davolanganlikni o'rnatadi va inson
o'z yaqinlarini va atrofdagilarni sil bilan zararlashdan qo'rqmasdan
odatiy yashash tarzini davom ettirishi mumkin.
26
27
Nomaqbul faktorlarda (yomon
ovqatlanish, tez-tez sovuq
qotish, charchoq, alkogolni
suiiste'mol qilish, narkotik
moddalarini qabul qilish va
boshqalar) insonlarning 2-3% da
sil qayta paydo bo'lishi mumkin.
S h u n i n g u c h u n , s i l b i l a n
kasallanib chiqqan barcha insonlar yo'tal va boshqa alomatlar takroran
paydo bo'lganligini sezganlarida, silga mikroskopik tadqiqot uchun
balg'amni topshirishlari zarur.
Sog'lom turmush tarzi eng yaxshi profilaktika va silni muvaffaqiyatli
davolashning kafolati ekanligini ham yodda tutish muhimdir.
Nomaqbul holatlarda 2-3% odamlarda sil qayta vujudga kelishi
mumkin. Yo'tal va boshqa alomatlar qayta paydo bo'lganda, silga
mikroskopik tekshirish uchun balg'amni topshirish zarur.
Sil bilan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam haqida
bemorlar Xartiyasi
Bemorlar Xartiyasi – sil bilan kasallangan insonlarning huquq va
majburiyatlari tavsiflab berilgan hujjat.
Shu bilimlarga ega bo'lganlik
sharofati bilan shu kasallik bilan
kasallangan insonlar va ularning
jamoalari o'zlarining imkoniyatlarini
kengaytirib bormoqda. Dunyoning
har tomonidagi bemorlarning
tashabbusi bo'yicha ishlab chiqilgan
Xartiya tibbiyot xizmatlarini
28
ta'minlovchilar bilan munosabatlarni o'zaro foydali qilmoqda.
Sil bilan kasallangan bemorlarning huquqlari
Xartiyaga muvofiq sil bilan kasallangan bemorlar o'z huquqlariga
egadirlar, quyidagilar ularning qatoriga kiradi:
џ Resurslarga, irqqa, yoshga, tilga, yuridik maqomiga, e'tiqodiga,
madaniyatiga yoki boshqa kasallikning borligiga bog'liq bo'lmagan
tashxisdan davolashni yakunlaguncha silga qarshi yordamga erkin
va teng huquqli erishish huquqi.
џ Hurmat va qadr-qimmatni saqlab, sog'liqni saqlash va ma'muriyat
xodimlari tomonidan tamg'asiz, soxta fikrlarsiz yoki kamsitishsiz
davolanishga huquq.
џ Tibbiy holat, tashxis, prognoz (kasallikning kelajakdagi rivojlanish
ehtimoliga nisbatan fikr), taklif etilgan davolash, umumiy xavflar va
ehtimolli alternativalarning o'z vaqtida, qisqa va tushunarli
tushuntirishlarga huquq.
џ Oldingi tibbiy hujjatlarga erishish bilan ikkinchi tibbiy fikrga huquq.
џ Faqat bemor bilan kelishuvdan so'ng boshqa instantsiyalarga tibbiy
holatga taalluqli sirli ma'lumotlarni berish huquqi.
џ Tekshiruvdan yoki davolashdan va muvofiq tiklanishdan so'ng ishni
saqlab qolish huquqi.
Sil bilan kasallangan bemorlarning majburiyatlari
Xartiyaga muvofiq bemorlar huquqlar bilan birga majburiyatlarga
ham egadirlar, quyidagilar ularning qatoriga kiradi:
џ Oilaviy aloqalar, yaqin do'stlar bilan aloqalar va zararlangan
insonlar bilan aloqalar xususida sog'liqni saqlash xodimlariga
ma'lumotlarni taqdim etish.
џ Davolashning tayinlangan va kelishilgan rejasi va sxemasiga rioya
29
qilish, bemorni va uni atrofdagilarni sog'lig'ini himoyalashga
yo'naltirilgan yo'riqnomalarni sidqidildan bajarish.
џ Mukofotlash, tushuntirish va tavsiya qilish yo'llari bilan sil
alomatlari aniqlangan shaxslarni sog'liqni saqlash tizimiga jalb
etishga yordam berish.
џ Boshqa bemorlarga va sog'liqni saqlash xodimlariga, bu silga qarshi
Uyushmaning muhim va munosib asosi ekanligini tushunib etib,
axborot berish va huquqlarini tushuntirish.
џ Davolanishga birgalikda intilish uchun birdamlikka va boshqa
bemorlarga yordam berishga ma'naviy mas'uliyatni o'z zimmasiga
olish.
џ Jamiyatni sil yukidan ozod qilishga kuchlarni sarf qilish va boshqalar.
Bemorlar Xartiyasi – sil bilan kasallangan insonlarning huquq va
majburiyatlari tavsiflab berilgan hujjat.
BSST ning “Silni yo'q qilish” strategiyasi
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti
va sil va o'pka kasalliklari bilan
kurashishning Xalqaro ittifoqi sil bilan
kurashishda “Silni yo'q qilish”
strategiyasini qo'llashni tavsiya etadi, u
tibbiyot va ma'muriy tadbirlarning
kompleks tizimi bo'ladi.
Strategiya maqsadi:
Silning global epidemiyasini to'xtatish.
Maqsadli ko'rsatkichlar:
џ 2015 yil bilan solishtirilganda 2035 yilga kelib sildan o'lim miqdorini
30
95% ga pasaytirish.
џ 2015 yil bilan solishtirilganda 2035 yilga kelib sil bilan kasallanish
ko'rsatkichini 90% ga pasaytirish.
џ Sil bilan kasallangan bemorlari bo'lgan oilalardan birortasi ham
2035 yilga kelib katta xarajatlarga ega bo'lmasligi kerak.
Strategiya tamoyillari:
џ Davlat tomonidan rahbarlik qilish va mas'uliyat, monitoring va
baholashni o'tkazish.
џ Fuqarolik jamiyatlari va mahalliy aholi o'rtasida chambarchas
hamkorlik.
џ Inson huquqlari, odob-axloq me'yorlari va haqqoniylik
tamoyilining himoyalanishi va ularga rioya etilishi.
џ Global hamkorlikda mamlakat darajasida strategiya va
vazifalarning moslashishi.
Strategiyaning asosiy elementlari va tarkibiy qismlari:
џ Bemorga yo'naltirilgan kompleks davolash va profilaktika.
o
Silni boshidanoq aniqlash, shu qatorda dori vositalarga
sezuvchanlikka umumiy testni o'tkazib, aloqada bo'lgan va
"
yuqori xavflilik guruhidagi" shaxslarni tizimli tekshirish.
o
Sil bilan kasallangan hamma shaxslarni davolash, shu
qatorda dori vositasiga turg'un sil va bemorlarni qo'llab-
quvvatlash.
o
Sil/OIV bilan kurashishning hamkorlikdagi choralari va
birgalikda kechuvchi kasalliklarni olib borish.
o
Yuqori xavf ta'siri ostiga tushib qoluvchi shaxslarni profilaktik
davolash va silga qarshi emlash.
џ Kuchli siyosat va qo'llab-quvvatlovchi tizim.
31
o Silni davolash va profilaktikasi uchun adekvat resurslar bilan
siyosiy qo'llab-quvvatlash.
o Fuqarolik jamiyatining jamoalari, tashkilotlarini hamda
yordam beruvchi davlat va xususiy etkazib beruvchilarning
ishtiroki.
o Sog'liqni saqlash xizmatlarini umumiy qamrab olish siyosati
va kasallanish hodisalari haqida xabarlash uchun me'yoriy-
huquqiy baza, fuqarolik holatini qayd qilish, dori vositalarini
sifati va foydali ishlatilishi, hamda infektsion nazoratni
ta'minlash.
o Ijtimoiy himoya, qashshoqlik bilan kurashish va silning
boshqa determinantlariga ta'sir o'tkazish.
џ Tadqiqotlar va innovatsiyalarni jadallashtirish.
o Yangi vositalar, amaliy choralar va strategiyalarni ochish,
ishlab chiqish va tezkor tadbiq etish.
o Amalga oshirish va ta'sir etishni optimallashtirish uchun ilmiy
tadqiqotlar, innovatsiyalarga yordam berish.
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti va Sil va o'pka kasalliklari
bilan kurashish Xalqaro ittifoqi sil bilan kurashishda “Silni yo'q qilish”
strategiyasini qabul qilishni tavsiya etadilar.
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya
ilmiy- amaliy tibbiyot markazi
Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Alimova ko’chasi, 1. Indeks: 100086
Telefon: +998 (71) 278-04-70 / +998 (71) 278-15-28,
Faks: +998 (71) 278-04-70
UO’K 616-002.5
KBK 55.4
Sil haqida nimalarni bilish kerak?
Umumiy amaliyot shifokorlari uchun
axborot materiallari
Toshkent: Baktria press, 2018. - 28 b.
Muharrir: D.Sagatova
Kompyuterda tayyorlovchi: MCHJ «PREMIER PRINT»
Nashriyot licenziyasi АI № 263 31.12.2014
Bosishga ruxsat etildi 00.00.2018 й. Bichimi 60х90 1/16
«Calibri» garniturasi. Ofset usulida bosildi.
Bosma tabog’i 1,75.
Adadi 500 nusxa
«BAKTRIA PRESS» MCHJ Nashriyot uyi
100000, Toshkent, Buyuk Ipak Yo’li mavzesi, 15-25
Tel.: +998 (71) 233-23-84
MCHJ «PREMIER PRINT» bosmaxonasida chop etildi
ISBN 978-9943-5092-9-0
© RIFPIATM, 2018
© Baktria press, 2018
Dostları ilə paylaş: |