Konsistensiyani aniqlash
Konsistensiya tushunchasini ko‘z bilan kabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari xossalarini
yig‘indisiga aytiladi.
Oziq-ovqat konsistensiyasi turli bo‘lib, u yopishqoqlik, zichlik, satx tortishuvini ko‘rsatadi.
U shuningdek qattiqlik, yumshoqlik, donadorlikni bildiradi. Suyuk mahsulotlar uchun-
yopishqoqlik, jele shaklidagilar uchun- elastiklik.
Yopishqoqlik-bu tizimning suyuklik qatlamlari oqimiga qarshiligi bo‘lib, suyuklikning ichki
ishqalanishini bildiradi.
Qattiqlik oziq-ovqat mahsulotlarining strukturasini xarakterlab, elastiklik moduli va
elastiklik chegarasiga bog‘lik. Masalan: lignin meva sabzavotlar konsistensiyasini qattiq kilib
turadi. Suvning miqdori ham konsistensiyaga ta’sir kiladi.