Simsiz tarmoq fanidan



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə16/117
tarix20.11.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#165546
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117
Simsiz tarmoqlar.Aniq (1)

Venna diagramasi

4-ilova
Mavzu: Asosiy tushunchalar va ta'riflar. Protokollar IEEE 802.x x standarti883


Reja:
1.Protokollar haqida.
2.IEEE 802.x standartlarining tuzilishi va tarkibi ishlab chiqish.
Protokollar - bu qoida va texnik protseduralar bo‘lib, bir nechta qurilma yoki dasturlarni ishlash jarayonida ularni bir-biri bilan muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi. Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat mavjud:

  1. Bir qancha protokollar mavjud bo‘lib, bularning hammasi turli aloqalarni ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir protokol maqsadga ko‘ra har xil topshiriqlarni bajaradi.

  2. Protokollar OSI modelining turli pog‘onalarida ishlaydi. Protokolning vazifasi uning ishlash pog‘onasidan kelib chiqib aniqlanadi.

  3. Bir qancha protokollar birgalikda ishlashi mumkin. Ular protokollar steki yoki protokollar to‘plami turkumida bo‘ladi.

IEEE 802.x standartlarining tuzilishi va tarkibi 1980 yili IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) – elektrotexnika va radioelektronika injenerlari instituti tarkibida lokal kompyuter tarmoqlarini standartlashtirish bo„yicha 802 komitet tashkil qilingan bo„lib, uning faoliyati natijasida IEEE 802.x standartlari to„plamlari qabul qilingan edi. Bu lokal kompyuter tarmoqlarini quyi sathlarini loyixalash bo„yicha tavsiyalardan iborat standartlar to„plamidir. Keyinchalik 802 komitetning ish natijalari asosida ISO 8802-1…5 halqaro standartlar kompleksi ishlab chiqildi. Bu standartlarga o„sha paytda keng tarqalgan Ethernet, ArcNet va Token Ring kabi tarmoq standartlarining ko„rsatgichlari asos bo„lgan edi. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi 2.8-rasmda keltirilgan. IEEE 802.x standarti ettita sathli OSI modelining ikki quyi sathlari – fizik va kanal sathlariga tegishli bo„lgan standartlar to„plamlaridan iboratdir. Bunga sabab lokal kompyuter tarmoqlarining o„ziga xos jihatlarini, aynan shu sathlarning ifodalashidir. Yuqori sathlar, ya‟ni tarmoq sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar esa, lokal hamda global kompyuter tarmoqlari uchun umumiy bo„lgan xususiyatlarni kasb etar ekan.
. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi. Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo„linadi: 1. LLC (Logical Link Control) - ma‟lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish sath osti sathi. 2. MAC (Media Access Control) - ma‟lumotlarni uzatish muhitiga bog„lanishni boshqarish sath osti sathi. LLC sathi – kompyuterlar o„rtasida ma‟lumotlarni har-xil darajadagi ishonchlilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o„ziga kerak bo„lgan ma‟lumotlarni uzatish amaliyotini, ya‟ni transport hizmatini unga kerak bo„lgan sifatda bajarib berishni so„raydi. MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa topologiyali muhit vaqtini, ma‟lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to„g„ri ishlashini ta‟minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so„ng, LLC sathi tomonidan ma‟lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, ya‟ni transport hizmati amalga oshiriladi. 32 2.8-rasmda, barcha texnologiyalari.
5-ilova

  • MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR.

1.Ma’lumot uzatish tarmoqlarida protokollarning vazifalari qanday?
2..Protokollarga taalluqli 3 ta asosiy jihat nimalardan iborat, tushuncha bering?
3. Protokollarni qo‘llanish joylarini tushuntiring?
6-ilova

  • UYGA VAZIFA.

  • 1.O’tilgan mavzu bo’yicha konspektni to’ldirish.

  • 2.O’tilgan mavzudagi ma’lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga

  • tayyorlanib kelish.

  • 3.Nazorat savollariga tayyorlanish.

Tasdiqlayman


Ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha
diretori o`rinbosari _____________M.Nurullayev
“_________”__________20__yil

Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin