Simsiz tarmoq fanidan



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə34/117
tarix20.11.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#165546
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117
Simsiz tarmoqlar.Aniq (1)

“PINBORD” TEXNIKASI


Pinbord (inglizchadan: pin-mahkamlash, board-yozuv taxtasi) munozara usullari yoki o’quv suhbatini amaliy usul bilan moslashdan iborat.
O’qituvchi:

  • Taklif etilgan muammoni yechishga o‗z nuqtai nazarini bayon qiladi.

Ommaviy to’g’ri aqliy hujumni tashkillashtiradi
O’quvchilar:

  • Fikrlarni taklif etadilar, muhokama qiladilar, baholaydilar eng ko’p maqbul g’oyalarni tanlaydilar va ularni qog’oz varag’iga asosiy so’zlar ko’rinishida (2 so’zdan ko’p bo’lmagan) yozadilar va yozuv taxtasiga

Guruh a‘zolaridan 2-3 ta vakil doskaga chiqadilar va maslahatlashgan holda:

  • Aniq xato yoki qaytariluvchi g’oyalarni saralaydilar;

  • Tortishuvlarni aniqlaydilar;

  • G’oyalarni tizimlashtirish mumkin bo’lgan belgilar bo’yicha aniqlaydilar;

  • Shu belgilar bo’yicha hamma g’oylarni yozuv taxtasida guruhlayfilar

O’qituvchi:

  • Umumlashtiradi va natijalarni baholaydi.

4-ilova
Mavzu: Simli va simsiz Ethernet, IEEE 802.3 va


IEEE 802.11 standartlari
Reja:
1. IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15,802.16) standartlari
2. Simli va simsiz tarmoq texnologiyalarihaqida asosiy tushunchalar
3. Mobil tarmoqlarining standartlar.

Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari


Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir.
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Qo’llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko’pgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo’lgan bosh komp`yuter resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U ‘fayl-server’ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma`lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan ko’pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo’lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab o’tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo’lmagan q obiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta`minoti resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qaytaishlash va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo’linmadan iborat: Serverning dasturiy ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta`minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining komp`yuterida bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida ishlaydigan dastur - serverga so’rov jo’natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi komp`yuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun so’rash imkonini beradi.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Simsiz va mobil texnologiyalari konvergensiyasi
Kabel tarmoqlari bo‘yicha Internetga kengpolosali kirish va Wi-Fi birikmasi, hamda PSTN mis simlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda, ofisda, jamoat xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa joylarda Internetga simsiz ulanish bilan ta’minladi.
3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga xohlagan joydan ulanish uchun, Wide Area Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an’anaviy ovoz xizmatlari takliflarini kengaytiradi.
Mobil va o‘tkazish tarmoqlari konvergensiyasi jarayoni, yuqori hisoblash quvvati bo‘lgan va o‘rtacha narxda Internetga chiqish uchun simsiz texnologiyalar to‘plamiga ega bo‘lgan mobil telefonlar va KPK, noutbuk kabi boshlang‘ich iste’molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish bilan kuzatildi.
Internet orqali ovozli telefoniya (VoIP) an’anaviy telefoniya bilan raqobatlasha boshladi.
Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an’anaviy telefon aloqasiga raqobatchi xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish (WBA) texnologiyalari mobil tarmoqlari bilan xususiy va jamoat binolarida, hamda, shahar tarmoqlari darajasida raqobatlashadilar
5-ilova
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR.
1. Simsiz va mobil texnologiyalari konvergensiyasi
2. Simli va simsiz tarmoq texnologiyalarihaqida asosiy tushunchalar
6-ilova
UYGA VAZIFA.
1.O’tilgan mavzu bo’yicha konspektni to’ldirish.
2.O’tilgan mavzudagi ma’lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3.Nazorat savollariga tayyorlanish.

Tasdiqlayman


Ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha
diretori o`rinbosari _____________M.Nurullayev
“_________”__________20__yil

Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin