Tarmoq topologiyalari Kompyuter tarmoqlarining topologiyalri Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli bolib, ularda aloqalar tuzulishini oson korish mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy ozini yoli bilan bajarilishi mumkin.
Asbob uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bolgan va eng qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez tez bolmasa ham, asosiy topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi kerak.
Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud:
shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi (1-rasm);
rasm 1
yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri ozining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi (2-rasm);
rasm 2
halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir halqa bolib birlashgan (3-rasm).
rasm 3
Amaliyotda ko‘pincha bаzаli topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatiladi, lekin ko‘p tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo‘ljallangan.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‘rib chiqamiz.
“Shina” topologiyasi (yoki, yana bir nomi “ummiy Shina”) ozining tuzilishi boyicha kompyuterlarning tarmoqli asbob uskunalarining bir xilligi, shuningdek hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat boyicha uzatishi mumkin chunki aloqa liniyasi bir dona boladi. Aks holda ustma ust (konflikta, kollizi) tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi.
Shunday qilib, shinada yarim dupleksli (Half duplex) almashuv rejimi amalga oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, ketma-ketlikda) Shina topologiyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy abonent yoq bu esa uning ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi markazning ishlashi buzilganda shu markaz bilan boshqariladigan hamma tizim faoliyatini toxtatadi.) Shinaga yangi abonentlarni qoshilishi tarmoq ishlab turgan vaqtda ham bolishi mumkin.
Kop holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. Togri shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chettagilardan tashqari) ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay bolavermaydi.
Bu holatda bolajak janjallarni hal etish har bir abonentning tar-moqli asbob uskunalarga yuklanishi sababli shina topologiyasida tarmoqli adapter apparaturasi murakkabroq boladi, boshqa topologiyalarga qaraganda. Biroq, Shina topologiyali tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli (Ethernet, Arcnet) tarmoqli asbob uskunalarni narxi uncha yuqori emas.
Ayrim kompyuterlarning ishdan chiqib qolishi shinaga zarar qilmaydi, chunki tarmoqdagi hamma qolgan kompyuterlar alma-shuvni normal davom etishi mumkin.
Korinishi mumkinki, kabelni uzulganligi xam shinaga qorqinchlik emas, chunki bunda sim boladi. Biroq, uzun aloqali liniyalarda elektr signallarning tarqalish xususiyatlariga kora, shinalarni oxirgi uchlarida maxsus kelishtiradigan qurilmalar terminatorlarni ulashni kozda tutish kerak.
Ular ulanmasa liniyani oxiridan signal akslanadi va shunday buziladiki, tarmoq boyicha aloqa bolmasdan qoladi. Shuning uchun kabel uzulganda yoki shikastlanganda (masalan, sichqonlar tomonidan) aloqa liniyasini mosligi buziladi va ozaro ulanib qolgan osha kompyuterlar xam ortasidagi almashuv toxtaydi. Batafsil moslashtirish togrisida kitobning maxsus bolimida bayon etiladi. Shina kabelini har qanday nuqtasida qisqa tutashtiruv tarmoqni hammasini ishdan chiqaradi.
Shinadagi asbob uskunalarni har qanday ishdan chiqishini lokalizatsiya qilish juda qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulangan va qaysi biri ishdan chiqqanligini bilish uncha oson emas.
“Shina” topologiyali tarmoqning aloqa liniyalari bo‘yicha o‘tаdigаn axborotli signallar kuchsizlanadi va hech tiklanmaydi, bu esa aloqa liniyalarning yig‘indi uzunligiga qattiq cheklanishlar qo‘yadi, bundan tashqari har bir abonent tarmoqdan uzatuvchi abonentning masofasiga boglangan har xil darajali signallar olishi mumkin.
Tarmoqli asbob uskunalarning qabul qiluvchi uzellariga qoshimcha talablar qoyadi. Shina topologiyali tarmoq uzunligini uzaytirish uchun kopincha birnechta segmentlar ishlatiladi (ularning har biri shina deyiladi).Maxsus signal tiklagichlari repiterlar yoki qaytargichlari (3-rasm) yordamida bir birovi bilan ulanadi.
6-ilova
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR.
1. Tarmoqli tuzilmaning tarmoq topologiyasi 2. Markazlashtirilmagan ozini ozi sozlaydigan tarmoqlar topologiyasi 7-ilova
UYGA VAZIFA.
1.Otilgan mavzu boyicha konspektni toldirish.
2.Otilgan mavzudagi malumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3.Nazorat savollariga tayyorlanish.
“Tasdiqlayman”
Ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha
diretori o`rinbosari _____________M.Nurullayev ___________________20__yil