Sinf: 1 Sana: _____________ Fan: Matematika Mavzu: 11-20 gacha bo‘lgan sonlar. Darsning maqsadi: a)ta`limiy:O`quvchilarni 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar bilan tanishtirish, ularni hosil qilish va amallar bajarish haqida tushuncha berish.
b)tarbiyaviy:O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish, o‘zaro hurmat, muomala madaniyatini shakllantirish, v)rivojlantiruvchi Matematik nutqni va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beriruvchi dars.
Darsning metodi:,,”Beshbarmoq“,,Qaynoq mikrofon”, “PUZZLE”, “Mosini top” ta`limiy o`yini, savol-javob, suhbat.
Darsning jihozi:darslik, tarqatma materiallar,akt, rag`bat kartochkalar.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. Salomlashish. O’quvchilarni darsga tayyorlash. Sinf axborotini eshitish . O’quvchilar uch guruhga ajratiladi va guruhlar nomlanadi.1.
2.
3.
-Bolajonlar, kecha biz qanday kunni nishonladik?
- Qomusimiz haqida nimalarni bilasiz? Konstitutsiya haqida she’rlar so’raladi.
Dars shiori:Har ishda afzaldir bilim orttirish.
Bilim orttirmoqqa astoydil kirish.
II. O`tilganlarni takrorlash. O`quvchilarni bilimini oshirish maqsadida o`tilgan mavzular yuzasidan ,,Qaynoq mikrofon” ta`limiy o`yinini o`tkazamiz. O’quvchilar o‘tilgan darslarga mos matematik atamalar, geometric va fazoviy jismlarga misollar aytib mikrofonni o’rtoqlariga beradilar. Mikrofonni uzoq ushlab turgan o’quvchining qo’li kuyishi, mikrofon qaynoq ekanligi aytib o’tiladi. Bu o’yindan maqsad o’quvchilar diqqatini darsga jamlaydi, barcha o’quvchi ishtirok etadi.
“Mosini top” o’yini. Bunda o’quvchilar fazoviy shakllarga mos keladigan geometric jismlarni tutashtiradilar.
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni:Yangi mavzu sinf doskasiga yoziladi. O’quvchilarga yangi mavzu aytiladi. Darslikdagi rasmlar yordamida yangi mavzu tushuntiriladi.
-Rasmda qayer tasvirlangan?
- Rasmda kimlarni ko’ryapsiz? Bolalarga ism qo’ying. Ular nima qilyaptilar?
- Siz ham do’konga borganmisiz? Nimalar xarid qilgansiz?
Aziz bolajonlar, do’kondan kerakli narsalarni olishimiz uchun albatta hisob-kitob ilmini puxta o’rganishimiz kerak, aks holda aldanib qolishimiz mumkin.
Rasmdagi barcha yashil rangli oltiburchaklarni sanang. Yashil va qizil ko’pburchaklar birgalikda nechta bo’ladi?
10 dan 20 gacha bo’lgan sonlarni to’g’ri va teskari sanaymiz, ikki xonali son ekanligi, ularni yozishda ikkita raqamdan foydalanishimiz tushuntiriladi: 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19.
O’quvchilar bilan qo’shish va ayirishga oid og’zaki ifodabular tuzdiriladi. Masalan:12 bu 7 bilan 5 ning yig’indisi; 18dan 5 ni ayirsak 13 hosil bo’ladi va hok.
-Bolajonlar, diqqatimizni 1-topshiriqqa qaratamiz
Natijani hisoblash uchun amallarni ketma-ketlikda bajaramiz.
Ifoda tuzish uchun strelka yo’nalishiga e’tibor beramiz: 2+1=3 4-1=3; 8+1=9 8-2=6
O’quvchilar ifodaga mos og’zaki masala tuzadilar. Sonlar o’qidagi har bir qadam (chiziqlar orasi) 1ga teng ekanligi tushuntiriladi. 3-topshiriq mustaqil ish qilib beriladi. Chizmaga qarab o’zlari ifoda tuzadilar. 6+4=10 5+5=10