Dars yakuni: 3 daqiqa.
- O`quvchilar nazorat daftarlarini yig`ib olish; Uyga vazifa: 2 daqiqa. - Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish; - O`tilgan mavzular bo`yicha krassvord tuzib kelish; Sana: ____________________ 10 Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu: Ma`muriy huquq sohasining konstitutsiyaviy asoslari. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga Ma`muriy huquq sohasining konstitutsiyaviy asoslari mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2. Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1. 1992-yilda qabul qilingan konstitutsiya davlatni birinchi o`ringa qo`ydimi yoki insonni? 2.Insonparvarlik tamoiyili deganda nimani tushundingiz? 3.Demokratiyaning mohiyati nimada, u qaysi shakllarda amalga oshiriladi? Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: Ma`muriy huquqning asosiy vazifasi qonunning qat`iy doirasi bilan cheklangan ijro va farmoyish faoliyatini amalga oshirishlarida davlat hokimiyati idoralari faoliyatini tashkil etishdir. Bundan tashqari, ma`muriy huquq fuqarolarning ma`muriy-huquqiy holatini ham tartibga solib, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilgan holda huquq va burchlarini belgilaydi. Ma`muriy huquq davlat boshqaruvi sohasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy me`yorlar majmuidir.