Sana: __________________________ 1 Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu: Kirish. Huquq - shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga Kirish. Huquq - shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi mavzusi bo`yicha bilim ko`nikma berish; Tarbiyaviy:o`quvchilarni qonunlarni hurmat qilish va siyosiy faollik ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2. Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1. Insonga Konstitutsiya nim uchun kerak? Nima uchun uni asosiy qonun deb ataydilar? 2. Konstitutsiyaviy huquq nima? 3. Konstitutsiyaviy huquqning Konstitutsiyadan farqi nimadan iborat? 4.Mustaqillik tufayli qanday huquqlarga ega bo`ldik? 5. “Huquqiy savodsizlik” deganda nimani tushunasiz? 6. Siz o`zingizni “huquqiy savodxonman” deya olasizmi? Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida olib boriladi: Huquq va davlat eng muhim insoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Lekin ular o`z holicha emas,balki inson va jamiyat farovonligi uchun xizmat qilayotgani tufayli qadrlidir. Insonni eng oliy qadriyat sifatida etirof etish uning yashash va erkinlikka, xavfsizlik va har tomonlama rivojlanishga bo`lgan tabiiy huquqlarini e`tirof etish demakdir. Shaxs – Huquq – Davlat uchligida markaziy mavqeni Inson egallagan. Inson bo`lmasa jamiyat ham bo`lmaydi. Bu bilan nafaqat huquq va davlatga balki boshqa ijtimoiy qadriyatlarga ham bo`lgan ehtiyoj yo`qoladi.