Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1.Hozirgi xalqaro huquq me`yorlarini sanang. 2.Xalqaro munosabatlar qanday qoidalarga asoslanadi? 3.Xalqaro huquq manbalarini ayting. 4.O`zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari qanday qonunlar bilan tartibga solinadi? 5.O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini sanang? 6.Xalqaro xususiy huquqning xalqaro ommaviy huquqdan farqini tushuntiring. Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: 1. BMT qoidalari va maqsadlari. 2.Bosh assambleya. 3.Xavfsizlik kengashi. 4.Iqtisodiy va ijtimoiy kengash. 5.Vasiylik kengashi. 6.Xalqaro sud 7.Kotibiyat. 8.BMTning bolalar huquqlarini himoya qilishga doir faoliyati. Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi: 1.BMT qachon va qanday maqsadda tashkil etilgan?. 2BMT ishtirokchisi bo`lgan davlatlar nizolarni hal etishda asoslanadigan qoidalarni ayting. 3.BMT asosiy tashkilotlarini sanang, ularning vazifalarini aytib bering. 4.Davlatlar o`rtasidagi nizoli masalalarni hal etishda BMT xalqaro sudi qanday rol o`ynaydi? 5. BMTning bolalar huquqlarini himoya qilish bo`yicha faoliyati to`g`risida hikoya qiling? 6.BMT yordamida hal etilgan qanday nizolarni bilasiz? Dars yakuni: 3 daqiqa.