Yangi mavzu e’lon qilingandan so’ng, muallif Mirkarim Osim haqida qisqacha ma’lumot beriladi:
Mirkarim Osim
Yozuvchi va tarjimon Mirkarim Osim 1907-yildaToshkentda, ziyoli oilasida dunyoga kelgan.Dastlab eski maktabda, so’ngra “Shams ul-urfon” nomli boshlang’ich maktabda o’qidi. 1921-yildan Narimonov nomidagi ta’lim va tarbiya texnikumida tahsil oladi.
Tarix fanidan qo’llanma, tavsiya va darsliklar yaratdi. Dastlabki yirik asari “Astrobod” tarixiy qissasi bo’lib, Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan.
Ijodkorning «To‘maris», «Shiroq», «Iskandar va Spitamen», «Temur Malik», «Mahmud Torobiy», «O‘tror» kabi qissalarida ajdodlarimizning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari tasvirlangan. Uning «Zulmat ichra nur» (Navoiy), «Ajdodlar qissasi», «Jayhun ustida bulutlar»(Beruniy), «Aljabrning tug‘ilishi»(Al-Xorazmiy), «Ibn Sino qissasi», «Singan setor» (Mashrab) kabi qissalarida o‘zbek xalqining Amir Temur, Ulug’bek, Al-Xorazmiy, Beruniy , Ibn Sino, Mashrab singari obrazlarni yaratib bergan.
Mirkarim Osim 1984 -yil Toshkent shahrida vafot etgan. Tarixchi adib «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2002).
So’ng matn ekran orqali kadr ortida o’qib eshittiriladi va matn mazmunini tushuntirib beriladi. O’quvchilar matnni ichlarida o’qib chiqadilar va notanish so’zlar ustida lug’at ishi o’tkaziladi.
O’quvchilar daftarlariga bugungi sana, mavzuni va lug’at ishini yozib oladilar.
Lug’at ishi
Jayxun –Amudaryo
Qo’shin-askar, armiya
Nesa-hozirgi Ashxabod shahri
O’lja-qo’lga kiritilagan boylik
Nizo-kelishmovchilik, janjal
Lashkarboshi-harbiy boshliq, sarkarda
Dostları ilə paylaş: |