Sinf: 3-“А” Sana


Dars turi: yangi bilimlarni shakllantiruvchi dars Dars metodlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/6
tarix30.12.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#78163
1   2   3   4   5   6
3 А ochiq dars ishlanmasi

Dars turi: yangi bilimlarni shakllantiruvchi dars


Dars metodlari: tushuntirish, suhbat, ko’rsatmalilik, “Moslashuv”mashqi, “Klaster”, “Davom ettir” ta’limiy o’yini, test sinovi.


Dars jihozlari: darslik, mavzuga oid rasmlar, tarqamalar, ra’gbat kartochkalari, slaydlar, test.





Darsning bosqichlari

Vaqti

I.

Tashkiliy qism.

5 daqiqa

II.

O’tilgan mavzu yuzasidan takrorlash.

7 daqiqa

III.

Yangi mavzu bayoni

13 daqiqa

IV.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

15 daqiqa

V.

Darsga yakun уasash, o’quvchilami rag’batlantirish.

3 daqiqa

VI.

Uyga vazifa berish, tushuntirish.

2 daqiqa



Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish
O’qituvchi:
-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,
Latofatga boylarim, ham sho’x quvnoqlarim.
Tinglab mening so’zlarim, olgan siz saboqlarim,
O’ylab javob beringiz,hozir qay dars aytingiz.
O‘quvchi: Hozir o‘qish darsi
Darsimiz shiori:
-Bilim ol, hunar tanla!
-Bilim olib, hunarli bo`lishimiz uchun nimalar qilishimiz kerak?
Hamma:
Bo’lay desang bog’bon,
Yo Vatanga posbon.
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaiki qilsang tilak
Bariga o’qish kerak.
Davomatni aniqlash
O


Qani,ayting bolalar,
Kim navbatchi bo’ladi?
Ushbu kunning hisobin
Menga aytib beradi.
’qituvchi:

-Bugun oddiy dars emas,
Balki sinov darsidir.
O’tib olsak sinovdan,
Bu hammadan yaxshidir.
O‘quvchi - Sinfda men navbatchi,
Ustozimga yordamchi.
Pok tutaman xonani
Hamda yozuv taxtani.
Sinfimizda hammasi bo’lib
27 ta o’quvchi.
Bugun hamma shu yerda.
- Rahmat, sizga charog’im.


O‘quvchilarni darsga hozirlash.
-Hamma sog` omonmi,
Bugun darsga tayyormi?
-Tayyormiz.
-Unday bo’lsa, darsimizni boshlashdan avval sizlarni guruhlarga bo’lib olamiz. 1-guruh “San’atkorlar” guruhi, 2-guruh- “Sportchilar” guruhi, 3-guruh- “Kitobxonlar” guruhi. Bolajonlar, nima uchun guruhlarimizni shunday nomlaganimizning sababini bilasizmi?
O’quvchi:
-Albatta, bu muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning biz o’quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan 5 muhim tashabbus bilan bog’liq.
-Qani, unda 5 muhim tashabbus haqida nimalarni bilasiz?



Dunyolarni egallab,
Cho‘qqilarga chiqdik biz.
Yurtboshimiz madadkor
Qo‘llar beshta tashabbus.

Musiqa chal ,she‘rlar yoz,


Sen xohlasang rasm chiz,
Aktyor bo‘lmoqchimisan ?
Qo‘llar beshta tashabbus.



Sport bilan shug‘ullan
Boks, tennis ,suvda suz
Jismonan chiniqasan
Qo‘llar beshta tashabbus.

Kompyuter asri bu


Kerakli dasturlar tuz.
Xalqqa tegsin zo‘r foydang
Qo‘llar beshta tashabbus.



Kitob nurdir ilmning
Dengizida sho‘ng‘i ,suz
Boshqarasan dunyoni
Qo‘llar beshta tashabbus.

Bizda hamma teng erur


Teng huquqli yigit -qiz
Bo‘sh o‘tirma tik ,pishir
Qo‘llar beshta tashabbus.



-Aziz o’quvchilar, bugun darsimizda “Bilimlar mamlakati”ga sayohat qilamiz. Sayohatimiz mazmunli va samarali bo’lishi uchun biz amal qilishimiz lozim bo’lgan oltin qoidalarni eslab o’taylik-chi.


O’quvchilar bugungi darsimiz qoidalarini aytib o’tadilar.
-Bolajonlar, biz sayohatimizni avtobusda amalga oshiramiz. Safarimiz davomida turli bekatlarda to’xtab o’tamiz. Bu bekatlarda turli shartlarni bajarib ball to’playmiz. Darsimizda eng faol qatnashgan o’quvchiga “Bilimlar mamlakati” eshiklarini ochadigan “oltin kalit” sovg’a qilinadi. Bizga avtobusni boshqarish uchun haydovchi zarur.
O’quvchilardan birini haydovchi qilib tanlanadi.
-Haydovchilik qanday kasb? ( Haydovchilik –sharafli kasb . Chunki ular odamlarning uzog’ini yaqin qiladilar.)
-Barakalla, haydovchi bo’lish uchun nimalarni bilish kerak?
(yo’l harakati qoidalarini).
-To’g’ri. Aslida bu qoidalarni yo’lovchilar ham yaxshi bilishlari kerak. Transportdan tushgan yo’lovchi yo’lni qayerdan kesib o’tadi? (yo’lovchilar transportdan tushib uning orqa tomonidan o’tishlari kerak)
-Bilimga chanqoq o’quvchilarim, jamoat transportida yurish odobini ham bilasizmi?
(Kattalarga joy berish, chiqindilarni tashlab ifloslantirmaslik, o’rindiqlarga zarar yetkazmaslik, baland ovozda gaplashmaslik.)
-Barakalla, bilimdonlar. Birinchi bekat o’tilganlarni mustahkamlash bekatiga yetib keldik. Keling, o’tgan darsda nimalarni o’rganganimizni eslab ko’raylik-chi?
-“Qutadg’u bilig” nomi qanday ma’noni bildirar ekan?

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin