Darsning shiori: “Kimki bilsa kimyoni qo`lga olar dunyoni”.
Guruhlarga bo`lish: Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh o`quvchilari guruh nomlarini asoslab beradi:
Zakovat
II. O’tilgan mavzuni takrorlash. (10 daqiqa ) O’tilgan mavzu “Aqliy hujum” metodi yordamida takrorlanadi.
Kimyo fani anorganik va …… kimyolarga bo’linadi.
Qayerning suvlari sho’r suv hisoblanadi?
Bir modda molekulalari orasida ikkinchi modda molekulalarining tarqalishi ………. hodisasi deyiladi.
Zaryadlangan zarracha.
Kimyoviy elementlar asosan qayerda ko’p tarqalgan?
Davriy jadvaldagi 1- element?
Molekulalar ………tashkil topgan?
Suvning qattiq agregat holati?
Davriy jadvaldagi 92- element?
Atom tuzilishini o’rgangan olim?
Davriy jadvaldagi 7- element?
Suvning parchalanishi qanday hodisa?
Moddalarning hossalarini va ularning bir-biriga aylanishini o’rganuvchi fan?
7-sinf kimyo darsligini yaratgan olimlardan biri?
Kimyo faniga yaqin bo’lgan fanlardan biri?
O’quvchilar savollarga javob berib bo’gandan so’ng doskada oddiy va murakkab moddalar degan so’z kelib chiqadi.
Yangi mavzu bayoni: (20 daqiqa)
Reja: Oddiy moddalar.
Murakkab moddalar.
Allatropiya.
Barcha anorganik moddalar tarkibiga ko‘ra oddiy va murakkab moddalarga bo‘linadi . Bir element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deb ataladi.