Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Siyosiy tartibot nima?
2. Siyosiy tartibot turlarini aytib bering?
3. Demokratik tartibotning asosiy belgilarini sanab bering.
4. Nodemokratik tartibot nima?
5. Siz davlat organi deganda nimani tushunasiz?
6. Fashizm to`g`risida nimalar bilasiz?
7. Sobiq Sovet Ittifoqida fuqarolarning siyosiy erkinliklari qay ahvolda bo`lgan? Huquqlari-chi?