Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi siyosiy-iqtisodiy yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1.O`zbekistonda huquq manbalari nimalardan iborat?
2.Xalqaro huquqiy munosabatlar nimalarni o`z ichiga oladi?
3.O`zbekiston Respublikasi qonunlari qanday asosiy guruhlarga bo`linadi?
4.Konstitutsiyaviy qonunlar va oddiy qonunlar orasida qanday umumiylik va qanday farqlar bor?
5.Qonun qaysi vaqtdan boshlab kuchga kiradi va qaysi hollarda o`z kuchini yo`qotadi?
6.Qonun zamonda va makonda amal qiladi deganda nimani tushunasiz?