Davlat shakllari deyilganda, davlatning boshqaruv hududiy tuzilishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo`linishi tushuniladi.
Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati, uning idoralarining aholi bilan o`zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushiniladi.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu“Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1. Davlatning turlarga bo`linishida nimalar asos qilib olinadi?
2. Boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz?
3. Monarxiyaning asosiy belgilarini sanab bering?
4. Temuriylar davlatchiligida boshqaruv qanday asosda yo`lga qo`yilgan edi?
5. Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo`lgan davlatning asosiy belgilarini sanab bering.