Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Davlatning turlarga bo`linishida nimalar asos qilib olinadi?
2. Boshqaruv shakli deganda nimani tushunasiz?
3. Monarxiyaning asosiy belgilarini sanab bering?
4. Temuriylar davlatchiligida boshqaruv qanday asosda yo`lga qo`yilgan edi?
5. Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo`lgan davlatning asosiy belgilarini sanab bering.