Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar ii-bob. Sinf rahbarining o`quvchilar bilan ishlash mahorati 1


Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar



Yüklə 50,61 Kb.
səhifə5/6
tarix22.05.2023
ölçüsü50,61 Kb.
#119936
1   2   3   4   5   6
To\'lanboyeva Iroda

2.2. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar. So’nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda o’quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o’quv yurtining sinf rahbariga xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ideologik
muassasalar sifatida o’quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar qo’yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib. Alohida sinf birlashib o’quv yurtini tashkil etadilar. Aloxida sinf jamoalari ko’lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o’quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan sinf rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma’suliyatidan kam emas. SHuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, maxoratli, yosh avlodni sevadigan o’qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o’quvchining o’qishga bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga bo’lgan layoqatini, yosh va ruxiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining bo’lg’usi xayoti rejalarini amalga oshirish, o’quvchilarning salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, o’z vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. Shuningdek,sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. Chunki, tashkilotchilik tushunchasining o’zi keng maxnoga ega. Maxsus bir maqsadni ko’zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarnitashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funktsiyasi bir necha elementlarga bog’liqdir:
A. O’tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Sinfda o’tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xaakterga ega bo’lib, ma’lum maqsadni ko’zlab o’tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiy ishlarni o’tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Sinf rahbari oldiga qo’yilgan maqsadga yetishish uchun o’z oldiga aniq vazifa qo’ya bilish lozim.
E. Sinf rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o’qituvchi va o’quvchilarning qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o’tazish o’rni, vaqti, soati, javobgar shaxsla va tizimligini aniqlash lozim.
F. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to’g’ri taqsimlash, ishga boshqa o’qituvchilarni, ota-onalar, o’quvchilar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim.
Sinf rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi.
1. Har bir o’quvchini shaxs sifatida o’rganish.
2. O’quvchilarning sinfda tarbiyalashni tashkil etish.
3. Talablarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash.
4. Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish.
5. Fan o’qituvchilarining tarbiyaviy ishlarini ( koordinatsiyalash) birlashtirish.
6. O’quvchilarning ota-onalari bilan ishlash.
7. Sinf rahbari fan o’qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko’p qirrali muhim vazifalarini bajaradi. SHuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik talablar qo’ygan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga ko’tarishda muhim rol o’ynaydi. Demak yuqoridagilarga tayangan holda sinf rahbarining faoliyatiga nisbatan qo’yilgan talablar quyidagilardan iborat..
1.Yuqori g’oyaviylik va onglilik.
2 Sinf rahbari katta obro’ga ehtiromga va hurmatga ega bo’lishi
3 Pedagogik mahorat
4 Madaniy qobiliyatning mavdudligi
5 Pedagogik odobga ega bo’lish
6 Yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromda bo’lish
7 Tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bulish
8 Tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo’lish
9 Sinf rahbari kasbini yuqoriga ko’tarish va mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega bo’lish.
So’nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda o’quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o’quv yurtining sinf rahbariga hozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida o’quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar qo’yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib. Alohida sinf birlashib o’quv yurtini tashkil etadilar. Alohida sinf jamoalari qo’lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o’quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasining bundan keyingi rivojlanishi bevosita ta‘limtarbiya natijasiga bog’liqligi barchaga ayon. Ta‘lim-tarbiyani takomillashtirmay, ma‘naviy boy barkamol insonni tarbiyalash mushkul. Bu haqda O’zbekiston Respublikasining Ta‘lim to’g’risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib yosh avlod ta‘lim-tarbiyasini tashkil etishni kundalik hayotning o’zi talab qilmoqda. Jamiyatda o’qituvchi, birinchidan, o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ularga har tomonlama bilim berishdan iborat bo’lgan faxrli hamda ma‘sul vazifalarni bajaradi. Yurtboshimiz ham ta`lim-tarbiyani dolzarb masala sifatida ko`tarmoqda. Ya`ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy taffakurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat degan fikrlari yana bir bor boshlang`ich ta`lim o`qituvchilariga ma`suliyat yuklaydi va vazifalarni ado etish pedagogning alohida ijtimoiy roli va uning jamiyatdagi faxrli o’rnini belgilaydi. Jamiyatda o’qituvchi faoliyati yuksak baholanmoqda va uning obro’si yuksaltirilmoqda. Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o’quvchining o’qishga bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-hunarga bo’lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining bo’lg’usi hayoti rejalarini amalga oshirish, o’quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat.
Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, o’z vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. Shuningdek,sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. Chunki, tashkilotchilik tushunchasining o’zi keng ma’noga ega. Maxsus bir maqsadni ko’zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarni tashkil etish sinf rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funksiyasi bir necha elementlarga bog’liqdir:
A. O’tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Sinfda o’tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy harakterga ega bo’lib, ma’lum maqsadni ko’zlab o’tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiyaviy ishlarni o’tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Sinf rahbari oldiga qo’yilgan maqsadga yetishish uchun o’z oldiga aniq vazifa qo’ya bilish lozim.
E. Sinf rahbari har bir tadbiriy choralarni amalga oshirishda o’qituvchi va o’quvchilarning qobiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o’tazish o’rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini aniqlash lozim.
F. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to’g’ri taqsimlash, ishga boshqa o’qituvchilarni, ota-onalar, o’quvchilar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim.
Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o’rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o’rtasida g’oyat murakkab bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto strategik maqsadlari) bor. O’quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta’sir ko’rsatib bo’lmaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g’oyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bog’liq.
Sinf rahbari o’zining g’oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona ideologiya va yomon xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi ham bu o’rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta’sir ko’rsatadi. Sinf rahbari uchun kasbiy malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. O’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o’tkazadi. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.Chunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tashkil qilib borish zarur. Ular uzviy birlikni tashkil etadi, bir – biriga bog’liq bo’ladi va alohida tarzda amalga oshirilmaydi. Maqsadni amalga oshirish usuli – bo’lajak natijadir. Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo’yish uchun amaliy asos hisoblanadi. Tajribada ma’lum darajada qo’llanilgan har qanday vosita natija beradi, hatto biror sababga ko’ra maqsad aniq ifodalanmagan bo’lsa ham natija bervermaydi. Tajribada mavjud bo’lgan pedagogik vositalarning ikkitasini ko’rib chiqamiz. Birinchisi: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar, shartlar bilan bog’liq bo’ladi, ular pedagogik jarayoning muayyan bosqichida ta’sir ko’rsatish natijasini belgilab beradi. Masalan rag’batlantirish bir xil jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to’siqnlik qilish, turli salbiy va ijobiy hissiyotlarning turli – tuman ko’rinishlarini vujudga keltirishi mumkin. Ikkinchi: ayrim vositalarni qo’llanish pedagogning ular ta’sirini, mumkin bo’lgan o’zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog’liq bo’ladi. jamoa muomala sharoitida vositalarni qo’llash minut sayin o’zgarib turadigan vaziyatni hisobga olish zarurligini taqazo qiladi. Pedagoglarda biz albatta oliyjanoblik hissini tarbiyalashimiz shart. Oliyjanoblik qalbning o’ziga xos holatidir. Bu holat insonda sokinlik, hurmat, mehr, g’urur hislarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Pedagogning o’quvchilarga bo’lgan munosabati mehr, hayrihohlikdan iborat bo’lishi kerak. Ma’lumki rivojlanish uchun yordam berish murakkab jarayon bo’lib, o’quvchilar oldgiga qo’yib o’zi chetda qarab turishi va faqat shu talablar qanday bajarilayotganligini kuzatib borishi yetarli degan xulosaga kelgan pedagoglar katta xatoga yo’l qo’yadilar.

Xulosa
Pedagoglarda biz albatta oliyjanoblik hissini tarbiyalashimiz shart. Oliyjanoblik qalbning o’ziga xos holatidir. Bu holat insonda sokinlik, hurmat, mehr, g’urur hislarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Pedagogning o’quvchilarga bo’lgan nisbatan bo’lgan munosabati mehr, hayrihohlik va yordamida iborat bo’lishi kerak. Ma’lumki rivojlanish uchun yordam berish murakkab jarayon bo’lib, o’quvchilar oldgiga qo’yi o’zi chetda qarab turishi va faqat shu talablar qanday bajarilayotganligini kuzatib borishi yetarli degan xulosaga kelgan pedagoglar katta hatoga yo’l qo’yadilar. Rasmiy hujjatlarga sinf rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan bo’lsa ham biz quyida sinf rahbarining vazifalarini aniq tarzda ko’rsatishni zarur deb bildik. Sinf rahbarining vazifalari:
1. Anatomik, fiziologik va psixologik xususviyatlarini o’rganish.
2. O’quvchilarning kundalik davomati odob, xulqi va jamoat ishlariga qatnashishini tekshirib borish.
3. O’quvchilarning rejimga rioya qilishlari va uyga berilgan vazifalarni tayyorlab borishlarini kuzatish.
4. Sinfda ishlaydigan fan o’qituvchilari bilan majlis o’tkazish
5. Darsda o’quvchilarning davomatini ta’minlash, sinfda va maktabda navbatchilikni tashkil etish , xonani jihozlash, xonadagi o’quv asboblarini saqlashga o’rtgatish, o’quvchilarning qiyinchiliklarini nazorat qilib ular bilan suhbat o’tkazish

Yüklə 50,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin