Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu



Yüklə 485 Kb.
səhifə30/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.

Darsning vazifasi: Bolalarga Vatan tuyg’usi fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar shakllantirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantirish

Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat, hikoya, blits-so’rov

Dars jihozi: 1. 5 sinf “Vatan tuyg’usi ” darsligi

2. Mavzuga oid rasmlar,

3. Doska , bo’r, daftar , ruchka

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.



II. Yangi mavzuning bayoni

Aziz o'quvchi, biz Vatan so'zini ko'p eshitamiz. Lekin uni ta'riflash, barcha xususiyat va alomatlarini to'liq bayon etishgaqiynalamiz. Chunki Vatan - g'oyat ulug' tushuncha. Uning ma'no-mazmuni, qadri va ahamiyatini ba'zan so'z bilan ham ifoda etib bo'lmaydi. Ona yurtni buyuk muhabbat bilan sevgan, butun hayotini uning mustaqilligi, yuksak taraqqiyoti uchun baxshida etgan insonlargina Vatanni bor ko'rk-u tarovati, qudrati va jozibasi bilan ta'riflab bera oladi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ana shunday ulkan mehrbilan go'zal diyorimizni quyidagicha ta'riflaydi: - Albatta, jahon - keng, dunyoda mamlakat ko'p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O'zbekistonimiz yakka-yu yagona. Bu go'zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan. Mana shu ulug' tuyg'u bar birimizning dilimizga jo bo'Iishi, hayotimiz mazmuniga aylanishini istardim». «Vatan» arabcha so'z bo'lib, tug'ilgan makon degan ma'noni bildiradi. Bu haqda ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy shundaydegan:«Har bir kishining tug'ilib o'sgan shahar va mamlakatini shulkishining vatani deyilur. Har kim tug'ilgan, o'sgan yerini jonidanortiq suyar. Hatto bu vatan hissi, tuyg'usi hayvonlarda ham bor.Agar bir hayvon о 'z vatanidan — uyuridan ayrilsa, о 'z yeridagikabi rohat-rohat yashamas, maishati talx2 bo 'lub, har vaqt dilining bir go 'shasida о 'z vatanining muhabbati turar».Yana bir ajdodimiz, shoir va ma'rifatparvar Sidqiy XondayliqiyVatanni ta'rif etib, quyidagi she'riy satrlami yozgan:



Vatan nadir? Tuqqan yerim, turg'on yerim,
O'sib-unib, o'ynab-kulib yurg'on yerim...
Jonim - Vatan, tanim - Vatan, ko'zim - Vatan,
Esdan chiqar oni ko'rgoch, ko'rgon yerim1.

Vatan so'zining ma'nosi bugungi kunda juda kengayib ketgan.Hozirgi vaqtda vatan deganda faqat tug'ilgan makonni emas, avvaloo'zimiz yashayotgan mamlakatni tushunamiz. Inson tug'ilgan, voyaga yetgan xonadon, mahalla, qishloq va shahar esa Vatanichidagi kichik vatandir.Buni bilib oling. Mahalla arabcha so'z bo'lib, joy degan ma'noni anglatadi.Mahalla odamlarning birikib, jamoa bo'lib yashash zaruratidankelib chiqqan. Ajdodlarimiz mahallaga uyushib, yaxshi-yomon kunlarda hayotiy muammolarni birgalikda hal qilganlar. Birgalikda, ko'plashib bajariladigan ishlar esa hashar deyilgan


Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin