Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu



Yüklə 485 Kb.
səhifə33/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

Rivojlantiruvchi: o’quvchilarda birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston davlatchiligini tiklash va rivojlantirishdagi xizmatlari to’g’risidadunyoqarashini kengaytirish.

Darsning vazifasi: Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston davlatchiligini tiklash va rivojlantirishdagi xizmatlari. O‘zbekistonning mustaqillikka erishish arafasida yuz bergan voqelar, siyosiy holat haqida qisqacha tushuncha berish.

Dars turi: o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi

Darsda foydalaniladigan metodlar: suhbat, hikoya, blits-so’rov, kecha-bugun-ertaga

Dars jihozi: 1. 5 sinf “Vatan tuyg’usi ” darsligi

2. Mavzuga oid rasmlar,

3. Doska , bo’r, daftar , ruchka

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.



II. Yangi mavzuning bayoni

O’zbekiston deb ataydigan yurtimiz 1991-yil 31-avgust kuni mustaqillikka erishdi. Siz mamlakatimizning baxtiyor farzandlarisiz. Bolaligingiz, yoshligingiz mustaqillik davrida o'tmoqda. Yurtimiz egasi, xalqimiz kelajagisiz. Demak, yoshlikdan bilimdon, tadbirkor, uddaburon bo 'lib kamolga yetishingiz lozim. Buning uchun Sizda barcha imkoniyatlar mavjud. Bilim olishga, kasb-hunar egallashga istak bo'lsa, bas.

Insoniyat XXI asrga qadam qo'ymoqda. Bu asrda davlatimiz yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan joy olishi lozim. Buning uchun diyorimiz odamlari yetuk bo'lishi kerak. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, kelajakda O'zbekiston yuksak taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma'naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.

Tarix uchun o’ta qisqa muddat ichida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yangi O’zbekiston davlati tashkil topdi va jahon sahnasidan o’ziga munosib o’rin egalladi. Huquqiy, demokratik va fuqarolik jamiyatining asoslari yaratildi. Hayotimizning  barcha sohalarini qamrab olgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.

Tarix uchun o’ta qisqa muddat ichida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yangi O’zbekiston davlati tashkil topdi va jahon sahnasidan o’ziga munosib o’rin egalladi. Huquqiy, demokratik va fuqarolik jamiyatining asoslari yaratildi. Hayotimizning  barcha sohalarini qamrab olgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz rahbarining dunyoda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash hamda, xalqaro terrorizmga qarshi kurashga qo’shgan hissasi jahon hamjamiyati tomonidan yuksak darajada e'tirof etildi. O’zbekiston dunyoning turli mintaqalarida joylashgan ko’plab mamlakatlar bilan o’zaro manfaatdorlikka asoslangan aloqalar o’rnatdi.

Eng muhimi - biz o’zligimizni angladik, o’zbek degan muborak nom dunyoda o’z qadrini topdi. Xullas, mustaqillik yillarida ezgu va oliy maqsad yo’lida amalga oshirilgan ulkan ishlar haqida har qancha gapirsak ozlik qiladi. Tog’ning mahobatini oldida turib emas, uzoqdan yaqqolroq ko’rish mumkin bo’lganidek, bu ishlarning ahamiyati yillar o’tgan sayin ortib boraveradi va minnatdor avlodlar, shubhasiz, ularga munosib baho beradi.




Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin