Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu


III. Yangi mavzuning bayoni



Yüklə 485 Kb.
səhifə41/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

III. Yangi mavzuning bayoni

Biz so‘nggi yetmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sig‘inish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitutsiyada tub burilish yasalgan.

Ya’ni, Asosiy qonunimizga «davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar», degan modda kiritilgan.

Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi".

Birinchi Prezidentimizning ana shu fikrlari u kishining davlat, jamiyat va inson hayoti bilan bog‘liq har bir masalaga naqadar teran yondashganidan, shu asosda Konstitutsiyamizda eng murakkab savollarga ham javob topish mumkin ekanidan dalolat beradi.

Bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad — inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda.

Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Hozirgi vaqtda odamlar davlat idoralaridan nimani istayapti? Mana, odamlar nimalar haqida murojaat qilmoqda. Avvalo, ular turli sohalardagi byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, qonunga zid bo‘lgan ko‘plab idoraviy yo‘riqnomalarni bekor qilish, stavkasi optimal bo‘lgan bank kreditlari ajratish, tadbirkorlik bo‘yicha noqonuniy tekshirishlarga barham berish haqida, huquq-tartibot idoralarining faoliyati haqida murojaat qilmoqda.

Shu bilan birga, aholimizdan uy-joy qurilishi, kommunal, transport va savdo xizmati, energiya ta’minotini, yo‘llarning holatini yaxshilash bo‘yicha ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Lekin shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: mana shu murojaatlarda ko‘tarilgan hayotiy muammolarni joylardagi hokimlik va idoralar, tegishli mutasaddilar o‘z vaqtida hal etishi zarur emasmidi? Holbuki, bu masalada alohida qonun, ya’ni, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan. Lekin, ming afsuski, bu qonunning ijrosini nazorat qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Shu sababli ana shu qonun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor shaxslarni nafaqat ma’muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish zarur, deb hisoblayman.

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur.

Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni himoya qilish yuzasidan yaqinda qabul qilingan Farmon talablariga so‘zsiz amal qilishni ta’minlash shart. Nega deganda, xalq boy bo‘lsa, davlat ham albatta boy va qudratli bo‘ladi.

Muxtasar aytganda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish — aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Inson manfaatlarini ta’minlash yana bir muhim masala — aholimizning yarmidan ko‘pi yashaydigan qishloq joylarda hayot darajasi va sifatini oshirish bilan bevosita bog‘liqdir. Shu sababli biz bundan buyon ham qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga, yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga asosiy e’tiborni qaratamiz. Shu bilan birga, xomashyoni, eng avvalo paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha aniq rejalar belgilanmoqda.

Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.

Bu haqda gapirganda, barchamizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydigan bir misolni aytib o‘tmoqchiman. Joriy yilda Braziliyada o‘tkazilgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz 44 ta medal, jumladan, 12 ta oltin medalni qo‘lga kiritgani mamlakatimiz hayotida tarixiy voqea bo‘ldi.

«Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq».

Qarang, qanday bebaho, oltinga teng so‘zlar!

Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat» degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi.

Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda.

Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda.

Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim.

Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.

Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib, hayotdan munosib o‘rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.


Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin