III. Yangi mavzuning bayoni.
Kishilik jamiyatining ilk bosqichi — ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar orasida o‘ziga xos qoidalar mavjud bo‘lgan. Odamlar ilk bora to‘da, urug‘ jamoalari va qabilalarga birlashganlarida o‘zlariga yo‘lboshchi, urug‘ boshlig‘i va qabila boshliqlarini tayinlaganlar. Mehnat qurollarining takomillashuvi jarayoni mehnat taqsimotini keltirib chiqargan va odamlar orasidagi tabaqalashuvga olib kelgan. Shuning uchun ham asosiy maqsadi va mashg‘uloti xususiy mulkchilik munosabatlari va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat bo‘lgan kishilarning maxsus guruhlari vujudga kelgan. Jamiyat odamlarning birgalikdagi hayotiy faoliyatlarida birlashgan muayyan murakkab tuzilmadir. Bu tuzilma unga kirgan a’zolar, ya’ni odamlarning oddiy guruhi, yoki to‘plami emas, balki muayyan qoidalarga asosan birlashgan jamoasidir. Odamlar o‘z iste’moli uchun kerakli ashyolarni qay tariqa yetishtirib. ishlab chiqarib olsalar, o‘zlari yashashlari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoitlarni ham o‘zlari yaratadilar. Inson jamiyat a’zosi bo‘lar ekan shu ijtimoiy shart-sharoit og‘ushida yashaydi. Jamiyat - muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va manfaatlariga ko‘ra birlashgan kishilardan iborat jamoa. Jamiyat turli odamlar guruhining oddiy majmui yoki jamoasi emas. Jamiyat - murakkab ijtimoiy organizm. U - odamlarning o‘zaro munosabatlari, aloqalari mahsuli. Odamlarning hayoti, eng avvalo, ishlab chiqarish, turmush farovonligini ta’minlovchi iste’mol buyumlari yaratish va ularni o‘zaro ayirboshlash bilan bog‘liq muayyan mushtarak faoliyat zaminida kechadi. Jamiyat - arabcha jamoa, jamlangan, birlashgan degan ma’nolarni bildiradi. Boshqacha aytganda, jamiyat biologik qonunlar emas, balki odamlarning ijtimoiy qonunlar ustuvor bo‘lgan, yuksak shakllangan mushtarak birligidir. Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi. Jamiyat murakkab tirik organizm bo‘lib muttasil o‘zgarib, rivojlanib turadi.Jamiyatni tashkil qiluvchi odamlar ko‘p yoki kam, boy yoki kambag‘al, teng huquqli yoki teng huquqli emas, o‘xshash yoki har xil bo‘lishlaridan qat’iy nazar muayyan jamiyatning a’zolari hisoblanadilar. Ya’ni jamiyat insonsiz, inson esa jamiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi.
Quyidagi qayd etilgan elementlardan qaysilari qatnashmasa ham, jamiyat tashkil topishi mumkin
- Xalq, iqtisod, madaniyat, davlat, g‘oya, huquq, qonun.
Javobingizni asoslang. Bunda jamiyatga berilgan har xil ta’riflarga murojaat qiling.
Rasmdagi odamlar guruhini jamiyat deb atasak bo‘ladimi? Nima uchun?
“Inson o‘z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan munosabatdagina ularni qondira olishi mumkin. Jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiy-huquqiy qonunlar zarur bo‘ladi. Jamoaning barcha a’zolari mehnal bilan shug‘ullanmoqlari zarur”.
Dostları ilə paylaş: |