Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu


Savol: Insonni kamol topishida kimlarning hissasi bor



Yüklə 485 Kb.
səhifə63/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

Savol: Insonni kamol topishida kimlarning hissasi bor

Fikr




Sabab




Misol




Umumiy hulosa





III. Yangi mavzuning bayoni.

Huqushunoslik ilmida “davlat” va “jamiyat” tushunchalari mavjud. Ammo davlat bilan jamiyat tushunchalari bir xil emas. Davlat – jamiyatning shakllangan siyosiy instituti. Jamiyat taraqqiyotining yetuklashgan muayyan davrida paydo bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda. “jamiyat - davlatning onasi”. Davlat esa jamiyat “farzandi”, uning mahsuli. Shunday ekan, jamiyat qanday bo‘lsa, davlat ham shunday bo‘ladi va aksincha. Jamiyat o‘z rivojida qanday bosqichlardan o‘tsa, davlat ham shunga mutanosib tarzda o‘zgarib, takomillashib boraveradi. Bu — qonuniyat. Davlatlarning tashkil topishi bu — insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tomon burilishi edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiyalashgan davlatlar Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV—III ming yilliklar davriga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo‘la boshlagan.Jamiyat dastlab ijtimoiy hokimiyat, ya’ni hamma odamlarning hokimiyati tomonidan boshqarilgan. Odamlar turli qabilalarga birlashib, o‘sha qabilada yuzaga kelgan muhim masalalarni birgalikda hal qilgan. Qabila ishlarini boshqarishda hamma ishtirok etgan. Bu demokratiya, ya’ni xalq hokimiyatining ilk sodda ko‘rinishi — ibtidoiy demokratiya edi.Ishlab chiqarishning o‘sishi, taraqqiyot natijasida asta-sekin jamiyatda siyosiy munosabatlar paydo bo‘ldi.Jamoa hokimiyati (ibtidoiy demokratiya) o‘rniga alohida odamlar hokimiyati paydo bo‘ldi. Jamiyat boylar va kambag‘allar, keyinroq boshqaruvchilar va boshqariluvchilarga bo‘lindi.Shunday qilib, boshqaruvchilarning siyosiy hokimiyati sifatida davlat paydo bo‘ldi. Bunga qadar insoniyat juda uzoq tarixiy davrni bosib o‘tdi. Davlat yuzaga kelgach esa odamlar hayoti butunlay o‘zgarib ketdi.Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan bo‘lib, u o‘zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo‘lni bo‘sib otgan. Dastlabki bosqichda davlat boshqaruvi eng avvalo majburlash usuliga asoslangan.Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekiston hududida ilk davlat uyushmalari Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya paydo bo‘lgan davrdanoq mamlakatimizda davlatchilik asoslari uzil-kesil tashkil topdi. Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari uyushmasi-ittifoqi hududiga Sirdaryodan O‘rta Afg‘onistongacha bo‘lgan yerlar kirgan. Xorazm davlatining markazi Ko‘zaliqir (Xorazm) shahri bo‘lgan.



Davlat – majbur qilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo‘lgan, o‘z fuqarolari, shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigani mustaqil siyosiy tashkilotdir.

Agar biz davlatni qiyosiy tarzda murakkab inshootga o‘xshatsak, biz yuqorida sanab o‘tgan belgilar davlatning ustunlari rolini bajaradi.

Demak, xulosa qilib aytish mumkinki, davlat o‘ziga xos belgilarga ega. Agar ularning birortasi mavjud bo‘lmasa, biz bunday tashkilotni davlat deya olmaymiz.

“Davlat inson manfaatlari va huquqlari, uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug‘vor maqsadlarga xizmat qiluvchi tashkilotdir”.




Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin