Sinf…5 Sana “ ” 201 yil. Mavzu



Yüklə 485 Kb.
səhifə59/105
tarix18.03.2022
ölçüsü485 Kb.
#53933
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105
5-sinf Vatan tuyg\'us konspekti(2)

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

II .O’tilgan mavzuni takrorlash

















III. Yangi mavzu bayoni

Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisidir. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmog’i zarur.

Bizning o’tmish madaniyatimiz butun insoniyatni o’ziga rom etib kelayotgan markaz bo’lib kelayotganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va san’at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Mustaqillik davrida o’zbek olimlarining kuch-g’ayratlari bilan tariximizning ko’pdan-ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri - XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi.

Milliy tuyg’u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o’z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so’zida ifodalanadi. O’z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas. Vatanparvarlik, fuqarolar yakdilligi — yosh va mustaqil O’zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta o’zgartirish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga, hamjihatlik va hamkorlikka erishishda yordam beradi.




Yüklə 485 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin