3. “Zanjir” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra o‘quvchilar gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlariga ketma-ket bittadan gap tuzadilar. Zanjirning halqalarini uzib qo‘ymaslik uchun har bir o‘quvchi gap tuzishi kerak bo‘ladi. Masalan, 1-o‘quvchi: Bugun men darsdan so‘ng kutubxonaga bormoqchiman. 2-o‘quvchi: Siz qanday kitoblarni yoqtirasiz? va hokazo.
III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa) 1. O‘quvchilar mavzu bilan tanishtiriladi. Yangi mavzu slaydlar asosida tushuntiriladi.
2. Mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar beriladi, misollar keltiriladi.
Bilib oling. Gap tarkibida ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi mustaqil so‘z yoki so‘zlar birikmasi gap bo‘laklari hisoblanadi.
Gap bo‘laklari ikki turga bo‘linadi:
Ikkinchi darajali bo‘laklar
Bosh bo‘laklar
To‘l-diruv-chi
Aniq-lov-chi
Hol
Kesim
Ega
Slaydda turli xil rasmlar o‘quvchilarga ko‘rsatiladi O‘quvchilar rasmlar asosida gaplar tuzib, gaplardan gap bo‘laklarini topadilar.
Masalan, Hovlimizdagi olma daraxti bahorda qiyg‘os gulladi.
Onamning tug‘ilgan kunlariga chiroyli duldasta sovg‘a qildim.
Ona tabiatning go‘zalligi insonga zavq beradi.
O‘quvchilarning mustaqil va sinf taxtasida bajarilgan topshiriqlardan kelib chiqib barcha fikrlar umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi.