328. Kishining kamchiligi va qusurini orqasidan so`zlashga nima deyiladi?
G`iybat
329. Nima insonni muayyan tartib-qoidalar asosida yashashga undaydi?
Ma`naviyat
330. Maqolni davom ettiring "Vaqting ketdi- ...."
Naqding ketdi
331. Kishi hayotidagi vaqtni necha qismga bo`lamiz?
2 ta
332. Insonning muayyan doimiy, asosiy faoliyati bilan shug`ullanmaydigan vaqti...
Bo`sh vaqtidir
333. "Bekorchilik-zerikishning onasidir"-so`zlari kimga tegishli?
Fransuz yozuvchisi Stendalga
334. Bekorchilik qanday oqibatlarga olib keladi?
Turli jinoyatlar sodir etishga, ichkilikbizlikka, kashandalikka, ma`naviy nopok ishlarga qo`l urishga
335. Bola bo`sh vaqtining ko`p qismi qayerda o`tadi?
Oilada
336. Qizlar bo`sh vaqtlarida nimalar bilan shug`ullanishlari mumkin?
Bichish-tikish bilan, uy tutish bilan
337. "...safarning foydasi ko`pdir: bahri-diling ochiladi, foyda topasan, ajoyibotlarni ko`rasan, g`aroyibotlarni eshitasan, shaharlarni tomosha qilasan, do`stlar bilan suhbatda bo`lasan bilim oshirasan..." Ushbu jumlalar kimning va qaysi asaridan olingan?
Sa`diyning "Guliston" asaridan
Dostları ilə paylaş: |