Mavzu :Sinflarni qo’llash. Sinflarning konstruktor va detstruktorlari. Dostona va virtual funkciyalari
Rejasi:
1.Sinflarni qo’llash 2.Konstruktor haqida ma’lumot 3.Detstruktorlar haqida ma’lumot 4.Dostona va virtual funkciyalar Yangi tip sinfni e’lon qilish bilan tuziladi. Sinf - bu bir – biri bilan funktsional orqali bog’langan o’zgaruvchilar va usullar to’plamidir. Sinflarga amaliyotdan ko’pgina misollar keltirish mumkin. Masalan, avtomabilni g’ildirak, eshik, o’rindiq, oyna va boshqa qismlardan tashkil topgan kolleksiya yoki haydash tezligini oshirish, to’xtatish, burish imkoniyatlariga ega bo’lgan obyekt deb tasavvur qilish mumkin. Avtomobil o’zida turli ehtiyot qismlarni va ularni funksiyalarini inkapsulyatsiya qiladi. Avtomobil kabi sinfda ham inkapsulyatsiya qator imkoniyatlarni beradi. Barcha ma’lumotlar bitta obyektda yig’ilgan va ularga osongina murojaat qilish, ularni o’zgartirish va ko’chirish mumkin. Sizning sinfingiz bilan ishlovchi dasturiy qismlar, ya’ni mijozlar sizning obyektingizdan, uning qanday ishlashidan tashvishlanmasdan, bemalol foydalanishlari mumkin.
Sinf o’zgaruvchilarning ixtiyoriy kombinatsiyasidan, shuningdek boshqa sinflar tiplaridan iborat bo’lishi mumkin. Sinfdagi o’zgaruvchilar o’zgaruvchi – a’zolar yoki xossalar deyiladi. Car sinfi o’rindiq, radiopriyomnik, shina va boshqa o’zgaruvchi - a’zolardan iborat. O’zgaruvchi – a’zolar faqatgina o’zlarining sinflarida yotadilar. G’ildirak va motor avtomobilning qanday tarkibiy qismi bo’lsa, o’zgaruvchi – a’zolar ham sinfning shunday tarkibiy qismidir.
Sinfdagi funksiyalar odatda o’zgaruvchi a’zolar ustida biror bir amal bajaradilar. Ular funksiya – a’zolar yoki sinf usullari deb aytiladi. Mashina sinfi usullari qatoriga Haydash() va Tuxtatish() usullari kiradi. Mushuk sinfi hayvonni yoshi va og’irligini ifodalovchi o’zgaruvchi – a’zolarga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, bu sinfning funksional qismi Uxlash(), Miyovlash(), SichqonTutish() usullaridan iborat bo’ladi.
Funksiya – a’zolar ham o’zgaruvchi a’zolar singari sinfda yotadi. Ular o’zgaruvchi a’zolar ustida amallar bajaradi va sinfni funksional imkoniyatlarini aniqlaydi.