Men 29-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Shokirova Moxira Abdulxamitovna 2020-2021 o’quv yili davomida menga yuklatilgan -sinfning sinf rahbarligini yuritdim va aynan shu sinfning ona tili, matematika va o’qish darslarini o’tdim. O’quv yili mobaynida tasdiqlangan rejada ko’rsatilgandek matematikadan 170 soat, ona tilidan 136 soat,o’qishdan 102 soat va 34 soat sinf soati darslarini o’tdim. Dars mashg’ulotlaridan tashqari har haftada “Yosh matematiklar ” to’garak mashg’ulotlarini reja asosida olib bordim. Iqtidorli va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan yil davomida muntazam ravishda qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazdim. Maktabda tashkillashtirilgan tadbirlarda o’zimga biriktirilgan sinf bilan faol qatnashib bordim. Har chorak boshi va oxirida sinf yig’ilishlari va ota-onalar yig’ilishlarini tashkil etdim. Milliy bayramlarimiz va Yangi yil munosabati bilan o’zimga biriktirilgan sinfda kichik tadbirlar tashkillashtirdim. 14-dekabr kuni matematika fanidan “Qo’shishni ustun shaklda yechish” va 16-fevralda “Kasr tushunchasi” mavzularida ochiq darslar o’tkazdim. 30-aprel kuni “Vatan-muqaddas” ochiq tadbirini o’tkazdim.