Singdirish sig’imi



Yüklə 29,5 Kb.
səhifə1/5
tarix26.12.2022
ölçüsü29,5 Kb.
#77889
  1   2   3   4   5
agrokimyo oraliq javoblar


35.Singdirish sig’imi. Tuproqlarning singdirish qobiliyati deb, ular tomonidan almashinadigan va almashinmaydigan tarzda qattiq, suyuq va gaz holatidagi moddalarning yutilishiga, kolloid zarracha ustiga konsentratsiyasining ortishiga aytiladi.

Tuproqning singdirish xususiyati to‘g‘risidagi tadqiqotlar K.K.Gedroyts, G.Vingner, S.Mattson, Ye.N.Gapon, N.I.Gorbunov, B.P.Nikolskiy, N.P.Remezov, I.N.Antipov-Karatayev va boshqa olimlar tomonidan yaratilgan, mukammalashtirilgan bo‘lib, ular hozir ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. Nisbatan to‘liq ta’limot bu K.K.Gedroyts ta’limoti hisoblanadi. K.K.Gedroyts ta’limotiga ko‘ra, tuproqlarning singdirish qobiliyati 5 guruhga bo‘linadi:

1. Mexanik singdirish qobiliyati- deb tuproqlar tomonidan suv, havo oqimi bilan kelib turadigan, o‘lchamlari tuproq g‘ovaklarining o‘lchamlaridan katta bo‘lgan turli moddalar, zarrachalar va har xil jismlar hamda jismlarning yutilishiga, ya’ni ushlanib qolishiga aytiladi.

Mexanik singdirish ko‘pincha tuproqdagi g‘ovaklar o‘lchamiga, yutilishi kerak bo‘lgan jismlar, moddalar o‘lchamiga, miqdoriga, ko‘p va oz miqdorda suv va havo yordamida kelib turishiga bog‘liq bo‘ladi. Har xil oqizindilarga va kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan suvlar tuproqdan o‘tib tozalanadi. Tuproq va ba’zi tog‘ jismlarning bu xususiyatidan hayotda keng foydalaniladi.

Sug‘orish inshoatlarini, kanallarni qurilishida tuproqlarning bu xususiyatlaridan foydalanib kanallar o‘zanlari orqali loyqa suvlar o‘tkaziladi, natijada o‘zandagi g‘ovaklar to‘lib, kanallarning filtratsiya va infiltiratsiya darajalari keskin kamayadi. Bu hodisaga kanallar va suv omborlarini kolmatatsiyalash deyiladi.

Bu usuldan shag‘alli tuproqlarni yaxshilashda ham foydalansa bo‘ladi, ya’ni shag‘alli yerlarga loyqa-butana suvlar quyilsa, shunday suvlar bilan sug‘orilsa, unda tuproq qatlami ortadi, unumdorlik yaxshilanadi. Chunki oqizindi zarrachalar odatda kolloid zarrachalarga, chirindiga, oziqa elementlarga nisbatan boy bo‘ladi.

2. Kimyoviy singdirish qobiliyati deb, tuproqlardagi sodir bo‘ladigan kimyoviy reakitsyalar natijasida suvda erimaydigan tuzlar, havoga chiqadigan gazlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq jarayonga aytiladi.

Kimyoviy singdirish jarayoni natijasida odatda ohaktosh, gips CO2 kabi tuzlar, gazlar va suv hosil bo‘ladi.


34.
Yüklə 29,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin