XITOY VA O‘ZBEK TILLARIDA TENG KOMPONENTLI MURAKKAB
SINTAKTIK QURILMALAR DERIVATSIYASI
N.A.Ne’matova,
KIUT Samarqand filiali o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xitoy va o‘zbek tillarida teng komponentli
murakkab sintaktik qurilmalarga oid fikrlar qisqacha yoritilgan. Bog‘lovchili va
bog‘lovchisiz murakkab sintaktik qurilmalarga o‘zbek va xitoy tillarida misollar
keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
teng komponentli MSQ, mazmuniy tobelik, sintaktik tobelik,
teng munosabat, tobe munosabat, bog‘lovchili MSQ, bog‘lovchisiz MSQ, gap
bo‘laklari.
Ma’lumki, gaplar odatda bir-birlari bilan uzviy bog‘liq. Mazkur bog‘liqlik
ikki xil bo‘lishi mumkin: mazmuniy va sintaktik. Mustaqil gaplar sintaktik
jihatdan mustaqil sanalsa-da, ular o‘zaro tobe bo‘lmaydi. Ammo, bu holat ularning
o‘zaro mazmuniy bog‘lanishiga to‘sqinlik qila olmaydi, albatta. Biroq murakkab
sintaktik qurilmalar tarkibiga kiruvchi gaplar ham sintaktik, ham mazmuniy
jihatdan bir-birlariga bog‘liqdirlar.
Demak, gaplarni murakkab sintaktik qurilmalar tarkibida bir-biriga
bog‘lashdan maqsad shundaki, bu orqali gaplarning mazmuniy tobeligi sintaktik
tobelik bilan to‘ldiriladi va natijada MSQ komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikning mavqei ma`lum darajada ortadi.
Murakkab sintaktik qurilmalar odatda ikki qismdan iborat bo‘ladi va u shunisi
bilan sodda gapdan farq qiladi.
MSQlarning har bir qismi o‘z tarkibiga kiruvchi gap bo‘laklaridan iborat
bo‘ladi. Biz murakkab gapni aynan shu jihati bilan murakkablashtirilgan gapdan
farqlay olamiz. Chunki murakkablashtirilgan gapda bir gap ikkinchisining
tarkibiga alohida, mustaqil gap sifatida emas, balki kengaytirilgan gap bo‘lagi
sifatida kiradi.
Murakkab sintaktik qurilmalar teng va tobe munosabatli MSQlarga bo‘linadi.
Teng munosabatli murakkab sintaktik qurilmalar bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz
bo‘lishi mumkin. Biroq, MSQ qismlari qanday bog‘lanishidan qat`iy nazar, ular
sintaktik derivatsiya mahsuli sanaladi. Shunday bo‘lsa-da, bog‘lovchili va
bog‘lovchisiz MSQlarning derivatsion tamoyillari o‘zaro birmuncha farq qiladi:
1. Sham yorug‘i Mirzoning yuziga tushdi, ammo bu ham uni uyg‘otolmadi
(P.Qodirov. “Yulduzli tunlar”).
2. Hasanali ham Otabeklar bilan birlikda birinchi kun qo‘shilib qamalg‘an
bo‘lar edi, biroq uning saroyda bo‘lishi ulardan ajralib qolishig‘a sabab bo‘lg‘an
edi (A.Qodiriy. “O‘tgan kunlar”).
3. Har holda qarindoshlaringizning qattig‘ jazo tortishlari shubhalikdir, siz
payqadingizmi, yo‘qmi kecha men jarchig‘a bu kungi osilg‘uchilarni Otabek ila
Mirzakarim bo‘lg‘anlig‘ini tayinlagan edim (A.Qodiriy. “O‘tgan kunlar”).
4. Xonzoda begimni Samarqand podshosining o‘g‘li Boysunqur mirzoga
so‘ratgan edilar, Umarshayx mirzo bunga rozi bo‘lmagan edi (P.Qodirov.
“Yulduzli tunlar”).
Keltirilgan misollarning birinchi ikkitasida MSQ komponentlari o‘zaro teng
bog‘lovchilar yordamida bog‘langan. Aynan mana shu bog‘lovchilar derivatsiya
operatori maqomida kelmoqda. Uchinchi va to‘rtinchi misolda MSQ
komponentlari ni bog‘lab turuvchi grammatik vosita ko‘zga tashlanmaydi. Ular
mazmunan bog‘langan bo‘lib, derivatsion jihatdan nol operatorga tayanadi.
Bog‘lovchisiz murakkab sintaktik qurilmalar tarkibida bog‘lovchilar va
boshqa sintaktik aloqa maxsus vositalari uchramaydi. Bog‘lovchisiz MSQlar
o‘zaro ohang yordamida bir-biriga bog‘lanadi. Aynan shu sababdan bog‘lovchisiz
MSQlar tashkil bo‘lishida ohang, shu bilan birga MSQ qismlari joylashuv tartibi
ham muhim rol o‘ynaydi.
Bog‘lovchisiz MSQning ayrim turlari uchun lug‘aviy tarkib munosabati ham
xarakterlidir. Bu munosabat ba`zan MSQ qismlari vazifasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan
gap bo‘laklari bilan ifodalanishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari ayrim
hollarda bog‘lovchisiz MSQning qismlarida gap bo‘laklari ketma-ketligi ham bir
xil bo‘lishini kuzatishimiz mumkin.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda bog‘lovchisiz MSQlarda fe`l shakllari ham
o‘ziga yarasha o‘ringa ega.
1.
他是老
师
,我是学生。
U o‘qituvchi, men o‘quvchi.
2.
我看
书
,他写字。
Men kitob o‘qiyapman, u yozyapti.
3.
这张桌
子大,那
张桌
子小。
Bu stol katta, narigi stol kichik.
4.
我
买
票,他忙着照看行李。
Men chipta sotib olayotgandim, u yuklarni ko‘zdan kechirardi.
5.
夜更深,天更黑了。
Tun tobora qorong‘ulashar, osmon tobora qorayardi.
6.
他
晓
得,我也不怕。
U bilaversin, men baribir qo‘rqmayman.
7.
你
再不答
应
,我可生气了。
Sen rozilik bermading, men xafa bo‘ldim.
Bog‘lovchisiz MSQlardan og‘zaki nutqda keng foydalanish bilan bir qatorda
biz ularni badiiy asarlar dialoglarida ham ko‘p uchratishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |