2 – xususiyati: SDH triblari o‘lchami PDH iyerarxiyasining triblari sathi bilan aniqlanadigan, belgilangan standart konteynerlarda joylashgan bo‘lishi zarur. Bunday konteynerlar - virtual konteynerlar deyiladi. Virtual konteynerlar guruhda ikkita har xil usulda birlashishi mumkin. Past sathdagi konteynerlarni yuqori sathli konteynerlarning zarur yuklamasi sifatida qo‘llash va multipleksorlash mumkin. Bu o‘z navbatida eng yuqori sathdagi (eng katta o‘lchamdagi) STM-1 freym konteynerining zarur yuklamasi bo‘lib xizmat qiladi.
3 – xususiyati: bunda virtual konteyner holatini qayta ishlashni sinxronlashtirish dalillari orasidagi qarama-qarshilik va maydon ichidagi kerakli yuklamaga ega bo‘lgan konteyner holatining mumkin bo‘lgan o‘zgarishini, ko‘rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin, hattoki, o‘lchamlari har xil bo‘lgan konteynerlar va yuqori sathli konteynerlarning hajmi ancha yuqori bo‘lganda ham, u baribir yetarli darajada bo‘lmasligi mumkin yoki yuklama ostida o‘lchami kichik bo‘lgan bir nechtasini ajratish mumkin. Buning uchun SDH texnologiyasida konteynerlarni o’zaro ta’sirlashish imkoniyati ko’rib chiqilgan. Hosil bo‘lgan konteynerlar asosiysidan, mos keluvchi indeksi bilan farqlanadi (yuklamaning aralashishi nuqtai nazaridan), xuddi bitta katta konteyner singari ko‘rsatilgan imkoniyat bir tomondan nomlanishga ega bo‘lgan konteynerlarni qo‘llashni optimallashtiradi, boshqa tomondan uni aniq bo‘lmagan qayta ishlash lahzasida yangi turdagi yuklamani texnologiya bilan oson moslashtirish imkonini beradi.
4 – xususiyati: bitta sathdagi bir necha konteynerlar, shu joyning o‘zida ulanishi mumkin va nostandart zarur yuklamani joylashtirish uchun qo‘llanadigan bitta uzluksiz konteyner sifatida qaraladi.
5 – xususiyati: bunda 9 * 9 = 81 bayt o‘lchamli alohida sarlavha maydonining shakllanishi (lokal tarmoqlarda paketlarni qayta ishlash me’yori). U zarur bo‘lgan boshqarishni va nazorat axborotini joylashtirish va zarur bo‘lgan ichki ma’lumotlarni uzatish kanallarini tashkil qilish uchun baytning bir qismini olib borish uchun yetarli darajada katta. Freym tuzilishida uzatiladigan har bir bayt, tezligi 64 kbit/s ga teng bo‘lgan oqimga ekvivalent ekanligini hisobga olgan holda berilgan sarlavhani uzatish 5184 Mbit/s ekvivalent xizmat axborotlari oqimini hosil qilishga mos keladi.