Sirliyev B. N., Beknazarov A. A., Arziqulov D. N. Psixologiya: Ma’ruzalar to‘plami


-ma’ruza SHAXSNING BILISH JARAYONLARI



Yüklə 161,83 Kb.
səhifə4/4
tarix01.12.2022
ölçüsü161,83 Kb.
#71628
1   2   3   4
Umumiy psixologiya (shaxs)

4-ma’ruza
SHAXSNING BILISH JARAYONLARI
1. Bilish faoliyatiga umumiy tavsif.
2. Asosiy bilish jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o‘ziga
xosligi.
1. Bilish faoliyatiga umumiy tavsif
Bilish muammosi qadim zamonlardan beri kishilik dunyosini
qiziqtirib keladi, ammo u bugungi kunda fan va texnikaning ri-
vojlanishi tufayli yanada dolzarb masalaga aylanib qoldi. Shu boisdan,
bilish nazariyasi falsafa, tarix, filologiya, kibernetika, pedagogika,
psixologiya kabi fanlarning tadqiqot predmetiga aylanib, ularning har
qaysisi o‘zining mohiyatidan kelib chiqib, uning u yoki bu jabhalarini
o‘rganadi.
Boshqa fanlardan farqli o‘laroq, psixologiya fani insonning onto-
genezida bilishning vujudga kelishi, uning o‘ziga xos psixologik
mexanizmlari, unda ehtiyoj, motiv, emotsiya va irodaning o‘rni,
tanishish zarurat hisoblangan obyektning notanishligi, ko‘rinishi
hamda materiallar mazmunining ahamiyatini tekshiradi.
Bizningcha, obyektiv dunyo to‘g‘risidagi ma’lumotlar, fan asos-
lari bo‘yicha axborotlar, ijtimoiy va individual tajribalar, shaxslararo
munosabat va muomala o‘rnatish, muayyan faoliyatni tashkil qilish va
uni boshqarish o‘zini o‘zi anglashga taalluqli tarkibiy qismlar bilan
qurollanishga, ijod va yangilik yaratishga qaratilgan murakkab,
iyerarxik hamda integral xususiyatli, faqat insoniyatgagina xos bo‘l-
gan, aqliy va jismoniy negizga quriluvchi intilish va faollikning
majmuasi bilish deb ataladi.
Bilishning psixologik bosqichlari, darajalari, ko‘lami, kengligi,
chuqurligi, to‘liqligi, aniqligi, yaqqolligi, ifodalanish shakllari va
vositalari, barqarorligi, mustaqilligi va uning ijtimoiy psixologik
mexanizmlari to‘g‘risida ma’lumotlar sharhlanadi.
Bizni qurshab turgan obyektiv borliqni bilish xususiyatiga oid
jahon psixologiyasi fanida ko‘plab ilmiy nazariyalar, mustaqil kon-
sepsiyalar, o‘xshash qarashlar, puxta pozitsiyalar, xilma-xil yonda-
44
shishlar mavjud, ammo shunga qaramasdan, bu asnoda bilishning
filogenetik qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari, ularning bunyodkor
mexanizmlari, muayyan o‘ziga xoslik, ulardagi barqarorlikni ta’min-
lovchi shart-sharoitlar, harakatlantiruvchi kuchlar, obyektiv va
subyektiv omillarning ta’sirchanlik imkoniyati rang-barangligi tufayli
onitogenetik davrning xususiyatlari to‘g‘risida mulohaza yuritishning
o‘zi yetarlidir.
Inson shaxs bo‘lib shakllanishida va rivojlanishida bilish jarayon-
lari asosiy funksiyani bajaradi. Bilish jarayonlari qadim zamonlardan
beri olimlarning diqqat markazida bo‘lgan muammolardan biri bo‘lib
kelgan. Insonning ontogenezida bilish jarayonini amalga oshiruvchi,
uni yuzaga keltiruvchi asosiy manbalar mavjud bo‘lib, bizningcha,
ular taxminan quyidagilardan iborat:
1) tug‘ma instinktlar;
2) shartsiz reflekslar;
3) shartli reflekslar;
4) ideomotor harakatlar;
5) predmetli harakatlar;
6) taqlid yoki imitatsiya;
7) tajriba;
8) mashq;
9) ko‘nikma, malaka, odat (ularni o‘zlashtirish imkoniyati va
egallash vaziyati);
10) refleksiya (xulq va ongli boshqarish).
Bilish jarayonining mohiyati va o‘ziga xosligini vujudga keltiruv-
chi asosiy psixologik negizlari tariqasida:
1) ehtiyoj;
2) motiv (motivatsiya);
3) mayl;
4) moyillik;
5) qiziqish;
6) ustanovka;
7) tug‘ma, tabiiy alomatlar;
8) faollik;
9) ruhiy holatlarning barqarorligi;
10) obyektiv va subyektiv xususiyatli funksiyalar xizmat qilishi
mumkin.
45
2. Asosiy bilish jarayonlari, uning qonuniyatlari,
tarkibi va o‘ziga xosligi
Diqqat va uning turlari, xususiyatlari. Diqqat – kishi faoliyati-
ning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o‘quv faoliyati samarador-
ligining muhim va zarur sharti. Bilish jarayonlari kechishining eng
muhim xususiyati uning tanlaydigan, yo‘naltirilgan shakldaligidan
iborat. Tevarak atrofdagi olamning ko‘plab ta’sirlari orasidan kishi
hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir
fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasini uning diqqat kabi
xususiyati bilan o‘zaro bog‘liq, deb hisoblaydilar.
Diqqat individning emotsional, aqliy yoki harakatlantiruvchi
faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning
yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
Diqqatni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch, g‘ayrat
sarflash zarurati ishga tushayotgan paytda, binobarin, qiyinchiliklar
paydo bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va, shuningdek
to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko‘ra diqqat-
ning ikkita asosiy turi mavjud:
1) ixtiyorsiz diqqat;
2) ixtiyoriy diqqat.
Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan
mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz
diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar
bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga muvofiq keladigan, uning
uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni
qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning o‘rni benihoya
kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa,
diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi.
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solina-
digan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida
hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat agar kishi faoliyati jarayonida o‘z oldiga
ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab
chiqqan bo‘lsa yuz beradi.
46
Ixtiyoriy diqqat diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida
tarkib topadi. Ixtiyoriy diqqatning vazifasi psixik jarayonlarning ke-
chishini boshqarib turishdan iborat.
Kishi aynan ana shu ixtiyoriy diqqatning mavjudligi tufayli xotira-
dan o‘zi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib
olish»ga, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo
bo‘ladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli bo‘ladi.
Diqqatni kuchli qo‘zg‘atuvchilar baland ovoz, yorqin nur va
bo‘yoq, kuchli hid jalb etadi.
Diqqatning taqsimlanishi ikki va undan ko‘proq faoliyat turlari-
ning (bir qancha harakatlarning) bir vaqtning o‘zida muvaffaqiyatli
bajarish imkoniyati bilan bog‘liq xususiyat. Diqqatning yuksak daraja-
da taqsimlanishi – ko‘pgina hozirgi zamon mehnat turlari
muvaffaqiyatliligining muqarrar shartlaridan biridir. Masalan,
operatorlar, ko‘plab dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilari
va boshqalarning ishi ana shuni talab qiladi.
Diqqatning ko‘chishi ma’lum obyektning bir faoliyatdan ikkinchi
bir faoliyatga, bir obyektdan ikkinchi bir obyektga, bir harakatdan
ikkinchi bir harakatga o‘tishida namoyon bo‘ladi. Diqqatning ko‘chi-
shi yo ongli ravishdagi xulq-atvorga, faoliyatning talablariga yoki
o‘zgarib ketayotgan shart-sharoitlarga muvofiq tarzda yangi faoliyatga
kirishish zaruratiga bog‘liq bo‘ladi.
Faqat obyektlar va jarayonlar o‘zgarib, faoliyat esa uzoq vaqt da-
vomida o‘zgarmasdan qolgan hollarda diqqatning barqarorligi doirasi-
da uning ko‘chishi yuz beradi. Bunday ko‘chish uzoq davom etadigan
ish paytida charchashning oldini oladi va shu bilan diqqatning
barqarorligini oshiradi. Lekin bu tez-tez takrorlanavermasligi lozim,
aks holda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxo-
tirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga
layoqatsizlikda, diqqatning osongina va tez-tez bo‘linib turishida na-
moyon bo‘lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko‘rinishi ko‘pincha
ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlik-
ning sabablaridan biri hisoblanadi. Parishonxotirlikni keltirib chiqa-
ruvchi sabablar nimalardan iborat? Parishonxotirlik shaxsning barqa-
ror xislati sifatida ixtiyoriy diqqat sustligining ko‘rsatkichi hisoblanadi
va u noto‘g‘ri tarbiya natijasida bo‘lishi mumkin. Bunday pari-
47
shonxotirlikka qarshi, avvalo, shaxsda irodaviy fazilatlarni shakllan-
tirish yo‘li bilan kurash olib borish kerak.
Tevarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar,
hidlar va harorat, miqdor va ko‘plab boshqa narsalar to‘g‘risida biz
sezgi organlari tufayli bilamiz. Kishi sezgi a’zolari yordamida tashqi
va ichki muhitning holati haqida rang-barang axborot olib turadi.
Sezgi haqida tushuncha. Sezgi oddiy psixik jarayon bo‘lib, u
moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan,
shuningdek moddiy qo‘zg‘atuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita
ta’sir etgan miqdorda organizmda hosil bo‘ladigan ichki holatlardan
tarkib topadi. Materiya sezgi organlarimizga ta’sir etib sezgi hosil
qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi
va miyaga yetkazib beradi.
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan ya-
gona yo‘lidir. Sezgilar mohiyatiga ko‘ra obyektiv olamning subyektiv
obrazidir. Lekin sezgilarning hosil bo‘lishi uchun organizm moddiy
qo‘zg‘atuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki
organizmning o‘zi ham qandaydir ish bajarishi lozim.
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning ahamiyati juda katta,
negaki, ular bizning olam haqidagi va o‘zimiz to‘g‘rimizdagi bilimla-
rimiz manbai hisoblanadi. Inson tevarak atrofdagi olam haqida ha-
misha axborot olib turishi kerak.
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko‘rsatilgan turlari
mavjud:
1) ko‘rish;
2) eshitish;
3) hid bilish;
4) badanning tegishi orqali sezish;
5) ta’m bilish.
Sezgilar ma’lum bir qo‘zg‘atuvchining muayyan retseptorga ta’si-
ri natijasida hosil bo‘lgani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil
qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning va ana shu qo‘zg‘atuvchilar ta’sir
qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi.
Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o‘rniga qa-
rab sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi:
48
1) tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks
ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo‘lgan ekstrotsep-
tiv sezgilar;
2) tananing ichki a’zolarida va to‘qimalarida joylashgan hamda
ichki a’zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo‘lgan
interotseptiv sezgilar;
3) retseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan propriotsep-
tiv sezgilar; ular gavdamizning harakati va holati haqida axborot berib
turadi.
Ekstrotseptivlarni ikki guruhga – aloqa bog‘laydigan kontakt va
distant retseptorlarga ajratamiz. Aloqa bog‘laydigan reseptorlar ularga
ta’sir qiladigan obyektlar bilan bevosita aloqa bog‘lagan paytda
qo‘zg‘aydi; badanning tegishi orqali sezish, ta’m bilish retseptorlari
shular jumlasidandir. Distant reseptorlar uzoqdagi obyektdan keladi-
gan qo‘zg‘atishdan ta’sirlanadi; distant retseptorlarga ko‘rish, eshitish,
hid bilish retseptorlari kiradi.
Sezgilar muayyan payt davomida retseptorga ta’sir o‘tkazayotgan
qo‘zg‘atuvchining o‘ziga xos quvvatining asab jarayonlari quvvatiga
aylanishi natijasida hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari faqat moslashuvchan-
lik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot
olish jarayonlarida bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan
mustahkam bog‘langan.
Sezgi asab tizimining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi
reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi
reflektorlik xususiyatiga egadir.
Analizator uch qismdan tarkib topadi:
1) tashqi quvvatni asab jarayoniga o‘tkazadigan maxsus trans-
formator hisoblangan periferik bo‘limi (retseptor);
2) analizatorning periferik bo‘limini markaziy analizator bilan
bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va
efferent (markazdan qochuvchi) asablar;
3) analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan asab signallari-
ning qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning
o‘zi bilan tugaydigan) bo‘limlari.
Har bir analizatorlarning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarning
asosiy qismi jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli
49
joylarida u yoki bu miqdorda o‘rnashgan tarqoq hujayra qismlaridan
tarkib topgan tashqi qismi bo‘ladi.
Analizator asab jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun
yo‘li manbai va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi
retseptordan, ta’sirotni miyaga olib boruvchi asab yo‘llari va effektor-
dan tarkib topgandir.
Shunday qilib, sensor (emotsional) va motor (harakat) qismlarning
uyg‘unlashuvi tufayli sensor (analizator) apparat reseptor ta’sir
qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarning obyektiv xususiyatlarini aynan aks
ettiradi va shularning xususiyatlariga o‘xshab qoladi.
Adaptatsiya yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining
qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir.
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko‘rsatish mumkin:
– qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jara-
yonida sezgining tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshaydi. Doimiy
qo‘zg‘atuvchilar ta’sir qilgan taqdirda, sezgi yo‘qolib qolish xu-
susiyatiga ega. Masalan, terining ustiga qo‘yilgan yengilgina yuk tez-
dayoq sezilmaydigan bo‘lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof muhitga
yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib
qolishi ham oddiy bir hodisadir;
– adaptatsiya kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgining
zaiflashib qolishidir. Masalan: sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil qiladigan
sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim
qorong‘i xonadan yaxshi yoritilgan joyga chiqqanimizda, oldiniga
ko‘zlarimiz qamashadi va tevarak atrofdagi biron-bir narsaning farqi-
ga yeta olmaydigan bo‘lib qolamiz, bir muncha vaqt o‘tgandan keyin
esa ko‘rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin susayib, biz
odatdagidek ko‘ra boshlaymiz;
– kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning ortishi
ham adaptatsiya deb ataladi.
Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi a’zolarining qo‘z-
g‘alishi ta’siri ostida o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabati deb
ataladi. Sezgilarning o‘zaro munosabati xuddi adaptatsiya kabi ikkita
bir-biriga qarama-qarshi jarayonda: sezuvchanlikning ortishi va
pasayishida namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda umumiy qonuniyat shundan
iboratki, analizatorning o‘zaro munosabatlarida kuchsizlari analizator-
larning sezuvchanligini oshiradi, kuchlilari esa susaytiradi.
50
Analizatorlar o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezuv-
chanlikning ortishi sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgi a’zolari sezuv-
chanligining o‘zgarish qonuniyatlarini bilgan holda maxsus tanlangan
qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llanish yo‘li bilan u yoki bu
retseptorni sensibillashtirish, ya’ni uning sezuvchanligini oshirish
mumkin. Sensibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish
mumkin.
Sezgilarning o‘zaro munosabati sinesteziya deb atalmish yana bir
hodisada namoyon bo‘ladi. Sinesteziya bir analizatorning qo‘zg‘alishi
ta’siri ostida boshqa analizatorga xos sezgining hosil bo‘lishidir.
Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi.
Idrok va uning xususiyatlari. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab
va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli, barcha
ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining
yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir
davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.
Narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish
jarayonida kishi ongida aks etishi idrok deb ataladi.
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga
solinishi hamda narsalar va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga
birlashuvi yuz beradi.
Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan
farqli o‘laroq, idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari
bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi-
dan iborat tarzda emas, balki emotsional bilishning o‘ziga xos belgi-
lari bilan sifat jihatidan yuqori bosqich sifatida tasavvur qilinadi.
Sezgilardan farqli o‘laroq, idrokda narsalarni umuman, uning
hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks etadi.
Idrokning muhim xususiyatlari quyidagilar:
– predmetlilik;
– yaxlitlilik;
– strukturalilik;
– barqarorlik;
– anglanilganlik.
Idrokning predmetliligi obyektivlashtirish hodisasi deb ataladigan
hodisa bo‘lib, tashqi dunyodan olinadigan axborotning o‘sha dunyoga
mansubligini ifoda etadi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti-
51
harakatni boshqarishda alohida o‘rin tutadi. Odatda, biz narsalarni
ularning ko‘rinishiga qarab emas, balki ularni amaliyotda qay tarzda
ishlatishimizga muvofiq holda yoki ularning asosiy xususiyatlariga
qarab baholaymiz.
Idrokning yaxlitligi deyilganda, sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan
narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘la-
roq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan ravshanki,
bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli
xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida
tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaliligi bilan bog‘liqdir. Idrok
ma’lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi
va ularning shunchaki oddiy yig‘indisi ham emas. Biz ana shu
sezgilardan amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida
shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks
ettiriladigan obyektlarning o‘ziga xos jihatlarida, ikkinchi tomondan,
insonning muayyan faoliyatida gavdalanadi. I. M. Sechenov ta’kidla-
ganidek, idrokning yaxlitligi va strukturaliligi analizatorlar reflektor
faoliyatining natijasidir.
Idrok qo‘zg‘atuvchining retseptorlarga bevosita ta’siri natijasida
hosil bo‘lsa ham, perseptiv obrazlar hamisha muayyan ma’noli aha-
miyatga ega bo‘ladi. Kishining idroki uning tafakkuri bilan, narsaning
mohiyatini tushunib yetishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Narsani
ongli idrok etish – unga fikran nom berish, ya’ni idrok etilgan narsani
narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni so‘z vositasida
umumlashtirish demakdir. Hatto o‘zimizga notanish narsani ko‘rga-
nimizda ham uning bizga tanish obyektlar bilan o‘xshashlik jihatlarini
payqab olishga, uni qandaydir toifaga kiritishga urinamiz. Idrok
shunchaki sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan qo‘zg‘atuvchilarning oddiy
yig‘indisi bilan belgilanmaydi, balki mavjud ma’lumotlarni yaxshilab
talqin qilish, izohlab berish yo‘llarini jadal izlashdir. Shu nuqtai
nazardan olganda goh shakl, goh fon (ikki qiyofa va vaza) navbatma-
navbat idrok etiladigan (1-rasm), «ikki mazmunli» deb atalmish
rasmlar diqqatga sazovordir. Bu rasmlarda idrok qilingan obyektning
alohida ko‘rsatilishi uning anglab yetilishi va nomlanishi bilan
bog‘liqdir.
52
Idrokning kishi psixik hayoti mazmuniga, uning shaxsiga xos
jihatlarga bog‘liqligi appersepsiya deyiladi.
1-rasm
Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha phainomenon –
noyob, g‘ayriodatiy holat degan ma’noni anglatadi) muayyan hodi-
salarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda
namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ular jahon
psixologiyasi fanida gallyutsinatsiya (lotincha hallucinftio – alahlash,
bosinqirash, valdirash, ya’ni yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi,
sezilishi), illuziya (lotincha illusio – xato, adashish, yanglishish degan
ma’noni bildiradi), attraksiya (frans. attraction – o‘ziga tortish,
mahliyo etish, jalb qilish ma’nosini beradi), yaqqol ko‘rinish (ruscha
yasnovideniye – yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar
olish) tushunchalari orqali nomlanadi.
Idrokning muhim jihatlaridan biri unga xos belgilarning turli
jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrokning
muhim xususiyatlaridan biri faol ravishda bevosita aks ettirish
imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati
uning o‘zlashtirgan bilimlari, to‘plagan tajribalari, shuningdek
murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi.
Bu holat idrok qilinishi zarur bo‘lgan o‘quv fani mohiyatiga bog‘liq
ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish,
yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o‘zaro mosligini
aniqlash singari bosqichma-bosqich o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi
tarkibiy qismlardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda
narsa va hodisalarni aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib
borayotgan ko‘p qirrali, ko‘p yoqlama alomatlarni idrok qilish bilan
53
cheklanib qolmasdan, balki o‘sha majmua aniq jism yoki hodisa
sifatida baholanadi.
Xotira va uning ko‘rinishlari. Odam ko‘rgan, his qilgan va
eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qoladi. Psixikaning
eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi ta’sirlarning
aks ettirilishidan o‘zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydala-
nadi. Individual tajriba orta borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta
murakkablashadi.
Agar tashqi dunyoning miya qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari
beiz yo‘qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin
bo‘lmay qolur edi. Bu obrazlar bir-biri bilan o‘zaro turli aloqalar
bog‘lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va
faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo‘ladi.
Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va
keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi.
Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish
kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning
har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat
davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi.
Xotira mexanizmlarini o‘rganishning psixologik darajasi xrono-
logik jihatdan boshqalardan ustunroq bo‘lib, fanda juda ko‘p turli
yo‘nalishlar va nazariyalarning ilgari surilganligi ma’lumdir. Bu
nazariyalarni ular xotira jarayonlarining shakllantirilishida subyekt-
ning faolligi qanday o‘rin tutishiga va bunday faollikning mohiyatiga
qanday yondashuviga bog‘liq holda tasniflash va baholash mumkin.
Xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganishning ikkita
eski darajasi – psixologik va neyrofiziologik darajasiga endilikda
uchinchi – bioximik darajasi ham qo‘shildi. Xotirani o‘rganishga
kibernetik jihatdan yondashuv ham tarkib topmoqda.
Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I. P. Pav-
lovning oliy asab faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta’limotning eng
muhim qoidalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Muvaqqat shartli
bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi haqidagi ta’limot subyektning indivi-
dual tajribasi tarkib topishining mexanizmlari haqidagi ta’limot, ya’ni
aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir. Chindan
ham, shartli refleks yangi mazmun bilan ilgari o‘zlashtirib mustah-
54
kamlangan mazmun o‘rtasida hosil qilinadigan bog‘lanish sifatida
esda olib qolish jarayonining fiziologik negizini tashkil etadi.
Shunday qilib, hozirgi bosqichda xotiraning mexanizmlarini o‘r-
gaishning neyrofiziologik darajasi bioximik tadqiqotlar darajasiga
tobora yaqinlashib va ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilib ketmoqda.
Bu hol ushbu darajalarning tutashgan joyida olib borilayotgan ko‘plab
tadqiqotlarda o‘z tasdig‘ini topdi. Ana shu tadqiqotlar asosida esda
olib qolish jarayonining ikki bosqichli xususiyatga egaligi haqidagi
faraz paydo bo‘ldi. Bu gipotezaning mohiyati quyidagilardan iborat-
dir. Birinchi bosqichda (qo‘zg‘atuvchining bevosita ta’siridan so‘ng)
miyada hujayralarda asl holiga qaytuvchi fiziologik o‘zgarishlarni
keltirib chiqaradigan qisqa muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi.
Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida u
yangi oqsil moddalar (protsinlar)ning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq
bo‘lgan bioximik reaksiyadan iboratdir.
Birinchi bosqich sekundlar yoki minutlar mobaynida davom etadi
va u qisqa muddatli esda olib qolishning fiziologik mexanizmi hisob-
lanadi. Hujayralarda qaytarilmaydigan o‘zgarishlarga olib keladigan
ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning mexanizmi hisoblanadi.
Xotira ta’riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish ja-
rayonlari sodir bo‘ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi
xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo‘lib xizmat
qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq
tarzda bo‘linadi:
1) faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xusu-
siyatiga qarab xotira harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqli
turlarga bo‘linadi;
2) faoliyatning maqsadlari, xususiyatiga ko‘ra ixtiyorsiz va ix-
tiyoriy xotira turlariga bo‘linadi;
3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash
muddatiga ko‘ra (uning faoliyatdagi ahamiyati va tutgan o‘rniga
bog‘liq ravishda) qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira
turlariga bo‘linadi.
Harakat xotirasi – turli ish-harakatlar va ularning tizimini esda
olib qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iborat. Inson
faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko‘rinishlari
ustunlik qilishi kuzatiladi: masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-
55
zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko‘rinishi mavjud. Ana shu ruhiy
faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulot-
larida o‘z ifodasini topib, harakatlarda, emotsional kechinmalarda,
tuyg‘ularda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi
odamlarda aniq-ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Masa-
lan, bir musiqa ishqibozi musiqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta
tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat panto-
mima tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Emotsional xotira – his-tuyg‘uga xos xotira. Bu xotira his-
tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va
qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va
hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda
amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga
ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida emotsional
xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o‘z-o‘zimizga bo‘lgan mu-
nosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechin-
malarni esda qoldirish, esga tushirishdan iborat xotira turi emotsional
xotira deb ataladi. Ular ruhiyatimizda kechirgan, ma’naviyatimizga
ta’sir qiluvchi, xotiramizda saqlanib qolgan his-tuyg‘u, ehtiros, alam,
armon kabilarni jonlantirishga undovchi yoki o‘tmishda salbiy kechin-
malarga ega bo‘lgan harakatlardan saqlab turuvchi signal tarzida
namoyon bo‘ladi. Emotsional xotira o‘zining vujudga kelish xusu-
siyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlari-
dan ma’lum ma’noda ajralib turadi.
Xotiraning eydetik («eydos» – yunoncha «obraz» degan ma’noni
anglatadi), ya’ni ko‘rgazmali obrazlari – tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan
his-tuyg‘u a’zolarining qo‘zg‘atilishi natijasidir. Obrazli xotira
tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar,
ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz
xotirasi deb, yaqqol mazmunni, binobarin narsa va hodisalarning aniq
obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish,
ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan
iborat xotira turiga aytiladi.
So‘z-mantiq xotirasi. So‘z-mantiq xotirasining mazmunini fikr va
mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi.
56
Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi
tufayli, ularni ifodalash faqat o‘zlashtirilayotgan materiallarning aso-
siy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularning so‘zma-so‘z
ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Agar
ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no jihatdan qayta ishlanmasa, u
holda materialni so‘zma-so‘z o‘zlashtirish mantiqiy o‘rganish bo‘l-
masdan, balki, aksincha, mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi.
So‘z-mantiq xotiraning vujudga kelishida birinchi signal bilan bir
qatorda, ikkinchi signallar tizimi asosiyat kasb etadi. Chunki so‘z
mantiq xotirasi faqat insonga xos bo‘lgan xotiraning maxsus turi
hisoblanadi. So‘z-mantiq xotiraning o‘sishi qolgan xotira turlarining
barqarorlashuvini belgilaydi.
Faoliyat maqsadlariga qarab xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira
turlariga ajratiladi.
Ixtiyoriy xotira. Ixtiyoriy xotira deganda, ma’lum maqsadni
ro‘yobga chiqarish uchun, muayyan davrlarda aqliy xususiyatlarga
suyangan holda amalga oshirishdan iborat xotira jarayoni tushuniladi.
Bu faoliyatni odatda ong bevosita boshqaradi. Ko‘pincha psixologiya
faniga ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo‘yiladi.
Esda olib qolishni maqsad qilib qo‘yish esda olib qolishning asosiy
sharti hisoblanadi.
Ixtiyorsiz xotira. Ixtiyorsiz xotiraning turmushda va faoliyatda
katta o‘rin egallashini har kim o‘z shaxsiy tajribasidan biladi.
Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri maxsus mnemik
maqsadsiz, aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga
ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, taassurotlar-
ning ko‘pchilik qismini aks ettirishidir. Shunga qaramasdan, inson
faoliyatining turli jabhalarida o‘z xotirasini boshqarish zarurati
tug‘ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitda, holatlarda,
vaziyatlarda, favqulodda kerakli narsalarni ixtiyoriy ravishda esda
saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning
mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotida ikkita
ketma-ket bosqichni tashkil etadi.
Qisqa muddatli xotira materialni ko‘p martalab takrorlash va
qayta esga tushirishlar orqali uzoq vaqt esda olib qolinishi bilan
ajaralib turadigan uzoq muddatli xotiradan farqli o‘laroq, bir marta-
57
gina, juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu zahotiyoq qaytadan
xotirlashdan so‘ng juda ham qisqa vaqt mobaynida esda qolishi bilan
belgilanadi.
Qisqa muddatli esda olib qolish sharoitlarida hal etilishi uchun
avtomatlashtirilgan harakat usullari qo‘llaniladigan vazifalargina
mahsuldor bo‘lishi aniqlandi. Materialni o‘zlashtirishning kengaytiril-
gan usullarini qo‘llashni taqozo etadigan vazifalar qisqa muddat
mobaynida taqdim qilingan sharoitda esda olib qolishning samarador-
ligini pasaytirib yuboradi. Shunga asoslanib, qisqa muddatli esda olib
qolishni ma’lum vaqt oralig‘ida kishining material bilan ishlash
faoliyatida faqat avtomatlashtirilgan usullarni qo‘llab ishlash imkonini
beruvchi esda olib qolish deb ta’riflash mumkin.
Operativ esda olib qolish. Insonning bevosita amalga oshirayot-
gan faol, tezkor xarakterlar, usullari uchun xizmat qiluvchi jarayonni
anglatuvchi minemik holat operativ esda olib qolish deb ataladi.
Operativ esda olib qolishni qisqa va uzoq muddatli esda olib qolish
o‘rtasidagi oraliq darajalaridan biri deb hisoblash mumkin. Operativ
esda olib qolishni kishining odatdagi harakatlariga xizmat qiluvchi
xotira jarayoni deb ta’riflash mumkin.
Uzoq muddatli xotiraga shaxs faoliyatining hayotiy muhim maq-
sadlariga erishishida taktik jihatdangina emas, balki strategik jihatdan
ahamiyat kasb etgan axborot kelib turadi. Har qanday materialning
esda olib qolinishi oldingi harakatning mahsuli va shu bilan birga,
kelgusi harakatni amalga oshirish vositasi hamdir.
Xotira faol jarayon bo‘lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar
bilan ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini
tasavvur qilishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Eng xarakterli narsa shuki,
inson faqat eshitgan ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko‘rgan
narsasining 50 foizgachasini, o‘zi faol bajargan ishlarining deyarli 90
foizini yodda saqlaydi. Bu ko‘plab psixologik eksperimentlarda isbot
qilingan. Shaxsning o‘zi o‘ylab topib, o‘zi bevosita bajargan ishlari
juda oson esga tushadi.
Shu o‘rinda xotiraning sakkiz qonunini eslab qolishni taklif
etamiz:
– anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni
berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni
mustahkam xotiraga muhrlagan bo‘lamiz;
58
– qiziqish qonuni. Anatol Frans bilimlarni yaxshi hazm qilish
uchun uni ishtaha bilan yutish kerak deganda, albatta, materialga jonli
qiziqish bilan munosabatda bo‘lishimiz va uni yaxshi ko‘rishimiz
kerakligini nazarda tutgan;
– ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar
qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson
bo‘ladi. Masalan, ilgari o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni
yangidan o‘qiyotganday his qilsangiz, demak, siz ilgarigi tajribangizni
his qilishingiz mumkin. Ya’ni, eski bilimlar ham tajribaga aylangan-
dagina, yangilariga zamin bo‘la oladi;
– eslab qolishga tayyorgarlik qonuni. Biror materialni eslab
qolishdan avval, bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan
bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Agar materialni mu-
taxassis bo‘lishim uchun juda kerak, deb umringiz oxirigacha mu-
himligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi;
– assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida miloddan avval
Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda
shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan,
muayyan xona o‘sha yerda ro‘y bergan hodisalarni ham eslatadi;
– birin-ketinlik qonuni. Harflarni alfavit tartibida yoddan aytish
oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lu-
motlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib
bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir;
– kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to‘g‘risidagi
birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham
shunchalik yorqin bo‘ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va
jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga
tushiriladi;
– tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan ma’lumot o‘zidan
oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o‘chib ket-
masligi uchun yangisini esda saqlashdan avval mustahkamlash cho-
ralarini ko‘rishingiz kerak1.
«Tafakkur» tushunchasi va uning operatsiyalari. Insonning
bilish faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qi-
lishdan boshlanadi, so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy
1 Karimova V. M., Akramova F. A. Psixologiya. – T., 2000. – 75–76-b.
59
yo‘l bilan aks ettirishga o‘tadi. Fikr yuritishning sinteziga aylangan
yuqori darajadagi bilish jarayoni – tafakkur hamda emotsional bilish
organlarining mahsuli, ya’ni sezgilar, idrok va tasavvur materiallariga
asoslangan holda namoyon bo‘ladi. Binobarin, tafakkur o‘zi uchun
zarur materiallarni emotsional obyektlardan oladi, shu bilan birga, u
fikr yuritishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Tafakkur sezgi, idrok, tasavvur yordamida atrof muhit bilan bevo-
sita bog‘lanadi, so‘ngra voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning
belgi va sifatlarini bosh miya yarim sharlarida aks ettirish imkoniyati-
ga ega bo‘ladi. Mazkur aks ettirishning adekvatligi insonning amaliy
faoliyatida, tabiatni o‘rganish va jamiyatni rivojlantirish jarayonida
tekshirib boriladi, ong va aql-idrok yordamida uzluksiz ravishda
nazorat qilib turiladi.
Tafakkur atrof muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita,
umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy
bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va oldindan bashorat
qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir1. Insonning bilish faoliyati vo-
qelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi,
so‘ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo‘l bilan aks
ettirishga o‘tadi.
Tafakkur jarayonida inson emotsional bilish qobig‘idan tashqari
chiqib, sezgi va idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati mumkin
bo‘lmagan murakkab holatlarni anglay boshlaydi. Insonning bilish
faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari bilan tafakkur o‘zaro
uzluksiz ravishda bir-birini boyitib turadi.
Tafakkur operatsiyalari quyidagilardan iborat:
1) analiz va sintez;
2) taqqoslash;
3) abstraksiya;
4) umumlashtirish;
5) aniqlashtirish;
6) tasniflash;
7) tizimlashtirish.
1 . 욠욠욠욠욠욠욠욠 . – ., 1990. – 15--.
60
Analiz shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan
biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy ravishda bo‘lib (ajratib),
ularning ayrim qismlari va xususiyatlarini tahlil qilamiz.
Sintezda esa biz barcha narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan,
ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran
yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz.
Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustahkam bog‘langan yagona
jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan
bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlarni,
narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlarning o‘zlashti-
rilishida, voqelikni to‘liqroq aks ettirishda bir-biriga o‘xshash jihatlar
tafovutini, shuningdek bir-biridan farq qiladigan tomonlar o‘rtasidagi
o‘xshashlikni topishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi bo‘lib, u katta
ahamiyatga ega. Taqqoslash operatsiya vositasida obyektiv dunyodagi
narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi
aniqlanadi.
Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mum-
kin: amaliy (muayyan narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (ta-
savvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash).
Abstraksiya narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlarning
ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib
olib, mustaqil fikr obyektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish ope-
ratsiyasi bo‘lib, u insonning bilish faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Abstraksiyalash yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va
hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyat-
lardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali
xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraksiyalash jarayoni yordamida qiymat, son, kenglik, tenglik,
uzunlik, kattalik, qattiqlik, zichlik, balandlik, geometrik shakl, mate-
matik ibora, tanqidiy realizm, bosim, solishtirma og‘irlik, geografik
tushunchalar tizimi kabi abstrakt tushunchalar vujudga keltiriladi.
Abstraksiya operatsiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual
jihatdan intensiv rivojlanishga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim
olish faoliyatini takomillashtiradi.
Umumlashtirish deganda, psixologiyada narsa va hodisalardagi
xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida
61
ularni birlashtirish tushuniladi. Psixologiyada umumlashtirishning
keng qo‘llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va
emotsional-aniq umumlashtirish yuzasidan ko‘proq fikr yuritiladi.
Tushunchali umumlashtirishda predmetlar obyektiv muhim belgi
asosida umumlashtiriladi. Emosional-aniq umumlashtirishda esa pred-
metlar tashqi belgi bilan umumlashtiriladi.
Umumlashtirish abstraksiyalash operatsiyasidan ajralgan holda
sodir bo‘lmaydi. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalar-
ning o‘xshash hamda muhim belgilari tasodifiy belgilaridan fikran
ajratib olinsa, umumlashtirishda ajratib olingan o‘xshash, umumiy va
muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi.
Boshqa fikr yuritish operasiyalari kabi umumlashtirish ham so‘z, nutq
yordamida ro‘yobga chiqadi.
Aniqlashtirish hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan
qat’i nazar, bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish ope-
ratsiyasidir. Umumiy, mavhum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg‘iz
obyektlarga tatbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi
insonning barcha faoliyatida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik
yaqqol ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi.
Tasniflash insonning bilish faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi fikr
yuritish operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bir turkum ichidagi narsa-
larning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan
farq qilishiga qarab, narsalarni turkumlarga ajratish tizimi tasniflash
deb ataladi. Tasniflash biz tekshiradigan obyektlarning muayyan tarti-
bini topishda, o‘rganishimizda zarur bo‘lgan narsa va hodisalarni
yaxlit holda tekshirishimizda, o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan materiallarni
puxta esda qoldirishimizda muhim o‘rin tutadi.
Tizimlashtirish fikr obyektiv hisoblangan narsa va hodisalarni za-
mon (vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan ma’lum tartibda joy-
lashtirishdan iborat. Fikr yuritish operatsiyasi bilimlarni o‘zlashtirish-
da, ko‘nikma va malakalarni tartibga solishda katta ahamiyatga ega.
Odatda tizimlashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar,
faktlar, fikrlar va obyektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o‘rniga
qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi. Tizimlashtirish insonning bilish
faoliyatida «mavzulararo», «predmetlararo» bilimlarni tizimlashtirish
yuzaga keladi. Binobarin, bilimlarning tizimga solinishi aqliy ri-
vojlanishning dastlabki pog‘onasi hisoblanadi.
62
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi
mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan bir-
ga, shaxsning nutq faoliyati ham o‘sadi. Bu esa shaxsda o‘z fikrini
to‘g‘ri, aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi, nutqining tuzilishini
takomillashtiradi va lug‘at boyligini yanada oshiradi.
Shaxs adabiy asarlarni o‘qish va tushunish orqali mustaqil fikr-
lashga, mulohaza yuritish va munozara qilishga o‘rgana boradi. Unda
asta-sekin tabiat va jamiyat haqida o‘zining nuqtai nazari, e’tiqodi,
qarashi shakllanadi. Ma’lumki, shaxsning ana shu fazilatlari fikrlash,
mustaqil o‘ylash, to‘g‘ri hukm va xulosa chiqarish, qat’iy qarorga
kelishning natijasidir.
Har bir tadqiqotchi ta’limning aqliy taraqqiyotidagi o‘rnini e’tirof
etmoqda, ularning individual xususiyatlari va intellektual imkoniyat-
lariga alohida e’tibor bermoqda. Ta’lim aqliy taraqqiyotni o‘z
orqasidan yetaklab borishi kerak, degan prinsipga sodiq qolmoqdalar.
Masalani yechish davomida tafakkur jarayon sifatida, ayniqsa,
yaqqol namoyon bo‘ladi. Tafakkurni jarayon sifatida talqin qilish, eng
avvalo, fikr yuritish faoliyati determinatsiyasi (sababiy bog‘la-
nish)ning o‘zi jarayon sifatida amalga oshirilishini bildiradi.
Inson hayotida xayolning ahamiyati. Xayol yoki fantaziya ta-
fakkur kabi yuksak bilish jarayonlari sirasiga kirib, kishining o‘ziga
xos insoniy xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib
bo‘lmaydi. Fantaziya yordami bilan kutilayotgan natijani tasavvur qi-
lish inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir.
Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o‘z ichiga qamrab oladi.
Xayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy adabiy, musiqaviy va umuman
ijodiy faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon bo‘ladi.
Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo‘lib, mehnatning
oxirgi va oraliq mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi, shuningdek
muammoli vaziyat noaniqlik ko‘rsatgan hollarda xulq-atvor dasturini
tuzishni ta’minlaydi. Shuning bilan birga, xayol aktiv faoliyatni
dasturlashtiruvchi emas, balki uning o‘rnini almashtiruvchi timsollar
hosil qilish vositasi sifatida yuzaga keladi.
Xayolning psixik jarayon sifatida birinchi va muhim vazifasi
shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uning natijasini
tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
63
Xayol tafakkur bilan mustahkam bog‘langandir. Xayol ham ta-
fakkur singari kelajakni oldindan ko‘rish imkoniyatini beradi. Ta-
fakkur singari xayol shaxslarning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlar-
ni qondirishning real jarayonida oldin ehtiyojlarni qondirishning
soxta, xayoliy jarayoni sodir bo‘ladi, ya’ni bu ehtiyojlarning
qondirilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish
mumkin.
Xayol o‘zining faolligi bilan tavsiflanadi. Shuning bilan birga,
xayol apparati faqat atrofdagi olamni o‘zgartirishga qaratilgan shaxs
ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanishi mumkin va foydalani-
ladi. Ayrim hollarda xayol faoliyatning o‘rnida, uning sun’iy aralash-
masi sifatida amal qilishi mumkin. Mana shu hollarda odam o‘ziga hal
qilib bo‘lmaydigandek ko‘rinadigan masalalardan, turmushning og‘ir
sharoitlaridan, o‘z xatolarining ta’qibidan va shu kabilardan yashiri-
nish uchun real tasavvurlardan uzoq bo‘lgan fantastik olamga
vaqtincha kirib ketadi.
Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga
oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat
dasturlarini belgilaydi. Xayolning bunday shakli passiv xayol deyiladi.
Kishi passiv xayolni oldindan o‘ylab yuzaga keltirishi mumkin:
jo‘rttaga yuzaga keltirilgan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin
hayotda gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana shunday obrazlari
shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli
narsalar haqida shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana
shunday shirin xayollarda fantaziya mahsulotlari bilan ehtiyojlar
o‘rtasidagi aloqa oson namoyon bo‘ladi.
Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol kechirish
hollari ko‘proq bo‘lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi
nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo‘lsa, u kelajakda yaxshi hayot
uchun kurashmasa, uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko‘ngilsiz bo‘lsa,
bunday holda u ko‘pincha o‘zining ehtiyojlari to‘liq qondiriladigan,
istagan narsasini qo‘lga kirita oladigan, hozirgi paytda umid qila
olmaydigan biron mansabni egallaydigan soxta hayotni xayol qiladi.
Agar passiv xayolni oldindan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan
turlarga bo‘lish mumkin bo‘lsa, faol xayolni ijodiy va qayta tiklovchi
xayol turlariga bo‘lish mumkin. O‘z asosida tasviriga muvofiq kela-
64
digan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deb
ataladi.
Ijodiy xayol, qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, original
va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obraz-
larning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo bo‘lgan ijodiy
xayol ehtiyojlarini qondirish yo‘lini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan
faol va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan
boshqa ijodiyotning ajralmas jihati bo‘lib qoladi.
Xayol katta miya yarim sharlari po‘stlog‘ining funksiyasi hi-
soblanadi. Shuning bilan birga, xayol tuzilishining murakkabligi va
uning hissiyotlar bilan bog‘liqligi xayolning fiziologik mexanizmlari
faqat miya po‘stlog‘i bilan emas, balki miyaning chuqurroq qismlari
bilan bog‘liq deb taxmin qilishga asos beradi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ijodiy faoliyatga hamma vaqt
fantaziya qo‘shilgan bo‘ladi. Biroq har doim ham odamning amaliy
harakatlarida xayol jarayonlari darhol amalga oshavermaydi. Ko‘-
pincha xayol jarayonlari darhol amalga oshirishni istaydigan timsollar
shakliga, ya’ni alohida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Odam
kelgusida xohlaydigan ana shunday timsollar orzu deb ataladi.
Orzu, shuning bilan birga, batamom tugallanishi biror sababga
ko‘ra kechiktirilgan faoliyatga undovchi sabab yoki motiv sifatida
namoyon bo‘ladi. Mana shuning uchun ham inson qo‘li bilan qilingan
har qanday narsa o‘zining tarixiy mohiyati jihatidan moddiylashtiril-
gan, amalga oshirilgan inson orzusidir. Odamning amaliy ishlab chi-
qarish faoliyatida fantaziyaning ahamiyati katta, lekin hamma vaqt
ham sezilarli bo‘lavermaydi.
Fantaziya eng ko‘p qo‘llaniladigan soha bo‘lmish san’at va ada-
biyotning ijodiy faoliyatida zaruriy element bo‘lib xizmat qiladi.
Rassom yoki yozuvchining ijodiy faoliyatida qatnashadigan xayolning
muhim xususiyati uning emotsionalligidir.
65
5-ma’ruza
SHAXSNING EMOTSIONAL-IRODAVIY JARAYONLARI
1. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi.
2. «Iroda» tushunchasi va uning jarayonlari.
3. Shaxsning irodaviy fazilatlari va ularning shakllanishi.
1. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi
Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insondagi
keng emotsional sohasining rang-barangligi, ko‘p qirraligi haqida
emotsional ton (yunoncha tonos – zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini
bildiradi), emotsiyalar (lotincha emovere – qo‘zg‘atish, hayajonlanish
demakdir), affektlar (lotincha affectus – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros
ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha stress – zo‘riqish deganidir) va
kayfiyat kabi tushunchalar orqali muayyan tasavvur berish imkoniya-
tiga ega.
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida
faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga, hayotdagi u yoki
bu narsalarga, qanday bo‘lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga
nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi.
His-tuyg‘ular kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga,
nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga
nisbatan o‘ziga turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
«Hissiyot» tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik
manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida
sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar,
maqsadlar, talablar kabi tushunchalardan foydalaniladi. Ilmiy nuqtai
nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda, «hissiyot», odatda, tirik
mavjudotlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va
unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning)
munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari
(ayniqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni
aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson
ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda ko‘p
66
uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-
tuyg‘ularning ichki kechinmalarda ifodalanishidan iborat psixik ja-
rayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga
muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi,
lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik,
ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir.
Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqi-
bat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga
kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanadi. Ushbu emosional kechinmalar
o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nal-
ganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni
emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar
edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi
ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy aha-
miyat kasb etadi.
His-tuyg‘ularning kechishi subyekt alohida his etayotgan psixik
holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va
tushunish, biron-bir narsa to‘g‘risida bilib olish idrok etilayotgan,
tushunib olinayotgan, ma’lum yoki noma’lum narsalarga nisbatan
shaxsiy munosabat bilan birgalikda ro‘y beradi. Ana shu hollarning
barchasida his-tuyg‘ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining
alohida emotsional holati haqida gapiriladi. Shu bilan birga, his-
tuyg‘ularning kechishi o‘z rivojlanishiga ega bo‘lgan joriy va o‘zgarib
turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg‘uni boshdan kechirishning turli shakllari – emotsiya,
affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) ehtiros va nihoyat,
tor ma’nodagi his-tuyg‘ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi.
Bilishning jonli manbai bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi murakkab va ko‘p
qirrali munosabatlarning ifodasi hisoblanadi.
Kishi uchun subyektiv hisoblangan his-tuyg‘ular uning ehtiyojlari
qondirilish jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida na-
moyon bo‘ladi.
His-tuyg‘ular voqelikni aks ettirishning o‘ziga xos shakllaridan
biridir. Agar bilish jarayonlarida narsalar va voqelikdagi hodisalar aks
etsa, his-tuyg‘ularda esa subyektning o‘ziga xos ehtiyojlari bilan
qo‘shilib, o‘zi bilib olayotgan va o‘zgartirayotgan narsalarga va
voqelikka nisbatan uning munosabati aks etadi.
67
Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki rivojlangan jonli mavjudot-
larga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatdir. Hayvonlardagi emotsiyalar
o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi
sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining
mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin
tafovutlanadi.
Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi va muvaqqat xususiyatga
ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki,
hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat subyekti
sanalmish hazrati insongagina xos, xolos. Chunki empatik (hamdard-
lik) his-tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga
kafolat negizidir.
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil
shakldagi o‘ziga xos kechinmalarni: emotsiyalarni, affektlar (emotsio-
nal buhronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish (stress holat-
lari)ni va his-tuyg‘ularni hosil qiladi.
Emotsiyalar. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki tor ma’noda
emotsiyalar emotsional kechinmalarning o‘ziga xos jihatga ega shakl-
laridan biridir. Emotsiya u yoki bu hissiyotni insonning bevosita
kechirishidan iborat. Masalan, shaxsning musiqani sevishi emotsiyani
vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi
mahoratiga tasanno aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoq-
masa, g‘azabli emotsional kechinma hosil bo‘lishi ijobiy yoki salbiy
emotsiya deyiladi.
Qo‘rqinch, dahshat emotsional kechinma sifatida obyektlarga
shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha shaklda namoyon bo‘lishi
mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi,
o‘zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto o‘zini xavf-xatarga
tashlashi ham mumkin.
«Hissiyot» (emotsiya) va «his-tuyg‘u» degan so‘zlar ko‘pincha si-
nonimlar sifatida qo‘llaniladi. Torroq ma’noda olganda, hissiyot bu
qandaydir biroz doimiyroq his-tuyg‘ularning bevosita va vaqtincha
boshdan kechirilishidan iborat. «Emotsiya» so‘zi o‘zbek tiliga aniq
tarjima qilinganda, u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan
ma’noni anglatadi.
Ayrim holatlarda emotsiyalar ta’sirchanligi bilan ajralib turadi.
Ular xatti-harakatlarga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan
68
kuch bo‘lib, g‘ayratni oshiradi va bu holat stenik hislar deb ataladi.
Boshqa bir hollarda emotsiyalar (astenik deb atalmish emotsiyalar)
faollikning sustligi yoki loqaydligi bilan ajralib turadi, his-tuyg‘ular-
ning boshdan kechirilishi kishini bo‘shashtirib yuboradi.
Har qanday vaziyatda ham emotsional xatti-harakat, faoliyat
motivlari bo‘lishidan tashqari, ba’zida faoliyatni tashkil qiluvchi, goho
uni izdan chiqaruvchi omilga ham aylanishi mumkin. Emotsional
holatlar yo haddan tashqari kuchaysa yoki susaysa, xullas, me’yori,
maromi izdan chiqsa, u holda shaxs faoliyati maqsadga yo‘nalishini
yo‘qotadi, buning natijasida obyektlar noto‘g‘ri aks ettiriladi, ular
xolisona talqin qilinmaydi, baholashda mantiqiy nuqsonlarga yo‘l
qo‘yiladi.
Affektlar (emotsional portlashlar) deb kishini tez chulg‘ab oladi-
gan va shiddat bilan o‘tib ketadigan jarayonlarga aytiladi. Ular ong-
ning anchagina darajada o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat
qilishning buzilganligi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmasligi,
shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan
ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab
bo‘lganligi uchun ham qisqa muddatli bo‘ladi. Agar oddiy hissiyot
faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt buhrondir.
Emotsional portlash ro‘y bergan taqdirda, uning keyingi bosqich-
larida kishi o‘zini tuta olmasdan qoladi, qilayotgan ishining oqibatini
o‘ylamaydi va aql-hushini yo‘qotib qo‘yadi. Tormozlanish miyaning
qobig‘ini egallab oladi va kishining tajribasi, uning madaniy va
ma’naviy negizlari mustahkamlangan muvaqqat bog‘lanishlarning
tarkib topgan tizimini ishlatmay qo‘yadi.
Affektiv portlashdan keyin holdan toyish, majolsizlik, barcha
narsalarga befarqlik bilan munosabatda bo‘lish, harakatsizlik, ba’zan
esa mudroq bosish boshlanadi. Psixologiyada «telbalarcha» ishq-
muhabbat hissining affektiv tarzda kechishi atroflicha o‘rganilgan va
badiiy adabiyotda esa yana ham yaxshiroq tasvirlangan.
Affekt holati boshlanganda shaxs insoniy qadriyatlarning barcha-
sidan uzoqlashib, o‘z hissiyotining oqibati to‘g‘risida o‘ylamaydi,
hatto tana o‘zgarishlari, ifodali harakatlar unga bo‘ysunmay qoladi.
Kuchli zo‘riqish natijasida mayda, kuchsiz harakatlar barham topadi.
Tormozlanish miya yarim sharlari po‘stini to‘liq egallay boshlaydi,
qo‘zg‘alish po‘stloqosti asab tugunchalarida, oraliq miyada avj oladi,
69
xolos. Buning natijasida shaxs o‘zida emotsional kechinma (dahshat,
g‘azab, nafratlanish, umidsizlik va hokazolar)ga nisbatan kuchli
xohish sezadi.
Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs
o‘zini tutishni, o‘zini qo‘lga olishni uddalay olish qurbiyatiga ega
bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda irodaviy nazorat yo‘qoladi, irodasiz
harakatlar amalga oshiriladi, xatti-harakatlar o‘ylanmasdan qilinadi.
Affektiv holatlar mas’uliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik alomatida sodir
bo‘ladi, lekin shaxs har bir xatti-harakati uchun javobgardir, chunki u
aql-zakovatli insondir.
Affektlar o‘tib bo‘lganidan keyin shaxsning ruhiyatida osoy-
ishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba’zi hollarda holsizlanish,
jamiki narsaga loqayd munosabat, harakatsizlik, faollikning barham
topishi, hatto uyquga moyillik yuzaga keladi.
Kayfiyatlar – ancha vaqt davomida kishining butun xatti-ha-
rakatiga tus berib turadigan umumiy emotsional holatini ifoda etadi.
Kayfiyatlar ko‘proq kishi salomatligining umumiy holatiga, ay-
niqsa, asab tizimi va modda almashinuvini to‘g‘rilab turuvchi ichki
sekretsiya bezlarining holatiga bog‘liqdir.
Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga
muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat
deb ataladi. Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodonlik,
hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, zerikish, qayg‘urish singari his-
tuyg‘ular uning ruhiy holatining umumiy tizimiga aylanadi. Ushbu
vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga qulay
zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi.
Inson xafa, ma’yus emotsional holat hukmronligida bo‘lsa, teng-
doshlarining haziliga, keksalarning o‘git-nasihatlariga, maslahatlariga
quvnoq kayfiyat chog‘idagiga nisbatan mazmun va sifat jihatidan
boshqacharoq tusda munosabat bildiradi. Shuning uchun ishlab chi-
qarish va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy guruhlarda ishchan-
lik, o‘zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish,
samimiy muomala maromini shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy
mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir.
Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbalar negizida
vujudga keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbalardan
biri shaxslarning ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotgan umumiy
70
nuqtai nazarlari, hayotning turli jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar,
chunonchi, mehnat muvaffaqiyati va ta’lim yutug‘i, rahbar va xodim,
o‘qituvchi va saboq oluvchi o‘rtasidagi munosabatlar, oiladagi shaxs-
lararo muomala maromi, har xil vaziyatlarda paydo bo‘lgan turmush-
dagi qarama-qarshiliklar, shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari
va talablarining qondirilishidan qanoat hosil qilish yoki qanoat hosil
qilmaslik kayfiyatning manbalari bo‘lib hisoblanadi.
Shaxsning ma’lum muddat ruhi tushib, noxush kayfiyatda yurishi
uning turmushida muammolar yuzaga kelganligidan, halovati buzil-
ganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar namoyon bo‘lganida
shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda xushtavo-
zelik bilan ijobiy ta’sir o‘tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi vositalarni
qo‘llash, kayfiyatini buzib turgan omillarni batamom bartaraf etish
maqsadga muvofiq.
Stress, psixologik ta’rifga ko‘ra, affektiv holatga yaqin turadigan,
lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin
his-tuyg‘ular boshdan kechirilishining alohida shakli bo‘lgan kuchli
hayajonlanish (stress) holati (inglizcha stress – tazyiq ko‘rsatish,
zo‘riqish degan so‘zdan olingan)dan yoxud emotsional zo‘riqishdan
iboratdir. Emotsional zo‘riqish xavf-xatar tug‘ilgan, kishi xafa bo‘l-
gan, uyalgan, tahlika ostida qolib ketgan va shu kabi vaziyatlarda ro‘y
beradi.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zga-
radi, unda qo‘zg‘alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, uning
harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi
esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, sustlik,
zaiflik, faoliyatsizlik ustunlik qila boshlaydi.
Lekin stress holatida fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomondan
qariyb ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Biroq muammoni yechishdagi
qiyinchilikni, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalikni stressning tashqi
ifodasi deb taxmin qilsa bo‘ladi. Shaxs stress holatida telefon raqamini
adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati yengil
tormozlanadi, idrok ko‘lami torayadi va boshqa holatlar kuzatiladi.
Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush
tarbiyasi, shakllangan malakasi muhim o‘rin tutadi. Keskinlikning
oldini olishda shaxsning oliy asab faoliyati, asab tizimining xususiyat-
lari alohida ahamiyat kasb etadi. Undagi yuksak his-tuyg‘ular
71
(mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, sadoqat va hokazo)
stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Frustratsiya kishi o‘z maqsadiga erishish yo‘lida real tarzda bar-
taraf etib bo‘lmaydi deb hisoblagan yoki shunday deb idrok etilgan
to‘sqinliklarga, g‘ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi.
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning
o‘zini anglashida turli xil o‘zgarishlarga olib keladi.
Frustratsiya his-tuyg‘ularning hissiyot (emotsiya)lar, kayfiyatlar,
kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog‘ida ma’lum
darajada seziladigan tashqi belgilarga ham ega bo‘ladi. Yuzlarning
ifodali harakatlari (mimika), qo‘l va gavdaning ma’noli harakatlari,
turq-tarovat, ohang, ko‘z qorachiqlarining kengayishi yoki torayishi
kabilar shular jumlasiga kiradi. Bu ifodali harakatlar ayrim hollarda
o‘ziga o‘zi hisob bermagan tarzda yuz bersa, boshqa bir holatda
ongning nazorati ostida sodir bo‘ladi.
Kishining his-tuyg‘ulari ro‘y berishiga ko‘ra murakkab shartsiz
reflekslarga bog‘liq bo‘lgani holda ijtimoiy xususiyatga egadir. His-
tuyg‘ular kishi shaxsining ancha yorqin ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, u
bilish jarayonlari va xulq-atvor hamda faoliyatni irodaviy boshqarish
bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Shaxsning o‘zi bilib olayotgan va
bajarayotgan narsaga barqaror munosabati his-tuyg‘ularning mazmu-
nini tashkil etadi. Shaxsni ta’riflash degani ko‘p jihatdan muayyan bir
odam umuman nimani sevadi, nimani yomon ko‘radi, nimadan nafrat-
lanadi, nimadan xursand bo‘ladi, nega uyaladi, nimaga havas qiladi va
hokazolar degan ma’noni anglatadi.
Individning barqaror his-tuyg‘ularining predmeti, ularning jadalli-
gi, kechinmalarning xususiyati va hissiyotlari, affektlar, kuchli
hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaklida tez-tez namoyon
bo‘lishi kuzatuvchi ko‘z o‘ngida kishining emotsional dunyosini,
uning his-tuyg‘ularini va shu asosda uning individualligini namoyon
etadi. Aynan shuning uchun ham emosional jarayonlarni tahlil qilish
vaqtida o‘tkinchi holatlarni o‘rganishdan kishi shaxsini belgilaydigan
barqaror his-tuyg‘ularga o‘tish lozim.
Vaziyat bilan bog‘liq xususiyatga ega bo‘lgan va individning
muayyan paytda obyektga nisbatan munosabatini aks ettiradigan
hissiyotlardan, effektlardan, kayfiyatlardan va emotsional zo‘riqishlar-
dan farqli o‘laroq, ular paydo bo‘lishi paytiga kelib tarkib topgan aniq
72
holatlarda his-tuyg‘ular (tor ma’noda olganda) kishi shaxsining
yo‘naltirilganligida mujassamlashgan barqaror ehtiyojlari obyektga
nisbatan uning munosabatini aks ettiradi. Shu sababli, his-tuyg‘ular
barqarorligi bilan, ular subyektning hayot soatlari va kunlar emas,
balki oylar, yillar vositasida o‘lchanadigan darajada davomiyligi bilan
belgilanadi.
Ehtiroslar kishidagi barqaror his-tuyg‘ularning alohida turini tash-
kil etadi. Kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo‘nalishini belgilaydi-
gan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg‘u ehtiros deb ataladi.
Hukmron ehtiros bilan bog‘liq bo‘lmaganlari ikkinchi darajali
ahamiyatga egadek bo‘lib tuyuladi, orqa o‘ringa surilib qo‘yiladi,
kishini hayajonlantirmay va qiziqtirmay qo‘yadi, ba’zan umuman
unutilib ketadi. Bog‘liq bo‘lganlari esa kishini o‘ziga rom etadi,
hayajonlantiradi, diqqatini jalb etadi, esda saqlanib qoladi. Qoniq-
tirmay qolgan ehtiros odatda kuchli hissiyotlarni va hatto affektiv
portlashlarni (g‘azablanish, norozilik, umidsizlik, ranjish va boshqa-
larni) keltirib chiqaradi.
Shuni ta’kidlash mumkinki, his-tuyg‘u (emotsiya)lar kishining o‘z
hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki
nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli xil shaklda
bildiradigan ichki munosabatidir.
2. Iroda haqida tushuncha
Insoniyat ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning yirik namoyandalari ijodi
va faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar, qarorga kelish namunalari ular-
ning ijtimoiy psixologik qiyofalarini aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Masalan, buyuk sarkarda Amir Temurning «Kuch adolatdadir» degan
hikmati, Alisher Navoiyning «Zanjirband sher-yengaman der» xitobi,
Cho‘lponning «Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir» cha-
qirig‘i shular jumlasidandir.
Ular javobgarlikni yuksak his etgan holda, o‘z xalqining xohish-
irodasini ifoda qilib, qat’iy irodaviy xatti-harakatlarni amalga oshir-
ganlar. Shu bilan birga, ular o‘zlarining ma’naviy, ruhiy qiyofalarini
chuqur va ko‘p yoqlama ochib berishga musharraf bo‘lganlar. Ijtimoiy
tarixiy sahifalarimizda, yaqin o‘tmishimizda va istiqlol davrida ko‘p-
lab vatandoshlarimiz irodaviy xatti-harakatlarning namunaviy ko‘ri-
73
nishlarini namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy
adabiyotlarda keng ko‘lamda yoritilgan.
Mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol toptirish uchun
ijtimoiy-ruhiy ehtiyojga asoslangan holda, ishni ularni o‘zini o‘zi
uddalashga o‘rgatishdan boshlamoq zarur. Shaxsning o‘z faoliyatini
va xulq-atvorini shaxsiy xohish-irodasiga bo‘ysundirishi mustaqil
fikrlashni barqarorlashtiradi, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishga
puxta zamin hozirlaydi, har xil qiyinchiliklar oldida matonat, sabr-
toqat tuyg‘ularini namoyish etishga chorlaydi. Buning natijasida
mustahkam irodali, qat’iyatli, uzoqni ko‘zlovchi, teran fikrlovchi, aql-
zakovatli, vatan tuyg‘usi bilan yonib yashovchi haqiqiy milliy
vatanparvar yoshlar shakllanadi.
Insonga tug‘ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan, aqliy va axlo-
qiy imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma’na-
viyatli, farosatli, ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga yetkazib
bo‘lmaydi. Xuddi shu boisdan insonni bolaligidan tortib to ijtimoiyla-
shuviga qadar davr oralig‘ida o‘zini o‘zi boshqarish usullari, vositalari
bilan tanishtirish qat’iyatlilikni vujudga keltiradi.
Odatda, iroda insonning o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda
boshqarishi sifatida baholanadi, maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakat
va xulq-atvorning amalga oshishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni
yengib o‘tishi tariqasida ta’riflanadi.
Yoshlarning irodasi, eng avvalo, shaxsning ijtimoiy faolligida,
mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta’lim jarayonida namoyon
bo‘ladi.
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qi-
lish, muammolar yechimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga
kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish hara-
katlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Turli ehtiyojlar (shaxsiy,
jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma’naviy) tufayli vujudga kela-
digan, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatini kasb etadigan shaxsning
faolligi o‘zining tuzilishi, shakli rang-barang bo‘lgan sa’y-harakatlar
yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga muvofiq kelma-
ganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat
qildirishga bo‘ysundiradi.
Ehtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan mayllar ne-
gizidan kelib chiqadigan barcha ko‘rinishdagi harakatlar o‘zlarining
74
yuzaga kelishiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi.
Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki yetarli
darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu
kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo bo‘lishi natijasida ro‘yobga
chiqadi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulsiv (lotincha
impulsus – ixtiyorsiz qo‘zg‘alish ma’nosini anglatadi) xususiyatga ega
bo‘lib, inson anglamaganligi uchun ma’lum obyektga qaratish yuzasi-
dan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi.
Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik
affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga
o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyor-
siz turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma’nosi, aks
etish imkoniyati bundan oldingi hissiyot to‘g‘risidagi ma’lumotlarda
keng ko‘lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyaga taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb
nomlanib, ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga
oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z
miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni
taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy
harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi
turkum tashkil qiladi.
Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda, ularga quyidagicha
ta’rif berish mumkin: maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-
qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlash-
gan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy
harakatlar deyiladi.
Odamlar tevarak atrofdagi narsalar va hodisalarni bilib oladilar
hamda o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarini va ular mansub bo‘lgan ja-
miyat ehtiyojlarini qondirish jarayonida uni qayta o‘zgartirishga qara-
tilgan faoliyatda ularga nisbatan his-tuyg‘uni boshdan kechiradilar.
Iroda har doim boshqa psixik jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Iroda kishining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishda qiyin-
chiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ra-
vishda tashkil qilishi va o‘zini o‘zi boshqarishidir. Iroda shaxs
faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil etishning u
tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir.
75
Iroda tabiat qonunlarini egallab olgan va shu tariqa uni o‘z
ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lgan kishining
mehnat faoliyatida paydo bo‘ladi.
Iroda o‘zaro bog‘liq ikkita vazifaning bajarilishini ta’minlaydi:
1) undovchi; 2) tormozlash. Irodaning undovchi vazifasi kishining
faolligi bilan ta’minlanadi. Tormozlash vazifasi faollikning yoqimsiz
ko‘rinishlarini jilovlashda namoyon bo‘ladi.
Kishining harakatga undovchi mayllari ma’lum bir yo‘lga so-
lingan tizimni – oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan
yashirinish ehtiyojidan tortib to ma’naviy, estetik va intellektual his-
tuyg‘ularni boshidan kechirish bilan bog‘liq yuksak niyatlarga borib
taqaladigan motivlar iyerarxiyasini tashkil etadi. Irodaning undovchi
va tormoz qiluvchi funksiyalari yaxlit holdagina shaxsning maqsadga
erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta’minlaydi.
Odamlar o‘zlarining qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga
yuklashga moyil bo‘lishiga qarab, sezilarli ravishda farqlanadilar.
Kishining o‘z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarga
va sharoitlarga qayd qilib qo‘yishi yoki, aksincha, ularning shaxsiy
kuch-g‘ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar
nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologik adabiyotda «nazorat
lokusi» degan atama qo‘llaniladi, lotinchada lokus – o‘rnashgan joy va
fransuzchada conlrole – tekshirish deyiladi).
O‘z xulq-atvori va o‘z ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir,
holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil bo‘ladigan
odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallash-
tirilishi to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Agar individ o‘z qilmishlari uchun javobgarlikni zimmasiga olsa
va uning sabablarini o‘z qobiliyati, xarakteri va shu kabilar oqibati
deb bilsa, unda nazoratning ichki (internal) lokallashuvi ustun deb
hisoblash uchun asos bor.
Kishining tavakkalchilik sharoitidagi xatti-harakati irodaga xos
xarakterli ko‘rinishlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Tavakkalchi-
lik subyektga noma’lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mum-
kin bo‘ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, og‘riq ta’sirini o‘tkazish,
jarohat, obro‘ni yo‘qotish va shu kabi) haqidagi taxminlar mavjudligi
sharoitidagi faoliyatdir.
76
Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda birinchi
turi yutuqqa umid bog‘lashdir. Bu o‘rinda muvaffaqiyat motivatsiyasi
muvaffaqiyatsizlikdan qutulib qolish motivatsiyasidan kuchliroqdir.
Irodaning asosini, xuddi subyektning umumiy faolligi kabi, uning
xatti-harakatlarining ko‘p tarmoqli va xilma-xil motivlashtirilishiga
sabab bo‘luvchi ehtiyojlari tashkil etadi.
Psixologiyada motivlashtirish deganda, psixologik hodisalarning
o‘zaro mustahkam bog‘langan, lekin bir-biriga to‘liq mos kelmaydi-
gan, nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi:
birinchidan, individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq
faoliyatga undovchi sifatidagi namoyon bo‘luvchi motiv tariqasidagi
motivlashtirishdir. Bu holda motivlashtirish faollik holati umuman
nima uchun paydo bo‘lishini, subyektning faoliyat ko‘rsatishiga qan-
day ehtiyojlar undayotganini izohlab beradi;
ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratilganligini, ni-
ma uchun boshqa xulq-atvor emas, balki aynan uning tanlanganligini
izohlab beradi. Bu yerda motivlar xulq-atvor yo‘nalishini tanlashni
belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo‘nali-
shini tashkil etadi;
uchinchidan, motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatini boshqa-
radigan vosita hisoblanadi. Bu vositalarga emotsiyalar, istaklar,
qiziqishlar va boshqalar kiradi.
Shunday qilib, ehtiyojlar ba’zi harakatlarning bajarilishini belgi-
laydigan va boshqalariga xalaqit beradigan har xil motiv (sabab)larga
aylanadi. Irodaviy harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko‘pmi
darajada anglanilgan xususiyatga ega bo‘ladi. U yoki bu ehtiyojning
qanchalik anglanilganligiga bog‘liq holda intilish va istakni ham farq
qilsa bo‘ladi.
Intilish hali tarmoqlanmagan, yetarli darajada anglanilmagan
ehtiyojdan iborat faoliyat motividir.
Istak faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning yetarli darajada tu-
shunib yetilganligi bilan tavsiflanadi. Bunda faqat ehtiyoj obyekti
emas, balki uni qondirishning mumkin bo‘lgan yo‘llari ham
tushuniladi.
Kishida turli ehtiyojlar ahamiyatining o‘zgarishi munosabati bilan
bir qator hollarda motivlar kurashi paydo bo‘ladi: bir istak boshqa
istakka qarama-qarshi qo‘yiladi, u bilan to‘qnashtiriladi. Muhokama
77
yoki motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi, ya’ni muayyan
maqsad va unga erishish usuli tanlanadi.
Irodaviy xatti-harakatning so‘nggi jihati ijrodir. Unda qaror
harakatga aylanadi. Ijrodagi irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda
kishi irodasi namoyon bo‘ladi.
Irodaviy hodisaning eng muhim bo‘g‘inlari – qaror qabul qilish va
uni ijro etish ko‘pincha alohida emotsional holatning, irodaviy zo‘r
berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo‘la-
di. Irodaviy zo‘r berish emotsional hayajon shakli bo‘lib, kishining
harakatiga qo‘shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo‘q
bo‘luvchi yoki yetarli bo‘lmaydigan ichki resurslarning (xotira,
tafakkur, xayol va boshqalarni) safarbar etuvchi va ancha zo‘rayish
holati kabi boshdan kechiriladigan sabablardir.
Irodaviy zo‘r berish natijasida ayrim motivlarning harakatini
to‘xtatib qo‘yib, boshqalarining harakatini haddan ziyod kuchaytirish
mumkin.
Tashqi to‘siqni yengib o‘tish lozim bo‘lgan ichki qiyinchilik, ichki
qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo‘lsa, u irodaviy zo‘r berishni
talab qiladi.
Shuni xulosa qilamizki, iroda shaxs faolligining alohida shakli,
uning xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad
bilan belgilanadigan alohida turidir.
Irodaviy hodisada (irodaviy harakatda) uni motivlashtirishning
barcha uchta tomoni – faollik manbai, uning yo‘nalganligi va o‘zini
o‘zi boshqarish vositalari aks etadi.
3. Kishining irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish
Iroda faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan
ongli tuzilma va o‘zini o‘zi boshqarish sifatida, eng avvalo, o‘ziga, o‘z
hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik
har xil odamlarda turli darajada ifodalanishi hammaga ma’lum. Oddiy
ong o‘zining namoyon bo‘lish tezligiga qarab farqlanadigan, bir
qutbda irodaning kuchi, boshqa birida esa kuchsizligini ifodalaydigan
irodaning individual xususiyatlari spektrini qayd qiladi. Kuchli iroda-
ga ega bo‘lgan kishi qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida uchray-
digan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chog‘da,
78
qat’iylik, mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi irodaviy fazilatlarni
namoyon qiladi.
Irodasi sustlikning namoyon bo‘lishi xuddi kuchli irodaning xu-
susiyatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng oxirgi darajasi
psixika normasi chegarasidan tashqarida bo‘ladi. Masalan, abuliya va
apraksiya shunga kiradi.
Abuliya (yunoncha abule – harakatsizlik ma’nosini bildiradi) miya
patologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga intilishning yo‘qli-
gi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabul qilish zarurligini
tushungan holda shunday qilolmaclikdir.
Apraksiya miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqa-
digan harakatlar muvofiqligining murakkab buzilishidir. Asab to‘qi-
malarining buzilishi miyaning peshona qismlarida yuz bersa, u holda
xatti-harakatlarni erkin to‘g‘rilashda buzilish namoyon bo‘ladi, natija-
da iroda aktining bajarilishi qiyinlashadi.
Abuliya va apraksiya – psixikasi buzilgan odamlarga xos, nisbatan
kam uchraydigan hodisalar.
Yalqovlik kishining qiyinchiliklarni yengishdan bosh tortishga in-
tilishi, irodaviy kuch-g‘ayrat ko‘rsatishni qat’iy ravishda istamasligi,
iroda sustligining eng tipik ko‘rinishidir. Yalqovlik kishining qiyofasi-
dir, shuning uchun ham uni butun choralar bilan yo‘qotish zarur.
Yalqovlik, shuningdek ojizlikning boshqa ko‘rinishlari – qo‘rqoqlik,
jur’atsizlik, o‘zini tuta bilmaslik va boshqalar shaxsning rivojlanishi-
dagi jiddiy kamchiliklar, ularni bartaraf etish jiddiy tarbiyaviy ishni va
avvalo, o‘zini o‘zi tarbiyalashni tashkil etishni talab qiladi.
Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi
faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, kishi shaxsining eng yaxshi
tomonlarini ko‘rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ro‘yxati juda
katta: qahramonlik, sabotlilik, qat’iylik, mustaqillik, o‘zini tuta bilish
va boshqalar.
Xususan, qat’iyatlilik irodaning individual fazilati bo‘lib, mustaqil
ravishda mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so‘zsiz
amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog‘liq. Irodaning musta-
qilligi boshqa kishilarning fikrlarini, ularning maslahatlarini hisobga
olishda ushbu fikrlar va maslahatlarga nisbatan ma’lum tanqidiylikni
nazarda tutadi.
Irodaviy fazilatni baholash atigi birgina «kuchli – kuchsiz» o‘l-
chovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi,
garchand hal qiluvchi bo‘lmasa ham, katta ahamiyatga egadir.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi artlarni o‘z ichiga
oladi:
79
irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf
etishdan boshlash lozim;
qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlar-
ga erishish uchun amalga oshiriladi;
qabul qilingan qaror bajarilishi kerak;
maqsadga erishish bosqichlarini ko‘ra olish juda muhimdir.
Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat
qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo‘lmagan qiyinchi-
likni, keyinchalik esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda
yenga borib, kishi o‘zining irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi.
Qiyinchiliklarni va to‘siqlarni bartaraf etish maqsadlarga erishish
uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, iro-
daviy motivlar darajasi yuqori bo‘lsa, irodaviy motivlar kishida shun-
chalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Irodani tarbiya-
lashning zarur sharti faoliyatning oliy motivlarini – ilmiy dunyoqa-
rashga asoslangan axloqiy prinsiplarni va e’tiqodlarni shakllantirish-
dir.
Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal qaror qabul qilinib,
uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa, kishining irodasi
izdan chiqadi.
Agar kishi uzoqqa mo‘ljallangan maqsadni oldiga qo‘ygan taqdir-
da uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini
ko‘rishi, yaqin kelajakka mo‘ljallangan istiqbolni ko‘ra olishi juda
muhimdir. Shuningdek, sport bilan shug‘ullanish kishi irodasini chi-
niqtirishning muhim shartlaridan biridir.
Irodani tarbiyalash to‘g‘risida gapirganda, faoliyatning mu-
vaffaqiyatli bajarilishi faqat u yoki bu irodaviy fazilatlar bajarilish
sharti sifatidagi tegishli ko‘nikmalarning borligiga, qo‘yilgan maqsad-
larga erishilishiga bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak.
Irodani ongli ravishda tarbiyalash jarayoni qanchalik tez boshlan-
sa, shunchalik ko‘p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Yana shuni
xulosa qilish mumkinki, kishining kundalik rejimga, butun hayotining
to‘g‘ri tartibda olib borilishiga qat’iy amal qilinishi kishi irodasining
shakllanishi uchun eng muhim shartlar qatoriga kiradi.
Pirovardida shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilatlarning
rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayoni-
da, u bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi.
80
6-ma’ruza
SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
1. Temperament va uning ko‘rinishi.
2. Xarakter haqida tushuncha.
3. Qobiliyat va iste’dod haqida tushuncha.
1. Temperament va uning ko‘rinishi
Psixologiya fani insonning ruhiy olami, muomalasi, xulqi, xarak-
teri, temperamenti, qobiliyati va insonlararo munosabatini o‘rganadi.
Uning amaliy yo‘nalishi tadqiqot predmetining cheklanganligi bilan
chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida o‘sishiga yor-
dam beruvchi bir qancha jabhalarni o‘ziga qamrab oladi va tekshiradi.
Inson shaxsining eng muhim xususiyatlaridan biri uning indivi-
dualligidir. Individuallik deganda, shaxsiy psixologik xususiyatlarning
betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, tempe-
rament, psixik jarayonlar, holatlarning xususiyatlari yig‘indisi, iroda,
faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, qobiliyatlari va shu
kabilar kiradi.
Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat
bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir
tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois, shaxs ruhiya-
tida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xotiralari,
kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maq-
sad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, emotsional kechinmalar,
irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashib turishi evaziga
ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi.
Ruhiy olam, uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati,
xislati, sifati, mexanizmi har bir insonda rang-barang tarzda namoyon
bo‘lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisa-
lariga, ta’sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki qiyinchilik bilan
javob qaytarishga moyillik ko‘rsatadilar.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida tempera-
mentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risi-
81
dagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini
o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Tempera-
ment lotincha «temperamentum» degan so‘zdan olingan bo‘lib, bu-
ning ma’nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi.
Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi
Gippokrat (miloddan avvalgi 460–356 yillarda yashagan) yaratgan
bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo‘llanib kelinmoqda.
Temperamentga ta’rif beradigan bo‘lsak, u shunday ko‘rinishda
bo‘ladi: psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy shartlash-
gan dinamik ko‘rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.
Temperamentning fiziologik asoslari. Qadimgi yunon olimi
Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari
jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi
suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq.
Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud
bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha chole), qon (lotincha sanguis
yoki sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas – qora, chole – o‘t), bal-
g‘am (yunoncha – phlegma) kabilardan iboratdir. Uning mulohaza-
siga:
1) o‘tning xususiyati – quruqlik, uning vazifasi tana a’zolaridagi
quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutish;
2) qonning xususiyati – issiqlik, uning vazifasi tanani isitib turish;
3) qora o‘tning xususiyati – namlik, uning vazifasi tana namligini
saqlab turish;
4) balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati – sovuqlik,
uning vazifasi badanni sovutib turishdan iborat.
Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fiziologik
mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida
yaratiladi hamda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Tempera-
mentning fiziologik asoslariga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan olim-
lardan biri rus fiziologi I. P. Pavlov hisoblanadi.
I. P. Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining indi-
vidual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog‘liq bo‘li-
shi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I. P. Pavlov ta’limoti bo‘yicha,
shartli reflekslar paydo bo‘lishining individual xususiyatlari ro‘yobga
chiqishining sabablari asab tizimi xususiyatlari mohiyatidandir.
82
Muallif asab tizimining uchta asosiy xususiyatiga alohida aha-
miyat beradi, chunonchi: 1) qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish
(to‘xtalish) jarayonining kuchi; 2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozla-
nish kuchi o‘rtasidagi muvozanatlik darajasi (asab tizimining muvoza-
natlashgani); 3) qo‘zg‘alishning tormozlanishi bilan almashinish tezli-
gi (asab jarayonlarining harakatchanligi). Uning ko‘rsatishicha, har bir
hayvonning temperamenti ham mazkur xususiyatlarning u yoki buni-
siga aloqador bo‘lmay, balki ularning majmuaviy tarziga, qonuniy
birlashuviga bog‘liqdir.
I. P. Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari
bilan temperamentga aloqador asab tizimi xususiyatlarining o‘zaro
qo‘shiluvini asab tizimining turi deb nomlaydi va uni to‘rtta turga
ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, epchil; b) kuchli, muvozanatsiz,
epchil; ) kuchli, muvozanatli, sust; d) kuchsiz tur.
Gippokratning to‘rt xil modda (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni
«temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik,
flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasi-
da ham qo‘llanib kelinmoqda.
Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan
tavsiflanadi) sangvinik temperament deb ataladi (lotin tilidagi «sang-
vis» – qon so‘zidan); limfa ko‘p bo‘lganda flegmatik temperament
(yunoncha «flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘pay-
ganligini xolerik temperament (yunoncha «xola» – o‘t so‘zidan); qora
o‘t ko‘p bo‘lganda melanxolik temperament deb (yunoncha «melayna
xole» – qora o‘t) deb ataladi.
Kishi temperamenti haqidagi tasavvur, odatda, shu shaxsning
ayrim psixologik xususiyatlari asosida vujudga keladi.
Sezgilari psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan vazifa-
larga tez munosabatini bildiruvchi, taassurotlarni hadeb o‘zgartirishga
intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi,
jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo‘lgan kishi
sangvinik deyiladi.
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va
chuqurroq his-tuyg‘ularga ega, harakatlari va nutqi bir xil maromda
bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomondan ifoda etadigan kishi flegmatik
deb ataladi.
83
Juda g‘ayratli, ishga juda ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega
bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyat-
ning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi
xolerik deb ataladi.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo
atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata ola-
digan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi.
Kishilarning oliy asab faoliyati turlarini tavsiflovchi asab jarayon-
lari kuchi, muvozanati va harakatchanligining u yoki bu nisbati ular
temperamentining fiziologik asosidir.
I. P. Pavlov o‘rganish uchun oliy asab tizimini oldi. Uning fikri-
cha, shartli reflekslar asab tizimining xususiyatlari asosida paydo bo‘-
ladi. I. P. Pavlov ana shunday xususiyatlarning uchtasini ajratib ko‘r-
satadi:
1) qo‘zg‘alish va tormozlanish jaryonining kuchi;
2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi muvoza-
nat darajasi;
3) qo‘zg‘alishning tormozlanish bilan almashish tezligi yoki
boshqacha qilib aytganda, asab jarayonining harakatchanligi.
Muvozanat qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish jarayonining
muayyan tengligidir. Bu jarayonlar kuch jihatidan bir-biri bilan
muvozanatda bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin.
Harakatchanlik bir jarayonning boshqa jarayonga almashish tezli-
gidir. U sharoitning tasodifiy va tez o‘zgarishiga ko‘nikishni ta’min-
laydi.
I. P. Pavlov shu narsani aniqlaydiki, temperament yuqorida aytil-
gan xususiyatlarning bittasiga emas, balki ularning birikmasiga bog‘-
liq. Temperamentni aniqlaydigan asab tizimi xususiyatlarining bunday
uyg‘unlashganligi asab tizimining turi deb ataladi. Asab tizimining
asosan, to‘rt turi bor. Ulardan uchtasi kuchli va bittasi kuchsizdir:
1) kuchli, muvozanatsiz, behalovat – xolerik;
2) kuchli, muvozanatli, epchil – sangvinik;
3) kuchli, muvozanatli, sust – flegmatik;
4) kuchsiz – melanxolik.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida tem-
peramentning o‘rni beqiyosdir. Shuni unutmaslik kerakki, tempera-
mentning yaxshi yoki yomon ko‘rinishi mavjud emas. Chunki har bir
84
temperament turi o‘ziga xosdir. Turli jabhalarida xizmat burchini ba-
jarayotgan huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari
faoliyatida turli xildagi temperament vakillarini ko‘rishimiz mumkin.
2. Xarakter haqida tushuncha
Ijtimoiy hayotda turmush kechirayotgan va faoliyat ko‘rsatayot-
gan har qanday shaxs o‘zining individual-psixologik xususiyatlari bi-
lan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xis-
latlarida o‘z ifodasini topadi. «Xarakter» tushunchasi yunoncha so‘z
bo‘lib, «charakter» – bosilgan tamg‘a yoki qiyofa, xislat degan ma’no-
ni anglatsa-da, lekin u psixologiyada torroq mazmunda qo‘llaniladi.
Xuddi shu boisdan, insonning barcha individual xususiyatlarini
xarakter xislati tarkibiga kiritib bo‘lmaydi, chunonchi, aqlning tiyrak-
ligi, topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko‘rishning o‘tkirligi idrokning
tanlovchanligi singari individual-psixologik xususiyatlar bunga yorqin
misoldir.
Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va
namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyatlari bo‘lib, individ
uchun turli xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Shaxs ba’zida o‘z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha
harakatni amalga oshirishning uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixolog-
larning tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlik-
dan xavfsirashga qaraganda, ular o‘z yutuqlarini yuksakroq qadrlaydi-
lar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun halokatli
hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo‘l urishda davom
etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlikdan cho‘-
chiydilar, o‘ta ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan yuz o‘giradilar,
yengil ishga qo‘l urishni lozim topadilar.
Xarakter xislatlarining namoyon bo‘lishi bilan asab tizimi
qiyoslansa, u holda, birinchisining ro‘yobga chiqishi o‘zgacha fizio-
logik sharoitga asoslanishini ko‘rish mumkin. Sobiq sovet psi-
xologiyasida ta’kidlanishicha, asab tizimi umumiy turining zid
xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi.
B. M. Teplov, V. S. Merlin, Y. A. Klimovlarning tadqiqotlarida
o‘qish, sport va mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual
farqlari aniqlangan. Xuddi shu bois, xarakter xislatlari paydo bo‘lish-
85
ning o‘zgacha fiziologik sharoiti asab tizimi umumiy turining xusu-
siyatlari hisoblanadi.
Ma’lumki, asab tizimining umumiy turi temperamentning fiziolo-
gik asosi hamdir. Shuning uchun temperament turi xarakterning indi-
vidual o‘ziga xos xislatlarining ro‘yobga chiqishidagi muhim psixolo-
gik sharoitlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
I. P. Pavlov tajribasining ko‘rsatishicha, muayyan tizimda tashqi
ta’sir hukm surganda, asab tizimi umumiy turining xususiyatlariga
taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltiri-
shi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin.
Shaxs xarakterining tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy
yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq, hatto tobe
yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismida
xabardor bo‘lish notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi.
Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma’lum bo‘lsa, uning ichi
qoraligini taxmin qilish mumkin yoki inson kamtar, mo‘min, yuvosh
bo‘lsa, albatta, uning ko‘ngilchan ekanligini sezamiz.
Xarakterning tuzilish xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarakter
kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz
xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishining xusu-
siyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi ham
kiritilgan.
Xarakterning barqarorligi ham, o‘zgaruvchanligi ham moslashish
faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xu-
susiyatlari turlicha turmush sharoitlarida qarshilik qiluvchi vaziyat-
larga duch kelsa-da, uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Shu boisdan
inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki tashqi va-
ziyatni uning shaxsan o‘zi yaratadi, shuningdek maqsadga muvofiq-
lashtiradi.
Odatda psixik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liq tizimi simptomo-
komplekslar (omillar) deyiladi (yunoncha symptoma – belgi, mos
tushish, «kompleks» esa lotinchada aloqa, majmua degan ma’noni
anglatadi). Qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza
yuritilsa, u holda, insonlarda bu tizim o‘ziga ishonish, o‘zidan
mag‘rurlanish, maqtanchoqlik, o‘zbilarmonlik, urushqoqlik, kekkayish
kabilar birikmasida yuzaga keladi.
86
Boshqa toifadagi shaxslar o‘zlarining kamtarinligi, ko‘ngilchan-
ligi, iltifotliligi, dilkashligi, rostgo‘yligi bilan ajralib turadilar. Vo-
qelikka shaxsning munosabati xarakter xislatlarining o‘zaro bir-biriga
bog‘liqligini bildiradi.
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini
to‘rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:
1) jamoa (guruh)ga va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni
ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takab-
burlik va boshqalar;
2) mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xusu-
siyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, ma-
s’uliyatsizlik kabilar;
3) narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar:
ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo;
4) shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar:
izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik,
kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Kishining xarakterini tashkil etuvchi bu individual xususiyatlar,
birinchi navbatda, irodaga va his-tuyg‘ularga, shuningdek ma’lum
ma’noda aqlga ham taalluqlidir.
Inson shaxsining xarakteri hamisha ko‘p qirralidir. Unda alohida
xususiyatlar yoki tomonlar ajratib ko‘rsatilishi mumkin, lekin ular bir-
biridan ajratilgan, alohida holda mavjud bo‘lmaydi, balki ma’lum
ma’noda xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o‘zaro
bog‘liq bo‘ladi. Xarakterning strukturaliligi uning ayrim xususiyatlari
o‘rtasidagi qonuniy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdagi zaruriy sharoitlaridan bi-
ri xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakterning plastik-
ligi ikki xil ma’no kasb etadi. Xarakterning plastikligi uning barqaror-
ligi singari muhitga faol ta’sir o‘tkazishning shartlaridan biri
hisoblanadi. Amallari maqsadga muvofiq va foydali kechishi uchun
ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashishlari lozim.
Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakllantirishning za-
ruriy sharti sanaladi. Xarakterning barqarorligi, plastikligi o‘ziga xos
individual xususiyatga ega bo‘lib, uning tuzilish xislati sifatida
mujassamlashadi. Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi
87
markaziy tizimga bog‘liqligiga binoan muayyan darajada shaxs muno-
sabatlarining mazmuni bilan belgilanadi.
Xarakterning tarkib topishida kishining tevarak atrofdagi muhitga
va o‘z-o‘ziga, hamda boshqa kishiga qanday munosabatda bo‘lishi
muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, bu munosabatlar xarakterning
eng muhim xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo‘ladi.
Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi
marraga yetib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda,
xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) deb ataladigan
vaziyat tug‘iladi.
Xarakterda urg‘u berishning (aksentuatsiyasi) quyidagi eng mu-
him turlari alohida ajratib ko‘rsatiladi:
introvert tur uchun odamovilik, muomalada va atrofdagilar bi-
lan aloqa o‘rnatishda qiynalish, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qolish xosdir;
ekstrovert turga his-hayajonga tamomila berilganlik, ba’zan
muomala va faoliyatning zarurligi va qimmatidan qat’i nazar, unga
intilish, ko‘p gapirish, qiziqishlarining doimiy emasligi, ba’zan maq-
tanchoqlik, yuzakilik, konformlilik xos;
boshqarib bo‘lmaydigan tur – bunga g‘ayri-tabiiylik, munoza-
ralilik, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan esa shubhalanib qarash xos.
Xarakterning tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amal-
ga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq
bo‘lsa, ular, o‘z navbatida, ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi.
Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har
xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababdan, ijtimoiy tuzumni
tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xusu-
siyatlarigina emas, balki xarakterning individual xususiyatlari (xislat-
lari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi.
Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq tarzda,
oilada, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o‘rtoqlik, o‘zaro
yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik
kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit,
undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning miqdori, yoshidagi
farqi, nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan
holda xarakterning o‘ziga xos belgilari shakllanadi. Bolalar bog‘chasi-
dagi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus
88
xislatlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda
ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat daraja-
da barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin ke-
chadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi ko‘p
jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. Inson-
ning rostgo‘ylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan
bo‘lib, uning ongli qarashlariga, aqidalariga mos tushsa, u holda har
qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi.
Shunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning
ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter
xislatlarini belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi.
Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining fiziologik xusu-
siyatlariga va, avvalo, asab tizimi turiga bog‘liqdir. Chunki xarakter
bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fiziologik asoslari
bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon
bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik
xususiyat deyiladi.
Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyat-
lariga bog‘liqdir. Temperamentning xususiyatlari xarakterning
muayyan tomonlari rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatishi yoki yordam
berishi mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda,
flegmatik tipdagi odam o‘zida tashabbuskorlik va qat’iylikni tarkib
toptirishi qiyinroqdir. Jur’atsizlik va vahimani bartaraf etish melan-
xolik uchun jiddiy muammo hisoblanadi.
Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda
o‘zini tuta bilishni va o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, sangvinik-
larda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay
sharoitlar yaratadi1.
Xarakter kishining xulq-atvor dasturidir. Kishining faoliyati,
uning xulq-atvori, eng avvalo, uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari
bilan belgilanadi va shaxsining yo‘nalganligi – qiziqishlari, ideallari
va e’tiqodining majmui doimo uning xulq-atvori va faoliyatining
asosiy determinanti bo‘lib qoladi.
1
Umumiy psixologiya / A. V. Petrovskiy tahriri ostida. – T., 1992. – 467-b.
89
Biroq shaxs yo‘nalishida ko‘plab umumiylik bo‘lgan va maq-
sadlari bir-biriga to‘g‘ri keladigan ikki kishida ana shu maqsadlarga
erishish uchun ular foydalanayotgan usullarda jiddiy farqlar bo‘lishi
mumkin. Ana shu farqlar ortida shaxs xarakterining xususiyatlari
turadi. Kishining xarakteridagi tipik holatlarda go‘yo uning xulq-
atvori uchun tipik dasturning poydevori qo‘yilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, xarakterning xususiyatlari muayyan undovchi, vaj-
sabab bildiruvchi kuchga ega bo‘ladi, bu kuch ko‘pincha xatti-harakat
usulini tanlash, muayyan qiyinchiliklarni yengish zarur bo‘lgan
vaqtlarda, stress holatlarida eng ko‘p darajada namoyon bo‘ladi.
Xarakter va kishining tashqi ko‘rinishi. Psixologiya tarixida
xarakterni inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-
qomatiga (tana tuzilishiga va boshqalarga) bog‘liq qilib qo‘yadigan va
shu yo‘l bilan xarakter xususiyatlarining sirini ochish yo‘lini aniqlash,
ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab kishi xarakterini ochish
nazariyalari ko‘p bo‘lgan.
Arastu va Aflotun kishi xarakterini tashqi ko‘rinishiga qarab aniq-
lashni taklif qilgan edilar. Ularning fikricha, kishining tashqi ko‘rini-
shida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qili-
nardi, so‘ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonning xarakteri bi-
lan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Masalan, Arastuning aytishi-
cha, buqaniki singari yo‘g‘on burun ishyoqmaslikni bildiradi va h.k.1
XVIII asrda Iogan Kaspar Lafaterning fiziologik tizimi mashhur
bo‘lib ketdi. U inson boshi «qalbini ko‘rsatadigan oyna» bo‘lib sa-
naladi va uning tuzilishini, bosh suyagining konfiguratsiyasini, imo-
ishorasini o‘rganish kishi xarakterini o‘rganishning asosiy yo‘li deb
hisobladi. Lafaterning mashhur odamlar shaxsi ustida o‘tkazgan bir
qator oqilona kuzatishlari uning ilmiy jihatdan mutlaqo ahamiyatsiz,
lekin juda qiziqarli «Fiziognomika» kitobida jamlangan.
Lafaterning o‘limidan keyin ko‘p o‘tmay paydo bo‘lgan yangi
ta’limot frenologiya degan nom oldi. Frenologiya nemis vrachi Frans
Gallning nomi bilan bog‘langandir. Gall ta’limotining asosida xarak-
terning barcha xususiyatlari bosh miya yarim sharlarida o‘zlarining
qat’iy ixtisoslashgan markazlarga ega degan fikr yotadi. Bu fazilatlar-
1
Ko‘rsatilgan asar.
90
ning rivojlanish darajasi miyaning tegishli qismlari kattaligiga to‘g‘ri-
dan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Gallning fikriga ko‘ra, bosh suyaklari miyaning qabariq va chu-
qurcha joylariga aniq mos kelganligi uchun ham, uning ruhiy belgila-
rini aniq aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar tashlash
yoki shunchaki boshning «bo‘rtiq joylarini» ushlab ko‘rish aftidan
yetarli bo‘lsa kerak.
Bu ta’limotda umuman miya yarim sharining tuzilishi shaxs xusu-
siyatlariga bog‘liq bo‘ladi, degan to‘g‘ri boshlang‘ich fikrdan tashqari
barchasi nihoyat darajada noto‘g‘ridir.
Gall maxsus frenologik xaritalar tuzib chiqdi. Ularda bosh suyagi-
ning yuzasi 27 qismga taqsimlanib, ulardan har biriga ma’lum bir
ruhiy sifat, masalan, ehtiyotkorlik va uzoqni o‘ylab ish qilish, ashad-
diylik va qotillikka moyillik, ayyorlik, doimiylik, qat’iylik va qaysar-
lik kabilar mos keladi.
Ko‘p o‘tmay anatomik tadqiqotlar miyaning do‘ngliklariga bosh
suyagining qabariqligi butunlay to‘g‘ri kelmasligini ishonarli qilib
ko‘rsatdi. Bosh suyagi, frenologlar o‘ylaganidek, miyaning shakliga
qarab qo‘yilmagandir. Frenologik xaritani tuzishga asos bo‘lgan
metod ham noilmiy bo‘lib chiqdi.
Psixik qobiliyatlarning markazlari to‘g‘risidagi Gallning afsona-
viy xomxayollari noilmiydir. Lekin uning miyaning turli bo‘linmalari
psixologik xususiyatlar va jarayonlar uchun javobgardir, degan fikrida
jon bor edi.
Xarakter va holat. Xarakter shaxsning atigi bir tomoni, lekin bu
shaxs degani emas. Ekstremal vaziyatda yoki shunchaki tanlash va-
ziyatida qoldirilgan kishi mavjud holatlardan ustun bo‘lishga, shu
jumladan, xususan o‘z xarakteridan yuqori ko‘tarilishga ham qodirdir.
Psixologiya fanida xarakter va qobiliyatning shakllanib borishi
bevosita shaxsning yosh davrlariga bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, har
bir yosh davri o‘ziga xos belgiga ega bo‘lib, uning o‘rnini hech qan-
day yosh davri bosa olmaydi. Biroq turli shaxslarda yosh davrlari
turlicha kechishi fan nuqtai nazaridan izohlangan.
Temperamentning xususiyatlari xarakterning ko‘rinishlariga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi, ularning paydo bo‘lishi va kechishining dinamik
xususiyatlarini belgilab beradi.
91
Xarakter tuzilishining qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, mu-
him tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlarining
ba’zi nuqsonlari (qo‘pollik va yolg‘onchilik)ni bartaraf qilish, uning
ijobiy xususiyatlari (xushfe’llik va rostgo‘ylik)ni shakllantirish mud-
daosi rejalashtirilgan dasturda amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunki
insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib toptirmay turib, illatga
qarshi kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz.
Shu narsa ma’lumki, shaxsda o‘zaro bir-biriga bog‘liq xususiyat-
larning yaxlit bir tizimini tarkib toptirish mumkin, xolos. Mazkur
jarayonda xususiyatlar tizimini shakllantirishning muhim shartlaridan
biri shaxsning markaziy (asosiy) munosabatlarini tarkib toptirishdan
iboratdir.
2. Qobiliyat va iste’dod haqida tushuncha
Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga
oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda
namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odam-
ning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’rifla-
nadi.
Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar im-
koniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi
zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyatlar
bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va
malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning
birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda
ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga
oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos.
Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarini atrof muhitdagi odamlar
tan olmagan, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda
munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p
allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn
(nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geomet-
riya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalarning o‘qigan davrida buyuk
olim bo‘lib yetishishiga hech qanday kafolat yo‘q edi.
92
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki
ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur
bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqa-
digan farqlar, qobiliyatlar mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish
sharti hisoblangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamika-
sida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-
psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniq-
lash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofiq:
a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida
egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga
nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat
talabiga javob bera olmasa, psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar
mavjud emasdir (juda zaifdir).
Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi. Psixologiyada qobiliyat-
lar individual-psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning
asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari,
fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil
sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha
bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular
o‘rtasida sifat va miqdor jihatidan farqlar ko‘p bo‘lishi mumkin.
Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik
xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida
xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdoriy tavsifi esa faoliyatga
qo‘yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish
imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odam-
larga qaraganda malaka, bilimlardan nechog‘lik tez, oson, puxta
foydalana olishini namoyon qiladi.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birin-
chidan, maqsadga turlicha yo‘llar orqali erishishga imkon beruvchi
«o‘zgaruvchan miqdor» majmui tariqasida, ikkinchidan, faoliyat mu-
vaffaqiyatini ta’minlovchi shaxsning individual-psixologik xislatlari
(fazilatlari)ning murakkab majmuasi ko‘rinishida gavdalanadi.
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo‘lgan o‘rnini bosish (kompensa-
torlik) imkoniyati eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o‘qitish
orqali ro‘yobga chiqadi. Hayotda ko‘zi ojiz musiqachi, artist, shoir,
rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb egalari yetishib chiqqanligi
93
ko‘p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo‘qligi
ham kasbiy-musiqaviy qobiliyatning rivojlanishiga keskin xalaqit
bermasligi mumkin.
Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobiliyat yordamida
o‘stirish, ya’ni kompleksatorlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb
tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash
ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng ko‘lamdagi imkoniyatlarni ochadi.
Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhala-
rida o‘z o‘rnini topa oladilar hamda yuksak yutuqlarga erishadilar,
hatto bir necha faoliyat turida muvaffaqiyatlar qozonish ham mumkin.
Psixologiyada qobiliyatlarni miqdor jihatdan o‘lchash muammosi
o‘ziga xos tarixga ega. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida qator
psixologlar (Kettel, Termin, Spirmen va boshqalar) ommaviy ixtisos-
lar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan
talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniq-
lashni taklif qilib chiqdilar. Bu bilan shaxsning mansabdorlik daraja-
sida tutgan o‘rni va uning u yoki bu mehnat faoliyatida, oliy o‘quv
yurtlarida ta’lim olishida, ishlab chiqarishda, armiyada va ijtimoiy
hayotda rahbarlik lavozimlarini olishga layoqatlarini aniqlash taxmin
qilingan edi.
Biroq qobiliyatlarni miqdor jihatdan baholash muammosi jamiyat-
da paydo bo‘lish davridan e’tiboran ikki xil xususiyat kasb etdi. Bir
tomondan, u mehnatkash kishining real imkoniyatlarini obyektiv ra-
vishda aniqlashga imkon beradi. Busiz amalda kasb tanlashga yo‘llash
uchun layoqatli kishini topish va bu ishga layoqatli kishilarni tanlash
qiyin bo‘lur edi. Mehnat faoliyatida inson omili (ya’ni real inson va
uning qobiliyatlari) e’tiborga olinmaydigan oldingi davrga nisbatan
qobiliyatlar psixologiyada miqdoriy tadqiqotlar g‘oyasining ilg‘orligi
ana shundadir.
Kishi egallagan faoliyat (mehnat, o‘qish, sport va shu kabi)lar
uning psixologik fazilatlari (aqliy xususiyatlari, emotsional-irodaviy
sohalari, sensomotorikasi)ga yuksak talablar qo‘yadi. Bu talablarni
qandaydir bitta sifat, hatto u taraqqiyotning juda yuksak darajasiga
erishgan bo‘lsa ham, qondira olmaydi. Alohida olingan bitta psixik
xususiyat faoliyatning yuksak mahsuldorligini ta’minlay oladi, butun
qobiliyatlarning ekvivalenti sifatida namoyon bo‘ladi, degan fikr ilmiy
94
haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fikrdir. Qobiliyatlar murakkab struktu-
raga ega bo‘lgan psixik fazilatlar yig‘indisidan iboratdir.
Qobiliyat sifati namoyon bo‘ladigan fazilatlar yig‘indisining tuzi-
lishi pirovard natijada aniq faoliyat talablari bilan belgilanadi va
faoliyatning har xil turlari uchun turlicha bo‘ladi.
Qobiliyatlarning tuzilishi. Shaxs egallashi shart hisoblangan
faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan
qat’i nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, emotsional-
irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatla-
riga muayyan talablarni qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’y-
harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlar-
ga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand
ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega
bo‘lmaydi.
Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (xislat)
faoliyatning yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qur-
biga ega, u qobiliyatlar uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar
kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o‘zini oqlamaydi.
Shuning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo‘lgan psixik
sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o‘rinlidir.
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmua-
sining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi
tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi
turgan gap. Buning uchun quyida ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz:
1) matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish,
mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik amallarni kamay-
tirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish,
to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan oson o‘tish, masala yechishda fikr
yuritishning tezligi kabilar;
2) adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi,
xotirada yorqin ko‘rgazmali timsollarning jonliligi, «til zehni», behi-
sob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik
va boshqalar.
Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, ma-
tematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari
bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki,
pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va
95
shunga o‘xshash qobiliyatlarning tuzilishi maxsus xususiyatga ega
bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Qobiliyatlar asosan ikki turga bo‘linadi: umumiy va maxsus qobi-
liyatlar. Shaxsning umumiy qobiliyatlari yoki umumiy fazilatlari
ularning to‘laqonli muayyan psixologik ko‘rinishlari bo‘lib, ularni
tadqiq qilishga psixologlar allaqachon kirishgan. Muayyan faoliyat
sharoitlarida qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan shaxsning bunday
umumiy fazilatlari jumlasiga odamlarning uch turidan bittasiga
mansubligini ko‘rsatadigan individual-psixologik fazilatlar kiradi.
I. P. Pavlov asarlarida «badiiy», «fikrlovchi» va «o‘rta» tiplar deb
qayd qilingan mazkur tipologiya kishining oliy asab faoliyati unda
ikkita signal tizimi mavjudligi bilan belgilanishiga muvofiq ta’limot
bilan bog‘langandir. Birinchi signallar tizimi obrazli, emotsional va
ikkinchisi ana shu obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berish bilan
bog‘liq, ya’ni signallarning signali bilan bog‘liq.
Garchi qobiliyatlarning rivoji har turli odamlarda mutlaqo bir xil
bo‘lmagan tabiiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lsa ham, yuqorida ko‘-
rib o‘tilgan iste’dod nishonalari va qobiliyatlar o‘rtasidagi nisbat,
qobiliyatlar shunchaki tabiat in’omi emas, balki kishilik tarixining
mahsuli ekanligini ko‘rsatadi.
Iste’dod, uning tuzilishi va paydo bo‘lishi. Qobiliyatlar taraq-
qiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb ataladi. Iste’dodning ijtimoiy-
tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining
yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Psixologik adabiyotlarda
unga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta’kid-
lab o‘tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyati-
ning muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini
beradigan qobiliyatlar majmuasiga iste’dod deyiladi.
Iste’dodning asosiy belgilari quyidagilar:
a) muvaffaqiyatni ta’minlash;
b) faoliyatni mustaqil bajarish;
c) originallik unsurining mavjudligi;
d) qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi;
e) individual-psixologik xususiyatga egaligi;
f) ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi, yaratuvchi imkoniyatga ega-
ligi kabilar.
96
Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirgan holda ikki xil xusu-
siyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish iste’dod tuzilishini oson tushu-
nish imkoniyatini yaratadi:
iste’dod shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab birikma-
sidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xotiraning
yuksak mahsuldorligi orqali; c) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat
tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi;
shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli
darajada taraqqiy etmaganligi iste’dodning murakkab tarkibiga kiruv-
chi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rni-
ni bosishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.
Iste’dod o‘zining umumiy va maxsus sifatlari yig‘indisi bilan
ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Iste’dod mahoratning dastlab-
ki sharti hisoblansa-da, lekin ular bir-biridan muayyan darajada
tafovutlanadi. Iste’dod katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsulidir, mehnat
esa hayotiy tajriba va ko‘nikmalar zaruriy majmuasining manbai
hisoblanadi. Ijodiyotning sharti hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va
malakalar yig‘indisining mavjudligidir.
Ijodiy faoliyat iste’dodning ajralmas qismi hisoblanib, bunda
ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb
etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy
lahzadan iborat. Iste’dod imkoniyat tariqasida psixologik hodisa, ma-
horat esa haqiqatga aylangan imkoniyatning gavdalanishi hisoblanadi.
Psixologik nuqtai nazardan haqiqiy mahorat shaxs iste’dodining
faoliyatda namoyon bo‘lishidir.
Qobiliyatlar va iste’dodning tabiiy sharoitlari. Odatda qobiliyat-
lar insonga shaxsning barcha individual-psixologik xususiyatlari kabi
tabiat tomonidan tug‘ma ravishda tayyor holda berilmaydi, balki hayot
davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. Ilmiy psixologiya qo-
biliyatlarning tug‘maligi nazariyasini inkor etib, shaxs qobiliyatlari-
ning noma’lum tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi to‘g‘risi-
dagi tasavvurlarga qattiq zarba beradi.
Shuni uqtirish joizki, qobiliyatning tug‘maligini inkor qilish mut-
laq xususiyatga ega emas, albatta. Lekin qobiliyatning tug‘ma ekan-
ligini tan olmaslik, miya tuzilishi bilan bog‘liq differensial xususiyat-
larning tug‘maligini inkor qiladi, degan so‘z emas. Layoqat esa
qobiliyatning tabiiy zamini sifatida faoliyatda muhim o‘rin tutadi.
Layoqat deb qobiliyatlar taraqqiy etishining dastlabki tabiiy sharti
sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi a’zolari va
harakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlariga aytiladi.
97
Tug‘ma layoqat jumlasiga nozik hid sezish, binobarin, bilish analiza-
torlarining alohida yuksak sezgirligi muvofiqdir.
Shaxs muayyan tabiiy layoqatga ega bo‘lsa, u holda o‘ziga
taalluqli qobiliyatlarni rivojlantirish nisbatan oson kechadi. Inson-
larning kasbiy qobiliyati ular layoqatlarining rivojlanish mahsulidir.
Layoqat ko‘p qirrali psixik hodisa bo‘lganligi tufayli, faoliyat talab-
larining xususiyatiga bog‘liq ravishda, bir xil layoqatlar negizida har
xil qobiliyatlar rivojlanishi kuzatiladi.
Qobiliyatning rivojlanishi shaxsning tarkib topishi bilan uzviy
uyg‘unlikka ega bo‘lib, inson kamoloti har ikkala omilning o‘zaro
hamkorligini talab qiladi. Iste’dodli o‘quvchilar va talabalar shakllani-
shi ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlar, ma’naviyat asoslari hamda
o‘zini o‘zi namoyon etish, o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘zini o‘zi rivojlan-
tirish asosida amalga oshishi odatiy ijtimoiy psixologik qonuniyat
tariqasida xizmat qiladi.
Qobiliyatning shakllanishi. Qobiliyatlar va iste’dodlarni shakl-
lantirish muammosi katta ijtimoiy va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
muammodir. Bunda hamma bolalardagi qobiliyatlarni har tomonlama
rivojlantirish vazifasi ayrim iste’dodli bolalardagi maxsus iste’dodlar-
ni rivojlantirish vazifasiga qarama-qarshi qo‘yilmaydi.
Shunday qilib, qobiliyatlar insonning hayotidagi eng muhim indi-
vidual-psixologik xususiyatlardan biri hisoblanadi. Qobiliyatlar tuzili-
shiga ko‘ra juda murakkab tizimni tashkil etadi. Huquqni muhofaza
qilish organlari xodimlarining faoliyatida qobiliyat asosiy o‘rinni
egallaydi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining indivi-
dual-psixologik xususiyatlari, ya’ni temperamenti, xarakteri, maxsus
va umumiy qobiliyatlari jinoyatchilikning oldini olishda va jinoyatchi-
larni qayta tarbiyalashda yetakchi o‘rinlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, psixologiyada xarakterning quyidagi tizimini e’ti-
rof etishimiz mumkin:
mehnat faoliyatida namoyon bo‘ladigan xarakterli xususiyatlar;
insonlarga nisbatan munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xa-
rakterli xususiyatlar;
o‘z-o‘ziga munosabatga aloqador xarakterli xususiyatlar;
narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlarda namoyon bo‘-
ladigan xususiyatlar.
Demak, individual-psixologik xususiyatlar shaxs ongli hayotining
ajralmas qismi, idroki, xotirasi va fikrlariga yo‘naltirilgan muhim
predmet ekan. Chunki aynan ular shaxsning turli faoliyatlarini amalga
oshirish va shularni bajarishdagi individual-psixologik xususiyatlariga
bevosita bog‘liqdir.
98
7-ma’ruza
FAOLIYAT PSIXOLOGIYASI
1. Faoliyatning tuzilishi haqida tushuncha.
2. Ko‘nikma va malakalar.
3. Faoliyatning asosiy turlari.
1. Faoliyatning tuzilishi haqida tushuncha
Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish ta’lim-tar-
biyaning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun ta’lim
muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda, milliy
istiqlol mafkurasini singdirishning differensial pedagogik-psixologik
dasturini yaratish lozim. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari
xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasidan kelib
chiqadi va o‘zining mazmun-mohiyati, falsafasi, jozibasi bilan uni
xalqimiz ongiga yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladi.
Mehnat jamoalari inson umrining asosiy qismi o‘tadigan, uning
tafakkuri, hayotga munosabati shakllanadigan ijtimoiy-ma’naviy mu-
hitdir. Ular kishida jamoa ruhi, mehnatsevarlik, omilkorlik, adolat
tushunchasi, mehr-oqibat tuyg‘ularini tarbiyalaydigan o‘ziga xos
maskan hisoblanadi.
Mehnat jamoalari turli millat va dinga mansub odamlarni do‘stlik
va hamjihatlik, o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish, milliy
va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishga o‘rgatadi. Bu esa,
o‘z navbatida, sog‘lom ma’naviy muhitni vujudga keltirishda muhim
omil vazifasini bajaradi.
Psixologiya fani uchun eng murakkab muammolar qatoriga uning
asosiy kategoriyalari bo‘lmish shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala,
ong tavsifi, ularning takomillashuv bosqichlari, xususiyatlari, aks
ettirish imkoniyatlari, hukm surish qonuniyatlari va mexanizmlari
bo‘yicha aniq fikrlarni bildirish masalalari va vazifalari kiradi.
Shu munosabat bilan, umumiy psixologiya faniga kirish vazifasini
bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarni, avvalo, shaxs psixolo-
giyasi, uning faoliyati va jamoadagi munosabati haqida, uni tadqiq
qilish metodlari to‘g‘risida, ong va psixika, asosiy psixik jarayonlar-
99
ning qonuniyatlari haqida tegishli bilimlardan xabardor etgan holda
ularni professional ishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashdan
iborat aniq vazifani o‘z zimmasiga oladi.
Tirik mavjudotlarning atrofdagi olam bilan hayotiy ahamiyatga
molik bog‘lanishlar bo‘lishini ta’minlaydigan faoliyati ularga xos
yalpi xususiyat hisoblanadi. Faollik tirik mavjudotda «o‘z kuchi bilan
javob qilish» qobiliyatining borligidir.
Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo‘nalishda harakat
qilishga undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbai bo‘lib hisobla-
nadi. Ehtiyoj jonli mavjudotning hayot kechirishidagi aniq shart-
sharoitlarga uning qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga
nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir.
Kishining faolligi ehtiyojlarining qondirilishi jarayonida namoyon
bo‘ladi. Xuddi shu o‘rinda odam bilan hayvonning xatti-harakatlari
faolligi o‘rtasidagi tafovutlar ayon bo‘ladi. Hayvon o‘z ehtiyojlarining
obyektini egallab olish uchun faol intilishga da’vat etishi ehtimoli
borligini o‘zining tabiiy tuzilishiga ko‘ra bamisoli oldindan bilishi
tufayli faollik bilan harakat qiladi. Hayvonlar ehtiyojining qondirilish
jarayoni ularning muhitga yaxshiroq moslashuvini ta’minlaydi.
Odamning faolligi va faollikning manbai bo‘lgan insoniy
ehtiyojlari tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji
uni tarbiyalash, ya’ni kishilik madaniyati olami bilan yaqinlashtirish
jarayonida shakllanadi.
Kishining o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot
bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol, muayyan
maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni sifatida alohida ajralib turadi.
Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o‘zgarib boradi.
Kishining ehtiyojlarini to‘liq qondirish uni har tomonlama rivojlan-
tirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Kishining ehtiyojlari ham ijtimoiy, ham shaxsiy xususiyatga ega-
dir. Bu, birinchidan, hatto shunchaki tor ma’nodagi shaxsiy xususiyat-
ga ega bo‘lib tuyuladigan ehtiyojlarni qondirish uchun ham ijtimoiy
mehnat taqsimotining mahsulidan foydalanilishida o‘z ifodasini to-
padi. Ikkinchidan, kishi o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun mazkur ijti-
moiy muhitda tarixan tarkib topgan vositalar va usullardan foydala-
nadi hamda muayyan shart-sharoitlarga ehtiyoj sezadi. Nihoyat,
uchinchidan, kishining ko‘pgina ehtiyojlari uning tor ma’nodagi
100
shaxsiy talab-ehtiyojlaridan ko‘ra ko‘proq kishi o‘zi mansub bo‘lgan
va birgalikda mehnat qiladigan jamiyatning, jamoaning, guruhning
ehtiyojlarini ifodalaydi – jamoa ehtiyojlari kishining shaxsiy ehtiyoj-
lari tusini oladi.
Ehtiyojlar kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va madaniy bo‘lishi mum-
kin. Tabiiy ehtiyojlarda kishining faollik kasb etayotgan faoliyati
uning hayoti va avlodining hayotini saqlash uchun zarur bo‘lgan shart-
sharoitlarga bo‘ysunganlikda ifodalanadi. Barcha odamlarda ovqatla-
nish, suv ichish, qarama-qarshi jinsning mavjud bo‘lishi, uxlash, so-
vuqdan va haddan ziyod issiqdan saqlanish kabilarga tabiiy ehtiyoj
bo‘ladi. Agar tabiiy ehtiyojlardan qaysi biri ma’lum darajada uzoq
vaqt davomida qondirilmasdan qolsa, odam muqarrar ravishda halok
bo‘ladi yoki sulolasini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Madaniy ehtiyojlarda odamning aktiv faoliyati insoniyat mada-
niyatining mahsuliga bog‘liq ekanligi ifodalanadi. Uning ildizlari
butunlay kishilik tarixining sarhadlariga borib taqaladi. Turli iqtisodiy
va ijtimoiy tuzum sharoitida kishida uning tarbiyasiga va xulq-atvor-
ning keng yoyilgan hamda udum bo‘lgan odatlari va shakllarini
o‘zlashtirishiga bog‘liq turli madaniy ehtiyojlar tug‘iladi. Agar kishi-
ning madaniy ehtiyojlari qondirilmasa, u halok bo‘lmaydi, lekin
undagi odamiylik sifatlari jiddiy zararlanadi.
Ehtiyojlar o‘z predmetining xususiyatiga ko‘ra moddiy va ma’na-
viy bo‘lishi mumkin. Moddiy ehtiyojlarda kishining moddiy madani-
yat predmetlariga qaramligi (ovqatlanishga, kiyinishga, uy-joyga,
maishiy turmush ashyolariga va boshqa narsalarga ehtiyoj sezishi),
ma’naviy ehtiyojlarda esa ijtimoiy ong mahsuliga tobeligi ifodalanadi.
Ma’naviy ehtiyojlar ma’naviy madaniyatni yaratish va o‘zlashtirishda
o‘z aksini topadi.
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Ma’naviy ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy ehtiyojlar predmeti
hisoblanmish moddiy narsalar (kitoblar, gazetalar, yozuv va nota
qog‘ozlari va shu kabilar) talab qilinishi, shubhasiz.
Ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga undov-
chi va uning yo‘nalishini belgilovchi sabablar motivlar deyiladi. Unda
subyektning faolligi namoyon bo‘ladi.
Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xu-
susiyatini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega.
101
Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga
erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik
olimlar D. Maklelland, D. Atkinson va nemis olimi Xekxauzenlar
hisoblanadi.
Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishni ta’minlovchi,
asosan ikki turdagi: muvaffaqiyatga erishish hamda muvaffaqiyatsiz-
liklardan qochish motivi bor. Odamlar ham u yoki bu faoliyatga
kirishishda qaysi motivni mo‘ljallashlariga qarab farqlanadi. Masalan,
faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan
shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham, yutuqqa erishish
ular uchun oliy maqsad hisoblanadi. Ular hali ishni boshlamay turib,
yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirsa, odamlar ularning
barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat
o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha imkoniyatlar – tanish-
bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar.
Boshqa xulq-atvorni muvaffaqiyatsizlikdan qochish motiviga ta-
yangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan
farqli o‘laroq, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham, muvaffaqi-
yatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli, ularda ko‘p-
roq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘x-
shash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular
baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab, «o‘zi sira omadim yurishmaydi-
gan odamman-da» degan xulosaga keladi.
Hayvonning xatti-harakati hamisha u yoki bu ehtiyojni qondirish-
ga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ehtiyoj hayvonni faqat faollikka
undab qolmasdan, balki ushbu faollikning shakllarini ham belgilaydi.
Odamning xulq-atvori esa butunlay boshqacha tarkib topgandir.
Asl ma’nodagi ehtiyojning o‘zi emas, balki uni qondirishning ja-
miyatda qabul qilingan usullari xatti-harakatning shakllarini keltirib
chiqaradi. Agar hayvonlarning xatti-harakati butunlay atrof muhit bi-
lan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanoq butun insoni-
yat tajribasi va jamiyat talablariga ko‘ra yo‘naltirib boriladi.
Faoliyat kishining anglanilmagan maqsad bilan boshqarib turadi-
gan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir. Faoliyat bilish va
iroda bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularga tayanadi, bilish va iro-
daviy jarayonlarsiz uning yuz berishi mumkin emas.
102
Faoliyat voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday
bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o‘rtasida
real bog‘lanish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalar-
ga, boshqa kishilarga ta’sir ko‘rsatadi.
Faoliyatning bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo‘naltirilgan,
nisbatan tugallangan har bir shunday qismini harakat deb atash
mumkin.
Harakat qay yo‘sinda nazorat qilib boriladi? Bu o‘rinda ko‘p narsa
aniqlangan emas. Bu, shubhasiz, sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, mu-
shaklar sezgisi) vositasidagina ro‘y berishi mumkin.
Ko‘rib turganimizdek, ushbu barcha mo‘ljallar sa’y-harakatlarni
harakat maqsadiga muvofiq tarzda belgilaydi. Kishining maqsadi
ko‘pincha muayyan vaqt ichida va harakatlar yordamida erishishi
mumkin bo‘lgan narsalardan iborat bo‘ladi. Demak, maqsad miyada
faoliyatning bo‘lajak natijasining timsoli, o‘zgarib turadigan andazasi
tarzida namoyon bo‘ladi. Aynan o‘sha orzu qilingan (ehtiyoj sezilsa)
bo‘lg‘usi andaza bilan harakatning amaldagi natijalari taqqoslanadi,
aynan o‘sha andaza sa’y-harakatlarning shakl-shamoyilini belgilab va
to‘g‘rilab turadi.
Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga bu xildagi o‘tish
jarayonini interiorizatsiya (tom ma’noda aytganda, ichki tarzga ay-
lanish) deb ataladi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma’lum bir
vaqt ichida e’tiborda bo‘lmagan narsalarning timsolidan foydalanish
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Kishi muayyan daqiqa chegaralaridan tashqa-
riga chiqib «xayolida» o‘tmishga va kelajakka, vaqtga va bo‘shliqqa
erkin ko‘chib o‘tadi.
Psixologiya interiorizatsiyaning qanday yuz berishini barcha jihat-
lariga qadar to‘liq bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilinganki,
bunday o‘zgarishning muhim quroli bo‘lib so‘z, o‘zgarish vositasi
bo‘lib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi. So‘z buyumlarning muhim
xossalarini va axborotdan foydalanishning insoniyat amaliyotida
yuzaga kelgan usullarini belgilaydi va o‘zida mujassamlashtiradi. Shu-
ning uchun ham so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishga o‘rganish ayni chog‘da
buyumlarning muhim xususiyatlarini va axborotdan foydalanishning
usullarini o‘zlashtirishdan iboratdir.
Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari
chambarchas bog‘liqdir. Tashqi jihat – odam tashqi olamga ta’sir ko‘r-
103
satish uchun qiladigan sa’y-harakatlar – motivlashtiruvchi, bilishga
undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat bilan belgilanadi va
yo‘naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat
buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini o‘zida namoyon qiladigan,
ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zgartirilishini amalga
oshiradigan, psixik andazalarning o‘xshashlik darajasini, shuningdek
erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi dara-
jasini ko‘rsatadigan tashqi jihat tomonidan yo‘naltirilib va nazorat
qilib turiladi.
Shunga muvofiq tarzda tashqi, muayyan faoliyatni ham ichki,
psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma’noda ichki tarzda
aylanishi) deb qarash mumkin.
Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish mumkin bo‘lishi uchun ki-
shi faolligida anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash lozim.
Faoliyatning barcha qolgan jihatlari – uning motivlari, bajarilish usul-
lari, tegishli axborotni tanlash va qayta ishlash anglanilgan bo‘lishi
ham, anglanilmagan bo‘lishi ham mumkin.
2. Ko‘nikma va malakalar
Har qanday harakatning tahlil etilgan jihatlarini tegishli tarzda
uning motor (harakat), sensor (emotsional) va markaziy qismlari deb
atash mumkin. Shunga muvofiq, ushbu qismlarning harakatini amalga
oshirish jarayonida bajariladigan vazifalarni ijro etish, nazorat qilish
va boshqarib turishda foydalanadigan yo‘l-yo‘riqlar ushbu faoliyat-
ning usullari deb ataladi.
Kishida maqsadga muvofiq tarzda sa’y-harakatlarni ijro etish va
boshqarishning aynan shu tarzda avtomatlashuvi malaka deb ataladi.
Malaka mashq qilish jarayonida ish-harakatlarni bajarishning avtomat-
lashgan usullari hisoblanadi.
Malakalar interferensatsiyasi (lotincha inter – orasida, ferens –
tarqatuvchi) deb avval hosil qilingan malakalarning keyinchalik bosh-
qa yangi malakalarning hosil bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsati-
shi natijasida yangi malakalarning susayib qolishiga aytiladi.
Harakatning shu tarzda qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzi-
lishida ro‘y beradigan o‘zgarishlar quyidagilardan iboratdir:
104
1) sa’y-harakatlarning ijro etilish usullari o‘zgaradi. Bunga qadar
o‘z holicha yuz berib kelgan qator juz’iy sa’y-harakatlar yagona ja-
rayonga, tarkibga kiruvchi alohida sodda sa’y-harakatlar o‘rtasida
to‘siqlar va uzilishlar mavjud bo‘lmagan bitta murakkab sa’y-harakat-
ga qo‘shilib ketadi:
a) ortiqcha va keraksiz sa’y-harakatlar bartaraf etiladi;
b) mujassamlashuv yuz beradi;
2) harakatni sensor nazorat qilish usullari o‘zgaradi. Sa’y-harakat-
larning bajarilishini ko‘rish orqali nazorat qilish mushaklar yordamida
(kinistetik) nazorat bilan almashadi. Bunga tajribali mashinistkaning
harflarga qaramasdan yozishi, malakali chilangarning uskunaning
ustiga bolg‘a bilan urayotganda ko‘rish nazoratini ishga solmasligi
misol bo‘ladi:
a) maxsus sensor sintezlar hosil bo‘ladi;
b) harakat natijalarini nazorat qilish uchun muhim bo‘lgan
mo‘ljallarni tez farqlash va ajratish qobiliyati rivojlanadi;
c) harakatni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgartirib bori-
ladi. Diqqat harakat usullarini idrok etishdan xoli bo‘lib, u harakat-
ning, asosan, vaziyati va natijasiga qaratilgan bo‘ladi.
Ba’zi hisob-kitoblar, yechimlar va aqliy mehnat talab qiladigan
boshqa jarayonlar tez va birga qo‘shilgan holda amalga oshirila
boshlaydi. Jumladan, haydovchi dvigatelning ortiqcha kuch bilan ish-
layotganini uning tovushidanoq sezib, o‘ylab-netib o‘tirmasdan, uning
harakatini qanaqa tezlikka ko‘chirish kerakligini darhol tushunib
yetadi; operator asboblarning ko‘rsatkichlarini o‘qiboq, ularning ishla-
shida ro‘y berayotgan buzilishlarni va ularni bartaraf etish uchun ni-
malar qilish kerakligini fahmlaydi.
Navbatdagi sa’y-harakatlarga tayyorgarlik bundan oldingi sa’y-
harakatlar amalga oshirilayotgan paytdayoq yuz bera boshlaydiki,
natijada reaksiya uchun sarflanadigan vaqt keskin kamayadi. Qo‘llani-
lishi lozim bo‘lgan usullarning butun boshli zanjirini yoki turlarini ana
shu tarzda ong yordamida oldindan ko‘ra bilish antitsipatsiya deb
ataladi.
Kishi muayyan harakatni bajarishga urinib ko‘radi va uning nati-
jasini nazorat qilib turadi. Muvaffaqiyatli sa’y-harakatlar, o‘zini oqla-
gan usullar asta-sekin tanlanadi va mustahkamlanadi, o‘zini oqlama-
ganlari esa qo‘llanishdan chiqarilib, boshqalariga almashtiriladi.
105
Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o‘zlashtirish maqsadida
ularni anglagan tarzda hamda ongli ravishda nazorat qilishga va tu-
zatishga asoslangan holda ko‘p martalab takroran bajarish faoliyati
mashq deb ataladi.
Har qanday malaka ham kishi allaqachon egallab olgan malakalar
tizimida amal qiladi va tarkib topadi. Ularning biri yangi malakaning
tarkib topishiga va amal qilishiga yordam bersa, boshqalari xalaqit
beradi, uchinchi bir xili esa uni o‘zgartiradi va hokazo. Bunday hodisa
psixologiyada malakalarning o‘zaro ta’siri deb yuritiladi.
Har qanday xulq-atvor yangi sharoitlarda yoki yangi obyektlarga
nisbatan jarayonlarning ko‘chishi asosida tarkib topadi. Ko‘chish esa
shart-sharoitlar yoki narsalarning faoliyat maqsadlari uchun muhim
bo‘lgan belgilari bo‘yicha o‘xshashligiga tayanadi.
Bu o‘xshashlik anglanilgan va anglanilmagan bo‘lishi mumkin.
Faoliyat qanchalik murakkab, maqsadlar qanchalik uzoqroq vaqtga
mo‘ljallangan hamda ular obyektlarning qanchalik ko‘proq o‘zgartiri-
lishini talab qiladigan bo‘lsa, muvaffaqiyatli ko‘chishni ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan oraliq aqliy faoliyat shunchalik keng tus oladi.
Lekin har qanday holda ham, bunday ko‘chish ko‘nikma, ya’ni
qo‘yilgan maqsadga muvofiq tarzda harakat usullarini tanlash va
amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanish
deb hisoblash mumkin.
Ko‘nikma faoliyat subyektning o‘zida mavjud bilimlar va malaka-
lar bilan maqsadga muvofiq boshqarilishi uchun zarur psixik va ama-
liy harakatlarning murakkab tizimi egallab olinishini ifodalaydi.
Ko‘nikmalarning tarkib topishi bilimlarda mujassamlashgan axbo-
rotni va narsalardan olinadigan axborotni qayta ishlash jarayonining,
ana shu axborotni aniqlash, uni harakat bilan taqqoslash va o‘zaro
bog‘lash jarayonining butun bir tizimining egallanishini bildiradi.
Bu xildagi shakllantirish, ya’ni ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni
turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkinligini qayd qilib o‘tish za-
rur. Bu yo‘llarni bir-biridan farq qiluvchi ikkita holatga ajratish mum-
kin. Birinchi holatda o‘rganayotgan kishi zarur bilimga ega bo‘ladi.
Uning oldiga bu bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi
qo‘yiladi hamda kishining o‘zi sinab ko‘rish va xatolarga yo‘l qo‘yish
orqali tegishli mo‘ljal olgan, axborotni qayta ishlash va faoliyat
usullarini topgan holda uning yechimini izlaydi.
106
Garchi bu yo‘lning samaradorligi past bo‘lsa ham, bugungi kunda
u ta’lim jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan yo‘l ekanligini qayd
qilamiz. Ikkinchi yo‘l shundan iboratki, ta’lim berayotgan kishi ting-
lovchining bilimlarini qo‘llash uchun zarur bo‘lgan psixik faoliyatni
boshqarib boradi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra
ham farqlanadi. Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakat-
lar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarili-
shi va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin
vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina
qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda malaka
hosil bo‘ladi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga
o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga ta-
yansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffa-
qiyatli bajarishni ta’minlasa, biz uni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nik-
malar doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi.
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning
jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, meh-
natda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni
ta’minlaydi.
3. Faoliyatning asosiy turlari
Kishi faoliyati ongli ravishda faollik sifatida uning ongi shakllana
va rivojlana borishi tufayli tarkib topadi va rivojlanadi. Uning o‘zi
ongning shakllanish va rivojlanish negizi, uning mohiyat manbai
bo‘lib xizmat qiladi.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turli-
cha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’-
lum predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar
majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamda-
gi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi.
Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan tinglovchining predmetli ha-
rakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar
soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali bilimlar zaxirasini boyitayot-
gan bo‘ladi.
107
Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan
nimalarga yo‘naltirilganligiga qarab, tashqi va ichki faoliyat farqlana-
di. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa-
hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat, bi-
rinchi navbatda, aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning
kechishidan kelib chiqadi.
Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirilib bor-
gan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib bo-
radi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki
so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik
ichida o‘zicha gapirishni o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza yuritadigan,
o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.
Har qanday sharoitda barcha harakatlar ham ichki psixologik, ham
tashqi muvofiqlik nuqtai nazardan ong tomonidan boshqarilib boradi.
Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy motor harakat-
lar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatgan-
misiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi
yetakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari,
hattoki tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir
to‘xtamga kelolmayotganidan yoki fikrni topib, bundan mamnuniyat
his qilayotganidan darak beradi.
Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexa-
nizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir.
Tajribada shu narsa isbotlanganki, bunday harakatlar doimo motor
harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘li-
shi mumkin:
– perseptiv, ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida
atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
– mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga
aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda
saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
– fikrlash faoliyati, aql, fahm-farosat vositasida turli muammolar,
masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
– imajitiv, faoliyat ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasi-
da hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini
anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
108
Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar bilan muayyan mu-
nosabatlari tizimida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va
ishtirokini taqozo etadi, ya’ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega
bo‘ladi.
Faoliyatning asosan uch turi mavjud:
1) o‘yin;
2) ta’lim;
3) mehnat.
Hayotning birinchi yillaridayoq bolada faoliyatning oddiy shaklla-
rini o‘zlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlar tarkib topa boshlay-
di. Ulardan birinchisi o‘yin faoliyati hisoblanadi. Bola o‘z tajribasida
qurol – buyumlar bilan bir vaqtning o‘zida boshqa turdagi buyumlar –
o‘yinchoqlarga duch keladi. O‘yinchoqlarni ishlatishning insoniy usuli
– o‘yin, ya’ni ular yordamida allaqanday boshqa, haqiqiy buyumlar va
harakatlarni ifoda etish.
Katta yoshdagilar bolalarni o‘yinchoqlardan ana shu tarzda foyda-
lanishga o‘rgatadi. Ular bolaga qo‘g‘irchoqqa suv qanday ichirilishi,
uni qanday qilib tebratish kerakligi, sayr qildirishni, o‘yinchoq ayiq
bolasini qanday ovqatlantirishni, mashinani qanday qilib haydash ke-
rakligini ko‘rsatishadi va hokazo.
Lekin bolada o‘yinchoqqa nisbatan «haqiqiy» buyumning tasviri
sifatida munosabatning o‘zi o‘yin faoliyatiga faqat so‘z aralashuvi
munosabati bilan hosil bo‘ladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin bolalarda ham o‘z faolligini
ro‘yobga chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko‘rsatish shakli
bo‘lib xizmat qiladi. Shu tarzda u funksional mamnunlik bilan
bog‘liqdir. Faollikka bo‘lgan ehtiyoj uning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lsa,
taqlid qilish va tajriba esa manbai hisoblanadi. O‘yin faoliyatining
o‘ziga xos tub xususiyati ana shunda mujassamlashgandir. Uning
maqsadi o‘zining yordami tufayli muvaffaq bo‘linadigan amaliy na-
tijalarga erishishdan emas, balki amalga oshiriladigan «faoliyat» ning
o‘zidan iboratdir.
Shunday qilib, o‘yin bolani buyumlar va hodisalarning nutq ama-
liyotida mujassamlashgan mohiyatlarini o‘zlashtirib olishini va ushbu
mohiyatlarni ishlata bilishni mashq qildiradi. O‘yin bajarilayotgan ha-
rakatlarni aynan jarayon sifatida anglashini rivojlantiradi, bu jarayon-
larning o‘zini o‘zi idora qilish asosida bajarilishini o‘rgatadi, pirovar-
109
dida esa o‘zini aniq harakatlar subyekti sifatida idrok etishdan moyil
rolni bajaruvchi, ya’ni insoniy munosabatlar qiluvchi subyekt sifatida
idrok etish darajasiga qadar rivojlanganligini anglab yetishiga imkoni-
yat yaratadi.
Ta’lim insonning hayot mobaynidagi eng murakkab faoliyatlari-
dan biridir. Faoliyatning alohida turi bola hayotida sodir bo‘ladigan
vaqt ham yetib keladi. Bu maqsadi bevosita muayyan axborotlarni,
harakatlarni, xulq-atvor shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyat-
dir. Subyektning o‘rganishni o‘ziga maqsad qilib olgan bunday o‘ziga
xos faoliyati ta’lim deb ataladi. U quyidagilardan tarkib topadi:
– ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli
tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning ahamiyatli xossalari
xususidagi axborotlarning o‘zlashtirilishi (bu jarayonning mahsuli
bilimlardir);
– faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topadigan usullar va
jarayonlarning o‘zlashtirilishi (bu jarayon mahsuli malakadir);
– qo‘yilgan vazifa va ilgari surilgan maqsadga muvofiq keladigan
usullar va jarayonlarni to‘g‘ri tanlash hamda nazorat qilish uchun
ko‘rsatilgan axborotdan foydalanish yo‘llarining egallanishi (bu jara-
yon mahsuli ko‘nikmalar hosil qilinishidir).
Shunday qilib, ta’lim kishining harakatlari muayyan bilimlar, ma-
lakalar, ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olishga qaratilgan ongli maqsad bi-
lan idora qilingan joydagina yuz beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
ta’lim o‘ziga xos insoniy faoliyatdir.
Hayvonlarda faqatgina o‘rganish bo‘lishi mumkin. Lekin odamda
u faqat o‘z xatti-harakatlarini anglab yetilgan yuksak xayoliy maqsad-
ga (idealga) ko‘ra yo‘naltirish layoqatiga ega bo‘lgandagina ta’lim
faoliyati yuz berishi mumkin. Bunday layoqatning yetarli darajada
rivojlanishiga faqat olti-yetti yoshga chiqqan paytga kelib, faoliyat-
ning oldingi turlari – o‘yin, nutq, amaliy xulq-atvor va shu kabilar ne-
gizida shakllana borgan holda erishiladi.
O‘quv faoliyatini shakllantirishning eng birinchi sharti bolada
muayyan bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish uchun
anglanilmagan motivlar tug‘ilishi hisoblanadi.
Bularning hammasi qay tarzda, qanday vositalar bilan qanday ma-
terialda va qaysi maqsadda bajariladi, qanday axborot ma’lum qilinadi
va qanday harakatlar o‘zlashtiriladi kabi masalalarning hammasi bilan
110
alohida fan – pedagogika fani shug‘ullanadi. Biroq bunda psixologiya
fanining ham o‘rni salmoqlidir.
O‘quv faoliyati kishini ijtimoiy foydali faollik ko‘rsatishning har
xil turlari uchun zarur bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar bilangina
qurollantirib qolmaydi. U kishida shuningdek, o‘zidagi psixik jarayon-
larni idora qilish, o‘z xatti-harakatlari va operatsiyalarni tanlay bilish,
uyushtirish va yo‘naltira bilish malakalarini, bajarilayotgan vazifaga
mos keladigan ko‘nikmalar va tajribani ham shakllantiradi, o‘quv
faoliyati shu tariqa kishini mehnatga tayyorlaydi.
Mehnat muayyan ijtimoiy foydali yoki hech bo‘lmaganda jamiyat
iste’mol qiladigan moddiy yoki ma’naviy mahsulotni ishlab chiqarish-
ga yo‘naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat kishining eng yetakchi va
asosiy faoliyatidir. Insoniyat agar mehnat qilishni to‘xtatsa, u (tur sifa-
tida) o‘z hayot-faoliyati tugatgan bo‘lar edi.
Shuning uchun ham mehnat faoliyatini kishining hayot kechirishi-
ni, boshqa turlar ustidan g‘alaba qozonishini hamda tabiat kuchlari va
moddalaridan foydalanishini ta’minlovchi o‘ziga xos turga oid xulq-
atvor deb hisoblash mumkin. Jamiyatda har qanday mahsulotning ish-
lab chiqarilishi, ayni paytda, mehnat qilish, uning mahsulini taqsim-
lash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida odamlarning muayyan
munosabatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘lib ham hisoblanadi.
Shu tariqa kishi mehnat jarayonida bajaradigan harakatlar biologik
ehtiyoj bilan emas, balki ilgari surilgan ishlab chiqarish maqsadi va bu
maqsadni ro‘yobga chiqarish jarayonida uning boshqa odamlarga
nisbatan munosabatlari bilan belgilanadi. Bunday harakatlarni bajarish
va boshqarish uchun axborotni qayta ishlashning oliy jarayonlaridan
foydalanish va, eng avvalo, tasavvur va tafakkurni ishga solish zarur.
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y
bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tuti-
shi, egallagan mavqei ham o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning
amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiya-
da «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya»
tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga
ega.
Motivatsiya deb insonni faol faoliyatga undovchi sabablar maj-
muiga aytiladi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib be-
rish kerak bo‘lganda qo‘llaniladi, ya’ni: «Nega?», «Nima uchun?»,
111
«Nima maqsadda?», «Qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga ja-
vob qidirish motivatsiyani qidirishdir. Demak, u xulqning motivatsion
tasnifini yoritishga olib keladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, faoliyat shaxsning shakl-
lanishida va komil inson bo‘lib yetishida asosiy manba bo‘lib hisobla-
nadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatini ku-
zatadigan bo‘lsak, unda faoliyatning barcha mexanizmlari ishtirok eta-
di. Ayniqsa, ko‘nikma va malakalar juda katta ahamiyat kasb etadi.
Faoliyatning barcha turlari insonning tug‘ilganidan tortib to umrining
oxirigacha davom etib boradi va bir-birining o‘rnini doimo to‘ldirib
turadi.
Hozirgi jamiyatda mehnat taqsimoti tufayli kishi o‘zi uchun talab
qilingan barcha narsalarni faqat ishlab chiqarmaydigina emas, balki
birorta ham mahsulotni ishlab chiqarishda deyarli hech qachon boshi-
dan oxiriga qadar ishtirok etmaydi. Shuning uchun ham jamiyatda har
qanday mahsulotning ishlab chiqarilishi, ayni paytda, mehnat qilish,
uning mahsulini taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida
odamlarning muayyan munosabatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘lib ham
hisoblanadi.
O‘yin faoliyati davrida shaxsning qiziqishlari, dunyoqarashi, xoti-
rasi, fikrlashi, tafakkuri va boshqa bir qancha fazilatlari shakllanib bo-
radi. Ta’lim davrida esa inson o‘zining bilim va uquvlarini samarali
egallashga erishadi. Dunyoviy bilimlarning nazariy va amaliy tomon-
lari bilan tanishib chiqadi. Dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirib
boradi. Mehnat davrida esa muayyan mehnatning biron-bir turi bilan
mashg‘ul bo‘ladi. Bu davrda asosan ko‘nikma va malakalar, tajribalar
shakllanib, takomillashib boradi.
Shunday qilib, odamlarning amaliy ijtimoiy mehnat bilan kechadi-
gan turmushining o‘zi ular uchun buyumlarning yangi mohiyatlari va
ularga nisbatan yangi munosabatni yaratadi. Voqelikka nisbatan bun-
day munosabatda bo‘lish esa, ongning negizini tashkil etadi. U kishini
buyumlarga nisbatan faoliyat subyektiga va odamlarga nisbatan esa
shaxsga aylantiradi.
U kishini tevarak atrofdagi olamning qulidan uning sohibi daraja-
siga ko‘taradi, kishiga bu olamni qayta o‘zgartirish va uzoqqa mo‘ljal-
langan maqsadlarga erishish uchun intilish imkonini beradi, kishining
xatti-harakatlarini ongli ravishda rejalashtirilgan faoliyatga va uning
yer kurrasida mavjudligini esa moslashgan holda hayot kechirishdan
ma’lum bir mazmun va yuksak maqsadga ega bo‘lgan faol hayot
kechirishga aylantiradi.
112
8-ma’ruza
ASOSIY IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
KO‘RINISHLARGA TAVSIF
1. Psixologiyada «jamoa» va «guruh» tushunchasi.
2. Jamoa va guruhlarda shaxslararo munosabat.
3. Ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar dinamikasi va statistikasi.
1. Psixologiyada «jamoa» va «guruh» tushunchasi
Psixologiya bilimlar tizimida nisbatan navqiron, lekin juda tez ri-
vojlanib borayotgan istiqbolli fandir. Bu fanning rivojlanishiga, avva-
lo, ijtimoiy hayot va amaliyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlari, ya’ni
jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarning ijtimoiy-psixologik ji-
hatdan o‘rganib, tushuntirib berish zarurati turtki bo‘lyapti. Ijtimoiy
jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan insonning o‘zini atroflicha
o‘rganishga bo‘lgan talabning ortib borayotganligi sabab bo‘lmoqda.
Inson murakkab mavjudot, shuning uchun uni bir qancha fanlar
o‘rganadi.
Yuridik psixologiya fani turli guruhlar, jamoalar, har xil uyushgan
va uyushmagan kishilar birligida odamlarning o‘zaro ijtimoiy munosa-
batlarga kirishishi natijasida ular ongida vujudga keladigan ruhiy hodi-
salarni, shuningdek shaxslararo munosabatlarning turli shakllari va
uning qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Odamlarning faqat individual-psixologik xatti-harakatlarinigina
emas, balki ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida namoyon bo‘ladigan
xulq-atvorlarini o‘rganish va uni bayon etish qadimgi dunyoning bu-
yuk olimlari Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur kabilarning asarlarida
uchraydi. Chunonchi, Aflotunning «Respublika», Arastuning «Siyo-
sat» va «Etika» asarlarida, keyinchalik o‘rta asrlarda yashab ijod etgan
mutafakkirlar – Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Beruniyning
«Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar», Jaloliddin Rumiyning
«Ichingdagi ichingdadir» kabi asarlarida shaxsning ruhiy va etnik
(milliy) xususiyatlari, uning turli xil urf-odatlari, an’analari, udum va
marosimlarini o‘rganish va tushuntirib berishga bo‘lgan intilish kuchli
bo‘lganini ko‘ramiz.
113
Hozirgi kunga kelib guruhlar muammosi ustida bir necha fanlar
mustaqil izlanishlar olib bormoqda. Biroq psixologiya nuqtai nazari-
dan «guruh», «jamoa», va «lider» tushunchalari o‘ziga xos ahamiyatga
egadir. Uning zamirida guruhlarning ijtimoiy-psixologik kelib chiqi-
shi, shakllanish jabhalari, strukturasi, shaxslararo munosabatlari
yotadi.
Ma’lumki, jamiyatimizda bir qancha tashkilotlar, jamoalar, uyush-
malar, guruhlar, partiyalar, turli xil siyosiy harakatlar va bir qancha
turli xil ko‘rinishdagi jamoalar mavjud. Shu bilan birga, jinoiy olam-
ning guruh, tashkilot, uyushma va harakatlari ham mavjud bo‘lib,
aksariyat hollarda bunday to‘dalar sovuq va o‘qotar qurollarga ega
bo‘ladilar.
Mustaqil O‘zbekistonimizda ham shunga o‘xshash terroristik, di-
niy-ekstremistik guruhlar mavjuddir. Bu guruhlar muqaddas islom di-
nini niqob qilib olgan holda yoshlarning ma’naviyati, mafkurasi va
dunyoqarashini buzmoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov ikkinchi cha-
qiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasida
qilgan ma’ruzasida ham jinoyatchilikka, ayniqsa o‘smirlar va ayollar-
ning jinoyat olamiga kirib kelayotganini ta’kidladi: «Bugungi kunda
voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar umumiy
jinoyatlar miqdorining 4 %, ayollar tomonidan sodir etilayotgan ji-
noyatlar esa qariyb 11 foizini tashkil etadi. Jazoni ijro etish muassasa-
larida jazo muddatini o‘tayotganlarning umumiy miqdorining 1 % i
voyaga yetmaganlar, 2,3 % i esa ayollardir»1. Bu ko‘rsatkichlar in-
sonlarning turli xildagi oqimlar va jinoiy guruhlarga qo‘shilib ketishi-
dan dalolat beradi.
Shaxsni kamol toptiradigan va tarbiyalaydigan jamoa o‘zi bilan
jamiyat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Mehnat jamoasi o‘zining
yuksak ko‘rinishlarida kishi shaxsini har tomonlama kamol toptirish
uchun shart-sharoit yaratadi. Psixologiyada jamoa muammosini guruh-
larni tahlil qilib bo‘lgandan so‘ng o‘rganish mumkin.
Guruh muayyan belgiga, sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat
ko‘rsatishning mumkinligiga aloqador bo‘lgan ijtimoiy jamoa hisobla-
nadi. Guruhlarning tavsiflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo‘lib,
kichik va katta guruhlarga bo‘linadi, o‘z navbatida, ular ham shartli
1
. – 2001. – 30 .
114
ravishda formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga
bo‘linadi. Rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan, ya’ni rivojlangan va
yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga,
uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga bo‘linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan
anchagina odamlarni o‘z tarkibiga olgan ijtimoiy xususiylikni tashkil
qiladigan real guruhlar shaklida bo‘lishi mumkin.
Katta guruhlar ba’zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va
boshqa belgilari)ga binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli
guruhlar shaklida bo‘lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritil-
gan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uchrashmagan bo‘lsalar ham,
lekin bu xildagi guruhga ajratilishi uchun asos bo‘lgan belgilariga
ko‘ra, umumiy ijtimoiy va psixologik ta’rifga ega bo‘lishlari mumkin.
Katta guruhlardagi (katta muhit) ijtimoiy-psixologik hodisalar o‘r-
ganiladi. Bunga milliy urf-odat, xarakter, turli sinf va ijtimoiy qatlam-
larga xos psixologik xususiyatlarning vujudga kelish qonuniyatlarini
o‘rganish, shuningdek ommaviy axborot vositalari (radio, televide-
niye, matbuot, internet va boshqalar)ning kishilar jamoasiga ko‘rsata-
digan ta’siri va uning mexanizmlari, ijtimoiy qadriyat, kishilar o‘rtasi-
da modalarning vujudga kelishi va uning yoyilishi, turli-tuman mish-
mishlarning tarqalishi kabi masalalarni o‘rganish kiradi.
Kichik guruhlar, odatda, unchalik ko‘p bo‘lmagan ikki kishidan
tortib bir necha o‘n kishini birlashtiradi. Kichik guruhlarga: oila,
o‘quv maskanidagi guruhlar, ishlab chiqarish korxonalaridagi brigada-
larni kiritish mumkin. Kichik guruh birlamchi va mikroguruh deb ham
yuritiladi. Bu guruhda shaxsiy munosabat va aloqalar bevosita va
mustahkam asosga qurilgan bo‘ladi. Kichik guruhning jamiyatda
tutgan o‘rni haqida gapirganda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1) inson bolasi o‘ziga mansub bo‘lgan guruh a’zolari bilan ijti-
moiy munosabatlarga kirishgandagina, u shaxs bo‘lib voyaga yetadi.
Jamiyatdan tashqarida inson shaxs bo‘lib voyaga yetmaydi, jamiyat
esa kichik-kichik guruhlardan tashkil topgan yirik ijtimoiy organizm-
dir. Shaxsga xos bo‘lgan qaysi bir xususiyatni: saxiylik yoki xasislik,
rostgo‘ylik yoki yolg‘onchilik, kamtarinlik yoki takabburlik va shunga
o‘xshash yuzlab xususiyatlarini olib o‘rganadigan bo‘lsak, uning bar-
chasi ijtimoiy xarakterga ega ekanligini bilamiz;
115
2) guruh doimo shaxs faoliyatiga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsa-
tib, uning xulq-atvorini nazorat qilib turadi. Shaxsning guruhda baja-
radigan faoliyati bilan tanholikda o‘zi bajaradigan faoliyati o‘rtasida
tafovut mavjudligi eksperiment asosida o‘rganilgan;
3) kichik guruhlarda maqsadlar va faoliyatning umumiyligi mav-
jud bo‘ladi. Birgalikda qilinadigan faoliyat guruhiy ongni paydo qi-
ladi, ya’ni ma’lum guruhga mansublik unda mavjud bo‘lgan tartib-
qoidalarga bo‘ysunish, burch, mas’uliyat, vazifalarni anglash shaklla-
nadi;
4) kichik guruhga ta’sir etib turuvchi liderning (peshqadam) ajra-
lib chiqishi, uning tan olinishi guruh faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qator amaliy va nazariy maqsadlar kichik guruhga xos bo‘lgan
qonuniyatlarni chuqurroq bilib olishni taqozo qiladi. Bularga quyida-
gilar kiradi:
a) jinoyatchilikka qarshi kurashishda va ularning oldini olishda,
jamiyatda qonunbuzarlik va jinoyatlarni to‘ldiruvchi ijtimoiy-psixolo-
gik omillar o‘rganiladi;
b) psixologik mos kelish masalalarini o‘rganish, qiyin, murakkab
sharoitlarda ishlash uchun sherik tanlash masalasi;
c) guruh tuzilishi, uning strukturasi, miqdorini bilish. Faoliyat xa-
rakteriga ko‘ra, guruh miqdori har xil bo‘lishi mumkin.
Guruh a’zolari o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalar maqsad
va xarakteriga ko‘ra barcha guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga
bo‘lishimiz mumkin.
Rasmiy guruhda guruhning har bir a’zolarini tutgan o‘rni, huquq
va burchlari, qat’iy normalari, qoidalari asosida belgilab qo‘yilgan
bo‘ladi. Shu normalar asosida shaxslararo munosabatlar vujudga kela-
di. Xizmat vazifalarini bajarish xarakteri, mas’uliyat darajasi va guruh
faoliyatiga qo‘shgan hissasiga qarab guruhlarning har bir a’zosi o‘z
mavqeiga ega bo‘ladi.
Norasmiy guruhda aniq maqsadlar belgilanmagan kishilar o‘rtasi-
dagi munosabatlar esa hissiy-psixologik tuyg‘ular orqali qo‘shilgan
bo‘ladi. Norasmiy guruhdagi munosabatlar ma’lum bir tuzilishga, nor-
malarga ega bo‘lishi ham mumkin. Agar norasmiy guruh rasmiy guruh
ichida bo‘lsa, u jamoadagi guruh deyiladi. Bunday guruh a’zolarining
aksariyati bir-birlarini yaxshi bilgan kishilar bo‘ladi.
116
Hozirgi kunda respublikamizda turli xil jinoiy norasmiy guruhlar
mavjuddir. Ularning maqsad va vazifalarini guruh lideri belgilaydi.
Turli ekstremistik-terroristik, uyushgan jinoiy guruhlar hamda diniy-
ekstremistik guruhlar bularga misol bo‘la oladi. Ularning asl maqsadi
har xil terroristik harakatlar, omma orasida mish-mishlar tarqatish,
ommani turli diniy-ekstremistik g‘oyalar bilan zaharlash, davlat
to‘ntarishini uyushtirib, hokimiyatni qo‘lga olish, dinlararo va millat-
lararo adovat va nafratni qo‘zg‘atishdir. Bu norasmiy guruhlar asosan
kichik guruhlarni tashkil etadi.
Birgalikda qilinayotgan faoliyatning mazmuni, maqsadi, vazifa-
lari, prinsip va ahamiyatiga ko‘ra guruhlar turlicha bo‘ladi. Kichik
guruhlarning bir necha turlari mavjud.
Referent guruh. O‘z norma va tushunchalari bilan shaxsning ijti-
moiy munosabatlarga kirishishda, xulq-atvorlarini boshqarishda va
namoyon bo‘lishida yetakchi ta’sir etuvchi guruh referent guruh deb
ataladi. Bu atamani birinchi marta 1942 yil amerikalik psixolog
X. Xaymen muomalaga kiritgan. Shaxs yuqori baholaydigan guruh-
dagi norma va munosabatlar, ularning yurish-turishi, xulq-atvori uning
ichki mezoni bo‘lib qoladi. Shaxs nafaqat o‘z xulq-atvorini, balki
boshqalarning xulq-atvorini ham shu andaza orqali baholaydi. Har bir
guruhda kishilar o‘rtasidagi munosabatlar 2 xil ko‘rinishda kechadi:
a) bevosita, ya’ni bir-birini yoqtirish yoki yoqtirmaslik asosida;
b) bavositalik asosida, bunda guruhdagi shaxslararo munosabatlar
guruh faoliyati maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini
farqlaydilar.
Normativ guruhlar. Shaxs bu guruhdagilarni ma’qullaydi, ularga
amal qilishga hamisha tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga, birinchi
navbatda, oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, kasbiy guruhlarni ki-
ritish mumkin. Masalan, o‘zbek xalqi uchun dasturxon atrofiga o‘tir-
gan zahoti yuziga fotiha tortish, mezbonlarning mehmonlarga «xush
kelibsizlar» deyishlari norma hisoblanadi va har bir oilada shunday
harakatlarga nisbatan ijobiy ustanovka shakllanadi.
Qiyoslash guruhlari. Shaxs bu guruhga kirishga, uning ma’qulla-
shiga muhtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z harakatlarini yo‘lga solishda unga
asoslanadi.
117
Negativ guruhlar. Shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz
kechadi. Chunki bunday guruhlar uning shaxsiy qarashlaridan mutlaqo
farq qiladi.
Diffuz guruh stixiyali, tasodifan to‘plangan va shaxslararo muno-
sabatlar bevositalik asosida qurilgan kishilar birligidir. Bu guruhlar
miqdori bir necha kishidan minglab kishini tashkil qilishi mumkin,
masalan, avtobus bekatida to‘planib turgan odamlar diffuz guruhiga
kiradi. Diffuz guruh ma’lum vaqt saqlanib tursa, guruhiy tabaqalanish
boshlanadi, ya’ni lider ajralib chiqadi.
Guruh ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to‘plangan,
muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, gu-
ruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror-bir faoliyatning bo‘lishi
hamda u yerda odamlarning o‘zaro muloqoti uchun imkoniyatning
mavjudligi.
Guruhlarning turlari. Kundalik hayotda shaxs muloqotda bo‘ladi-
gan, vaqtini birgalikda o‘tkazadigan kishilar guruhi ham turli xil bo‘-
ladi. Masalan, agar odamlar ko‘chada tasodifiy hodisaning tomoshabi-
ni bo‘lib turishgan bo‘lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, olo-
mon deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o‘sha odamlarning barchasiga
aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir-birlariga ta’sir ko‘r-
satish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Amerikalik psixolog C. Kuli hamkorlikning darajasiga ko‘ra, gu-
ruhlarni birlamchi va ikkkilamchi turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif
etadi. Birlamchi guruhda shaxslararo o‘zaro ta’sir yuzma-yuz, bevosi-
ta ro‘y beradi. Masalan, oila davrasida, sinfda hisobchilar xonasida
o‘tirganlar birinchi guruhga misoldir.
Ikkinchi guruhdagi odamlarning har doim ham bevosita muloqot-
da bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat va
o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy
faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi. Jamoa o‘spirin va yoshlar-
ning shaxsini shakllantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratila-
digan birlik hisoblanadi. Oila jamoasi, maktabdagi o‘quv-tarbiya
jamoasi, korxona jamoasi, nihoyat kechagi maktab o‘quvchilari o‘rta
ma’lumot olganidan keyin borib qo‘shiladigan mehnat jamoalari shun-
day bir ijtimoiy muhit hisoblanadiki, unda shaxsning voyaga yetishi
va har tomonlama rivojlanishi yuz beradi.
118
2. Jamoa va guruhlarda shaxslararo munosabat
Guruhga kiruvchi odamlar bir-birlariga va guruhning faoliyatiga
nisbatan bir xil nuqtai nazarda bo‘lmaydilar. Guruhning har bir a’zosi
o‘zining ishchanligi va shaxsiy fazilatlariga, o‘z maqomiga, ya’ni
uning guruhda tutgan o‘rni haqida dalolat beradigan, mustahkamlab
qo‘yilgan huquq va burchlariga, uning xizmatlari va fazilatlarini
guruhning tan olishi yoki olmasligini aks ettiradigan nufuziga binoan
guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan mavqeiga ega
bo‘ladi.
Psixologiyada guruh ichidagi tabaqalanishning ikkita asosiy tizimi
– sotsiometrik va referentometrik afzal ko‘rish va tanlashlar alohida
ajralib turadi.
Amerikalik psixolog J. Moreno guruhlarda shaxslararo afzal ko‘-
rishni aniqlash usulini va emotsional afzal ko‘rishni qayd qilish texni-
kasini taklif etadi. Buni u sotsiometriya deb atadi. Sotsiometriya yor-
damida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh a’zolarida
namoyon bo‘ladigan afzal ko‘rishlarning, befarqlik yoki xush ko‘r-
maslikning miqdoriy me’yorini aniqlash mumkin. Sotsiometriya gu-
ruh a’zolarining bir-birini xush ko‘rishi yoki xush ko‘rmasligini aniq-
lashda keng qo‘llaniladi. Guruh a’zolarining o‘zlari bunday munosa-
batlarni anglab ola olmasliklari va ularning mavjudligi yoki mavjud
emasligi haqida o‘zlariga hisob bermasliklari mumkin.
Sotsiometrik usulning negizida «Sen kim bilan birga bo‘lishni
xohlaysan» degan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol turadi. U kishilar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlarning xohlagan jabhasiga tatbiqan qo‘yilishi mum-
kin. Qoida tariqasida, tanlashning ikki yo‘nalishi – birgalikda mehnat
qilish sohasidagi va vaqtichog‘lik qilish sohasidagi yo‘nalishlari tav-
siya qilinadi.
Bu o‘rinda tanlashning maqbulligi darajasiga (benihoya istak bor-
ligi, bajonidilligi, befarqligi, unchalik istamayotganligi, sira ham istak
yo‘qligi) aniqlik kiritilishi va tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxs-
lar soni cheklangan bo‘lishi ham mumkin. Tanlashlarni tanlash mat-
ritsasiga tushirish chog‘ida yanada tahlil etish o‘zaro xush ko‘rish va
xush ko‘rmasliklarning murakkab tarzda chatishib ketganligini va qa-
rama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘inlarning butun iyerar-
xiyasini ko‘rsatib beradi.
119
Shunday savol tug‘iladi: guruhdagi o‘zaro munosabatlarning
sotsiometriya metodi uchun yashirin bo‘lib qoladigan, lekin bu mu-
nosabatlarning faqat tashqi jihatini oddiy kuzatuvga qaraganda ancha
tez va aniqroq ko‘rsatib bera oladigan haqiqiy ichki rivojlanishni
qanday aniqlash mumkin? Guruh ichidagi o‘zaro birgalikdagi harakat-
ning tashqi manzarasi guruh a’zolari o‘rtasidagi teran munosabatlar-
ning oqibati sifatida qaralishi mumkin, lekin sotsiometriya afzal ko‘-
rish va yakkalanib qolishning sabablarini aniqlamaydi.
Har qanday guruh tuzilishiga ko‘ra guruh a’zolari nufuzi va ma-
qomining o‘ziga xos darajasini aks ettiradi. Uning yuqori qismidan re-
ferentometrik va sotsiometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o‘rin oladi,
eng orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan surib chiqarilgan
individlar turadi. Mazkur iyerarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqi-
chida guruhning peshqadami (lideri) joylashadi.
Peshqadam guruhning qolgan barcha a’zolari uchun o‘zlarining
manfaatlariga daxldor bo‘lgan hamda butun guruh faoliyatining
yo‘nalishini va xususiyatini belgilab beradigan eng mas’uliyatli
yechimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblangan shaxsdir. Shunday
qilib, peshqadam guruhning eng muhim muammolariga nisbatan eng
ko‘proq darajadagi referentlik egasi bo‘lgan shaxsdir. Peshqadam
sotsiometrik «yulduz» bo‘lishi ham, aksincha, tevarak-atrofdagilar-
ning shaxsiy xayrixohligiga sazovor bo‘lmasligi ham mumkin.
Peshqadam rasman guruhning rahbari bo‘lishi ham, aksincha bo‘-
lishi ham mumkin. Peshqadam bilan rahbarlikning yagona bitta shaxs-
ga to‘g‘ri kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday
muvofiqlik bo‘lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi
rasmiy rahbar (masalan, sinfboshi) bilan norasmiy peshqadam yoki
peshqadamlar o‘rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz berishiga
bog‘liq bo‘ladi.
Jamoada peshqadam o‘z o‘rtoqlari qarshisida tahlil qilish va eri-
shish uchun namunaga aylanib qolayotgan shaxsiy fazilatlar sohibi
sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday peshqadamning shaxsiga mansub
fazilatlar mazkur yoshdagi guruhda qabul qilingan va tan olinadigan
qadriyatlarga mos keladi.
Tajriba yo‘li bilan shu narsa aniqlanganki, yuqori sinf o‘quvchi-
lari o‘z tengdoshlariga faqat shu yoshda alohida qimmatga ega deb tan
olinadigan fazilatlardan emas, balki ularning o‘zlarida sust rivojlangan
120
yoki umuman mavjud bo‘lmagan fazilatlardan kelib chiqqan holda
ham baho beradilar. Bu xildagi fazilatlarga ega bo‘lgan o‘rtoqlarning
ta’siri ancha kuchli bo‘ladi va ular obro‘-e’tibor qozonish uchun,
jamoasida peshqadamlikka erishish uchun ko‘pgina asosga egadir.
Masalan: «Biz u bilan birga qayin shirasini yig‘ish uchun o‘r-
monga borib turardik. O‘shanda oyog‘im shunchalik lat yegan ediki,
yurolmasdan qolgandim. U hech o‘ylab o‘tirmasdan, meni yelkasiga
ko‘tarib, o‘rmondan olib chiqqan edi. Holdan toyib qolsa ham, ba-
ribir meni eltib qo‘ygandi... Sinfimizda kecha o‘tkazgan edik.
Hammasi juda yaxshi o‘tayotgandi. Lekin bolalar tarqala boshlagan
ediki, mast-alast kishilar bir qizga tegajoqlik qila boshladi. Kim
birinchi bo‘lib qizni himoya qilishga o‘tdi, deng? Solovyov».
«...Men Valyaga o‘xshagan bo‘lishni xohlayman. Menga uning
ochiqligi, hayotdagi sobitqadamligi yetishmaydi. Lekin u yonimda
bo‘lsa, yuz berayotgan voqea-hodisalarni hamisha oqilona bahola-
shimga yordam beradi1» (o‘quvchilar yozgan insholardan).
Jamoani aynan bir xil qilish xatti-harakatlarga undovchi mayllar-
ning alohida bir xususiyatiki, bunda subyekt ma’naviy prinsiplarga
tayangan holda jamoaning boshqa barcha a’zolariga, o‘ziga qanday
bo‘lsa, shunday tarzda, o‘ziga ham o‘z jamoasidagi boshqa barcha
kishilarga bo‘lganidek munosabatda bo‘ladi. Jamoadagi bir xillilik
sharoitida «men» va «ular» degan ziddiyat «biz» degan tushuncha
orqali barham topadi.
Jamoani aynan bir xil qilish altrustik tarzdagi yoppasiga yaxshilik
qilishdan ham va tevarak atrofdagilarga nisbatan xudbinlarcha
iste’molchilik munosabatidan ham bab-baravar voz kechishni taqozo
etadi. Insonparvarlik, o‘rtog‘iga nisbatan talabchanlik ko‘rsatish bilan
birga, uning to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish jamoatchilikka asoslangan
o‘zaro munosabatlar mezonidir. Shaxsning har tomonlama va uyg‘un
tarzda voyaga yetishi uchun qulaylik tug‘diradigan psixologik muhit
ana shunday paydo bo‘ladi.
1
슘슘슘슘슘슘슘슘슘슘슘슘슘 / . . 슘. 슘슘슘슘슘슘슘슘슘,
. . . – ., 1981. – . 238.
121
3. Ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar dinamikasi
va statistikasi
Jamoaning bir xil bo‘lib qolishi va qadriyatlarga mo‘ljallangan
birlikni aniqlashdan tashqari, birgalikdagi faoliyat natijalari uchun
mas’uliyat yuklanishining aynan bir xilligi hodisasi mavjudligi yoki
mavjud emasligiga qarab ham jamoadagi alohida guruhlarning birla-
shuvi haqida fikr yuritish mumkin. Mas’uliyatni yuklash xususiyatlari
birgalikdagi faoliyat jarayonida yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik uchun
ma’qullash yoki jazolash shaklidagi har xil ijtimoiy sanksiyalar shaxs-
ning o‘ziga yoki guruhdagi boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llashning
to‘g‘riligini tan olishda namoyon bo‘ladi.
Mas’uliyat yuklash hodisasi G‘arb ijtimoiy psixologiyasida kishi-
ga muvaffaqiyatsizlik uchun mas’uliyat yuklanishi va yutuqqa erish-
gani uchun hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosh-
qa bir individning kimligiga va faoliyatning qanday vaziyatda sodir
bo‘lishiga – uning kooperativ yoki raqobat asosidami ekanligiga
bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladigan yoki namoyon bo‘lmaydigan indi-
vidual-psixologik xususiyati sifatida o‘rganiladi.
Jamoada mas’uliyatning yuklanishi, asosan, obyektiv xususiyatga
ega bo‘ladi, har bir kishining shaxsiy xususiyati esa birgalikdagi
faoliyatning pirovard muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligiga bog‘-
liq bo‘lmagan holda, amalda to‘g‘ri baholanadi. Yaxshi rivojlanmagan
guruhda aksincha manzara kuzatiladi. Unda sinovchi birgalikdagi fao-
liyatda muvaffaqiyatga erishilgan holda, ko‘pincha, o‘zining xizmat-
larini ta’kidlaydilar, muvaffaqiyatsizlik yuz bergan holda esa, aksin-
cha, aybni boshqa barcha kishilarga yoki hech bo‘lmasa «obyektiv
sharoitlarga» yuklashga urinadilar.
Bunday guruhda mas’uliyatni yuklash hodisalari, asosan, bahola-
nish subyektining individual-psixologik xususiyatlari bilan belgilana-
di, deb faraz qilish mumkin, bu esa aynan G‘arbdagi ijtimoiy psixo-
loglar tajriba bilan aniqlagan va umuman kichik guruhlar ta’rifiga
taalluqli deb noto‘g‘ri xulosa qilingan o‘sha qonuniyatlar va bog‘la-
nishlar namoyon bo‘ladigan sohadir.
Real tarzda bajarilgan va ijtimoiy jihatdan baholanadigan faoliyat
jarayonida erishiladigan yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklar uchun
mas’uliyatning qayd etilishidagi har xillik guruhda mojarolar kelib
122
chiqishiga sabab bo‘ladi. Hamma joyda ham birgalikdagi faoliyat ish-
tirokchilari o‘zlarining umumiy ishga qo‘shgan hissalarini obyektiv
ravishda baholashga qodir bo‘lmaganliklari sababli, ularning baholari
hech shubhasiz subyektiv ruhda bo‘ladi.
Jamoaning subyektivizm hollariga to‘sqinlik qiluvchi ma’naviy
kuchlari jamoa a’zolarining uning barcha a’zolari qabul qilgan axloqiy
qoidalar asosida bir-biri bilan sig‘ishuvi uchun soqit qilmaslik, «o‘z
aybingni birovga to‘nkamaslik», erishilgan yutuqni o‘zingniki qilib
olmaslik, umumiy muvaffaqiyatlarga erishilganda, boshqalarning
o‘rni va ahamiyatini kamsitmaslik, «obyektiv holatlarga» ishora qil-
maslik va boshqalar ana shunday qoidalar jumlasiga kiradi.
Oila ham bir jamoa bo‘lib, qadriyatlarga mo‘ljallangan birlikning
mavjudligi oila tarbiyasining eng muhim prinsipi, oilaning jamoa tari-
qasidagi jiddiy xususiyati hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyatda erishil-
gan yutuq va muvaffaqiyatsizlik munosabatlar va shu jumladan, oila-
dagi munosabatlarning alohida ajralib turadigan xususiyatlaridan biri-
dir. Mas’uliyatning aynan o‘ziga o‘xshash belgilari faqat oiladagi qu-
lay psixologik muhitning belgisi bo‘lib qolmasdan, balki oilaviy
jamoa a’zolari sig‘ishuvchanligining sharti hamdir. Agar odamlar bir-
galikdagi faoliyatga har bir kishining qo‘shgan hissasini haqqoniy
baholashga layoqatli bo‘lmasa, bu albatta mojaro chiqishiga olib kela-
di, oila jipsligining negizlarini bo‘shashtirib yuboradi. Aytilgan gaplar
oilaning har qanday a’zosiga bab-baravar taalluqlidir.
Oilada jamoaning aynan bir xil bo‘lib qolishi bolaga hadeb rahm-
dillik qilaverishdan va unga hamma narsani ravo ko‘raverishdan ham,
bolaga nisbatan xudbinlarcha, g‘arazgo‘ylik bilan munosabatda bo‘-
lishdan ham bab-baravariga voz kechishni taqozo etadi. Bunda bolalar
to‘g‘risida va ularning rohat-farog‘ati haqida amaliy g‘amxo‘rlik ham-
da shu bilan birga, ota-onalar mabodo ularning o‘rnida bo‘lganlarida
o‘zlariga nisbatan qanday talab qo‘yishsa, xuddi ana shunday talablar
qo‘yilishi ko‘zda tutiladi.
Psixologiya fanida «guruh», «jamoa» tushunchalari dolzarb
muammo sifatida qaraladi. Guruhning tuzilishi, shakllanishi, uning
maqsad va vazifalari bevosita milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar
asosida shakllanadi. Har bir guruh, u xoh katta yoki kichik guruh
bo‘lsin, o‘z mavqeiga, an’anasiga, ichki va tashqi tartib-qoidalariga
egadir.
Norasmiy guruhlarning maqsad va vazifalari, tuzilishi, liderning
guruh a’zolari bilan bo‘lgan shaxslararo munosabatini psixologik
jihatdan o‘rganish va tahlil qilish muhim vazifa hisoblanadi.
123
9-ma’ruza
MUOMALA QONUNIYATLARI VA IJTIMOIY IDROK
1. «Muomala» tushunchasi va uning turlari.
2. Insonlarning bir-birlarini tushunishlari va idrok etish mexa-
nizmlari.
3. Huquqni muhofaza qilish faoliyatida kasbiy muloqot va psixo-
logik aloqa o‘rnatish.
1. «Muomala» tushunchasi va uning turlari
Psixologiya nisbatan navqiron, lekin juda tez rivojlanib borayot-
gan istiqbolli fandir. Bu fanning rivojlanishiga, avvalo, ijtimoiy hayot
va amaliyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlari, ya’ni jamiyatda bo‘la-
yotgan ijtimoiy hodisalarni ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘rganib, tu-
shuntirib berish zarurati turtki bo‘lyapti. Ijtimoiy jihatdan katta ahami-
yatga ega insonning o‘zini atroflicha o‘rganishga bo‘lgan talabning
ortib borishi ham sabab bo‘lmoqda.
Psixologiya fani uchun eng murakkab muammolar qatoriga uning
asosiy kategoriyalari bo‘lmish shaxs, muomala, motivatsiya, faoliyat,
ong tavsifi, ularning takomillashuv bosqichlari, xususiyatlari, aks
ettirish imkoniyatlari, hukm surish qonuniyatlari va mexanizmlari
bo‘yicha aniq, mezoniy, tatbiqiy fikrlarni bildirish masalalari va
vazifalari kiradi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining kasbiy muloqot
jarayonlari etnopsixologik xususiyatlarga bog‘liq holda shakllanib bo-
radi. O‘zbeklarning tarixiy shakllangan an’analari, muayyan urf-odat-
lari, ma’lum udumlari, shaxslararo munosabati, muloqot maromi va
fikrlash xususiyati boshqa xalqlarnikidan sezilarli darajada tafovutla-
nadi.
O‘zbeklarning milliy xususiyati ulardagi fazilatlarning o‘ziga xos
jihatlar majmuasidan iborat. Milliy xususiyat o‘z ichiga irodaviy sifat-
larni (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiallik, o‘zini tuta bilish, bar-
doshlilik, qat’iylik, matonatlilik singari) va axloqiy xislatlar (madani-
yatlilik, xushmuomalalik, poklik, intizomlilik, samimiylik, haqqoniy-
lik, insonparvarlik va boshqalar)ni qamrab oladi. Shuningdek, inson-
124
larga nisbatan munosabatlarni va odamlarning o‘ziga nisbatan muno-
sabatni o‘zida ifodalaydi.
Yuridik psixologiya fani turli guruhlar, jamoalar, har xil uyushgan
va uyushmagan kishilarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishishi
natijasida ular ongida vujudga keladigan ruhiy hodisalarni o‘rganadi.
Shuningdek, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari va uning
qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Ma’ruzaning maqsadi huquqni muhofaza qilish organlarining xo-
dimlariga o‘zlarining faoliyatida uchraydigan muloqot turlari bilan ta-
nishtirish, aholi bilan bo‘ladigan muloqotda ularning talab va istaklari-
ni hisobga olgan holda muloqotga kirishish yo‘llarini o‘rgatishdan
iborat. Vazifasi esa muloqotning turlariga tavsif berish va mohiyatini
ochib berishdan iboratdir.
Ushbu ma’ruzadan ko‘zlangan maqsad, huquqni muhofaza qilish
organlari faoliyatidagi kasbiy muloqot va ijtimoiy idrokning alohida
tarkibiy qismlari bilan yaqindan tanishib chiqish hisoblanadi. Bundan
tashqari, muloqotning qonuniyatlari, mexanizmlari, turlarini o‘rganish
va psixologik jihatdan tahlil qilishdan iboratdir.
Muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, uning o‘z o‘rni va aha-
miyati mavjud. Muloqot odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat eh-
tiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p
qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rta-
sida axborot ayriboshlanishini o‘z ichiga oladi. Shaxslar munosobat-
ga kirishar ekan, eng muhim vositalardan biri bo‘lgan tilga murojaat
qiladilar. Muloqotning ikkinchi jihati munosobatga kirishuvchilarning
o‘zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas,
balki xatti-harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Muloqot ja-
rayoni shaxslarning qiziqishlariga, dunyoqarashiga, muomala mada-
niyatiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki shaxslardagi muloqot tabiiy
ehtiyojdir.
Odamlar o‘rtasida axborot almashish, o‘zaro ta’sirning yagona
yo‘lini ishlab chiqish, o‘zgalarni idrok qilish va tushunib baholashga
muloqot deyiladi.
Muloqotni nafaqat ijtimoiy psixologiya fani o‘rganadi, shuning-
dek u falsafa, pedagogika, mantiq, kriminologiya va etika fanlari tizi-
mida ham o‘rganiladi.
125
Bu predmetlar muloqotni o‘zlarining nuqtai nazaridan kelib chiq-
qan holda o‘rganadi. Psixologiya esa o‘zining predmeti nuqtai nazari-
dan kelib chiqib o‘rganadi, ya’ni muloqot jarayonida shaxslararo
munosabat psixologiyasiga e’tibor beriladi.
Muloqotning huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida quyi-
dagi turlari mavjud:
1) bevosita;
2) bilvosita;
3) rolli;
4) mazmunli;
5) rasmiy;
6) norasmiy.
Bevosita muloqot shaxs bilan «yuzma-yuz» suhbat bo‘lib, bunda
uning har bir ishtirokchisi o‘zi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma
mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.
Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, bo‘-
limlar va mexanizmlar ishtirok etishadi, (masalan, telegraf, telefon or-
qali gaplashish).
Muloqotning ba’zi bir turlari ijtimoiy rollar orqali vujudga keladi.
Bunday muloqot rolli muloqot deyiladi. Bunday holatda odamlar nafa-
qat shaxslar sifatida, balki muayyan ijtimoiy rollarni bajaruvchi kishi-
lar tarzidagi muloqotchilar bo‘lishadi. Masalan, tergovchi va jabrla-
nuvchi o‘rtasidagi muloqot rollidir.
Individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyati, xohishini bildi-
rishda mimikasi, harakati, imo-ishorasi orqali axborot berishi maz-
munli muloqot deb ataladi.
Muloqotga kirishishda nafaqat so‘zlar bilan, balki harakatlar, imo-
ishoralar ham muhim o‘rin tutadi. Shaxslar muloqotga kirishar ekan,
muloqot uchta jihatni o‘z ichiga qamrab oladi:
1) kommunikativ (axborot berish);
2) interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish);
3) perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok qilish).
Shaxs muloqotga kirishishda boshqa bir shaxsning o‘zinikidan bi-
limini sayoz, men bilgan narsani bilmaydi, dunyoqarishi «juda past»
deb o‘ylashi ham muhim hisoblanadi, chunki shaxs o‘zining «men»i
bilan ajralib turishga harakat qiladi.
126
Muloqot jarayonida axborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi
kommunikator, uni qabul qilayotgan kishi retsepiyent deb nomlanadi.
Axborotni tarqatish imo-ishoralar orqali amalga oshadi. Shu bilan
birga, muloqotni vujudga keltiruvchi vositalar bor. Bunday vositalarni
ikki turga bo‘lish mumkin, nutq orqali bo‘ladigan muloqot va nutqsiz
muloqot.
Muloqotning psixologik vositalari:
verbal (nutq orqali) noverbal (nutqsiz)
– og‘zaki nutq – imo-ishora
– yozma nutq – mimika
– pantomimika
Verbal muloqotning asosiy vositasi insonning nutqi bo‘lib, u alo-
qaning universal vositasi hisoblanadi, chunki axborotni nutq orqali
tarqatganda, uning mazmuni deyarli to‘liq beriladi.
Verbal muloqot orqali shaxs o‘zining fikr-mulohazalarini bemalol
bayon eta oladi. Og‘zaki nutq bir vaqtning o‘zida ikki ko‘rinishda
bo‘ladi:
1) dialogik nutq;
2) monologik nutq.
So‘zlovchilarning bab-baravar, teng, birgalikda faollik ko‘rsatishi
dialogik nutq hisoblanadi. Shaxsning o‘z fikrlarini og‘zaki yoki yoz-
ma ravishda ifodalash nutqi monologik nutq deyiladi.
Nutq, o‘z navbatida, boshqa noverbal muloqot vositalari bilan bir-
ga olib boriladi. Bunday nutqsiz vositalarga, birinchidan, imo-ishora-
lar va mimika kiradi. Mimika – muloqot vaqtida shaxsning yuzidagi
dinamik ko‘rinishi, ya’ni shaxs yuzidagi o‘zgarishlar.
Imo-ishoralar ijtimoiy shakllangan harakatlar bo‘lib, shaxsning
psixik holatini ko‘rsatadi. Ular asosida insonni u yoki bu hodisa, shaxs
yoki predmetga nisbatan bo‘lgan munosabatini aniqlashimiz mumkin.
Insonning imo-ishoralari asosida biz uning holatini tushunib olamiz.
Inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonatsiyalar bilan birga,
uning psixik holatini, ayniqsa, his-tuyg‘ularini ifodalovchi harakatla-
riga pantomimika deyiladi.
Nutqsiz muloqotning ikkinchi guruhiga ovozdagi o‘zgarish, uning
uzunligi (diapazon), ohangi kiradi. Bularning hammasi axborotning
ahamiyatini oshiradi va nutqqa o‘ziga xos «qo‘shimcha» bo‘lib xizmat
qiladi. Muloqotda nutq muhim o‘rin tutadi, ayniqsa, uning ravonligi,
127
atamalarning o‘z joyida va to‘g‘ri ishlatilishi va hokazolar. Nutq
eshittirilib, yo ovoz chiqarmasdan aytilishi yoki kar-soqov kishilarda
biron-bir mohiyatga ega bo‘lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi
mumkin.
Muloqotda axborot beruvchi bilan axborot qabul qiluvchi o‘rtasi-
da o‘zaro hamkorlik yuzaga keladi. Axborot shaxsning tashqi ko‘rini-
shi, kiyimi, mimikasi, ovozi, tez gapirishi yoki salmoqlab gapirishiga
bog‘liq bo‘ladi.
Shaxs axborotni ikkinchi bir shaxsga nutq orqali berish bilan
birga, jest, mimikalarni qo‘shib beradi yoki u yozma usulda, ko‘rgaz-
mali shaklda ham bo‘lishi mumkin. Muloqot davomidagi emotsional
holat muloqotga kirishayotgan shaxsning xatti-harakatiga ta’sir qiladi.
Ko‘p hollarda muloqotda majburiylik bo‘ladi, ya’ni guvoh va gu-
mon qilinuvchi muloqot qilishga majbur, buning ustiga, qonunga aso-
san, muloqot qilmasa, shaxs jazolanishi mumkin. Muloqotdagi har bir
fakt shaxs ongi orqali amalga oshadi, eng asosiysi, bu faktlar shaxslar-
da ba’zi bir narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatishga olib kelishi mumkin.
Ba’zan muloqotga kirishayotgan shaxs o‘z maqsadini yashiradi, nati-
jada ma’lum bir vaqtdan keyin uning bu maqsadi yuzaga chiqadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muloqot ikki kishi-
lik va bir necha (ko‘p) kishilik bo‘lishi mumkin. Muloqotning maqsa-
didan kelib chiqib, u har xil darajada tugashi mumkin, ya’ni keskin
agressiv holatda yoki yangi muloqotni davom ettirish va butunlay
muloqotga boshqa qaytmaslik ham mumkin.
Har bir muloqotda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari-
ning bir necha maqsadlari, ya’ni dalillarni yana bir marotaba aniqlash,
o‘zidagi bor dalillarni boyitish, shaxsning yuqoridagi voqealarga alo-
qadorligi qay darajada ekanligidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Muloqot doimo inson xarakteri bilan bog‘liq bo‘ladi, masalan, shaxs
janjalkash bo‘lishi mumkin, bu janjal ziddiyatlarning natijasida yuza-
ga keladi yoki shaxsning ziddiyatni keltirib chiqaradigan holatlarini
o‘rganish kerak bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, muloqot, avvalam-
bor, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida
yetakchi o‘rinni egallaydi. Muloqotning verbal va noverbal turlari
shaxslararo munosabatlarda doimo ishtirok etadi.
128
2. Insonlarning bir-birlarini tushunish va
idrok etish mexanizmlari
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida muloqot orqali xo-
dim o‘z xizmat burchini bajaradi, qonun asosida muloqot tartibga soli-
nadi. Muloqotning vositalari huquqni muhofaza qilish organlari
faoliyatida nafaqat «til», shuningdek yuqorida aytib o‘tganimizdek,
imo-ishora, eng asosiysi muloqot davomida shaxsning yuzidagi
o‘zgarishlar ham muhim hisoblanadi. Huquqni muhofaza qilish organi
xodimlarining muloqoti xizmat faoliyati davomida quyidagi xusu-
siyatlarni o‘z ichiga oladi.
Til so‘z belgilari tizimi bo‘lib, u psixik faoliyatni ifodalovchi, shu
bilan birga, nutqda foydalaniladigan aloqa vositasidir. Biroq nutqning
buzilishi muloqot jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bosh miya qo-
big‘ining ayrim qismlari zararlanishi natijasida nutqning izdan chiqi-
shidan iborat psixopatologik nuqson afaziya deyiladi. Nutqning buzi-
lishi insonning yozma nutqiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutqdagi
turli buzilishlar natijasida yozuvning izdan chiqishi agrafiya deyiladi.
Agrafiya holatida odam yozish qobiliyatini butunlay yo‘qotadi
yoki so‘zlardagi harflarni tushirib qoldiradi, harflarni bir-biriga qo‘sha
olmaydi. Agrafiya katta odamlarda bosh miya po‘stlog‘i faoliyatining
buzilishi natijasida ro‘y bersa, bolalarda u duduqlik natijasida kelib
chiqadi.
Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U
ijtimoiy axloq normalari asosida tartibga solinadi. Individ hayotida
muloqotning vazifalari turlicha. Shu boisdan, muloqotning quyidagi
vazifalarini ko‘rsatishimiz mumkin.
Muloqotning psixologik vazifalari:
– informatsion;
– regulyativ;
– signal;
– nazorat;
– tarbiya.
Informatsion vazifa axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir.
Regulyativ vazifa muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan
to‘g‘ri munosabatni tashkil qilishdan iborat.
129
Signal vazifasining ko‘magida biz bo‘lib o‘tayotgan katta aha-
miyatga ega voqealar, hodisalar haqidagi signalni qabul qilamiz va
uzatamiz.
Nazorat vazifasi ko‘magida axborotni qabul qilish va tarqatish
jarayoni nazorat qilinadi.
Tarbiya qilish vazifasi muloqot orqali shaxsni shakllantirish jara-
yoni bo‘lib, nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muloqotidagi
psixologik xususiyatlar:
1) muloqotning kasbiy yo‘nalganligi;
2) muloqotning huquqiy jihatdan tartibga solinishi;
3) muloqotning majburiyligi;
4) muloqot maxsus obyektining mavjudligi;
5) muloqotda psixologik to‘siqlarning mavjudligi;
6) jinoyatchilarning maxsus tili va tatuirovkalarning ahamiyati
hamda xususiyatlarini bilish zarurligi.
Ichki ishlar organlari xodimining faoliyatida bo‘ladigan muloqot-
ning muhim xususiyatlaridan biri uning kasbiy yo‘nalganligidir. Zero-
ki, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari jinoyat qilgan
shaxslarni, guvohlar va jabrlanuvchilarni aniqlash maqsadida boshqa
shaxslar bilan muloqotda bo‘ladilar. Organ xodimlari haqiqatni ochib
tashlashga harakat qilsalar, aksincha, jinoyatchilar jinoyatni yashirish-
ga, yolg‘on ma’lumot berishga, jinoiy javobgarlikdan qutulishga hara-
kat qilishadi.
Tergovchi protsessual qonunlarning normalari asosida harakat qi-
ladi. Shaxsga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatiga qaramasdan, xo-
dim muloqot qilishga majbur.
Muloqotning uzoq davom etishida ziddiyatli holatlar tez-tez uch-
rab turadi. Har qanday muloqotning biron-bir maqsadi bo‘ladi. Mulo-
qotga kirishgan har bir shaxs, uning yakuniy holatiga qarab turlicha
xulosa chiqarishi mumkin. Huquqni muhofaza qilish organlari xodi-
mida muloqotga kirishish, jinoyat sodir bo‘lgandan so‘ng boshlanadi.
Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi
ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki, ko‘p hollarda bunday
shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Mu-
loqot jarayonida har xil psixologik to‘siqlar mavjud. Ko‘proq ular
sun’iy ravishda vujudga keladi.
130
Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to‘siqlar mavjud:
1) motivatsion to‘siqlar;
2) aqliy (intellektual) to‘siqlar;
3) emotsional to‘siqlar;
4) tarbiyaviy jarayondagi to‘siqlar.
Motivatsion to‘siqlar shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh
tortishi, muomalani to‘g‘ri, aniq ko‘rinishda olib borilishini xohlamas-
ligi jarayonida namoyon bo‘ladi.
Aqliy to‘siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim doirasining
kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi
mazmunan boy bo‘lgan taqdirda yuzaga keladi.
Emotsional to‘siqlar muloqotga kirishuvchilarning psixologik va
emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo‘rquv,
asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar).
Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlar huquqni muhofaza qilish or-
ganlari xodimlari «tarbiyasi qiyin» o‘smirlar, nosog‘lom oilalar va
muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib
borayotgan vaqtda uchraydi.
3. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida
kasbiy muloqot va psixologik aloqa o‘rnatish
Kasbiy muomala har bir huquqni muhofaza qilish organlari xo-
dimi faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham muoma-
laning har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomala-
ning qonuniyatlariga suyangan holda, shaxslararo munosabatga kiri-
shadi. Bu muloqot jarayonida xodimning har bir bilish sifati (xotira,
diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xo-
dimning mantiqiy fikrlashiga, o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashiga,
o‘zaro solishtirish va qiyoslash malakasiga, obyekt va sharoitni mu-
kammal tarzda idrok etishiga yordam beradi.
Muloqot turlarining keng ravishda amalga tatbiq qilinishi muloqot
jarayonida insonning holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xohlagan ax-
borotni muloqot jarayonida to‘liq ravishda berish, uning to‘g‘ri yetib
borganligi haqidagi signal qoniqish holatini vujudga keltiradi va
muloqot jarayonini faollashtiradi.
Har bir muloqotning bir nechta maqsadi bo‘ladi:
131
faktlarni va shaxsning bu faktlarga bo‘lgan munosabatini aniq-
lash;
tarbiyaviy maqsad, ya’ni qonunni hurmat qilish;
ziddiyatli holatlar muloqotda, ya’ni ikkala tomonning qiziqish-
lari bir joydan chiqmasligi natijada muloqotda formallik, yuzakilik
vujudga keladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimi odamlar bilan muloqot
qilishi uchun quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘lishi
kerak:
– notanish shaxslar bilan tez fursat ichida aloqa o‘rnata olish va
ularga ma’qul bo‘lish;
– boshqa shaxslar gapini eshita bilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
– odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish qobiliyati;
– muloqot jarayonida shaxs bilan psixologik to‘siqlarni bartaraf
etish qobiliyati.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining shaxslar bilan
psixologik aloqa o‘rnatishi o‘ziga xos psixologik xususiyatga egadir.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari psixologik aloqa o‘rna-
tishning samarasi sifatida fuqarolarning hamjihatligi va hamkorligida
namoyon bo‘ladi. Aloqa o‘rnatishning ijobiy yakunlanishi bo‘lajak
muloqotning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Aloqa o‘rnatish
subyektning muloqotga kirishishi, uning tayyorgarlik darajasi, anglash
xususiyati, ma’lumotning qayta ishlanishi va ishonchli ma’lumotlarni
ayriboshlash natijasida namoyon bo‘ladi.
Psixologik aloqa o‘rnatishning bir necha bosqichlarini ko‘rib o‘ti-
shimiz mumkin:
1) bo‘lajak muloqotni bashorat qilish;
2) aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish;
3) tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi;
4) umumiy va neytral qiziqish doiralarini aniqlash;
5) muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish;
6) individual ta’sir etish.
Bo‘lajak muloqotni bashorat qilish. Psixologik aloqa o‘rnatish-
ning samarali bo‘lishida dastlabki rejalar bo‘lishi maqsadga muvofiq-
dir. Buning uchun muloqotga kirishuvchi shaxs haqida zarur ma’lu-
motlarga ega bo‘lishimiz kerak. Bundan tashqari, shaxsning psixolo-
gik xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular ham aloqa o‘rnatishda
132
yordam beradi. Shuningdek, shaxsning shunday emotsional-psixolo-
gik sifatlari mavjudki, ular psixologik aloqa o‘rnatishga salbiy ta’sir
etadi: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, agressivlik, yashirin xarakter, gumon-
sirash va boshqalar.
Quyidagi keltirilgan sifatlar bashorat qilish davrida inobatga
olinishi kerak.
Aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish. Muloqotda
namoyon bo‘ladigan har qanday holatda tashqi omillar ijtimoiy vazi-
yatlarga mos tushishi zarur. Suhbatdoshingizga biror-bir narsa xalaqit
berishi va uni chalg‘itmasligi kerak. Suhbat chog‘ida ishonchlilik mu-
hiti saqlab qolinishi shart.
Tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi. Nutq ma-
daniyati, mimika, tashqi ko‘rinish psixologik aloqa o‘rnatishda ijobiy
natija beradi. Suhbatdoshingizda ham shunga qarab ijobiy emotsional
holatlar yuzaga keladi, bu esa aloqa o‘rnatishda zarur omillardan biri
bo‘lib hisoblanadi. Suhbatdosh bilan muloqotning boshidan hamfikr
bo‘lishga harakat qilinishi kerak.
Umumiy va neytral qiziqish doiralarini aniqlash. Muloqotning
boshida shaxs bilan umumiy til topish muhimdir. Bu vazifani hal
etishda umumiy va shu bilan birga, neytral qiziqishlar doirasini aniq-
lash yordam beradi. Masalan, tangalar, markalarni kolleksiya qilish,
sport, sayohat va boshqa qiziqishlar. Umumiy qiziqishlar va ularni
qidirib topish ijobiy emosional holatlarga olib keladi. Bu o‘z-o‘zidan
muloqotda suhbatdoshni yaqinlashtiradi. Neytral qiziqish va qiziqish-
lar psixologik iqlimni yengillashtiradi va mavqeini tenglashtiradi.
Muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish. Shaxslar bilan psixolo-
gik aloqa o‘rnatish davrida muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etishga
diqqatimizni ko‘proq qaratmog‘imiz kerak, chunki bu og‘ishlar bo‘la-
jak muomalaga salbiy ta’sir etadi.
Individual ta’sir etish. Psixologik aloqa o‘rnatishning yakuniy
bosqichida xodim suhbatdosh shaxsiga individual ta’sir etishi lozim.
Bu ta’sir etishning maqsadi ishonchli ma’lumotlarni suhbatdoshidan
olishdir. Shu bilan birga, kelajakdagi umumiy ishonchlilik munosa-
batlari yaratilishi mumkin.
Jinoyatchilarning maxsus tili (jargoni) va tatuirovkalarini hisobga
olish muhim, chunki ular muloqotning maxsus vositalari hisoblanadi.
133
Ularni bilish xodim uchun nihoyatda zarur, chunki bu operativ va
xizmat vazifalarini bajarishga yordam beradi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, muloqot, avvalam-
bor, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida
yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Muloqotning verbal va noverbal turlari
shaxslararo munosabatlarda hamma vaqt ishtirok etadi. Muloqot
murakkab jarayon sifatida inson hayotida va shaxsning shakllanishida
muhim o‘rin tutadi.
Muloqot huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muhim
tarkibiy qismidir. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari turli
shaxslar bilan yaxshi muloqotda bo‘lishlari uchun ularning individual-
psixologik xususiyatlarini bilishlari lozim. Muloqotning vositalarini
to‘g‘ri qo‘llay bilish huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari
faoliyatining samaradorligini oshiradi.
134
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
. . . – ., 1998.
. . . .3. – ., 1999.
. . . – ., 1999.
⪨⪨⪨⪨⪨⪨⪨ . ⪨. : ,
⫨⫨⫨⫨⫨⫨⫨⫨⫨⫨⫨ . – ., 1997.
. ., . . ⫨⫨⫨⫨⫨. – ., 1990.
. . . – ., 1988.
. . ⫈⫈⫈ . – .,1981.
. . . – ., 1983.
. ., . . . – ., 1986.
ᢨᢨᢨᢨᢨᢨ . ᢨ., . ᢨ. ￘￘￘￘￘￘￘￘ -
. – ., 1990.
. . .– , 1974.
. ., . . – ., 2000.
. . . . . – ., 1975.
. . . – ., 1992.
. . . – //., 1997.
⪨⪨⪨⪨⪨⪨⪨⪨⪨⪨ ., ⪨. . ᥘ. ᥘᥘᥘᥘᥘᥘᥘ ,
ᢈᢈᢈᢈᢈᢈᢈᢈ ᢈᢈᢈᢈ . – ., 1999.
/ . . . – ., 1992.
. . . – ., 1992.
., . . – ., 1999.
135
MUNDARIJA
SO‘Z BOSHI.................................................................................................................3
1-ma’ruza. PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI ...............................................5
1. Psixologiya fani haqida tushuncha ......................................................................5
2. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari, kategoriyalari va
ilmiy tadqiqot usullari.................................................................................................11
3. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va boshqa fanlar bilan
bog‘liqligi....................................................................................................................16
2-ma’ruza. PSIXOLOGIYANING TABIIY-ILMIY ASOSLARI.............................22
1. Miya va psixika .................................................................................................22
2. Psixika va ongning rivojlanishi .........................................................................26
3. Oliy asab faoliyati haqida tushuncha.................................................................31
3-ma’ruza. SHAXS PSIXOLOGIYASI .....................................................................33
1. «Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi...........................................33
2. Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi.............................................................37
3. Shaxsning shakllanishi ......................................................................................41
4-ma’ruza. SHAXSNING BILISH JARAYONLARI................................................44
1. Bilish faoliyatiga umumiy tavsif .......................................................................44
2. Asosiy bilish jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o‘ziga xosligi..........46
5-ma’ruza. SHAXSNING EMOTSIONAL-IRODAVIY JARAYONLARI .............66
1. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi ..............................................................66
2. Iroda haqida tushuncha......................................................................................73
3. Kishining irodaviy fazilatlari va ularni shakllantirish......................................78
6-ma’ruza. SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI .......81
1. Temperament va uning ko‘rinishi .....................................................................81
2. Xarakter haqida tushuncha ................................................................................85
2. Qobiliyat va iste’dod haqida tushuncha ............................................................92
7-ma’ruza. FAOLIYAT PSIXOLOGIYASI ..............................................................99
1. Faoliyatning tuzilishi haqida tushuncha ............................................................99
2. Ko‘nikma va malakalar .................................................................................. 104
3. Faoliyatning asosiy turlari .............................................................................. 107
8-ma’ruza. ASOSIY IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KO‘RINISHLARGA TAVSIF.. 113
1. Psixologiyada «jamoa» va «guruh» tushunchasi ........................................... 113
2. Jamoa va guruhlarda shaxslararo munosabat ................................................. 119
3. Ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar dinamikasi va statistikasi............................ 122
9-ma’ruza. MUOMALA QONUNIYATLARI VA IJTIMOIY IDROK ................ 124
1. «Muomala» tushunchasi va uning turlari ....................................................... 124
2. Insonlarning bir-birlarini tushunish va idrok etish mexanizmlari.................. 129
3. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida kasbiy muloqot va
psixologik aloqa o‘rnatish........................................................................................ 131
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR......................................... 135
136
SIRLIYEV Baxtiyor Nazarovich,
psixologiya fanlari nomzodi;
BEKNAZAROV Ahmad Asomiddinovich,
psixologiya fanlari nomzodi;
ARZIQULOV Dilshod Ne’matovich,
psixologiya fanlari nomzodi
PSIXOLOGIYA
Ma’ruzalar to‘plami
Muharrir T. J. Qurbonov
Texnik muharrir S. N. Yashina
Bosishga ruxsat etildi 29.11.2005. Nashriyot hisob tabag‘i 11,0.
Buyurtma Adadi 500 nusxa.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,
700197, Toshkent sh., Intizor ko‘chasi, 68
Yüklə 161,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin