SHAXS PSIXOLOGIYASI 1. «Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi. 2. Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi. 3. Shaxsning shakllanishi. 1. «Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida psixologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur bo‘lgan. Chunki bu inson va uning ruhiyati bilan bog‘liq va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bevosita va bilvosita shaxslar bilan ishlaydi. Shunday ekan, inson shaxsini o‘rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug‘ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda.
Birinchidan, inson u yoki bu aloqa tizimiga binoan biologik evolutsiya mahsuli sifatida o‘rganiladi.
Ikkinchidan, shaxs tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti tariqasida tadqiq etiladi.
Uchinchidan, individ muayyan ko‘lamda o‘zgaruvchan taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi.
XXI asrda yashovchi shaxslar insonparvarlik g‘oyalarini o‘zida aks ettiruvchi kishilar sifatida hayot va faoliyatda o‘zini o‘zi nazorat qilish, baholash, ifodalay olish, kamol toptirish, kashf qilish va o‘ziga o‘zi buyruq berish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqlari lozim. Bu esa, o‘z
navbatida, muayyan davrni taqozo etadi.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek milliy mustaqillik va uning ne’matlari respublikamizda tub o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg‘u, milliy qiyofa, milliy ta’b, milliy kuy, milliy raqs, milliy ma’naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta’siri ostida o‘zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivoj topayotgan, boshqa odamlar bilan birgalikdagi faoliyatini amalga oshirayotgan va ular bilan munosabatga kirishayotgan kishi sekin-asta shaxsga aylanib bormoqda. Moddiy dunyoni, jamiyatni va, xususan, o‘zini o‘rganish va faol tarzda qayta o‘zgarish subyektiga aylan-
moqda.
O‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarga
kirisha oladigan, tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza oladigan, har
qanday individga shaxs deyiladi.
Chaqaloqning inson zotiga mansubligi individ tushunchasida
ifodalanadi (bundan farqli o‘laroq, hayvonot bolasi dunyoga kelishi
bilanoq va hayotning oxiriga qadar jonzod deb yuritiladi). «Individ»
tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan.
Shunday qilib, muayyan kishini individ deb ataganda, biz juda
ko‘p narsalarni aytgan bo‘lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning po-
tensial ravishda inson ekanligi ta’kidlanadi. Individ sifatida dunyoga
kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kasb etadi, shaxs bo‘lib yetishadi.
Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan
farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik
temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi
qiziqishlarda, bilish jarayoniga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur,
tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos usullari va
boshqalarda namoyon bo‘ladi.
«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lma-
gani singari, o‘z navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil
qiladi, lekin ular bir-biriga o‘xshash emas.
«Shaxs» va «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada bir-
likdan iborat bo‘lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o‘zi
ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va
fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish
imkoniyatini bermaydi.
«Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va
«shaxs» tushunchalari singari) aynan bir-biriga o‘xshaydi, deb tan
olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifati-
da, individning tizimi tarzidagi ijtimoiy fazilat sifatida qaraladigan
G‘arb psixologiya fanining ayrim yo‘nalishlarida shaxs bilan indivi-
duallikning tuzilishi bir-biriga tobora mosligi tan olinadi. Bunday psi-
xologik maktablar va yo‘nalishlarning vakillari individuallikning tuzi-
lishi aniq ta’riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini to‘lig‘icha o‘z
ichiga oladi va ta’riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari suradilar.
34
Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o‘zining muayyan ijtimoiy
muhiti bilan «haqiqiy munosabatlar» subyekt sifatida namoyon bo‘li-
shi inobatga olinadigan bo‘lsa, shaxsning tuzilishiga muayyan ijtimoiy
guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu
«haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart.
Jumladan, psixologiyada individuallikning ko‘pgina xislatlari –
moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajasi, tashvishlanish va
shular kabilar aniqlangan. Bular jamlanib individning o‘ziga xosligini
ko‘rsatadi.
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzili-
shiga qaraganda keng ekanligi shubhasiz. Shu boisdan bunga, birinchi
navbatda, uning individualligini ko‘rsatadigan va faqat ehtirosda, ich-
ki qiyofada, qobiliyatlarda va boshqalarda ancha keng ifodalanadigan
fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki shaxsning rivojlanish
darajasi har xil bo‘lgan guruhlarda, guruh uchun yetakchi hisoblangan
faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o‘zini
namoyon etishini ham qo‘shish shart. Individuallik tarzida shaxsni
tadqiq etish natijasida olingan ma’lumotlar individlararo munosabatlar
subyekti sifatida shaxsning ta’rifiga bevosita ko‘chirilishi mumkin
emas: individual-tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shakllanayot-
gan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvo-
sita ifodasi hisoblangan faoliyatning xususiyati, qadriyatlari va maq-
sadlariga bog‘liq tarzda, jiddiy ravishda turli xil ko‘rinishda namoyon
bo‘ladi.
Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiat) va ijtimoiy omillarning
o‘zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasidagi eng murak-
kab va munozarali masalalardan biridir.
G‘arb psixologiyasining ayrim maktablarida shaxsda ikki omil –
biologik hamda ijtimoiy omillar ta’siri ostida shakllangan ikkita asosiy
kichik tuzilma borligini alohida ta’kidlaydigan nazariya sezilarli o‘rin
egallaydi.
Inson shaxsining o‘zi «endopsixik» va «ekzopsixik» tuzilishga
bo‘linadi, degan fikr ham ilgari suriladi. Shaxs tuzilishining ichki tuzi-
lishi sifatida «endopsixika» bamisoli kishining asab-psixik tuzilishiga
o‘xshash bo‘lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qism-
lar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifoda etadi. Ekzopsi-
xikaning tashqi muhitga munosabati bilan, ya’ni shaxs qanday bo‘l-
35
masin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo‘lgan va shaxsga qa-
rama-qarshi turadigan tuzilishlarining barchasiga nisbatan munosabati
bilan belgilanadi.
«Endopsixika» moyillik, xotira, tafakkur va xayol xususiyatlari,
irodaviy zo‘r berish, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xis-
latlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari tizimi va uning tajriba-
sini, qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallarini ustun darajadagi his-
tuyg‘ularini shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o‘z ichiga
oladi. Tabiiy asosdagi «endopsixika» ijtimoiy omil bilan belgilanadi-
gan «ekzopsixika»ga qarama-qarshi o‘laroq, biologik jihat bilan
bog‘liqdir.
Tabiiy tarkibiy jihatlar va belgilar kishi shaxsining individuallik
tuzilishida uning ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan qismlari sifatida
mavjud bo‘ladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshqa fazilatlar) va
ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning mustaqil kichik
tuzilishi sifatida bir-biriga o‘zidan-o‘zi qarama-qarshi qo‘yilishi mum-
kin emas.
Binobarin, individuallikning tuzilishida tabiiy, biologik omillar-
ning ham o‘rnini tan olgan holda, kishi shaxsidagi biologik kichik
tuzilishni faqat shunga asoslanib ishlash mumkin emas. Negaki, unda
ular o‘zgargan holda allaqachon mavjuddir.
Shunday qilib, shaxsning tuzilishiga, birinchi navbatda, uning in-
dividualligini kishi ehtirosi, ichki qiyofasi, qobiliyatlarining tuzilishi-
da mujassamlashgan, shaxs psixologiyasini anglab yetish uchun zarur,
lekin yetarli bo‘lmagan tizimli tarzda tuzilishi kiradi. Shu tariqa shaxs
tuzilishining birinchi tarkibiy qismi uning individ ichkarisidagi
(introindivid) kichik tizim alohida namoyon bo‘ladi. Introindivid va
inter kichik tizimlari shaxsning o‘zini namoyon qilishning barcha
jihatlarini aks ettira olmaydi. Shaxsning tuzilishini tarkib toptiradigan
uchinchi bir qismni metaindivid (individning ustki ko‘rinishi) kichik
tuzilishini ham alohida ko‘rsatish imkoniyati mavjud.
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan,
uchta kichik tizimdan iborat: shaxsning individualligi, uning shaxsla-
raro munosabatlar tizimida va boshqa odamlarda gavdalanganligi
hamda shaxsning o‘zi kelib chiqishiga ko‘ra individlararo ijtimoiy
munosabatlar va aloqalar subyekti sifatida mavjud bo‘lishiga barcha
uchala jihatning birligida ta’riflangan bo‘lishi shart.
36
Shaxsning metaindivid kichik tizimi kishining eng muhim ma’na-
viy ehtiyojlaridan biri shaxs darajasiga ko‘tarilish ehtiyojini, ya’ni o‘z
faoliyati bilan boshqa odamlarning aqliy va emotsional jabhalarida
ular uchun ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar yasashini boshqalar-
dan ko‘proq darajada ifoda etadi.
Shunday qilib, jamiyatda yashayotgan kishida ta’lim va tarbiya
berish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan taqdirda ijtimoiy foydali faoliyatda
shaxs darajasiga ko‘tarilish ehtiyojining shakllanishi va qondirilishi
uchun barcha shart-sharoitlar tarkib topadi.
2. Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi
Kishining tevarak atrofga munosabati, hamkorlikdagi faoliyati va
ijodiy ish jarayonida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik
o‘zgarishlar qilish layoqati shaxsning faolligi sifatida tushuniladi.
Shaxs faolligining ancha umumiy tarzdagi, birikma holidagi ta’rifi
uning g‘oyaviy prinsipligida, o‘z nuqtai nazarini izchil himoya qila
borishida, so‘zi bilan ishining birligida ifodalanadigan faol hayotiy
pozitsiyasini bildiradi.
Jamiyatda faol hayotiy pozitsiya ijtimoiy burchga nisbatan ongli
munosabatda bo‘lishni, fuqarolikni, jamoatchilikni, faoliyatga nisba-
tan ijodiy munosabatda bo‘lishni, ilmiy dunyoqarashga tayanadigan
e’tiqodni, ijtimoiy-axloqiy qoidalarning buzilishiga murosasizlikni ta-
qozo etadi.
Shaxsning moslashuvchanlikka ham, xulq-atvorning salbiy turiga
ham zid bo‘lgan jamoa tarzida o‘zini o‘zi belgilashi ham uning faol
hayotiy pozitsiyasidan dalolat beradi. Yosh yigit va qizlarda faol
hayotiy pozitsiyani shakllantirish axloqiy tarbiyaning eng muhim
vazifalaridan biridir.
Hozirgi paytda G‘arb psixologiyasida shaxsni tadqiq qilish va tu-
shunish borasida «insonparvarlik psixologiyasi» deb ataladigan psixo-
logiya vakillarining psixoanalitik nazariyalari va qarashlari (shaxs-
ning ekzistensialistik nazariyalari) eng nufuzli yo‘nalishlar bo‘lib
hisoblanadi.
Asrimiz boshlaridayoq venalik psixiatr va psixolog Z. Freyd kishi
shaxsining faolligi manbai – xarakterning o‘zgacha talqinini tavsiya
qilgan edi. Uning ko‘pchilik izdoshlari tomonidan maqullangan nuq-
37
tai nazarga ko‘ra, kishi unda hayvonot dunyosiga mansub ajdodlardan
meros qilib olgan instinktiv mayllar va, eng avvalo, jinsiy va o‘zini
himoya qilish instinkti mavjud bo‘lganligi tufayli faol emish. Lekin
jamiyatda instinktlar o‘zini hayvonot olamida bo‘lgani kabi namoyon
qila olmaydi, chunki jamiyat kishini ko‘plab cheklashlar turiga o‘rab
tashlaydi, uning instinktlari va mayllarini «senzura»ga ro‘baro‘ qiladi,
bu esa kishini ularni cheklashga majbur qiladi.
Freydning shaxs faolligini butunligicha faqat shahvoniy hirsga
bog‘liq qilib qo‘yishga intilishi psixologlarning ko‘pchiligida e’tiroz
tug‘dirdi. Bu xil klassik freydizmning va undan muayyan chekinish-
larning birikuvidan iborat xususiyatga ega bo‘lgan neofreydizm
(A. Kardiner, E. Fromm, K. Xorni va boshqalar)ning kelib chiqish
sabablaridan biri bo‘lgan edi.
Neofreydchilar shaxsning faolligini tushunish borasida shahvoniy
mayllarning ustunligi fikridan voz kechishadi va insonning biologik
mavjudotligidan chetga chiqishadi. Shaxsning muhitga bog‘liqligi bi-
rinchi o‘ringa qo‘yiladi. Muhit shaxsga o‘zining eng muhim xusu-
siyatlari aksini singdiradi.
Psixoanalitiklardan farqli o‘laroq, rivojlanishi K. Rojers, A. Mas-
lou, G. Olport va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan
«insonparvarlik psixologiyasi» kelajakda o‘zligini eng ko‘p darajada
namoyon qilishga (o‘zini faollashtirishga) intilishni shaxs faolligining
asosiy omili deb hisoblaydi.
A. Maslou, K. Rojers o‘zini faollashtirishni o‘z mohiyati etibori
bilan egotsentrik (o‘zini hammadan ustun qo‘yish) jarayonga aylanti-
rib yuborishadi. O‘zini follashtirish, A. Maslouning fikricha, o‘zini va
faqat o‘zini ro‘yobga chiqarish uchun intilishdirki, bu ijodiy faollik va
«xususiy men»ini to‘laqonli namoyon qilish uchun intilish kabi fazi-
latlarga ega bo‘lgan «o‘zini faollashtiruvchi shaxslar»ning o‘ta indivi-
dualligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, butun kuch-g‘ayratlar shaxs yashaydigan va hara-
kat qiladigan muhitni o‘zgartirishga emas, balki shaxsning o‘zini
o‘zgartirishga safarbar etilgan bo‘ladi. Shaxsning faoliyatini
yo‘naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog‘liq bo‘l-
magan barqaror motivlar majmui kishi shaxsining yo‘naltirilganligi
deb ataladi.
Shaxsni faoliyatga undovchi ichki turtkiga motiv deyiladi.
38
Motivlar ikki xil bo‘ladi:
1) anglanilgan;
2) anglanilmagan.
Shaxsning yo‘naltirilganligida anglanilgan motivlar asosiy o‘rin
tutadi.
Istiqbolni anglaydigan kishiga xos ta’bi xiralik, kechinmalarga
qarama-qarshi o‘laroq, ruhsizlik holati frustratsiya deb ataladi. Bu
kishi maqsadga erishish yo‘lida real tarzda bartaraf etib bo‘lmaydi
deb hisoblagan yoki shunday deb idrok etiladigan to‘sqinliklarga,
g‘ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi.
Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning
o‘zini anglashida turli xil o‘zgarishlarga olib keladi.
Qiziqish biron-bir sohada to‘g‘ri mo‘ljal olishga, yangi faktlar
bilan tanishishga, voqelikni ancha to‘liq va chuqur aks ettirishga
yordam beradigan motivdir. E’tiqod – shaxsni o‘z qarashlariga,
prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko‘rishga da’vat
etadigan motivlar tizimidir.
Psixologiyada shaxsning yo‘l-yo‘riqlari uning u yoki bu ehtiyoji
qondirilishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan faoliyatga tayyorgar-
ligi va moyilligining o‘zi tomonidan anglanilmaydigan holatini
belgilaydi.
«Men»ning siymosi – individning o‘zi haqidagi nisbatan barqaror
ko‘proq yoki ozroq darajada anglanilmagan, betakror deb his
qilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshqalar bilan o‘zaro
hamkorlikda harakat qilishda ana shunga asoslanadi.
O‘ziga o‘zi baho berish shaxsning o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga,
boshqa odamlar orasidagi fazilatlariga va o‘rniga baho berishidir.
O‘ziga o‘zi baho berish orqali shaxsning xulq-atvori to‘g‘rilanib,
tartibga solib turiladi.
Shaxsning o‘ziga o‘zi beradigan bahoning birmuncha oshirilib
yuborilishi kutilgan baho ko‘rsatkichlarining kamayishi bilan bog‘liq
bo‘ladi.
O‘ziga o‘zi baho berish shaxsning intilishlari darajasi bilan cham-
barchas bog‘liqdir. Intilishlarning darajasi shaxs o‘ziga o‘zi beradigan
bahoning individ o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarning qiyinchiliklari
darajasida namoyon bo‘ladigan kutilgan darajasidir.
39
Amerikalik psixolog U. Jeyms o‘zining psixologik nazariyasida
hali XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim
tarkibiy qismi – o‘zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqla-
rining kishi da’vogarlik qilgan, mo‘ljallangan narsalarga munosabati
bilan belgilanishi haqida umuman to‘g‘ri fikr bildirgan edi. U surati
individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini
ifoda etadigan formulani:
muvaffaqiyat
O‘zini hurmat qilish = --------------------
intilishlar
taklif etgan edi. Ma’lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr
kattalashadi. Shu sababli kishi o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi
uchun ayrim hollarda eng ko‘p kuch va g‘ayrat sarflashi va o‘zini
hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo‘lib, bu ko‘pincha murakkab
vazifa hisoblansa, boshqa bir yo‘li intilishlarining darajasini pasayti-
rishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erish-
ganda ham o‘zini hurmat qilish hissi yo‘qolmaydi.
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish holla-
ridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymo-
sining mavjud bo‘lishiga xavf tug‘diradigan his-tuyg‘ularni bartaraf
etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va mumkin bo‘lgan
darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo‘llaydigan alohida yo‘nal-
tiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga ya-
qin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining
yetakchisi Z. Freyd ishlab chiqqan edi. U bu tushunchani shaxsni
biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai
nazaridan talqin qilgan edi.
Z. Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan shahvoniy hirsi)
ongli «menning muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzura-
si» bilan to‘qnashib qoladi va buning natijasida turli o‘zgarishlarga
uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto‘g‘ri
talqin etilishiga yo‘l qo‘ygan edi.
Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o‘z maq-
sadiga erishish yo‘lidagi g‘ovlarni bartaraf eta olmagan va
frustratsiyaga tushgan paytda ro‘y beradigan tajovuzkorlikdan
iboratdir.
40
Shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning faolligi va uning ijti-
moiy jihatdan ahamiyatga molik yo‘naltirilganligi masalasi huquqni
muhofaza qilish organlari xodimlarining diqqat markazida bo‘lishi
kerak.
3. Shaxsning shakllanishi
Shaxs muayyan tarixiy hayot kechirish sharoitlarida, faoliyat
(mehnat qilish, o‘qish va hokazolar) jarayonida shakllanadi. Shaxs-
ning shakllanish jarayonida guruhlar va jamoalarda amalga oshiri-
ladigan ta’lim va tarbiya yetakchi o‘rin tutadi.
«Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma’noda qo‘llaniladi. Birinchisi
shaxsning shakllanishi uning rivojlanish jarayoni va uning natijasi
ekanligidir. Ikkinchi ma’nosi shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda
tarbiyalash sifatida shakllantirishdan iborat.
Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini ha-
rakatlantiradigan kuchlar va mana shu masalalarni hal etishning ikkita
yo‘nalishi mavjud bo‘lgan. Bu yo‘nalishlar rivojlanishning biogenetik
va sotsiogenetik konsepsiyalari nomini olgan.
Biogenetik konsepsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik, aso-
san nasliy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham
shaxsning rivojlanishi ichki sabab natijasida (o‘zidan o‘zi) sodir
bo‘lish xususiyatiga egadir.
Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum bo‘lgan narsa, pesha-
naga yozib qo‘yilgan biologik omillar ta’sirining mahsuli deb ifoda-
laydigan biogenetik konsepsiya pedagogikani shaxsning qismatiga
ko‘ra oldindan belgilab qo‘yilgan ushbu fazilatlari paydo bo‘lishining
sustkash shohidi qilib qo‘ygan edi.
Sotsiogenetik konsepsiya shaxsni tevarak atrofdagi ijtimoiy mu-
hitning bevosita ta’siri natijasi, muhitdan olingan nusxa deb hisoblay-
di. Bunda ham xuddi biogenetik konsepsiyadagi kabi rivojlanib bo-
rayotgan kishining xususiy faolligi inobatga olinmaydi, uning tevarak
atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust o‘rin tutishi
mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik konsepsiyaga amal qili-
nadigan bo‘lsa, nima uchun ba’zi vaqtlarda bir xil ijtimoiy muhitda
turli odamlar yetishib chiqishini tushuntirib bo‘lmaydi.
41
Shunday qilib, na biogenetik va na sotsiogenetik konsepsiyalar
shaxs rivojlanishining qonuniyatlarini tushunib yetishga asos qilib
olinishi mumkin emas. Unisi ham, bunisi ham psixik rivojlanishning
harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlay olmaydi. Buni amalga oshirish-
ga ikkala omilning (muhit va irsiyatning) mexanik tarzdagi o‘zaro
bog‘liqlikdagi harakati yoxud konvergensiya (bir xil tashqi muhitda
o‘xshash belgilarning hosil bo‘lishi) nazariyasi ham yordam bera
olmaydi. Chunki bunda rivojlanishning ikkala konsepsiyasi xatolari
bartaraf etilishidan ko‘ra ko‘proq orta boradi.
Shaxs rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari muammosini
hal etishda dialektik nuqtai nazar yechimi rivojlanishida amalga oshi-
riladigan quyidan (oddiydan) yuqoriga (murakkabga) o‘tishni ta’min-
laydigan ziddiyatlar ta’rifiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Shaxs-
ning faolligi kishini anglanilgan va anglanilmagan sabablar tizimi
orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlarning majmui bilan belgilanadi.
Lekin ehtiyojlarning qondirilish jarayoni zamirida ziddiyat mavjuddir.
Ehtiyojlar odatda paydo bo‘lishi bilanoq darhol qondirilmaydi.
Ularning qondirilishi uchun moddiy mablag‘lar, shaxsning faoliyatga muayyan darajada tayyorgarligi, bilimlar, malakalar va hokazolar zarur. Shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar kishining faoliyatida o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yana va yana shunday bir vaziyatni
keltirib chiqaradiki, bunda kishi ehtiyojlari rivojlanishining erishilgan
darajasi bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasida
ziddiyat namoyon bo‘ladi. Ziddiyatlarning shaxs rivojlanishiga olib
boradigan darajada hal etilishi faoliyatda uni amalga oshirishning
muayyan vositalarini (usullarini, malakalarini, jarayonlarini, bilimla-
rini va boshqalarini) ta’lim jarayonida egallash orqali ro‘y beradi.
Buning ustiga, ehtiyojlarning jo‘shqin faoliyat vositasida qondirilishi
qonuniy tarzda yangi yuksakroq darajadagi ehtiyojini keltirib chiqa-
radi.
Shuning uchun ham rivojlanib borayotgan shaxs doimo yangi va
yangi ehtiyojlarning (va demak sabablarning keng shoxobchali ti-
zimini ham) keltirib chiqararkan, o‘z navbatida, ehtiyojlar rivojlani-
shining natijasi bo‘lib ham hisoblanadi. Ehtiyojlarni rivojlantirish,
tanlash, tarbiyalash ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo‘lgan ma’naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shaxsning shakllanishi uning jamoaga qo‘shilganligi sharoitida ro‘y beradi. A.S.Makarenko ta’kidlaganidek, shaxs yuksak darajada rivojlangan guruhdan iborat va shaxsning qimmatli fazilatlarini
shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarga ega bo‘lgan jamoada va jamoa vositasida rivojlanadi.
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshqalar) bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura, mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab singari o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi.