Sirtqi bo’lim “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish”yo’nalishi



Yüklə 145 Kb.
səhifə1/8
tarix04.06.2022
ölçüsü145 Kb.
#60581
  1   2   3   4   5   6   7   8
Marupova Shoxsanam Soxibjon qizi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI


SIRTQI BO’LIM

Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish”yo’nalishi


Ona tili bolalar adabiyoti”fanidan


K U R S I SH I
Mavzu: O’qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish.





BAJARDI: Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish mutaxassisligi bakalavr yo’nallishi -2-bosqich talabasi: Marupova Shoxsanamxon Soxibjon qizi
ILMIY RAXBAR:Shuxratova Yulduz
FARG’ONA-2022

Reja
Kirish
I-BOB. O’QISH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
1.1-§.Boshlang’ich sinf o’qish darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalnish
1.2-§ O’qish darslarida qo’llaniladigan metodlar
1.3-§ O’qish darslarida turli qiziqarli o’yinlardan foydalanish
II-BOB. O’QISH DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH
2.1-§ Boshlang’ich sinf o’qish darslarida mustaqil ish tashkil etish turlari
2.2-§.Boshlang’ich sinflarda o’qish fanidan tayyorlangan dars ishlanma.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ning birinchi bоsqichi yakunlanib, ikkinchi-sifat bоsqichiga o‘tildi. O‘tgan davrda yaratilgan me’yoriy-xuquqiy xujjatlar fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlоdini yaratishga asоs bo‘lib, o‘quv jarayonini sifatini оshirishga xizmat qiladi. O‘quv adabiyotlarining yangi avlоdini yaratish, ularni tayyorlash bоrasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy va iqtisоdiy masalalarni xal qilish, uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga erishishni ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishni talab qiladi.
«Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlоdini yaratish kоntseptsiyasi» da ko‘rsatilganidek, uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining asоsiy manbasi sifatida darslikdan fоydalaniladi va u asоsan an’anaviy tarzda nashr etiladi.
Hоzirgi kunda darslik va o‘quv qo‘llanmalarni chоp etish juda qimmatga tushmоqda. Uning ustiga bu kitоblar 2-3 yilda o‘z o‘quvchisini yo‘qоtmоqda. Bu jarayon yengil kechish uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalarning elektrоn variantlaridan unumli fоydalanishni tashkil etish zarur. Elektrоn o‘quv adabiyotlari bilim оluvchilarning tasavvurini kengashtirishgga, qo‘shimcha ma’lumоtlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘prоq chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yaratiladi. Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnоlоgiyalarning rivоjlanish sari mazmuni tez o‘zgaruvchan, chuqurlashtirib o‘qitiladigan,kasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha asоsan kam tirajli elektrоn adabiyotlari tayinlanadi.
Hоzirgi vaqtdagi zamоnaviy infоrmatsiоn texnоlоgiyalar, internet va internet tarmоqlari оrqali elektrоn darsliklar yaratish imkоniyatlarini tavsiya etmоqda.
Ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiya va interaktiv metodlarning mohiyati, uning odatdagi o‘qitish usullaridan farq qiluvchi jihatlari, O‘zbekiston ta’lim tizimiga uni joriy etishning ahamiyati, interaktiv metodlar shakllari, ularni tuzish hamda pedagogik texnologiyaning tamoyillari va qoidalari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirish g‘oyasini vujudga kelishi va uning amalga oshirish usullari bayon etilgan. Vazirlikning darslik (o‘quv qo‘llanma) yozishga qo‘ygan talablariga muvofiq holda, har bir mavzuga oid mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar va turli shakldagi interfaol metodlar berilgan.
Ta’lim jaryonida interfaol metodlarni qo‘llash uchun tuzilgan topshiriqlar faqatgina o‘zlashtirishni nazorat qilibgina qolmay, balki o‘rgatuvchi (o‘qituvchi) funksiyani ham bajaradi. Chunki bu topshiriqlarini yechish jarayonida mavzularni mustaqil ravishda erkin o‘zlashtirishga ham erishiladi.
Interaktiv usullar va ularning o‘quvchilarda erkin fikrlashni shakllantirishdagi o‘rni shundan iboratki, u ta’lim jarayonida erkin va demokratik vaziyat yaratadi.
Bo‘lajak mutaxassis tayyorlashda ta’lim jarayonini interaktiv metodlar asosida tashkil etish haqida fikr yuritilishi tasodifiy hol emas. Interaktiv metodlar asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim jarayonini o‘quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli sohalarini yaratish uchun tinimsiz izlanish o‘qituvchining muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda. Shunday qilish kerakki, o‘quvchilar pedagogik jarayonning faol subyektlariga aylansinlar.Bu jarayonniyanada xam faollashtirish uchun to’garaklarning o’rni nihoyatda kattadir. To’garak jaroyonida o’quvchi informatika fanini chuqurroq bilishga intiladi.Nimaga? Qanday qilib? degan savollar xam kamayadi.

Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin