Birinchidan, firibgarlik amalga oshirilishi uchun qandy rag’batlar mavjud bo’lgan? Buxgalter ko’p sonli moliyaviy muammolar bilan duch kelgan. Bu muammolar qarib qolgan ota-onalarini boqish, ularning dori-dormonga ketgan xarajatlarini o’z zimmasiga olish kabilardan iborat bo’lgan. Ikkinchidan, yangi prezident xarajat moddalarini hali belgilashga o’lgurmagan. Chunki imkoniyat bu uchun mavjud emas edi. Uchinchidan, oqilona harakat qilish ancha murakab bo’lgan. Firibgar bunday firibgarlikda bir marta qo’shimcha daromad olish va u xech qachon fosh etilmasligiga ishonch hosil qilgan. Bundan tashqari, bu firibgarlik keyincha yanada foyda keltirish mumkinligi to’g’risida o’ylagan. Bu ishning boshqa bir nozik tomoni shundan iborat ediki, yangi prezident barcha vitse-prezidentlarni takdim qilgandan so’ng superrvizorlar yangi pikaplarga ega bo’lgan. Buxgalter esa bittasiga ham ega bo’lmadi. U xatto bonus ham olmadi.
Buxgalterning fikricha, u olgan pullar raxbariyat va vitse-prezidentlar olayotgan puldan uncha farq qilmagan. Boshqacha qilib aytganda u o’z xatti-xarakatini oqilona bilib, to’lovlarni haqiqiy olayotganligiga o’zini ishontirdi. Agar firibgarlikning mazkur uch elementlarining biri ( tibbiy muxtojlik, nazoratning ichki vositalariniing yomon holatda bo’lganligi, ratsionalizatsiyalash) bo’lmaganda edi, uning sodir etilish ehtimoli mavjud bo’lmas edi.
Shunday qilib, auditor firibgarlik sodir etilishi ehtimolini ko’rib chiqqayotganda –aktivlarni noqonuniy o’zlashtirilishi, moliyaviy hisobotni ataylab noto’g’ri ko’rsatilishi – firibgarlik uchburchagining elementlarini hisobga olib, ish boshlashi lozim.
Firibgar sodir etilishiga sababchi bo’lgan rag’bat yoki bosim.
Auditorlik guruh har bir tadbir bo’yicha firib sodir etilishiga bo’lgan rag’bat yoki bosimni , shu jumladan firibgarlik sodir etililshi mumkin bo’lgan ehtimoliy sohalarni ham ko’rib chiqishi lozim. Bu rag’batlar quyidagilarni kamrab oladi:
kompensatsiyaning boshqaruv chizmasi;
har qanday yaxshi foyda yoki yaxshilangan balans uchun boshqa moliyaviy bosimlar;
qarz shartnomalari;
aktsiyalar optsioni qo’llashining oxirigacha yoki muddati tugaguncha;
moliyaviy natijalar , kompaniya faoliyatining og’ir ahvoli yoki kompaniya faoliyatining davom etilish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy farofonlik;
Aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish rag’batlari quyidagilarni kamrab oladi:
jiddiy moliyaviy ishlar kabi shaxsiy omilllar;
shaxsiy daromad imkon bermagan farovon hayot kechirish uchun oila, do’stlar tomonidan ko’rsatilgan bosim;
Qimor o’yinlarga va norkotiklarga moyillik.
Firibgarlikni sodir etish imkoniyati. Firibgarlikni sodir etish imkoniyati firibgarlik tadqiqotlarining asosiy va izchil jihatlari hisoblanadi. “Har bir kishi firibgarlikni sodir etish mumkin” tushuncha o’z oydinligiga qaramasdan u aslida ko’p ma’nolarni bildiradi.
Bu degani nafaqat firibgarlik sodir etish uchun imkoniyat borligini, balki nazorat yo’qligini yoki bitimlar bilan bog’liq murakabliklar mavjudligini va bunday holatda jinoyatchi qo’lga tushish imkonniyati past ekanligini bildiradi.
Auditor ko’rib chiqishi kerak bo’lgan firibgarlikni amalga oshirish imkoniyatlari quyidagilarni kamrab oladi:
Ishtirokchilar bilan katta bitimlar tuzish;
Kompaniyaning tanlagan munosabati ta’minotchi va mijozlarga muddat va shartlarni qo’yish imkoniyatining mavjudligi yoki mavjud emasligini bildiradi. Bu holat shaxslarga firibgarlik operatsiyalarni amalga oshirish uchun imkon beradi evi bermaydi;
Rahbariyatning aktivlar yoki buxgalteriya baholarida kelisha olmasligi.
Murakab yoki nobarqaror tashkiliy tuzilma.
Nazoratnin kuchsiz yoki mavjud bo’lmagan ichki vositalari.
Firibgarlikni ratsionalizatsiyalash.
Katta firiibgarikda ratsionaliziyalash asosiy tarkibiy element hisoblanadi. Ratsionalizatsiya o’g’irlik kabi noqonuniy yoki etika me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan xati-xarakatni tekshiruvchi shaxsni o’z tarkibiga oladi. Firibgarlik bilan bog’liq moliyaviy hisobot uchun ratsionalizatsiya “kompaniyani saqlab qolishdan” shaxsiy ochko’zlikgacha tebranib, quyilagilarnii o’z ichiga oladi:
Barchalar moliyaviy hisobot bo’yicha oz-oz aldaydi; biz hamm usha o’yinni o’ynaymiz.
XYZ kompaniyani sotib olish yoki xodimlarimizni aktsiyalar optsioni orqali saqlab qolish uchun aktsiyalarning yuqoriroq kursini talab qilamiz.
Quyidagilar aktivlarni noqonuniy o’zlashtirish uchun ba’zi bir umumiy ratsionalizatsiya bo’ladi:
oila a’zosini yoki sevimli kishini moliyaviy inqirozdan qutqarib qolish maqsadida amalga oshirilgan firibgarlik o’zini oqlaydi;
agar pulni qo’lga kiritmasak, unda biz barcha narsalardan (oila, avtomobil, uy va boshqalardan) mahrum bo’lamiz;
tiashqaridan xech qanday yordam kelmaydi;
bularning barchasi qarz olish, ularnii birinchi imkoniyat tug’ulganda qaytaramiz;
biz o’z xarakatimizning oqibati to’g’risida yoki qabul qilingan odob va ishonch to’g’risida o’ylamaymiz.