Sirtqi fakulteti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi


Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning munosabati



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə7/8
tarix19.05.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#116986
1   2   3   4   5   6   7   8
Babayeva sh

Auditor tomonidan aniqlangan firibgarlik xolatlariga auditorning munosabati

Auditorlar mas’uliyati va iste’molchilar kutushlari bilan bog’liq firibgarliklarni muhokama qilish. Firibgarlik tarqalishini e’tiborga olib, auditor faoliyati firibgarlikni aniqlash bilan bog’liqligini hisosobga olish lozim. 2010 yil oktyabr oyida Audit sifatining markazi (CAG) Moliyaviy firibgarlikni jilovlash va aniqlash – 2 xarakat uchun platforma nomli xujjatni nashr qildi. CAG firibgarlik bilan bog’liq mas’ulikni tashqi auditorni jamiyatga kiritgan xissasini yaxshilash va auditor kasbiga bo’lgan xurmatni oshirish uchun mazkur xujjatni yaratdi. Shu bilan birga CAG fiibgarlikni oldini olish va aniqlash faqat tashqi auditorning ishi bo’lmasligini tani oldi. Firibgarlikni odini olishda va aniqlashda auditorlik tekshiruvi xisobotini kutgan barcha tomonlar katta rol o’ynashi lozimligi qayd qilingan.
CAG ma’ruzasida moliyaviy xisobot jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar (boshqaruv, audit bo’yicha qo’mita, ichki audit, tashqi audit, tartiblashtiruvchi organlar) uchun moliyaviy xisobot tayyorilashda moliyaviy riskni kamaytirish bo’yicha uchta yo’l ko’rsatilgan.
Mazkur shaxslar tashkilot tepasida kuchli etikaga oid tushuncha xukum surishi, bu ma’naviyat korporativ madaniyatga shu jumladan firibgarlik riskini boshqarish samarali dasturiga ham kirib borishi kerakligini tan olishi lozim.
Mazkur shaxslar moliyaviy xisobotni tayyorlash va baholashda xolisonalikni kuchaytiruvchi kasbiy tanqidiy yondoshuvni amalga oshirishi lozim.
Mazkur shaxslar moliyaviy xisobotni tayyorlash jarayoniga jalb etilganlar o’rtasida kuchli muloqat nixoyatda muhim ekanligini esda tutishi lozim.
Audit standartlari auditorlardan mohirona amalga oshirilgan firibgarliklarni aniqlashni talab qilish mumkin emasligi to’g’risidagi tushunchani aks etardi. Shu bilan birga jamoachilik RSAOV ko’rsatmasida belgilanganidek auditorlar quyida ko’rsatilgan ahamiyatli firibgarliklarni aniqlab, ular to’g’risida ma’lumot berish kerakligin kutushadi.
Investorlar va jamiyatnining mustaqil auditorlik kompaniyalariga ishonchini tiklash RSAOVning vazifasidir. Shubha yo’qqi, buxgalteriya bilan bog’liq bo’lgan majoralar va auditdagi nomuvoffiqlar jamiitning auditga bo’lgan ishonchini ancha susaytirib yubordi. Firibgarlikni aniqlash auditlashtirilgan moliyaviy xisobot istemolchilarining oqilona kutishini oqlashdir. Jamiyat firibgarlik natijasida moliyaviy ma’lumot jiddiy ravishda o’zgarmaganligini kutadi va u nga ishonch bilan qaraydi. Agar mustaqil auditor xech qanday kafolat bermasa bunday hisobot jamiiyat uchun o’z ahamiyatini yo’qotadi.
Auditorlarga iste’molchilar tomonidan yuborilgan xatning mazmuni tushunarli: auditorlar firibgarlikni aniqlash uchun mas’liyatni o’z zimmasiga olishi va moliyaviy xisobotda ahamiyatli firibgarlik unsurlari yo’q ekanligi to’g’risida ishonchga kafolat berishi kerak.
Auditning kasbiy standartlari firibgarlik natijasida yuzaga kelgan jiddiy noto’g’riliklarni aniqlavchi auditni rejalashtirish va amalga oshirishni auditordan talab qiladi. Bu talabning bir qismi sifatida auditorlar auditni aqliy xujumdan boshlashi lozim. Bu xarakat firibgarlik tashkilot faoliyatining qaysi jihatlari bilan bog’liq ekanligi to’g’risida ma’lumot berishi mumkmin. Auditorolar shuningdek Audit bo’yicha qo’mita va firibgarlik riskini boshqarish bo’yicha boshqaruv bilan aloqa qilib turishi lozim. Auditor tashkilotning firibgarlikka moyilligiga munosabat bildiruvchi auditni rejalashtirishi lozim.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda ayni kezda auditorlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, jahonning ilg'or tajribalarini tatbiq qilish, tartibga soladigan qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish, manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga yo'naltirilgan auditorlar professional faoliyatining axloq qoidalarini joriy etish kabi muhim masalalar ham qamrab olingan.
Hujjatda qonunning maqsadi, auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik, asosiy tushunchalar, printsiplar va uning standartlari yoritilgan. Mustaqillik, xolislik va halollik, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligi sohaning asosiy printsiplari hisoblanadi. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli axborotlar bilan ta'minlash maqsadida O'zbekistonda auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlar asosida amalga oshirish belgilangan. Bu esa, o'z navbatida, moliyaviy axborotlarning ishonchliligini oshiradi va axborot xatarini kamaytiradi.
Qonunda auditorlik faoliyati boradasigi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Auditor va uning yordamchisi, auditorlarni sertifikatlash tizimida to'g'ridan-to'g'ri amal qiladigan normalar asosida batafsil ifodasini topgan. Unga ko'ra, auditor faqat bitta auditorlik tashkilotida auditorlik xizmatlarini ko'rsatishi hamda o'zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo'lishi mumkin. SHuningdek, auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzganligi sababli Auditorlik tashkilotlari reestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor uch yil mobaynida boshqa auditorlik tashkiloti rahbari bo'lishi mumkin emasligi qat'iy belgilab qo'yilgan.
Xalqaro tajribadan kelib chiqib, auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, uning amal qilishini navbatdagi o'n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytirishni nazarda tutuvchi normalar kiritildi. Bu hujjatni olish uchun talabgor oliy ma'lumotga hamda oliy ta'lim tashkilotini tamomlaganidan keyin oxirgi o'n yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida ish stajiga ega bo'lishi lozim.

Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin