178
SelekSiya
aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
Tanlashning ikkita shakli: yalpi va individual tanlash bor. o‘simlik-
shunoslikda chetdan changlanuvchi o‘simliklarga nisbatan ko‘pin-
cha yalpi tanlash usuli qo‘llaniladi. Bunday tanlashda ekinzordan
faqat kerakli sifatga ega bo‘lgan o‘simliklar guruhi ajratib olina-
di. kelgusi yili bu o‘simliklardan olingan urug‘lar ekilib, o‘simliklar
orasidan ham ma’lum belgiga ega bo‘lganlarini
tanlab olish tak-
rorlanadi. Bu usulda olingan nav genetik nuqtayi nazardan bir xil
bo‘lmaydi va shuning uchun tanlashni vaqti-vaqti bilan qaytarib tu-
rish kerak.
Individual, ya’ni yakka tanlashda ekinzordan qimmatli
belgi-
ga ega ayrim o‘simliklar tanlanadi va ulardan yangi avlod olinadi.
Yakka tanlash orqali toza liniyalarni genetik jihatdan bir xil orga-
nizmlar guruhi olinadi. Tanlash yo‘li bilan madaniy o‘simliklarning
juda qimmatli navlarini yaratishga muvaffaq bo‘lingan (61- rasm).
hozirgi vaqtda o‘simliklarning yangi navlarini yaratish hamda
o‘zgaruvchanlik doirasini oshirishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
duragaylash, sun’iy mutagenez, eksperimental poliploidiya va ge-
netik injeneriya.
Dostları ilə paylaş: