Sitologiya va


­ §. Hujayraning kimyoviy tarkibi



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/148
tarix13.12.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#175410
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   148
biologiya 9 uzb (1)

19­ §. Hujayraning kimyoviy tarkibi 
hujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan kimyoviy ele-
mentlardan 70 taga yaqini kiradi. ular ko‘pincha 
biogen element-
lar
deb ataladi. Bu tirik va jonsiz tabiatni umumiyligini ta’kidlov-
chi dalillardan biridir. Biroq tirik va jonsiz tabiatdagi kimyoviy ele-
mentlarning o‘zaro nisbati turlicha bo‘ladi. Tirik organizm tarkibiga 
kiruvchi kimyoviy elementlar miqdoriga qarab bir necha guruhga 
bo‘linadi. Bular: makroelementlar (S, o, h, N, P, C, k, Na, Ca, Mg, 
Cl, Fe) va mikroelementlar (Zn, Cu, J, F, Co, Mo, Sr, Mn, B)dir.
hujayra massasining 98 % ini to‘rtta element: vodorod, kis-
lorod, uglerod va azot tashkil qiladi. Bu elementlar barcha orga-
nik birikmalarning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bulardan 
http:eduportal.uz


54
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
tashqari biologik polimerlar (yunonchada: “poli” – ko‘p, “meros” – 
qism) hisoblangan oqsil va nuklein kislotalar tarkibida yana fos-
for va oltingugurt ham uchraydi. hujayra tarkibidagi P, S, k, Na, 
Ca, Mg, Cl, Fe kabilar 1,9 % ni tashkil etadi. ularning har biri 
hujayrada muhim vazifalarni bajaradi. Masalan, Na, k va Cl hu-
jayra membranalari orqali turli xil moddalarni o‘tkazishni ta’min-
laydi. Nerv hujayralarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarini o‘tishi 
ham shu elementlar yordamida amalga oshiriladi. Ca va P suyak 
to‘qimalarini hosil qilishda ularning mustahkamligini ta’minlashda 
ishtirok etadi. Bundan tashqari Ca qonning normal ivishini ta’min-
lovchi omildir. Fe elementi eritrositlar oqsili – gemoglobin tarkibi-
ga kiradi va kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga olib borishda ishtirok 
etadi. Mg elementi o‘simlik hujayralarida fotosintezda ishtirok 
etuv chi pigment –
xlorofill tarkibiga kiradi, hayvonlarda esa, bio-
logik katalizatorlar tarkibida biokimyoviy reaksiyalarni tezlashti-
rishni ta’minlaydi.
Barcha qolgan elementlar (rux, mis, yod, ftor, kobalt, mar-
ganes, molibden, bor va boshqalar) hujayrada juda kam miqdor-
da uchraydi, ya’ni hujayra massasining 0,02 % ga yaqin qismini 
tashkil etadi. Mikroelementlar biologik faolligi yuqori bo‘lgan mod-
dalar – gormonlar, fermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi. Masalan, 
qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin gor-
moni tarkibiga yod elementi kiradi. uning yetishmasligi tiroksinni 
hosil bo‘lishini kamaytiradi, natijada bez gipofunksiyaga uchraydi 
va buqoq kasalligi rivojlanadi. Rux bir qator fermentlarning tarkibi-
da, jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi. kobalt B
12
vitaminining 
zaruriy tarkibiy qismi bo‘lib, qon hosil bo‘lishida muhim ahamiyat 
kasb etadi.
1. Makroelementlarga qaysi elementlar kiradi?
2. Makroelementlar hujayrada qanday jarayonlarda 
ishtirok etadi?
3. Yod, rux, kobalt nimalar tarkibiga kiradi va ahamiyati
nimadan iborat?
http:eduportal.uz


55
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
Quyida berilgan elementlarning xususiyatlarini raqamlar bilan juftlab 
ko‘rsating.
1
С, Н, О, N
A
qon hosil qilishda ishtirok etadi
2
Na, k, Cl
B
tiroksin hosil bo‘lishida ishtirok etadi
3
Ca ва Р
D
Jinsiy gormonlar faolligini oshiradi
4
Fe
e
fotosintezda ishtirok etadi
5
Mg
F
kislorodni tashishda ishtirok etadi
6
Zn
G
suyak to‘qimalarini hosil qilishda ishtirok 
etadi
7
I
h
membranalar orqali moddalarni o‘tishi-
ni ta’minlaydi

Co
I
barcha organik birikmalar tarkibiga kiradi
1-
2-
3-
4-
5-
6-
7-
8-

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin