biomolekulalar deb atala-
di. kichik molekulali oddiy organik molekulalar
monomerlar deb
ataladi. ko‘p sonli monomerlar bir-biri bilan qo‘shilib, juda kat-
ta molekulalarni hosil qiladi. ular
makromolekula yoki
polimer- lar deb ataladi. Barcha tirik organizmlar tarkibida asosan to‘rt xil
makromolekulali organik birikmalar: uglevod, oqsil, nuklein kislota
va lipidlar uchraydi. Bulardan oqsil, nuklein kislota va uglevodlar
biopolimerlar deb ataladi. Chunki ular bir-biriga o‘xshash tuzilish-
ga ega bo‘lgan monomerlardan, ya’ni aminokislota, nukleotid va
monosaxaridlardan iboratdir. Lipidlar bundan istisnodir.
har bir tirik organizm yuqoridagi monomerlar asosida faqat o‘zi-
ga xos bo‘lgan biopolimerlarni hosil qilish xususiyatiga ega. Biopoli-
merlar tirik organizmlarda turli xil vazifalarni bajaradi. Bularni uch-
ta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh
tuzilmalar hosil qiluv-
chi biopolimerlar bo‘lib, polisaxaridlar va ayrim oqsillardan ibo rat.
Ikkinchi guruh biologik funksiyalarni, masalan, katalizatorlik yoki
tashish (transport) vazifasini bajaruvchi biopolimerlar bo‘lib, ular-
ga asosan oqsillar kiradi. uchinchi guruh
axborot saqlovchi infor-
matsion polimerlar bo‘lib, nuklein kislotalardan tashkil topgan.
Bulardan eng muhimlari oqsillar va nuklein kislotalardir. ug-
levodlar bilan lipidlar hujayrani energiya bilan ta’minlovchi biomo-
lekulalar hisoblanadi. Biomolekulalarning tuzilishi va bajaradigan
vazifalariga alohida to‘xtaymiz. ular hayot faoliyatini barcha jara-
yonlarida hal qiluvchi vazifalarni bajaradi.
Shu bilan birga hujayralarda bir qator kichik molekulali orga-
nik moddalar – gormon, pigment, shakar, aminokislota, nukleotid
va boshqalar uchraydi. Тurli tipdagi hujayralar har xil miqdordagi
organik birikmalarni saqlaydi. Masalan, o‘simlik hujayralarida ug-
levod ko‘p bo‘ladi. hayvon hujayralarida aksincha, oqsillar ko‘p